Surxondaryo viloyati Transport boshqarmasi
Kanalga Telegram’da o‘tish
Ko'proq ko'rsatish
187
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+27 kunlar
+230 kunlar
Postlar arxiv
Repost from Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
Transport vazirligi barcha temir yo‘l sohasi xodimlari va faxriylarini kasb bayramlari bilan samimiy qutlaydi!
Sizlarning kundalik mehnatingiz, mas’uliyatingiz va ishga sadoqatingiz tufayli millionlab yo‘lovchilar xavfsiz va qulay sayohat qilmoqda, mamlakatimiz iqtisodiyoti esa rivojlanib bormoqda.
Siz nafaqat shaharlar va hududlarni, balki insonlar taqdirini ham bog‘lab, temir yo‘llar orqali kelajakka yo‘l ochmoqdasiz.
Har bir safar muvaffaqiyatli, yo‘lingiz tekis bo‘lsin, uyingizda doimo mehr va faxr bilan kutib olishsin.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, kasbiy yutuqlar va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Министерства транспорта сердечно поздравляет всех работников и ветеранов железнодорожной отрасли с профессиональным праздником!
Благодаря вашему ежедневному труду, ответственности и преданности своему делу, миллионы пассажиров совершают безопасные и комфортные поездки, а экономика страны движется вперёд.
Вы соединяете города, регионы и судьбы, прокладывая путь не только по рельсам, но и в будущее.
Пусть каждый рейс будет успешным, путь — ровным, а дома всегда ждут с теплом и гордостью.
Желаем вам крепкого здоровья, профессиональных успехов и новых свершений!
Repost from Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
Bayram muborak, aziz temiryo‘lchilar!
Temir yo‘llar iqtisodiyotning qon tomiriga qiyoslanadi. Mamlakatimizda ushbu tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida soha yangi bosqichga ko‘tarilib, salmoqli yutuqlarga erishilmoqda.
Bu muvaffaqiyatlar avvalo davlatimiz rahbarining temir yo‘l sohasini rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va soha xodimlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yuksak e’tibori samarasidir.
Tan olib aytish kerak, jadal rivojlanish yo‘lini bosib o‘tayotgan, nafaqat yurtimizning barcha mintaqalarini ishonchli bog‘lovchi, o‘ziga xos ko‘prik bo‘lgan temir yo‘l tizimi mustaqil, yagona va yaxlit tizim sifatida bugun mamlakatimiz iqtisodiyotini olg‘a yetaklovchi lokomotivga aylandi.
Aynan ushbu taraqqiyot yo‘lida esa har bir temir yo‘l transporti ishchi xodimlari, soha mutaxassislarining hissasi beqiyosdir. Bugun “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining ko‘p millatli 80 mingga yaqin jamoasi xalqimiz hamda xorijiy mehmonlarning xizmatini qilib, ishonchni oqlab kelmoqda.
Maqsad, Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlash”dan iborat.
Tizimdagi malakali, o‘z kasbiga fidoyi va ilg‘or temiryo‘lchilar jamoasining zahmatli mehnatisiz shahar va viloyatlarimiz taraqqiyotini, qolaversa, xalqimiz turmush darajasi yuksalishini tasavvur etib bo‘lmaydi.
Shu munosabat bilan, Transport vazirligi jamoasi nomidan temir yo‘llari tizimida mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilar, quruvchi va muhandislar, mashinist va vagon kuzatuvchilari, soha faxriylarini, bir so‘z bilan aytganda, samarali mehnati bilan yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha temiryo‘lchilarimizni bayram bilan chin dildan tabriklayman.
Fidoyi temiryo‘lchilar!
Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bugun sohani yanada rivojlantirish, mamlakatimizning xalqaro transport va tranzit salohiyatini yuksaltirish borasida oldimizda yanada katta marralar turibdi.
Barchangizga ona Vatanimiz taraqqiyoti, Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini, xalqimiz hayot sifatini oshirish yo‘lidagi sermahsul mehnatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Soha rivoji, insonlarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish kabi zahmatli mehnat faoliyatingizda kuch-quvvat, omad va zafarlar yor bo‘lsin!
Ilhom Maxkamov,
O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri
Repost from EKSKLYUZIV | Surxondaryo
#Xavfsiz_va_sogʻlom_yurt
📞“Men DXX xodimiman...” degan qo‘ng‘iroqlarga ishonmang!
Firibgarlar o‘zlarini davlat idoralari xodimi sifatida tanishtirib, bank kartangiz ma’lumotlarini qo‘lga kiritishga urinishlari mumkin.
⚠️Yodda tuting: 🔹SMS-kod, karta raqami va CVV-kodni hech kimga aytmang. 🔹Shubhali qo‘ng‘iroqni darhol yakunlang. 🔹Ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalar orqali tekshiring.🛡 Ogohlik — mablag‘laringiz xavfsizligining eng ishonchli kafolati! 🌐 EKSKLYUZIV | Surxondaryo
Repost from Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
Shaharlararo-viloyatlararo va xalqaro yo'nalishlar
🚌 Shaharlararo-viloyatlararo
▸ 978 — Paxtaobod-Zomin (Zomin tomondan) (M3)
Jizzax viloyati
🚌 Shaharlararo-viloyat ichi
▸ 536 — Gagarin ABB-Qizilqum (Ikkala tomondan) (M3)
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ 283 — Avliyo qishlog'i-G’allaorol (Ikkala tomondan) (M1)
Qashqadaryo viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ ShYT-414 — G'uzor a/s-Toshguzar qishlog'i (Ikkala tomondan) (M1)
▸ ShYT-233 — Shahrisabz a/s-O'rtaqurg'on qishlog'i (Ikkala tomondan) (M1)
▸ ShYT 360 — Shahrisabz a/s-Chuqun qishlog'i (Ikkala tomondan) (M1)
Andijon viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ 354 — Jalaquduq avtostansiyasi -Xo'jaobod (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 356 — Paytug'-1-Bo'lim (Ikkala tomondan) (M1)
Xorazm viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ ShAY-291 — Gurlan dehqon bozori-I.Xolmetov (Ikkala tomondan) (M3)
▸ ShAY-292 — Gurlan avtostansiyasi -Zorliq (Ikkala tomondan) (M3)
▸ 263-ShYT — Qo'shko'pir dehqon bozori-G'azovot (Ikkala tomondan) (M1)
▸ ShAY-221 — Katqal'a mahallasi-Urganch Dehqon bozori avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M3)
Navoiy viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ 250 — Qiziltepa shox bekati-ayronchi qishlog'i (Ikkala tomondan) (M1)
Repost from Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
🚍 Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari diqqatiga
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, quyidagi yo‘nalishlarni uzoq muddatli shartnoma asosida tashuvchilarga biriktirish bo‘yicha navbatdagi ochiq tender bo‘lib o‘tadi.
❗️Ochiq tender 2026-yil 29-avgust kuni soat 12:00 da o‘tkaziladi.
Tender takliflari axborot tizimi orqali 2026-yilning 28-avgust kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi.
Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Sirdaryo viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ 243 — Yangier-A.Temur SIU (Ikkala tomondan) (M3)
▸ 1 Yangier — Yangier-Xovos (Ikkala tomondan) (M3)
Namangan viloyati
Shahar atrofi yo'nalishi
▸ 428 — Namangan sh.-Chortoq (Uychi orqali) (Ikkala tomondan) (M3)
▸ YT 164 — Chust-Zvutqand (Ikkala tomondan) (M1)
▸ YT 284 — Ko'prik boshi-ABZ 8-km (Ikkala tomondan) (M1)
▸ YT 369 — Chortoq-Yortagi (Ikkala tomondan) (M1)
▸ YT 393 — Pop-Chig'anoq (Ikkala tomondan) (M1)
Samarqand viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ 310 — Oltiqahramon maxallasi-Xazora ABB (Ikkala tomondan) (M3)
▸ YT 462 — Sevinch restorani-Yangiariq qishlog'i (Ikkala tomondan) (M1)
Farg'ona viloyati
🚌 Shaharlararo-viloyat ichi
▸ VX 302 — Farg'ona-Qo'qon (Ikkala tomondan) (M3)
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ ShAY-156 — Qo'qon Yangi bozor-Katta kenagas (Ikkala tomondan) (M3)
▸ ShYT-393 — Quva-Chaman (Ikkala tomondan) (M1)
▸ ShYT-483 — Farg'ona sh.-Yozyovon (Ikkala tomondan) (M1)
Surxondaryo viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ 229 — Denov-Oltinsoy bekati (Ikkala tomondan) (M3)
▸ YT 202 — Termiz (shimoliy) avtostansiyasi-Jarqo'rg'on Bosh bekati (Termiz (shimoliy) avtostansiyasi tomondan) (M2)
▸ YT 259 — Angor avtostansiyasi -Qoraqir MFY (Ikkala tomondan) (M1)
▸ YT 280 — Angor avtostansiyasi -Dehqon bozori (Ikkala tomondan) (M1)
▸ YT 282 — Jarqo'rg'on Bosh bekati-Surxon SFU (Ikkala tomondan) (M1)
🚌 Shaharlararo-viloyat ichi
▸ 502 — Termiz sh.-Oltinsoy bekati (Termiz sh. tomondan) (M3)
▸ 503 — Muzrobod-Termiz avtoshohbekati (Termiz avtoshohbekati tomondan) (M3)
Toshkent viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ 258 — Olmazor qo'rg'oni-Eshonobod MFY (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 338 — Chuvildoq qishlog'i-Angren dehqon bozori (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 317 — Bo'ka AShB-Qo'rg'ontepa MFY (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 372 — Parkent AShB-Zarkent qishlog'i (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 404 — G'alabasoy qishlog'i-G'azalkent AShB (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 606 — Bekobod AShB-O'zbekiston f/u 1-bo'lim (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 640 — Zafar shaharchasi-Bekobod AShB (O'zbekobod orqali) (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 553 — G'azalkent AShB-Do'stlik mahallasi (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 712 — Oybek bosh bekati-Bo'ka dehqon bozori (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 704 — Kultepa MFY-Piskent AShB (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 518_ — EXP-Ozodbosh qishlog'i (Ikkala tomondan) (M3)
▸ 638 — Bekobod AShB-G'alaba f/u (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 401 — Do'stobod AShB-Chinoz dehqon bozori (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 646 — Zafar shaharchasi-Bekobod AShB (Ulug'bek f/u orqali) (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 398 — Zafar shaharchasi-Bekobod AShB (Ikkala tomondan) (M1)
▸ 664 — Zafar shaharchasi-O'zbekiston f/u markazi (Ikkala tomondan) (M1)
Buxoro viloyati
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ 213 — Olot bekati-Amudaryo q. (Ikkala tomondan) (M1)
Qoraqalpog'iston Respublikasi
🚌 Shahar atrofi yo'nalishi
▸ ShAY-209 — Nokis arka batis AV-Ornek DFX (Ikkala tomondan) (M3)
▸ ShAY-218 — To'rtko'l avtostansiyasi -Bo'ston avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M3)
▸ ShYT-256 — Kegeyli avtostansiyasi -Kazanketgen avtostansiyasi (Ikkala tomondan) (M1)
▸ ShAY-249 — To'rtko'l avtostansiyasi -Miskin j/x (Ikkala tomondan) (M3)
▸ ShAY-261 — Qo'ng'irot avtostansiyasi -Ali Auil (Ikkala tomondan) (M3)
▸ ShYT-364 — Progress eltai-Tuba auil (Ikkala tomondan) (M2)
▸ EYT-350 — Nokis Jiydeli baysin AV-Akmangit elati (Ikkala tomondan) (M1)
🚌 Shaharlararo-viloyat ichi
▸ VXEYT-536 — Qo'ng'irot avtostansiyasi -Aksholak elati (Ikkala tomondan) (M1)
Repost from Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
+6
Termizda O‘zbekiston va Afg‘oniston transport sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
Bugun, 29-iyul kuni Surxondaryo viloyati Termiz shahrida Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov rahbarligida Afg‘oniston Transport va aviatsiya vazirligi vakillari ishtirokida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini yanada rivojlantirish, milliy tashuvchilar uchun qulay va teng sharoitlar yaratish, shuningdek, Afg‘oniston hududida O‘zbekiston tashuvchilaridan undirilayotgan yig‘imlarni maqbullashtirish, yig‘imlarni o‘zaro manfaat va tenglik tamoyillari asosida belgilash bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama etildi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Afg‘oniston milliy tashuvchilarining taklif hamda murojaatlari tinglanib, ularni uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan amaliy choralarni ko‘rish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.В Термезе обсудили вопросы укрепления сотрудничества между Узбекистаном и Афганистаном в транспортной сфере Сегодня, 29 июля, в городе Термезе Сурхандарьинской области под руководством первого заместителя министра транспорта Маманбия Омарова состоялась двусторонняя встреча с участием представителей Министерства транспорта и авиации Афганистана.
В ходе диалога были всесторонне обсуждены вопросы дальнейшего развития международных автомобильных грузоперевозок между Узбекистаном и Афганистаном, создания благоприятных и равных условий для национальных перевозчиков, а также оптимизации сборов, взимаемых с узбекских перевозчиков на территории Афганистана, и установления сборов на основе принципов взаимной выгоды и равенства. В ходе встречи были заслушаны предложения и обращения национальных перевозчиков Узбекистана и Афганистана и достигнута договоренность о принятии практических мер по устранению в кратчайшие сроки проблем, которые давно их беспокоят.
Repost from Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
Markaziy Osiyo va Ozarbayjon: yagona transport makonini shakllantirish istiqbollari
Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi yetakchi mutaxassisi Sh. Axmedovning “Markaziy Osiyo va Ozarbayjon: yagona transport makonini shakllantirish istiqbollari” mavzusidagi maqolasi e’lon qilindi.
Maqolada quyidagi muhim jihatlar yoritilgan:
Markaziy Osiyo va Ozarbayjonning Yevrosiyo yo‘nalishlari kesishmasidagi o‘zaro to‘ldiruvchi geoiqtisodiy o‘rni;
Ozarbayjonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvlari formatiga to‘laqonli qo‘shilishi;
Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagini (O‘rta yo‘lak) rivojlanishi.
2025 - yil yakunlariga ko‘ra O‘rta yo‘lak orqali umumiy yuk tashish hajmi 4,7 mln tonnadan oshdi. O‘zbekiston yuklarini tashish hajmi so‘nggi besh yilda ikki barobarga o‘sib, 1,3 mln tonnaga yetdi, Yevropa Ittifoqi bilan yo‘lak orqali tashilgan yuklar ulushi 12 foizdan 28 foizgacha ko‘tarildi. CASCA+ yo‘lagining mintaqaviy bog‘liqlikni mustahkamlashdagi roli: ushbu yo‘lak doirasida temir yo‘l tashuvlariga 70 foizgacha taqdim etiladigan tarif preferensiyalari evaziga 2025-yilda konteyner tashuvlari 6 722 TEU ni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 47 foizga oshdi. Yagona transport makonini shakllantirishda e-Permit tizimi orqali raqamli integratsiyaning rivojlanishi muhim o‘rin egallaydi. Uzoq muddatli istiqbolni esa Xitoydan Yevropa va Yaqin Sharqqa masofani 900 km ga qisqartiruvchi «Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» hamda Yevropa va MDH mamlakatlaridan Hind okeani portlariga chiqishni 1 000 km ga yaqinlashtiruvchi «O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston» temir yo‘l loyihalari shakllantiradi.Batafsil Центральная Азия и Азербайджан: перспективы формирования единого транспортного пространства Опубликована статья ведущего специалиста Центра изучения проблем развития транспорта и логистики при Министерстве транспорта Ш. Ахмедова на тему "Центральная Азия и Азербайджан: перспективы формирования единого транспортного пространства". В статье освещены следующие важные аспекты: Взаимодополняющее геоэкономическое положение Центральной Азии и Азербайджана на пересечении евразийских маршрутов; Полноценное присоединение Азербайджана к формату Консультативных встреч глав государств Центральной Азии; Развитие Транскаспийского международного транспортного маршрута (Средний коридор).
По итогам 2025 года общий объем грузоперевозок по Среднему коридору превысил 4,7 млн тонн. Объём перевозок узбекских грузов за последние пять лет удвоился и достиг 1,3 млн тонн, а доля грузов, перевезённых по коридору в сообщении с Европейским союзом, выросла с 12% до 28%. Роль коридора CASCA+ в укреплении региональной взаимосвязанности: благодаря тарифным преференциям до 70%, предоставляемым на железнодорожные перевозки в рамках данного коридора, в 2025 году объём контейнерных перевозок составил 6 722 TEU, увеличившись на 47% по сравнению с предыдущим годом. Важную роль в формировании единого транспортного пространства играет развитие цифровой интеграции через систему e-Permit. Долгосрочную же перспективу формируют железнодорожные проекты "Китай – Кыргызстан – Узбекистан", сокращающий расстояние из Китая в Европу и на Ближний Восток на 900 км, и "Узбекистан – Афганистан – Пакистан", который приближает выход из стран Европы и СНГ к портам Индийского океана на 1 000 км.Подробнее
Repost from Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
+3
Afg‘oniston bilan transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 26-iyul kuni Qobul shahrida O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Maxkamov hamda Afg‘onistonning Transport va aviatsiya vaziri Muhammad Fozil Mazlum o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida ikki davlat o‘rtasida avtomobil tashuvlarini rivojlantirish, milliy tashuvchilar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda Afg‘oniston hududida O‘zbekiston tashuvchilaridan undiriladigan yig‘imlarni maqbullashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar yig‘imlar miqdorini qisqartirish va ularni o‘zaro tenglik tamoyili asosida belgilash yuzasidan idoralararo Ishchi guruhining navbatdagi uchrashuvini 2026-yil 10-avgustga qadar o‘tkazishga kelishib oldilar. Shuningdek, milliy xalqaro tashuvchilar faoliyatida uchrayotgan mavjud masalalarni tezkor hal etish maqsadida Afg‘onistonning tegishli mutasaddi idoralari vakillari ishtirokida yaqin muddatlarda alohida uchrashuv tashkil etish bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.Mazkur muloqot O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida transport va tranzit sohasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish hamda ikki mamlakat tadbirkorlari uchun yanada qulay logistika sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi. Обсуждены вопросы дальнейшего развития сотрудничества с Афганистаном в транспортно-транзитной сфере 26 июля текущего года в городе Кабул состоялась встреча министра транспорта Республики Узбекистан Ильхома Махкамова с министром транспорта и авиации Афганистана Мухаммадом Фазилом Мазлумом.
В ходе переговоров были всесторонне обсуждены вопросы развития автомобильных перевозок между двумя государствами, создания более благоприятных условий для национальных перевозчиков и оптимизации сборов, взимаемых с узбекских перевозчиков на территории Афганистана. Стороны договорились провести очередное заседание Межведомственной рабочей группы по вопросу снижения размеров сборов и их установления на паритетной основе до 10 августа 2026 года. Также была достигнута договоренность об организации в ближайшее время отдельной встречи с участием представителей соответствующих ведомств Афганистана в целях оперативного решения существующих вопросов в деятельности национальных международных перевозчиков.Данный диалог послужит дальнейшему укреплению практического сотрудничества между Узбекистаном и Афганистаном в транспортно-транзитной сфере, развитию международных грузовых перевозок и созданию более благоприятных логистических условий для предпринимателей двух стран.
🇺🇿 Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, hurmatli Prezident!
🇺🇿 Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, hurmatli Prezident!
#PresidentUZ #MillatOtasi #LeaderOfUzbekistan #BizningPrezident
🇺🇿 Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, hurmatli Prezident!
#BizningPrezident
Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezident!
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumaniga tashrif buyurib, Toshkent – Samarqand yoʻnalishidagi pullik muqobil avtomobil yoʻli qurilishiga tamal toshi qoʻydi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил Уртачирчикский район Ташкентской области и заложил первый камень в основание платной альтернативной автодороги Ташкент – Самарканд.
#Mirziyoyev #marosim #yul #start
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Toshkent – Samarqand yangi avtomobil yo‘li hududlarda iqtisodiy faollikni yangi bosqichga ko‘taradi. Jahon banki tahliliga ko‘ra, bunday loyihalarga sarflangan har bir dollar investitsiya iqtisodiyotga 5 barobargacha qaytadi.
Yangi magistral Toshkent shahri, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari yalpi hududiy mahsulotining 3 foizga ko‘payishiga turtki beradi. Yo‘l o‘tadigan aholisi 2 milliondan ziyod 13 ta tuman uchun minglab ish o‘rinlari va yangi daromad manbalari paydo bo‘ladi.
Yo‘l bo‘yida logistika markazlari, omborlar, sanoat va agrosanoat korxonalari, savdo-servis, mehmonxona va turizm obyektlari barpo etiladi. Qurilishda mahalliy xizmatlar va qurilish materiallaridan keng foydalanish tadbirkorlar uchun yirik buyurtmalar va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratadi.
Davlatimiz rahbari Xiva – Urganch yo‘li qurilishi boshlangani, Toshkent – Andijon yo‘li bo‘yicha xalqaro tender yakunlanish arafasida ekani, Toshkentni Bo‘stonliq bilan bog‘laydigan yo‘lni loyihalash ishlari yakuniga yetkazilayotganini qayd etdi.
– Biz bugun Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz besh yillik to‘yi arafasida mamlakatimiz kelajagi, iqtisodiy barqarorligi va xalqimiz farovonligi uchun yana bir mustahkam poydevor qo‘ymoqdamiz,– dedi Prezidentimiz va kapsula qo‘yib, yangi avtomagistral qurilishini boshlab berdi. Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezidentimiz Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi yangi avtomobil yo‘li qurilishini mamlakatimiz transport infratuzilmasini rivojlantirishdagi navbatdagi ulkan tarixiy qadam, deb atadi.
So‘nggi 10 yilda 78 trillion so‘m hisobidan jami 128 ming kilometr yo‘lda qurilish-ta’mirlash ishlari bajarildi. Davlatimiz rahbari bugun sohada tom ma’noda yangi davr boshlanayotganini ta’kidladi.
Qiymati qariyb 2,2 milliard dollar bo‘lgan olti polosali zamonaviy avtomagistralning umumiy uzunligi 282 kilometrni tashkil etadi. Loyiha doirasida 92 ta ko‘prik, 28 ta yo‘l o‘tkazgich va 60 ta tunnel tipidagi o‘tish joyi quriladi.
Yo‘lga og‘ir va yuqori tezlikda harakatlanadigan transport vositalari qatnoviga chidamli monolit beton qoplama yotqiziladi. Tekis hududlarda soatiga 150 kilometr tezlikda harakatlanish imkoni yaratiladi, zamonaviy xavfsizlik yechimlari va raqamli qulayliklar yo‘l-transport hodisalarini keskin kamaytiradi.
Yangi magistral ishga tushgach, Toshkentdan Samarqandga yetib borish vaqti 5 soatdan 2,5 soatga qisqaradi. Yo‘l sutkasiga 60 mingdan 80 mingtagacha transport vositasini o‘tkazadi, yuk tashish tannarxi esa 20-24 foizga pasayishi kutilmoqda.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘rta Chirchiq tumanida Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi yangi avtomobil yo‘li qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyoti 3 karra oshgani, 2030-yilga qadar uning hajmini 240 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olinganini ta’kidladi.
Bugun O‘zbekiston hududidan xalqaro ahamiyatga ega 4 ming kilometr tranzit yo‘l o‘tgan. Ayni paytda xalqaro yo‘llarning 30 foizi to‘liq quvvatda, yana 25 foizi ortiqcha yuklama bilan ishlamoqda.
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” va Transafg‘on temir yo‘llari ishga tushgach, O‘zbekiston Tinch okeanidan Yevropagacha bo‘lgan eng qisqa quruqlik yo‘lagining asosiy bo‘g‘iniga aylanadi. Shuningdek, Pokiston portlari orqali Hind okeani va qariyb 2 milliard aholi yashaydigan Janubiy Osiyo bozorlariga chiqish imkoniyati ochiladi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston yiliga qo‘shimcha 15-20 million tonna xalqaro tranzit yukini qabul qilsa, 400-600 million dollar daromad olinadi, logistika markazlari va terminallar qurilishiga 3 milliard dollar investitsiya jalb etiladi, kamida 50 mingta barqaror ish o‘rni yaratiladi.
Facebook|Instagram|X
Repost from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahriga tashrif buyurib, transport va ijtimoiy infratuzilma, raqamli texnologiyalar, sanoat hamda shaharsozlik sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi. Shuningdek, davlatimiz rahbari yirik qurilish loyihalariga start beradi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Уртачирчикский район и город Нурафшан Ташкентской области, где ознакомится с проводимой работой в сферах транспортной и социальной инфраструктуры, цифровых технологий, промышленности и градостроительства. Глава нашего государства также даст старт крупным строительным проектам.
Facebook|Instagram|X
