ch
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

前往频道在 Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

显示更多

📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览

频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 52 071 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 543,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 415

📊 受众指标与增长动态

невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 52 071 名订阅者。

根据 01 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 961,过去 24 小时变化为 -208,整体触达仍然可观。

  • 认证状态: 未认证
  • 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.25%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.89% 的反应,占订阅者总量。
  • 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 184 次浏览,首日通常累积 9 342 次浏览。
  • 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 127

📝 描述与内容策略

作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

凭借高频更新(最新数据采集于 02 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。

52 071
订阅者
-20824 小时
-1 7197
-2 96130
帖子存档
📲 Apple kutilmaganda «suyuq shisha» dizaynidan voz kechdi — testerlar yangi iOS 26 beta-versiyasida ikonkalar shaffof emasli
+2
📲 Apple kutilmaganda «suyuq shisha» dizaynidan voz kechdi — testerlar yangi iOS 26 beta-versiyasida ikonkalar shaffof emasligini payqashdi. Eslatib o’tamiz: 9-iyun kuni Tim Kuk WWDC ko’rgazmasida bir soatlik taqdimotini «suyuq shisha» dizayniga bag’ishlagan edi, endi esa undan voz kechdi. 📟 DigiTech

🛵 BMW futuristik dizaynli CE 04 2025 elektr skuterini chiqardi. Unga 42 ot kuchiga ega dvigatel o’rnatilgan, 0-50 km/soat te
+3
🛵 BMW futuristik dizaynli CE 04 2025 elektr skuterini chiqardi. Unga 42 ot kuchiga ega dvigatel o’rnatilgan, 0-50 km/soat tezlikka 2,6 soniyada erishadi. Maksimal tezlik esa soatiga 120 km. Bir zaryadda 130 km masofani bosib o’tadi. Muvozanatni boshqarish tizimi, ABS, isitiladigan rul va o’rindiqlar mavjud. Narxi — 13 000 dollar. 📟 DigiTech

🏗️ Xitoyning Jinan shahridagi qurilish maydonida atrofga chang tarqalmasligi va mahalliy aholini shovqin bilan bezovta qilmaslik uchun ulkan himoya gumbazi shishirildi. Balandligi 50 metr bo’lgan qobiq taxminan 20 000 m² maydonni egallaydi. U egiluvchan va yong’inga chidamli poliviniliden ftoriddan ishlab chiqilgan bo’lib, tovushlarni 80 foizga pasaytiradi, ichkarida esa ishchilar uchun toza havo aylanishini va namlikni ta’minlaydigan kuchli ventilyatorlar o’rnatilgan. 📟 DigiTech

💊 Google saratonni yengishga qaror qildi: kompaniya sun’iy intellekt yordamida yaratilgan yangi dorini sinovdan o’tkazish uc
💊 Google saratonni yengishga qaror qildi: kompaniya sun’iy intellekt yordamida yaratilgan yangi dorini sinovdan o’tkazish uchun birinchi ko’ngillilarni izlamoqda. Preparat AlphaFold modeli yordamida ishlab chiqilgan. U oqsillar va DNK tuzilishidagi o’zgarishlarni bashorat qila oladi. Ishlab chiquvchilar kelajakda ushbu SI har qanday kasallikni davolay olishiga ishonishadi. AlphaFold boshqa dorilarni ishlab chiqishda allaqachon birinchi muvaffaqiyatlarni ko’rsatdi. Ammo sun’iy intellekt yordamida yaratilgan saratonga qarshi dorilarning ilk «jonli» sinovi endi o’tkaziladi. 📟 DigiTech

⚡️Sharsimon chaqmoqlar mavjud bo’lishi mumkin — Kanadaliklar juda kamyob hodisani suratga olishga muvaffaq bo’lishdi. U momaqaldiroqdan so’ng darhol paydo bo’lgan, dala bo’ylab bir oz uchib o’tgan va g’oyib bo’lgan. Olimlar videodagi chindan ham sharsimon chaqmoq bo’lishi mumkinligini istisno qilishmayapti, lekin 100% aniqlik yo’q. 📟 DigiTech

📑 Manbalarni qidirib o’zi diplom ishi yozib beradigan neyrotarmoq — Stenford universitetining top neyrotarmog’ini topdik. Storm neyrotarmog’i bir necha daqiqada kurs ishi, insho yoki referat tayyorlab beradi. U matnni haqiqiy ilmiy maqolalar asosida yozadi va havolalarni taqdim etadi. To’g’ri brauzerda ishlaydi va foydalanish bepul. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

+1
🚘 Panjobda yo’l harakati qoidabuzarliklarini nazorat tizimi shunday ishlaydi. Xodimlar video yozuvlarni shaxsan ko’rib chiqib qoidabuzarliklarni qidirishadi va jarimalarga chekni chiqarishadi. Bu hazil emas: videolar mahalliy politsiyaning rasmiy akkauntidan olingan :) 📟 DigiTech

⚡️Tesla kompaniyasi Oasis Supercharger — elektromobillar uchun quyosh energiyasida ishlaydigan ulkan zaryadlash stansiyasini
+2
⚡️Tesla kompaniyasi Oasis Supercharger — elektromobillar uchun quyosh energiyasida ishlaydigan ulkan zaryadlash stansiyasini qurdi. U Los-Anjeles va San-Fransisko o’rtasidagi avtomagistral yaqinida joylashgan bo’lib, 121 000 m² maydonga o’rnatilgan quyosh panellari ishlab chiqaradigan elektr energiyasida ishlaydi. U yerda naqd 168 ta zaryadlash stansiyalari mavjud, endi u Tesla'ning eng katta zaryadlash stansiyalaridan biri hisoblanadi. 📟 DigiTech

🌩️ XKS bortidan juda chiroylu sprayt'ni suratga olishdi — u to’g’ri momaqaldiroq bulutlari ustida yuzaga keladigan, kam o’rg
+2
🌩️ XKS bortidan juda chiroylu sprayt'ni suratga olishdi — u to’g’ri momaqaldiroq bulutlari ustida yuzaga keladigan, kam o’rganilgan chaqmoqdir. U atmosferaning yuqori qatlamlarida uradi, uni yerdan ko’rish deyarli imkonsiz. Suratni NASA astronavti Nikol Ayers stansiya Meksika ustidan uchib o’tayotganida olgan. Sprayt'lar odatda 50 km balandlikda paydo bo’ladi va 100 millisoniyadan kamroq vaqt ichida yo’qoladi, shuning uchun ularni suratga olish hatto orbitada ham katta omad. 📟 DigiTech

👨‍💻 13 yoshli Dilan ismli maktab o’quvchisi Microsoft Teams'da muhim zaiflikni topdi va buning uchun kompaniya uni ishga ol
👨‍💻 13 yoshli Dilan ismli maktab o’quvchisi Microsoft Teams'da muhim zaiflikni topdi va buning uchun kompaniya uni ishga oldi. Bug Bounty jamoasi Dilan'ga dasturda 13 yoshidan boshlab ishtirok etishiga imkon berish uchun shartlarni o'zgartirishiga to’g’ri keldi. Unga shuningdek, Microsoft xavfsizligiga javobgar (MSRC) guruhi bilan ishlash taklif qilindi. Dilan hozirda guruhning eng yosh va eng samarali a’zosi. O’tgan yozda u 20 ta zaifliklarni topdi, yaqinda esa Zero Day Quest xakerlik chempionatida 3-o’rinni egalladi. 📟 DigiTech

👨‍⚕️Virtual shifokor haqiqiylardan o’zib ketdi. MAI-DxO yangi neyron tarmog’i shifokorlarga qaraganda 4 marta aniqroq tashxi
👨‍⚕️Virtual shifokor haqiqiylardan o’zib ketdi. MAI-DxO yangi neyron tarmog’i shifokorlarga qaraganda 4 marta aniqroq tashxis qo’ymoqda. Microsoft GPT, Gemini, Claude, Llama va Grok'dan tashkil topgan «kengash»ni tashkil qildi — ular birgalikda simptomlarni, testlarni tahlil qilishadi va o’zaro maslahatlashib aniq tashxisni qo’yishadi. Sinov 304 ta murakkab tibbiy holat bo’yicha o’tkazildi. SI 80% hollarda to’g’ri tashxis qo’ygan, shifokorlar esa atigi 20% hollarda. Ushbu neyrotarmoqning ommaviy versiyasi yaqinda chiqariladi. 📟 DigiTech

⚡️iOS va macOS'dagi Telegram dasturida notanish odamlardan kelgan havolalar ishlamaydigan bo’ldi — ularni bossa ishlamaydi va
⚡️iOS va macOS'dagi Telegram dasturida notanish odamlardan kelgan havolalar ishlamaydigan bo’ldi — ularni bossa ishlamaydi va oddiy matndek ko’rinadi. Ehtimol, bu fishing va spamdan yangi himoyadir. Havolani faollashtirish uchun jo’natuvchini kontaktlarga qo’shish yoki shunchaki xabarni «Saved Messages»ga yuborish kerak. 📟 DigiTech

📋 O‘zbekistondagi ish beruvchi brendlarga bo‘lgan munosabat yuzasidan so‘rovnomada ishtirok eting. Maqsad — kompaniyalarning
📋 O‘zbekistondagi ish beruvchi brendlarga bo‘lgan munosabat yuzasidan so‘rovnomada ishtirok eting. Maqsad — kompaniyalarning mehnat bozoridagi taniqlik darajasini, ular bilan bog‘liq assotsiatsiyalarni va nomzodlar ish o‘rinlarini asosan qayerdan izlashini aniqlash. Javoblaringiz mehnat sharoitlarini yaxshilashga va nomzodlar uchun bozorni yanada shaffofroq qilishga yordam beradi. So‘rovnoma anonim bo‘lib, atigi bir necha daqiqa vaqtingizni oladi. So‘rovnomada quyidagi havola orqali ishtirok etishingiz mumkin: https://app.wynde.io/split/a4vanr2mbq691y3

🤖 Amazonda allaqachon 1 million robot ishlamoqda va ularning soni kun sayin odam xodimlar soniga yaqinlashib bormoqda (1,56
🤖 Amazonda allaqachon 1 million robot ishlamoqda va ularning soni kun sayin odam xodimlar soniga yaqinlashib bormoqda (1,56 million). Ular ilgari omborda shunchaki qutilarni saralashardi, hozir esa kollektiv ishlashmoqda: robotlar bir-birlari bilan muloqot qilishadi, vazifalarni rejalashtirishadi va bir-birlaridan ishni o’rganishadi. 📟 DigiTech

👨‍⚕️ Amerikalik shifokor robotni masofaviy boshqarib bemorning o’simtasini olib tashlashga muvaffaq bo’ldi. Bu «kontinentlar
👨‍⚕️ Amerikalik shifokor robotni masofaviy boshqarib bemorning o’simtasini olib tashlashga muvaffaq bo’ldi. Bu «kontinentlar aro robotli jarrohlik» texnologiyalari sinovida birinchi bemor edi. Shifokor Florida'da bo’lgan, bemor esa Afrikada, operatsiya robot yordamida amalga oshirilgan. Jarrohning aytishicha, kelajakda bunday favqulodda operatsiyalar to’g’ri tez yordam mashinasida kasalxonaga ketayotgan paytda amalga oshirilishi mumkin. 📟 DigiTech

+3
🚘 Ferrari o’zining «hamyonbop narxdagi» sportkari Amalfi'ni namoyish etdi, u hozirda kompaniya avtomobillari orasida eng arzon model hisoblanadi. Mashina 640 ot kuchiga ega turbinali V8 dvigateli bilan jihozlangan, maksimal tezligi 320 km/soat va 0-100 km/soat tezlikka 3,3 soniyada erishadi, salonda Burmester 1200 Vt premium audiotizimi mavjud. Narxi — 240 000 yevro. 📟 DigiTech

🗂️ Tarjimalar uchun eng yaxshi sun’iy intellekt — XdocAI, u hatto ulkan fayllarni ham bepul tarjima qilib beradi. • Lokalizatsiya va kontekstni hisobga olgan holda 98% gacha aniqlik bilan 108+ tilga tarjima qiladi. • Yirik hujjatlarni ham bir necha daqiqada tarjima qilib beradi. • Foydalanish oson, shunchaki faylni yuklang va tayyor tarjimani oling. • Asosiysi — undan foydalanish bepul. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🏬 Xiaomi universitetni endi bitirib ishga kirgan yangi xodimlari uchun zamonaviy yotoqxonalarni qurdi. 29 m² bo’lgan kvartir
+4
🏬 Xiaomi universitetni endi bitirib ishga kirgan yangi xodimlari uchun zamonaviy yotoqxonalarni qurdi. 29 m² bo’lgan kvartiralarda barcha mebellar va aqlli uy uchun ko’plab qurilmalar, jumladan, maishiy texnika ham mavjud. Oshxona va sport zallari umumiy. Ishga esa xodimlarni maxsus avtobus asosiy ofisgacha olib boradi. Bunday kvartiraning ijarasi oyiga 280 dollar turadi. 📟 DigiTech

+1
⚡️Xitoyliklardan kuryerlar va quruvchilar uchun ajoyib qurilma — u kir yuvish mashinasini yoki hatto odamni zinapoyadan osongina tepaga olib chiqib qo’yadi. Ushbu elektr arava 180 kg gacha yukni ko’tara oladi, zaryadi esa taxminan 60-80 qavatga yetadi. Xitoyda narxi 760 dollardan boshlanadi. 📟 DigiTech

+2
⚡️Telegram'ga vazifalar ro’yxati qo’shildi. Endi to’g’ridan-to’g’ri chatlarda vazifalarni rejalashtirish yoki xaridlar ro’yxatini tuzish mumkin. Shuningdek, yangilanish bilan kanallar uchun taklif funksiyasi yaxshilandi. Endi foydalanuvchilar kanal uchun nashr vaqti va donat miqdorini tanlab, tayyor postlarni taklif qilishlari mumkin. 📟 DigiTech