uz
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Kanalga Telegram’da o‘tish

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali AI | DigiTech analitikasi

AI | DigiTech (@digitechai) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 52 071 obunachidan iborat bo'lib, Texnologiyalar & Aralashmalar toifasida 2 543-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 1 415-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 52 071 obunachiga ega bo‘ldi.

01 Iyul, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -2 961 ga, so‘nggi 24 soatda esa -208 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 25.25% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 17.89% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 13 184 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 9 342 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 127 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 02 Iyul, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Texnologiyalar & Aralashmalar toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

52 071
Obunachilar
-20824 soatlar
-1 7197 kunlar
-2 96130 kunlar
Postlar arxiv
📲 Apple kutilmaganda «suyuq shisha» dizaynidan voz kechdi — testerlar yangi iOS 26 beta-versiyasida ikonkalar shaffof emasli
+2
📲 Apple kutilmaganda «suyuq shisha» dizaynidan voz kechdi — testerlar yangi iOS 26 beta-versiyasida ikonkalar shaffof emasligini payqashdi. Eslatib o’tamiz: 9-iyun kuni Tim Kuk WWDC ko’rgazmasida bir soatlik taqdimotini «suyuq shisha» dizayniga bag’ishlagan edi, endi esa undan voz kechdi. 📟 DigiTech

🛵 BMW futuristik dizaynli CE 04 2025 elektr skuterini chiqardi. Unga 42 ot kuchiga ega dvigatel o’rnatilgan, 0-50 km/soat te
+3
🛵 BMW futuristik dizaynli CE 04 2025 elektr skuterini chiqardi. Unga 42 ot kuchiga ega dvigatel o’rnatilgan, 0-50 km/soat tezlikka 2,6 soniyada erishadi. Maksimal tezlik esa soatiga 120 km. Bir zaryadda 130 km masofani bosib o’tadi. Muvozanatni boshqarish tizimi, ABS, isitiladigan rul va o’rindiqlar mavjud. Narxi — 13 000 dollar. 📟 DigiTech

🏗️ Xitoyning Jinan shahridagi qurilish maydonida atrofga chang tarqalmasligi va mahalliy aholini shovqin bilan bezovta qilmaslik uchun ulkan himoya gumbazi shishirildi. Balandligi 50 metr bo’lgan qobiq taxminan 20 000 m² maydonni egallaydi. U egiluvchan va yong’inga chidamli poliviniliden ftoriddan ishlab chiqilgan bo’lib, tovushlarni 80 foizga pasaytiradi, ichkarida esa ishchilar uchun toza havo aylanishini va namlikni ta’minlaydigan kuchli ventilyatorlar o’rnatilgan. 📟 DigiTech

💊 Google saratonni yengishga qaror qildi: kompaniya sun’iy intellekt yordamida yaratilgan yangi dorini sinovdan o’tkazish uc
💊 Google saratonni yengishga qaror qildi: kompaniya sun’iy intellekt yordamida yaratilgan yangi dorini sinovdan o’tkazish uchun birinchi ko’ngillilarni izlamoqda. Preparat AlphaFold modeli yordamida ishlab chiqilgan. U oqsillar va DNK tuzilishidagi o’zgarishlarni bashorat qila oladi. Ishlab chiquvchilar kelajakda ushbu SI har qanday kasallikni davolay olishiga ishonishadi. AlphaFold boshqa dorilarni ishlab chiqishda allaqachon birinchi muvaffaqiyatlarni ko’rsatdi. Ammo sun’iy intellekt yordamida yaratilgan saratonga qarshi dorilarning ilk «jonli» sinovi endi o’tkaziladi. 📟 DigiTech

⚡️Sharsimon chaqmoqlar mavjud bo’lishi mumkin — Kanadaliklar juda kamyob hodisani suratga olishga muvaffaq bo’lishdi. U momaqaldiroqdan so’ng darhol paydo bo’lgan, dala bo’ylab bir oz uchib o’tgan va g’oyib bo’lgan. Olimlar videodagi chindan ham sharsimon chaqmoq bo’lishi mumkinligini istisno qilishmayapti, lekin 100% aniqlik yo’q. 📟 DigiTech

📑 Manbalarni qidirib o’zi diplom ishi yozib beradigan neyrotarmoq — Stenford universitetining top neyrotarmog’ini topdik. Storm neyrotarmog’i bir necha daqiqada kurs ishi, insho yoki referat tayyorlab beradi. U matnni haqiqiy ilmiy maqolalar asosida yozadi va havolalarni taqdim etadi. To’g’ri brauzerda ishlaydi va foydalanish bepul. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

+1
🚘 Panjobda yo’l harakati qoidabuzarliklarini nazorat tizimi shunday ishlaydi. Xodimlar video yozuvlarni shaxsan ko’rib chiqib qoidabuzarliklarni qidirishadi va jarimalarga chekni chiqarishadi. Bu hazil emas: videolar mahalliy politsiyaning rasmiy akkauntidan olingan :) 📟 DigiTech

⚡️Tesla kompaniyasi Oasis Supercharger — elektromobillar uchun quyosh energiyasida ishlaydigan ulkan zaryadlash stansiyasini
+2
⚡️Tesla kompaniyasi Oasis Supercharger — elektromobillar uchun quyosh energiyasida ishlaydigan ulkan zaryadlash stansiyasini qurdi. U Los-Anjeles va San-Fransisko o’rtasidagi avtomagistral yaqinida joylashgan bo’lib, 121 000 m² maydonga o’rnatilgan quyosh panellari ishlab chiqaradigan elektr energiyasida ishlaydi. U yerda naqd 168 ta zaryadlash stansiyalari mavjud, endi u Tesla'ning eng katta zaryadlash stansiyalaridan biri hisoblanadi. 📟 DigiTech

🌩️ XKS bortidan juda chiroylu sprayt'ni suratga olishdi — u to’g’ri momaqaldiroq bulutlari ustida yuzaga keladigan, kam o’rg
+2
🌩️ XKS bortidan juda chiroylu sprayt'ni suratga olishdi — u to’g’ri momaqaldiroq bulutlari ustida yuzaga keladigan, kam o’rganilgan chaqmoqdir. U atmosferaning yuqori qatlamlarida uradi, uni yerdan ko’rish deyarli imkonsiz. Suratni NASA astronavti Nikol Ayers stansiya Meksika ustidan uchib o’tayotganida olgan. Sprayt'lar odatda 50 km balandlikda paydo bo’ladi va 100 millisoniyadan kamroq vaqt ichida yo’qoladi, shuning uchun ularni suratga olish hatto orbitada ham katta omad. 📟 DigiTech

👨‍💻 13 yoshli Dilan ismli maktab o’quvchisi Microsoft Teams'da muhim zaiflikni topdi va buning uchun kompaniya uni ishga ol
👨‍💻 13 yoshli Dilan ismli maktab o’quvchisi Microsoft Teams'da muhim zaiflikni topdi va buning uchun kompaniya uni ishga oldi. Bug Bounty jamoasi Dilan'ga dasturda 13 yoshidan boshlab ishtirok etishiga imkon berish uchun shartlarni o'zgartirishiga to’g’ri keldi. Unga shuningdek, Microsoft xavfsizligiga javobgar (MSRC) guruhi bilan ishlash taklif qilindi. Dilan hozirda guruhning eng yosh va eng samarali a’zosi. O’tgan yozda u 20 ta zaifliklarni topdi, yaqinda esa Zero Day Quest xakerlik chempionatida 3-o’rinni egalladi. 📟 DigiTech

👨‍⚕️Virtual shifokor haqiqiylardan o’zib ketdi. MAI-DxO yangi neyron tarmog’i shifokorlarga qaraganda 4 marta aniqroq tashxi
👨‍⚕️Virtual shifokor haqiqiylardan o’zib ketdi. MAI-DxO yangi neyron tarmog’i shifokorlarga qaraganda 4 marta aniqroq tashxis qo’ymoqda. Microsoft GPT, Gemini, Claude, Llama va Grok'dan tashkil topgan «kengash»ni tashkil qildi — ular birgalikda simptomlarni, testlarni tahlil qilishadi va o’zaro maslahatlashib aniq tashxisni qo’yishadi. Sinov 304 ta murakkab tibbiy holat bo’yicha o’tkazildi. SI 80% hollarda to’g’ri tashxis qo’ygan, shifokorlar esa atigi 20% hollarda. Ushbu neyrotarmoqning ommaviy versiyasi yaqinda chiqariladi. 📟 DigiTech

⚡️iOS va macOS'dagi Telegram dasturida notanish odamlardan kelgan havolalar ishlamaydigan bo’ldi — ularni bossa ishlamaydi va
⚡️iOS va macOS'dagi Telegram dasturida notanish odamlardan kelgan havolalar ishlamaydigan bo’ldi — ularni bossa ishlamaydi va oddiy matndek ko’rinadi. Ehtimol, bu fishing va spamdan yangi himoyadir. Havolani faollashtirish uchun jo’natuvchini kontaktlarga qo’shish yoki shunchaki xabarni «Saved Messages»ga yuborish kerak. 📟 DigiTech

📋 O‘zbekistondagi ish beruvchi brendlarga bo‘lgan munosabat yuzasidan so‘rovnomada ishtirok eting. Maqsad — kompaniyalarning
📋 O‘zbekistondagi ish beruvchi brendlarga bo‘lgan munosabat yuzasidan so‘rovnomada ishtirok eting. Maqsad — kompaniyalarning mehnat bozoridagi taniqlik darajasini, ular bilan bog‘liq assotsiatsiyalarni va nomzodlar ish o‘rinlarini asosan qayerdan izlashini aniqlash. Javoblaringiz mehnat sharoitlarini yaxshilashga va nomzodlar uchun bozorni yanada shaffofroq qilishga yordam beradi. So‘rovnoma anonim bo‘lib, atigi bir necha daqiqa vaqtingizni oladi. So‘rovnomada quyidagi havola orqali ishtirok etishingiz mumkin: https://app.wynde.io/split/a4vanr2mbq691y3

🤖 Amazonda allaqachon 1 million robot ishlamoqda va ularning soni kun sayin odam xodimlar soniga yaqinlashib bormoqda (1,56
🤖 Amazonda allaqachon 1 million robot ishlamoqda va ularning soni kun sayin odam xodimlar soniga yaqinlashib bormoqda (1,56 million). Ular ilgari omborda shunchaki qutilarni saralashardi, hozir esa kollektiv ishlashmoqda: robotlar bir-birlari bilan muloqot qilishadi, vazifalarni rejalashtirishadi va bir-birlaridan ishni o’rganishadi. 📟 DigiTech

👨‍⚕️ Amerikalik shifokor robotni masofaviy boshqarib bemorning o’simtasini olib tashlashga muvaffaq bo’ldi. Bu «kontinentlar
👨‍⚕️ Amerikalik shifokor robotni masofaviy boshqarib bemorning o’simtasini olib tashlashga muvaffaq bo’ldi. Bu «kontinentlar aro robotli jarrohlik» texnologiyalari sinovida birinchi bemor edi. Shifokor Florida'da bo’lgan, bemor esa Afrikada, operatsiya robot yordamida amalga oshirilgan. Jarrohning aytishicha, kelajakda bunday favqulodda operatsiyalar to’g’ri tez yordam mashinasida kasalxonaga ketayotgan paytda amalga oshirilishi mumkin. 📟 DigiTech

+3
🚘 Ferrari o’zining «hamyonbop narxdagi» sportkari Amalfi'ni namoyish etdi, u hozirda kompaniya avtomobillari orasida eng arzon model hisoblanadi. Mashina 640 ot kuchiga ega turbinali V8 dvigateli bilan jihozlangan, maksimal tezligi 320 km/soat va 0-100 km/soat tezlikka 3,3 soniyada erishadi, salonda Burmester 1200 Vt premium audiotizimi mavjud. Narxi — 240 000 yevro. 📟 DigiTech

🗂️ Tarjimalar uchun eng yaxshi sun’iy intellekt — XdocAI, u hatto ulkan fayllarni ham bepul tarjima qilib beradi. • Lokalizatsiya va kontekstni hisobga olgan holda 98% gacha aniqlik bilan 108+ tilga tarjima qiladi. • Yirik hujjatlarni ham bir necha daqiqada tarjima qilib beradi. • Foydalanish oson, shunchaki faylni yuklang va tayyor tarjimani oling. • Asosiysi — undan foydalanish bepul. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🏬 Xiaomi universitetni endi bitirib ishga kirgan yangi xodimlari uchun zamonaviy yotoqxonalarni qurdi. 29 m² bo’lgan kvartir
+4
🏬 Xiaomi universitetni endi bitirib ishga kirgan yangi xodimlari uchun zamonaviy yotoqxonalarni qurdi. 29 m² bo’lgan kvartiralarda barcha mebellar va aqlli uy uchun ko’plab qurilmalar, jumladan, maishiy texnika ham mavjud. Oshxona va sport zallari umumiy. Ishga esa xodimlarni maxsus avtobus asosiy ofisgacha olib boradi. Bunday kvartiraning ijarasi oyiga 280 dollar turadi. 📟 DigiTech

+1
⚡️Xitoyliklardan kuryerlar va quruvchilar uchun ajoyib qurilma — u kir yuvish mashinasini yoki hatto odamni zinapoyadan osongina tepaga olib chiqib qo’yadi. Ushbu elektr arava 180 kg gacha yukni ko’tara oladi, zaryadi esa taxminan 60-80 qavatga yetadi. Xitoyda narxi 760 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

+2
⚡️Telegram'ga vazifalar ro’yxati qo’shildi. Endi to’g’ridan-to’g’ri chatlarda vazifalarni rejalashtirish yoki xaridlar ro’yxatini tuzish mumkin. Shuningdek, yangilanish bilan kanallar uchun taklif funksiyasi yaxshilandi. Endi foydalanuvchilar kanal uchun nashr vaqti va donat miqdorini tanlab, tayyor postlarni taklif qilishlari mumkin. 📟 DigiTech