uk
Feedback
QOʻSHRABOT MAʼNAVIY HAYOTI

QOʻSHRABOT MAʼNAVIY HAYOTI

Відкрити в Telegram

Ushbu telegram sahifa orqali Qoʻshrabot tumanidagi maʼnaviy-maʼrifiy loyihalar va yangiliklar yoritilib boriladi

Показати більше
2 406
Підписники
-1024 години
-307 днів
+18330 день
Архів дописів
💥 “Qo‘shrabot kitobxonlari-2026” kitobxonlik chempionatining 7-turi o‘tkazildi. 📚Bugun, 1-avgust kuni 82-umumiy o‘rta ta’li
+5
💥 “Qo‘shrabot kitobxonlari-2026” kitobxonlik chempionatining 7-turi o‘tkazildi. 📚Bugun, 1-avgust kuni 82-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Qo‘shrabot tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilar o‘rtasida “Qo‘shrabot kitobxonlari-2026” kitobxonlik chempionatining 7-turi o‘tkazildi. ✅Mazkur turda o‘quvchilar Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlponning “Kecha va kunduz” asari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. 📊Test sinovlari yakuniga ko‘ra eng yuqori natija qayd etgan o‘quvchilar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Kanalga ulanish: https://t.me/qoshrabothayoti

✅ Viktorina ❓Quyidagilardan qaysi biri kuchli parolning asosiy belgisi hisoblanadi?
Anonymous voting

✅ Viktorina ❓Raqamli xavfsizlikni ta'minlashning eng samarali usullaridan biri qaysi?
Anonymous voting

#Milliy_libos Milliy liboslar — qadriyatlar bezagi Haftaning har jumasi yurtimizda “Milliy liboslar” kuni sifatida keng nisho
+3
#Milliy_libos Milliy liboslar — qadriyatlar bezagi Haftaning har jumasi yurtimizda “Milliy liboslar” kuni sifatida keng nishonlanmoqda. Ushbu tashabbus milliy qadriyatlarimizni asrash, uning targ‘ibi va avlodlar ongiga singdirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Qo‘shrabot tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham milliy liboslarda ish faoliyatini amalga oshirish bilan birga, yurtdoshlarimizga milliy urf-odat va an’analarimizning go‘zal namunasini namoyon etmoqdalar. Milliylik va zamonaviylik uyg‘unlashgan bu an’ana soha xodimlarining kasb madaniyati hamda milliy iftixorini yanada yuksaltirmoqda. Kanalga ulanish: https://t.me/qoshrabothayoti

#Siyosiy_maʼrifat_soati ⚡️Siyosiy-ma’rifiy ilm — davlat xizmatchisi imijini xalq orasida yaxshilaydi 🔰Qo‘shrabot tumani tash
+8
#Siyosiy_maʼrifat_soati ⚡️Siyosiy-ma’rifiy ilm — davlat xizmatchisi imijini xalq orasida yaxshilaydi 🔰Qo‘shrabot tumani tashkilotlari hamda muassasalaridagi rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. ✅Siyosiy-ma’rifat soatida  yurtimizda hamda xorijda ro‘y berayotgan ahamiyatga molik voqealar tafsiloti, mutolaa vaqti rukni, huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan  normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati) haqida to‘xtalib o‘tildi. Kanalga ulanish: https://t.me/qoshrabothayoti

Repost from Samarqand sadosi
#Uzb35 #yangi_ruhiyat
"Ma'naviyat boshqa sohalardan o'n qadam oldinda yurishi, yangi kuchga, yangi harakatga aylanishi kerak."
— O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Samarqand viloyati bo'limi tashabbusi bilan Prezidentimizning ushbu ezgu g'oyasi aks etgan bannerlar viloyatning barcha tuman va shaharlarida o'rnatildi. Bu tashabbus ma'naviyatni jamiyat hayotining ustuvor yo'nalishi sifatida keng targ'ib etishga xizmat qilmoqda.
Ma'naviyat — taraqqiyotning mustahkam poydevori
📱Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

#29_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan. Ulaning va ulashing: 👇👇👇 👉 https://t.me/qushrabottumanhokimligi

#bilarmidingiz Nega O'zbekiston bayrog'idagi oy teskari? 📱Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Madaniyat va ma'rifat telekanalining "Bugun" dasturida tumandoshimiz, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Islom Ali ishtirokida 16-18-iyul kunlari Ozarbayjon Respublikasining Shusha shahrida "Turkiy dunyo yosh shoirlar festivali"ning taasurotlari va tafsilotlari haqida koʻrsatuv efirga berildi. Kanalga ulanish: https://t.me/qoshrabothayoti

✅ Viktorina ❓Quyidagilardan qaysi biri tarixiy tadqiqotning retrospektiv usuliga misol bo‘la oladi?
Anonymous voting

O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi — Поздравление народу Узбекистана с Днем дружбы на
O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigiПоздравление народу Узбекистана с Днем дружбы народов Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#birdamjamiyat O‘zbekistonda hukm surayotgan birdamlik, tinchlik va totuvlik mamlakatning eng katta boyligidir. Respublikamiz
+6
#birdamjamiyat
O‘zbekistonda hukm surayotgan birdamlik, tinchlik va totuvlik mamlakatning eng katta boyligidir. Respublikamizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashab, mehnat qilmoqda. Bizni madaniyat, an’analar, urf-odatlarning umumiyligi, tillarning yaqinligi, ko‘p asrlik do‘stlik, o‘zaro hurmat bog‘lab turadi. Ana shu millatlar oʻrtasida birdamlikni yanada mustahkamlash maqsadida har yili 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni sifatida keng nishonlanadi.
Bugun 5-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabida ayni sanaga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy tashkil etildi. Tadbir doirasida turli millatlar liboslari, anʼanalari va badiiy adabiyotlari koʻrgazmasi tashkil etildi. Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston – yagona Vatan!” shiori ostida “Do‘stlik ohanglari” konsert tomoshasi namoyish qilindi. Kanalga ulanish: https://t.me/qoshrabothayoti

Repost from Samarqand sadosi
#birdam_jamiyat Har bir ozoda ko‘cha, har bir yashil maskan ortida fidoyi insonlarning mashaqqatli mehnati mujassam. Obodonlashtirish xodimlari bilan samimiy suhbatni tomosha qiling.
"Kasblarning oddiysi bo'lmaydi, faqat befarq insonlar bo'ladi."
📱Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

🗓 30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni! Mamlakatimizda o‘zaro hurmat, ahillik va hamjihatlik muhitida yashab kelayotgan 130 dan
🗓 30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni! Mamlakatimizda o‘zaro hurmat, ahillik va hamjihatlik muhitida yashab kelayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillarini, ularning timsolida esa ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqini 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Bugungi kunda 157 ta milliy-madaniy markaz, 42 ta do‘stlik jamiyati hamda xorijdagi 100 dan ortiq vatandoshlar jamoat birlashmalari davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘un rivojlantirish, shuningdek, xalq diplomatiyasi hamda xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirish yo‘lida samarali faoliyat olib bormoqda.
Xalqlar do‘stligi kuni yurtimizdagi tinchlik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat muhitining yorqin ifodasidir. Ushbu qutlug‘ sana turli millat va elat vakillarining boy madaniy merosi, urf-odatlari va an’analarini e’zozlash, do‘stlik va birdamlik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Rasmiy sahifalarimiz👇 🚨telegram | 📎Facebook 📺YouTube | 👚Instagram

Ixcham toʻy — farovon oilaning muhim qadami Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi tomonidan toʻy-hashaml
+2
Ixcham toʻy — farovon oilaning muhim qadami Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi tomonidan toʻy-hashamlarni milliy qadriyatlarimizga mos, ixcham va ortiqcha dabdabalardan xoli tarzda tashkil etish madaniyatini keng targʻib etish maqsadida Qoʻralos, Pichot va Doʻstlik mahallalarida toʻy oʻtkazish arafasida turgan fuqarolar oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Unda mutasaddilar tomonidan fuqarolarga toʻy marosimlarini amaldagi tartib va tavsiyalar asosida, isrofgarchilikka yoʻl qoʻymasdan, oilaning moddiy imkoniyatlaridan kelib chiqib oʻtkazishning ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berildi. Uchrashuv davomida fuqarolarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi. Kanalga ulanish: https://t.me/qoshrabothayoti

✅ Viktorina ❓“Tazod” sanʼati nima?
Anonymous voting

#no_comment Mustaqilligimizning 35 yilligi: tumanimizda bayram shukuhi Kanalga ulanish: https://t.me/qoshrabothayoti

#kun_hikmati 🎤Muvaffaqiyatni faqat harakatga kirishganlar ko‘radi. 🪶 Tomas Edison Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube |
#kun_hikmati 🎤Muvaffaqiyatni faqat harakatga kirishganlar ko‘radi. 🪶 Tomas Edison
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram

Repost from Samarqand sadosi
Hurmatli kuzatuvchilar! Yapon madaniyati haqida so‘z ketganda, ko‘pchilik uning tartib-intizomi, odobi va o‘zaro hurmatiga havas bilan qaraydi. Biroq bu fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimizda ham azaldan mavjud.
Muhimi, ularni asrash va kundalik hayotimizda amal qilishdir.
Ushbu videoda aynan shu haqda so‘z boradi. Tomosha qiling va xulosa chiqaring. 📱Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

✅ Qay biri toʻgʻri?
Anonymous voting