cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Sortoy ATM

Kimyo, Biologiya, Majburiy fanlar

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
294
Obunachilar
+124 soatlar
+47 kunlar
+1130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from Xushnudbek.uz
❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul iyun oyidan boshlanadi Prezident maktablariga ikki sinfga 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi. Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari quyidagi hujjatlarni ariza.piima.uz veb-sayti orqali topshirishi kerak: ● baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi; ● o‘quvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati; ● o‘quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasining (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun telefon raqamlari. ✅ O‘quvchilarga hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi. Bunda, Prezident maktabiga kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Agar kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Repost from Xushnudbek.uz
03:47
Video unavailableShow in Telegram
Davlat grantini faqat 1 yil uchun berilishi haqida “Lolazor” podkastida biroz gaplashdik. Albatta, ushbu yangilik atrofida fikrlar turlicha. Kimdir yaxshi desa, kimdir yomon deydi. Asosiy xavotir oliy ta’limdagi korrupsiya darajasi oshib ketishida bo’lyapti. Xavotirda jon bor, bizning holatimizda bu reallik, to’qima gap emas. Lekin sizga qanchalik g’alati eshitilmasin, men aynan mana shu yangilik tufayli uzoq istiqbolda (1-2 yilda emas) oliy ta’limda korrupsiya kamayadi, degan fikrdaman. Chunki mazkur yangi tizim natijasida jamoatchilik nazorati paydo bo’ladi. Hozir oliy ta’limdagi korrupsiyaning jabrlanuvchisi yo’q. Jabrlanuvchi — jamiyat kelajagi. Lekin bu umumiy gap, konkret shaxs bundan jabr chekmaydi. Ana endi jabrlangan aniq shaxslar paydo bo’ladi. Kimgadir soxta “5” baho qo’yish, boshqalarga zarar yetkazishni boshlaydi. Va o’z-o’zidan korrupsiyaga qarshi kurashish, shikoyat qilish, norozi bo’lish boshlanadi. Chunki jamiyat kelajagi uchun kurashadiganlar sanoqli, shaxsiy manfaat uchun kurashadiganlar son-sanoqsiz. To’g’ri, yangi tizim yaxshi ishlashi uchun hali ko’p o’zgarishlar qilish kerak bo’ladi. Va aynan o’sha o’zgarishlar bo’lishi uchun ham mana shu yangilik kerak edi! 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
👍 1🥰 1
Repost from Xushnudbek.uz
00:57
Video unavailableShow in Telegram
⁉️ O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi? #abituriyent Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi. Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi. Keyin yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi. ✅ Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari: • sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball; • boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi. ✳️ Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari: • sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball; • boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi. ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman: https://t.me/xushnudbek/20721 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
👍 2🥰 1
11.05.2024 Biologiya fanidan uyga vazifa bajarmaganlar 1.Salohiddinova Munisa 2.Jursunov Ravshan 3.Begimov Islom 4.Sunnatullayev Doniyor 5.Xudoyberdiyev Mexroj
Hammasini ko'rsatish...
👍 4🔥 3
Repost from Xushnudbek.uz
Vazirlik mas’ullaridan aniqlashtirdim: Grantni faqat 1 yilga berilishi haqidagi yangi tartib faqat joriy yilda o’qishga kiradigan 1-bosqich talabalari uchun taalluqli bo’ladi. Hozir grantda o’qiyotgan birinchi va undan yuqori bosqichdagi talabalarda o’qishining oxirigacha granti saqlanib qoladi, ularga ushbu yangi tartib amal qilmaydi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
👍 7
Repost from Xushnudbek.uz
‼️Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. 🏫 Manba: O’zA 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
Repost from Xushnudbek.uz
⚡O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko’tariladi #abituriyent O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshiriladi, deya xabar bermoqda O’zA. Bunda: sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball; boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi. Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
👍 2👏 1
Repost from Xushnudbek.uz
Endilikda ta’lim granti talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi Bunda: 1-kursda grantlar o‘qishga kirishdagi imtihon natijalari bo‘yicha taqsimlanadi, 2-kursdan boshlab esa reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi. ➖ lekin ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant olganlar, ya’ni maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga esa davlat granti butun o‘qish davri uchun beriladi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram