cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Замонавий бошқарувда янги таълим

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Quyi Chirchiq tumani ixtisoslashtirilgan maktab

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
204
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-17 kunlar
-230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
#Tabrik Quyi Chirchiq tuman hokimi Xolmuradov Akmal Arslanovichning mo‘min-musulmonlarni, shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan tumandoshlarga yo'llagan bayram tabrigi. Bastafsil. Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇 📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
Repost from Hilola Umarova
Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli hamkasblar, hurmatli pedagoglar! Avvalo barchangizni chinakam insoniylik, ezgu qadriyatlar, o‘zaro hurmat, mehr-saxovat ayyomi — Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklayman hamda o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman. Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda Uchinchi Renesans davrining poydevori aynan ta’lim islohotlari asosida qurilayotganligi va bu jarayonda siz aziz hamkasblarimiz sidqidildan ishtirok etayotganingiz tizim yetakchisi sifatida meni juda xursand qiladi. Bu jarayonlarda sizlar bilan bir safda yelkama-yelka turib xizmat qilish men uchun ham faxr, ham ulkan mas’uliyatdir. Shuni unutmasligimiz kerakki, ta’lim sohasi millatimiz yuksalishi hamda uning kelajak rivojida muhim rol o‘ynaydi. Bu haqiqatni barchangiz teran anglagansiz. Shu boisdan sizlarni hech ikkilanmay ana shu savobli ishlarning mohir muhandislari, deb atasam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Aziz do‘stlar, muhtaram ustozlar! Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor muborakbod etaman. Oilangizga xotirjamlik, baxt va omad hamisha hamroh bo‘lishini tilayman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Hammasini ko'rsatish...
00:11
Video unavailableShow in Telegram
#tabrik Hurmatli yurtdoshlar! Siz azizlarni, butun xalqimizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz. Oilangizga tinchlik va xotirjamlik, baraka hamda farovonlik tilaymiz. Duogo‘y nuroniylarimizning mana shunday fazilatli damlarda yurtimiz haqqiga qilgan ezgu niyat va tilaklari ijobat bo‘lsin! Hurmat bilan, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
IMG_3355.MP41.92 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Дунё_ёшлари 🇰🇷 ЖАНУБИЙ КОРЕЯ ЁШЛАРИ ҲАЁТИГА НАЗАР Корея Республикаси Президенти Юн Сок Ёль рафиқаси билан бирга 13 июнь куни давлат ташрифи билан мамлакатимизга келди. Шу муносабат билан кореялик ёшлар ҳаётига назар солдик. ➖🕺 Оилавий муҳит 4 ёшдан бошлаб мамлакатдаги қонунлар ҳақида тушунча бериш бошланади. 5-7 ёшдан бошлаб, улар билан жиддий шуғулланиш бошланади. Ота-она боланинг қобилияти ва қизиқишларини аниқлайди. Шунга кўра бўш вақтини фойдали машғулотлар билан тўлдиради. ➖📚 Таълим Асосий таълим уч турга бўлинади: бошланғич, ўрта ва олий таълим. 6 йил қуйи, 3 йил ўрта, 3 йил олий мактабда ўқилади. Тўрт йиллик коллежда бакалавр унвони берилади. Танланган йўналишда 2 йил чуқурлаштирилган таълим олингач магистр даражасини олиш мумкин. Олий ўқув юртларининг фаолияти яхши йўлга қўйилган. 104 та ОТМ бор. Мактаб битирувчиларнинг 40 фоизи ўқишга киради. Талабалар сони бўйича Жанубий Корея дунёда 1 ўринда туради. Мамлакатда инглиз тилига эътибор кучли. Чет тилларни ўқитишга ҳафтасига 4-5 соат ажратилган. ➖🎶 Дунё ёшларини забт этган K-поп Жанубий Кореядаги ёшлар корейсча поп фанати. Хусусан, BTS, BLACKPINK, ЭХО ва бошқа кўплаб гуруҳлар глобал юлдузларга айланди ва хорижлик ёшлар юрагини ҳам забт этди. Ёшлар модада асосан артистларга эргашади. ➖🫂 Ёшларнинг жамиятдаги фаоллиги Йигит-қизларнинг фаоллиги юқори. Ижтимоий муаммоларни ҳал этишда четда турмайди. Атроф-муҳит ифлосланиши, гендер тенглиги ва бошқа долзарб мавзуларда ўз фикрларини турли усулларда билдиради. ✍️ Анора Абдурашидова тайёрлади. Yoshlar kundaligi
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⏰ Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda. 📊 Ushbu arizalarning 10-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
📣📣📣📣📣 Diqqat, diqqat! Ota-onalar uchun yanada qulaylik! ⚡️ 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar amalga oshiriladi. Farzandlaringizni Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab internatlariga hujjatlarini online topshirishda qiyinchiliklarga duch kelyapsizmi? Bu kabi qiyinchilklarga endilikda yechim bor! Quyi Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilar qabuli bo‘yicha online hujjatlar topshirishda ko'maklashadi! 🏢 Quyi Chirchiq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi binosida 2024-2025-oʻquv yilida o‘quvchilar hujjatlarini online qabuli bo'yicha BEPUL MASLAHAT MARKAZI faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. ❓ Qanday hujjatlar talab etiladi? 🗂 Talabgorning: ➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi; ➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); ➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim. Telegram| Facebook| Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
#Ochiq_muloqot Pedagogika yo'nalishini bitirayotgan talabalar uchun maxsus platforma yaratildiBugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, talabalarning fikr-mulohazalariga quloq tutish maqsad qilingan. ❗️Hilola Umarova so‘zi avvalida ta'lim sifatini oshirish yo'lida qilinayotgan ishlarga alohida to‘xtaldi va o‘qituvchilar bu jarayonlarning markazida ekanligini, pedagogika universitetining bitiruvchilari — bo‘lajak pedagoglarga katta ishonch bildirishini ta'kidladi. Shundan so‘ng, universitet bitiruvchilari o‘z takliflari, murojaat va mulohazalari vazirga bildirishdi. Xususan: ➖vazirlik tomonidan pedagoglar uchun tashkil etiladigan seminar-treninglarda universitet bitiruvchi talabalarining ham ishtirok etishi, ➖maktabgacha ta’limda maqsadli kvotalar ko‘lamini kengaytirish takliflari bildirildi. Murojaat bilan chiqqan talabalarning masalalari joyida hal etildi. ❗️Bundan tashqari, faol talabalar vazirlikka amaliyotga taklif qilindi. Shuningdek, tadbir davomida vazirlikning “Ish.uzedu.uz” platformasi taqdimoti bo’lib, unda tizimdagi bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar doimiy ravishda yangilanib borilishi ta’kidlandi. Ochiq muloqot so’nggida vazir universitetning magistratura yo’nalishi 1-bosqich talabalari bilan ham uchrashib, ular bilan suhbatlashdi. Unda Hilola Umarova doimiy izlanishda bo’lish, o’z ustida muntazam ishlab borish muvaffaqiyat kaliti ekanini bildirdi. ✔️Ma’lumot o‘rnida: joriy o‘quv yilida mazkur ta’lim muassasasini jami 5 ming nafardan ziyod talaba tamomlamoqda. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
#xalqaro_hamkorlik #Incheon_taʻlim_festivali ⚡️INCHEON TA'LIM FESTIVALINING YAKUNIY BOSQICHI BO‘LIB OʻTDI Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan hamkorlikda ilk bor o‘tkazilayotgan “Incheon ta’lim festivali”ning yakuniy bosqichi va yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Incheon shahar taʼlim boshqarmasi Xalqaro taʼlim markazi direktori Lee Mi Yeong va boshqalar ishtirok etdi. Mazkur festival o‘quvchilarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirgan holda ularning ixtisoslashgan xalqaro dasturlar, loyihalar va tanlovlarda ishtirok etishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ilg‘or, tashabbuskor va ijodkor o‘gʻil-qizlarni aniqlash, ularning qobiliyat, mahoratlarini ro‘yobga chiqarish va munosib ragʻbatlantirishni ko‘zda tutadi. Yakuniy bosqich jarayonlaridan fotoreportaj. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Saida Mirziyoyeva
01:02
Video unavailableShow in Telegram
Kechagi konferensiyada taʼlimga oid masalalar bo‘yicha tajriba almashdik, xalqaro hamkorlar bilan muloqot jarayonida sohadagi ilgʻor usullar bilan tanishdik. Umid qilamanki, bu gʻoyalar metodikalarimizni yaxshilashga, oʻqituvchilarni taʼlim tizimidagi yangiliklarga tayyorlashga yordam beradi. - Вчера на конференции мы обменялись опытом в области  образования, узнали о передовых методах от международных партнёров. Надеюсь, что эти идеи помогут нам улучшить наши собственные методики и подготовить педагогов к обновлениям в сфере образования.
Hammasini ko'rsatish...
IMG_1850.MP412.09 MB