QOʻSHRABOT MAʼNAVIY HAYOTI
Kanalga Telegram’da o‘tish
Ushbu telegram sahifa orqali Qoʻshrabot tumanidagi maʼnaviy-maʼrifiy loyihalar va yangiliklar yoritilib boriladi
Ko'proq ko'rsatish2 521
Obunachilar
-324 soatlar
+3007 kunlar
+19630 kunlar
Postlar arxiv
+3
📚 Qoʻshrabot tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari ishtirokida “Kitob oʻqish soati”.
🔹Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob oʻqishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-9-sonli qarori 4-ilovasi 9-bandi – Har oyda tashkilotlarda kitob mutolaasi va fikr almashish soatini oʻtkazish topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Qo‘shrabot tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tuman Axborot-kutubxona markazida bo‘lib, mavjud adabiyotlar bilan tanishishdi, xodimlar o‘zlari uchun zarur bo‘lgan adabiyotlarni mutolaa qilishdi hamda asarlar yuzasidan o‘zaro fikr almashishdi.
Shuningdek, tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan adabiyotshunos olim Naim Karimovning "Tanlangan asarlar" kitobi mazmun-mohiyati atroflicha yoritib berildi.
Kanalga ulanish:
https://t.me/qoshrabothayoti
+3
#Mustaqillik35
🇺🇿Qoʻshrabot tumanining olis Oqchopsoy mahallasida "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali bo‘lib o‘tdi.
✅Tadbirda tuman "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari, nuroniylar hamda mahalla ahli ishtirok etishdi.
Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar yurtimizda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritishdi.
Tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan konsert dasturi namoyish etilib, aholiga xush kayfiyat ulashildi.
Kanalga ulanish:
https://t.me/qoshrabothayoti
Repost from QOʻSHRABOT MAʼNAVIY HAYOTI
#Iqtibos
Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay.©️Imom al-Buxoriy Kanalga ulanish: https://t.me/qoshrabothayoti
💥Kitobsevar yoshlar diqqatiga!
✅Joriy yilning 1-avgust (shanba) kuni soat 10:00 da 82-umumta’lim maktabi binosida “Qo‘shrabot kitobxonlari-2026” kitobxonlik chempionatining 7-turi o‘tkaziladi.
📚Mazkur turda o‘quvchilar yozuvchi Abdulhamid Choʻlponning “Kecha va kunduz” asari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi.
📞Ma’lumot uchun raqamlar:
+998990580701
Kanalga ulanish:
https://t.me/qoshrabothayoti
+3
#Mustaqillik35
🇺🇿Ayni paytda Qoʻshrabot tumanining olis Jonbuloq mahallasida "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida “Mustaqillik to‘yi” festivali bo‘lib o‘tmoqda.
✅Tadbirda tuman "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari, nuroniylar hamda mahalla ahli ishtirok etishmoqda.
Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar tomonidan yurtimizda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.
Tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi va aholiga xush kayfiyat ulashildi.
Kanalga ulanish:
https://t.me/qoshrabothayoti
#Iqtibos
Farzandini kitob o‘qishga o‘rgatmagan ota-ona, aslida, uni savodsiz qilib tarbiyalagan bo‘ladi.Abdulla A’zam Kanalga ulanish: https://t.me/Qushrabot_Manaviyat
“Qo‘shrabot kitobxonlari-2026” kitobxonlik chempionatining 6 turi yakuni bo‘yicha umumiy eng yuqori bal jamg‘argan TOP-10 jamoa.
To‘liq natijalar: 👉https://telegra.ph/Reyting-6-tur-07-04
📌Maʼlumot oʻrnida, mazkur kitobxonlik chempionati jami 12 turdan iborat boʻlib, gʻoliblar barcha turlarda jamoalarning egallagan ballarini umumlashtirgan holda aniqlanadi.Kanalga ulanish: https://t.me/qoshrabothayoti
+4
💥 “Qo‘shrabot kitobxonlari-2026” kitobxonlik chempionatining 6-turi o‘tkazildi.
📚Bugun, 4-iyul kuni 82-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Qo‘shrabot tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida “Qo‘shrabot kitobxonlari-2026” kitobxonlik chempionatining 6-turi o‘tkazildi.
✅Mazkur turda o‘quvchilar Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.
📊Test sinovlari yakuniga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan o‘quvchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Kanalga ulanish:
https://t.me/qoshrabothayoti
#Tafakkur_qiling
#Xulosa_sizdan
Qarzlar muborak, o‘rtoqlar!
Qarzlar muborak...
Kanalga ulanish:
https://t.me/qoshrabothayoti
+5
#Siyosiy_maʼrifat_soati
⚡️Siyosiy-ma’rifiy ilm — davlat xizmatchisi imijini xalq orasida yaxshilaydi
🔰Qo‘shrabot tumani tashkilotlari hamda muassasalaridagi rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.
✅Siyosiy-ma’rifat soatida yurtimizda hamda xorijda ro‘y berayotgan ahamiyatga molik voqealar tafsiloti, mutolaa vaqti rukni, huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati) haqida to‘xtalib o‘tildi.
Kanalga ulanish:
https://t.me/qoshrabothayoti
#viktorina
Qaysi davlatda gazetalar hanuzgacha dunyodagi eng katta tiraj bilan chop etiladi?
#viktorina
Oyda qaysi tabiat hodisasi sodir bo‘lmaydi?
✅Viktorina
❓Qaysi mamlakat tarkibida 17 ming 508 ta orol mavjud?
+8
#Siyosiy_maʼrifat_soati
Qoʻshrabot tumanidagi tashkilotlarda “Siyosiy-ma’rifat soati” hamda “Milliylik kuni” oʻtkazildi.
🔰Qo‘shrabot tumani tashkilotlari hamda muassasalaridagi rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi.
✅Siyosiy-ma’rifat soatida yurtimizda hamda xorijda ro‘y berayotgan ahamiyatga molik voqealar tafsiloti, mutolaa vaqti rukni, huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati) haqida to‘xtalib o‘tildi.
Kanalga ulanish:
https://t.me/qoshrabothayoti
#25_son
Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
🌍Biz bilan kuzatib boring!
🕊Telegram | 📸Instagram
Aziz kanalimiz kuzatuvchilari, taqdim etayotgan ushbu roligimiz jamiyatimizda halovat o‘rnini egallab borayotgan dabdabalar haqida. Aslida mehnat qilish, daromad topish mushkul ish, unga umrimizning oltin daqiqalari sarflanadi. Lekin bu vaqtlarni mazmunga almashtirish o‘rniga ko‘z-ko‘z qilish, bir kunlik hashamatga sarflash avvalo, o‘zimizga qilingan jabrdir.
Yaqinda bu mavzular haqida olimlarimiz bilan ham muloqot qilgan edik. Xulosalarimiz shuki, maromiylik, jamiyatimizda me’yor, tejamkorlik, halovat, sabr kabi qadriyatlar, mo‘tadillik, imkoniyat va harakat o‘rtasidagi muvozanatni keng targ‘ib qilish lozim.
Ijtimoiy rolikni tanishlaringizga, yaqinlaringiz guruhlariga ulashing. Kimnidir fikrini o‘zgartirsa, o‘ylantirsa, xursand bo‘lamiz.
@otabek_khasanov
+4
#Gerbim_faxrim
Davlat gerbi Davlatimiz qudrati, xalqimiz orzu-intilishlari va yurtimiz kelajagining timsoli.
Soliq xizmati xodimlari mamlakat iqtisodiy barqarorligi va qonuniylikni ta’minlash orqali ushbu muqaddas ramzda mujassam qadriyatlarga sodiq qoladi.
Davlat gerbi kuni barchamizga muborak bo‘lsin!
Kanalga ulanish:
https://t.me/qoshrabothayoti
✅ Qay biri toʻgʻri?
Bu modda yogʻli ovqatlarni koʻp isteʼmol qiladigan odamlarda ortadi.
