cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Sardoba Xabarlari 🌐 RASMIY

Bizning ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarimiz 👉Web-site: sardobatuman.uz 👉fb.me/sardobatumani.uz 👉instagram.com/sardobatumani.uz/

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
3 935
Obunachilar
+524 soatlar
+827 kunlar
+14330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

💥Probatsiya guruhi hisobida turuvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi Sardoba tumani 3-sektor rahbari, tuman IIB boshlig‘i tomonidan probatsiya hisobida turuvchi yoshlarni qo‘llab quvvatlash, bandligini ta‘minlash hamda hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun ularni qiynayotgan muammolariga yechim topish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida probatsiya guruhi hisobida turuvchi yoshlarning ijtimoiy-huquqiy muammolari o‘rganilib, ularga kelgusida mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanib, jinoyat ko‘chasiga qayta kirib qolmaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi. Kanalga ulanish: @sardobatumani_uz
Hammasini ko'rsatish...
👍 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlarining mualliflik huquqlari mustahkamlanmoqda Batafsil https://telegra.ph/sv-07-09-49 Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#Sardoba_tumani 💥Mahallalarda “Tabaqalashtirilgan tariflar” bo‘yicha elektr energiyasi yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida joriy yilning 1-may sanasidan boshlab elektr va tabiiy gaz tariflari o‘zgaradi. Qarorga muvofiq, yoqilg‘i-energetika resurslarining 2024–2025-yillarda bosqichma-bosqich o‘zgaradigan yangi narxlari hamda shu yilning 1-may sanasidan eʼtiboran, aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlandi. Kanalga ulanish: @sardobatumani_uz
Hammasini ko'rsatish...
👍 3🙏 2
#Sardoba_tumani 💥Ayni vaqtda Sirdaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tmoqda Kanalga ulanish: @sardobatumani_uz
Hammasini ko'rsatish...
🔥 4👍 1
Sirdaryoda bu yilgi test sinovlari yangi binoda o‘tkaziladi Viloyatimizda 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi viloyat bo‘limining katta sig‘imli yangi binosida bo‘lib o‘tadi. 📍Geolokatsiya Manba | Telegram  |Web-site |Facebook | Instagram |YouTube |
Hammasini ko'rsatish...
👍 5👌 1
Photo unavailableShow in Telegram
E-auksion.uz elektron savdo platformasi orqali Sirdaryo viloyatidan Biznes uchun 277 ta Davlat mulkini ijaraga oling! ➤ Oqoltin tumanidan 38 ta (ko'rish) ➤ Boyovut tumanidan 33 ta (ko'rish) ➤ Sayxunobod tumanidan 30 ta (ko'rish) ➤ Guliston tumanidan 18 ta (ko'rish) ➤ Sardoba tumanidan 33 ta (ko'rish) ➤ Mirzaobod tumanidan 17 ta (ko'rish) ➤ Sirdaryo tumanidan 28 ta (ko'rish) ➤ Xovos tumanidan 17 ta (ko'rish) ➤ Guliston shahridan 26 tа (ko'rish) ➤ Shirin shahridan 8 tа (ko'rish) ➤ Yangiyer shahridan 29 tа (ko'rish) *Lot ma'lumotlarida narxlar yillik ijara stavkasi miqdorida ko'rsatilgan. 👇Xabardor boʼlish uchun👇 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
💥Sardobada qovun eksporti boshlandi Bugun serquyosh zaminimizda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari dunyoning barcha nuqtalariga eksport qilinmoqda. Xususan, ayni kunlarda Sardoba tumanida xushta’m qovun mahsulotlari allaqachon pishib yetilib, chet davlatlariga eksport uchun yuklanib jo'natilmoqda. Bugun Uzoqov hududida joylashgan "FRUIT PARADISE VALLEY" MCHJ Jamiyat meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonasi tomonidan ekologik toza, mazasi tilni yorar qovunlar Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinish uchun poliz mahsulotlari yuklanmoqda. Kanalga ulanish: @sardobatumani_uz
Hammasini ko'rsatish...
👍 19👏 3🔥 2 1🕊 1
Repost from Xushnudbek.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Nega Prezident maktablari imtihonida javoblar qalamda yoziladi, ruchkada emas?JAVOB: Kecha, 7-iyul kuni yurtimizdagi Prezident maktablarida imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Bir necha yildan buyon bo‘ladigan ushbu imtihon jarayonlarida har yili ota-onalar nima uchun o‘quvchilar javoblarni qalamda bo‘yayotganiga qiziqishadi va buni hattoki korrupsiya alomati deb o‘ylashadi. Garchi har yili bunga tushuntirish berilsada, o‘ylaymanki, yana bir bor izoh berish zarar qilmaydi. Gap shundaki, Prezident maktablariga kirish imtihonlarini Buyuk Britaniyaning Cambridge Assessment tashkiloti o‘tkazadi. O‘zlari savol tuzadi, javoblarni ham o‘zlari yig‘ib oladi, o‘zlari tekshirib, natijalarini saytida chiqaradi. Javoblarni qalamda belgilash talabi aynan Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan qo‘yilgan. Biznikilar oladigan imtihonlarning barchasida ruchka ishlatiladi. ❓Nega qalam talabi qo‘yilgan? Chunki bu psixologlarning talabi va tavsiyasi. Ruchka ishlatish yosh bolalarning ruhiyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, sababi xato qilib qo‘ysa, ruchkani o‘chirib bo‘lmaydi, bu esa bolalarda stressni keltirib chiqaradi, xato qilishdan qo‘rqib qoladi. Shu sababli nafaqat Britaniya, balki dunyoning ko‘plab davlatlaridagi maktablarda qalamdan foydalanish qabul qilingan. Ayniqsa boshlang‘ich sinflarda. Chunki qalam bolalarga erkinlik va xotirjamlik beradi. Agar xorij filmlariga e’tibor bersangiz, talabalar va hattoki katta yoshli insonlar ham ko‘pincha qalamda yozayotganiga guvoh bo‘lishingiz mumkin. Umuman olganda bizda ham, hech bo‘lmasa, boshlang‘ich sinflarda qalamdan foydalanishga o‘tish kerak. Shunaqa madaniyatni shakllantirishimiz lozim. Ruchkani butunlay taqiqlash kerak. Xullas, ushbu jumboqning javobi shunaqa. Qalam ishlatishda qanaqadir korrupsiya yoki qing‘irlik maqsadi yo‘q. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
👍 5
07:31
Video unavailableShow in Telegram
💥Hafta dayjesti: Sirdaryodagi mahallalar misolida "Mahalla karvoni". Sardoba tumanining "Do‘stlik" mahallasida tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot tadbiri. Mahalla yettiligi tomonidan o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Mirzaobod tumani bo‘limi boshlig‘ining hisoboti. Xorijdan qaytgan yoshlar uchun kreditlar ajratilib bandligi ta'minlandi. "Sayxunobod tajribasi" ommalashtirilmoqda. "Bo‘ston" mahallasi yoshlari qovun yetishtirib uni eksport qilishni maqsad qilishgan. Kanalga ulanish: @sardobatumani_uz
Hammasini ko'rsatish...
450274348_1185221615958721_4912805498536058285_n.mp418.88 MB
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
💥Har hafta seshanba kuni tadbirkorlik subyektlari bilan sayyor uchrashuv o‘tkaziladi Yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, investisiyalarni jalb qilish va biznesni yuritish uchun qulay muhit yaratish, tadbirkorlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini mustahkamlash sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Sardoba tumanidagi tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qiynab kelayotgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida hududlarda sayyor uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Murojaat uchun tel: +99899 798 07 23 Manzil: Sardoba tuman Davlat xizmatlar markazi Savdo-sanoat palatasi tuman bo‘limi Kanalga ulanish: @sardobatumani_uz
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.