cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Sardoba tumani Yoshlar kanali

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
188
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-67 kunlar
-1430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from SIRDARYOLIK YOSHLAR
Photo unavailableShow in Telegram
#diqqat_elon
Qadrli sirdaryolik yoshlar!
Sizlarni joriy yil, 25-aprel kuni Guliston shahar 1-sonli Musiqa maktabida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Bo‘zatov FEST” Yoshlar ovozi tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichiga taklif etamiz! 🎶 “Yoshlar ovozi” – hududiy bosqichida tanlovning mahalla, sektor, tuman, shahar bosqichlarida anʼanaviy ijro, baxshichilik, estrada va opera yoʻnalishlarida g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlar yana bir bor o'z isteʼdodlarini namoyon etadilar.
Ma'lumot uchun: Tanlovning mahalla bosqichlarida 6 ming 467 nafar yoshlar qatnashgan boʻlib, ularning 70 nafari viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishgan
🎼 Barcha ishtirokchilarga omad yor bo'lsin! #YoshlarOvozi
Bizni ushbu ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting !
TelegramFacebook 🌐 Instagram ✔️ Muloqot bot
Hammasini ko'rsatish...
#Sardoba_tumani #Yoshlar ishlari agentligi #Quyitosh_MFY #Xqlqobod_MFY #Minni_futbol⚽️⚽️⚽️ Sardoba tumani Quyitosh mahallasi hududida joiylashgan mini futbol maydonchasida, Xalqobod MFY hamda Quyitosh MFY yoshlari oʻrtasida sportning "mini fudbol" boʻyicha oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Musobaqa oʻtkazishdan maqsad yoshlarning boʻsh vaqti mazmunli oʻtkazish. Yoshlar yetakchisi Abdulhamid Yaxshiboyev Akbarov Bekzod @quyitoshyoshlari
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
💥Futbol bo‘yicha DXX kubogining Sardoba tuman bosqichiga start berildi 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun musobaqalar qizg‘in pallaga kirmoqda. Mazkur musobaqada 15 ta mahallalardan uyushmagan yoshlar va jamoalar qatnashadi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan musobaqaning hududiy bosqichi aprel va may oylarida o‘tkazilishi belgilangan. Paxtaobod markaziy o'yingohida start olgan musobaqaning ochilish marosimida tuman hokimi Akmal Mirzayev, sektor rahbarlari hamda Davlat xavfsizligi xizmati vakillari ishtirok etdi. Kanalga ulanish: @sardobatumani_uz
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
⚽️ Sizlarni joriy yil 20-aprel kuni,  soat 10:00 da Sardoba tumani markazidagi " Markaziy stadion" da bo'lib o'tadigan mahalla yoshlari oʻrtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi mini futbol hamda futbol musobaqalari boʻyicha DXX kubogining tantanali  ochilish marosimiga taklif etamiz. Tadbirda futbol va mini-futbol bo‘yicha DXX Kubogi  bellashuvlariga qur’a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Barcha futbolsevar yoshlarini DXX kubogi musobaqalarida faol ishtirok etishga chorlab qolamiz! 🗓 20-aprel soat 10:00da 📌 Sardoba tumani , Mar­kaziy stadion Bizni ushbu ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting !
Hammasini ko'rsatish...
Repost from SIRDARYOLIK YOSHLAR
01:50
Video unavailableShow in Telegram
Aziz sirdaryolik yoshlar!
Mana bir necha yildirki mamlakatimiz bo‘ylab "Xon atlas" festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi. Maqsad esa ipak matolarimizning iste’mol bozoridagi mavqeyini yanada mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida atlas va adras targ‘ibotini kuchaytirish, ipakchi hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ushbu matodan tikilgan liboslarda xalqimizning asrlarga tutash bo‘lgan o‘tmishi, urf-odati va an’analari, didi, estetik qarashlari, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyish etishdan iborat. Biz Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi huzurida tashkil etilgan "Yoshlar Media akademiyasi"ning yosh tinglovchilari viloyatimiz yoshlari o'rtasida "Xon atlas" challengeni boshladik !
Siz ham challengeda ishtirok eting!
Bizni ushbu ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting ! TelegramFacebook 🌐 Instagram ✔️ Muloqot bot
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Alisher Sadullaev
06:19
Video unavailableShow in Telegram
Umid… 🤎 Tushunmaysiz.. Otasiz va yo‘qchilikda  katta bo‘lish hissini, toki shunday hayotda yashab ko‘rmaguningizcha, tushunmaysiz.  😊 “IBRAT farzandlari” shu kabi oilalarga biroz bo‘lsa-da yordam bera olsa demak, loyiha oldiga qo‘ygan ulkan maqsadlaridan biriga erishgan deyishimiz mumkin. Ilovani yuklab oling: Play Market | App Store @alisher_sadullaev
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Repost from AGROBLOGER
ЁШЛАРГА ЕР МАЙДОНИ ҚАНДАЙ АЖРАТИЛАДИ? @AGROBLOGER telegra.ph/-04-17-1544
Hammasini ko'rsatish...
...

Президентнинг 2024 йил 5 апрелдаги “Ёшларга ер ажратиш орқали уларнинг даромадларини ошириш ва бандлигини таъминлаш, шунингдек, янги ер майдонларини ўзлаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарори билан ёшларга ер ажратиш бўйича янги тартиб жорий этилди. Қарорга кўра, туман ҳокимликлари захирасидаги 60 минг гектар ер майдони электрон онлайн аукцион савдоларига қўйилиб, деҳқон хўжаликларини ташкил этиш учун ёшларга ижарага берилади ҳамда қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини етиштиришдан сотишгача бўлган занжирни қамраб…

Repost from SIRDARYOLIK YOSHLAR
Sayxunobod tumanida yoshlarga ajratib berilayotgan ekin yer maydonlaridan foydalanish samaradorligi bo‘yicha o‘quv – amaliy seminari tashkil etildi.
2021 yil 3 fevral kuni Vazirlar Mahkamasining 12-sonli yig‘ilish bayoni va mazkur bayonning ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomga asosan viloyatda hozirgi kunda 3000 gektar yer maydoni talabgor yoshlarga ijara asosida ajratib berilishi rejalashtirilgan. Xususan, bugun seminar davomida "Gulbuloq" mahallasining 20 nafar yoshlariga 50 sotixdan 30 yillik ijara asosida yer maydonlari ajratib berildi va shu bilan birgalikda sohaning asl mutaxassislari tomonidan yoshlarga yetarlicha bilim va ko'nikmalar berib o'tildi. Viloyatimizda yerga mehr qo‘ygan va yerni xazina manbai deb bilgan yoshlar uchun imkoniyatlar juda katta. Faqat har bir yigit-qiz o‘zi qilayotgan ishga, mehnatga ishonchi yuksak bo‘lsa, albatta, muddaosiga yetadi. Chunki yurtimizda yerga egalik qilish, undan samarali foydalanish va daromad topish uchun barcha qulayliklar va imkoniyatlar mavjud. Telegram
Hammasini ko'rsatish...
Repost from SIRDARYOLIK YOSHLAR
Sayxunobod tumani “Gulbuloq” mahallasida yoshlarga ajratib berilayotgan ekin yer maydonlaridan foydalanish samaradorligi bo‘yicha o‘quv – amaliy seminari tashkil etildi.
Tuman hokimi Komiljon Mullajonov, sektor rahbarlari, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i Maqsudbek Sirojidinov, mutasaddi rahbarlar hamda yoshlar ishtirok etgan tadbirda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, har qarich yerdan unumli foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
Sayxunobod tumanida 2024 - yil davomida 400 gektar yer maydoni 800 nafar yoshlarga berilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda ro‘yxatlar shakllantirilib, talabgor yoshlarga aholi qatnashi uchun qulay va unumdor hududlardan joy ajratilib berilmoqda”, - dedi viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i Maqsudbek Sirojidinov.
Seminarda “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida oziq - ovqat mahsulotlarini ekish tartiblari, daromad olishning aniq hisob - kitoblari haqida to‘xtalib o‘tildi. Telegram
Hammasini ko'rsatish...