uz
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Kanalga Telegram’da o‘tish

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali AI | DigiTech analitikasi

AI | DigiTech (@digitechai) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 52 667 obunachidan iborat bo'lib, Texnologiyalar & Aralashmalar toifasida 2 522-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 1 383-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 52 667 obunachiga ega bo‘ldi.

28 Iyun, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -3 647 ga, so‘nggi 24 soatda esa -232 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 25.65% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 18.41% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 13 549 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 9 727 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 130 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 29 Iyun, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Texnologiyalar & Aralashmalar toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

52 667
Obunachilar
-23224 soatlar
-2 2777 kunlar
-3 64730 kunlar
Postlar arxiv
🧠 Neuralink bemori aqli bilan robot qo’lni qanday boshqarayotganini ko’rsatdi, bu unga ko’p yillardan so’ng birinchi bor obyektlarni mustaqil ravishda olish imkonini berdi. Nik Rey amyotrofik lateral sklerozdan aziyat chekmoqda, neyrochip esa unga 2025-yil iyul oyida implantatsiya qilingan. Hozirda u mexanik qo’lga shunchalik o’rganib qolganidan, suhbat chog'ida u bilan ishora qila boshladi.
«Ko’p yillar davomida birinchi bor shlyapani o’zim kiydim, mikroto’lqinli pechda bir nechta taomlarni isitdim va ovqatlandim. Muzlatgich va gazlangan suv idishlarini ochishni o’rgandim. Hatto aravachani biroz boshqarishga muvaffaq bo’ldim!» — deydi Nik.
Neuralink yordamida fikr kuchidan foydalangan holda kompyuter o’yinlarini o‘ynash ham mumkin, 2026-yilda esa kompaniya ko’rish qobiliyatini tiklovchi chipni sinovdan o’tkazishni rejalashtirmoqda. 📟 DigiTech

🧠 SI inson kabi fikrlashni o'rgandi. Polshaning Pathway startapi modelini tirik miyaning nusxasiga aylantirishdi. Modelning
🧠 SI inson kabi fikrlashni o'rgandi. Polshaning Pathway startapi modelini tirik miyaning nusxasiga aylantirishdi. Modelning o’zi neyronlar klasterlarini hosil qilib, fikrlash jarayonida odamlar kabi ular orasidagi aloqalarni mustahkamlamoqda. Shuningdek, u o’rganilgan ma'lumotlarni shunchaki takrorlamasdan, tahlil qilib, xulosalar chiqarmoqda. 📟 DigiTech

🌳 Endi daraxtlarga ham pullik obuna bo’lish mumkin — Reddit'ning sobiq bosh direktori shunday startapga asos soldi. Sem Altm
🌳 Endi daraxtlarga ham pullik obuna bo’lish mumkin — Reddit'ning sobiq bosh direktori shunday startapga asos soldi. Sem Altman uning birinchi investorlaridan biri bo’ldi. Oyiga 25 dollar evaziga ular Gavayada siz uchun ko’chat ekib, u o’sayotgan vaqtida muntazam ravishda foto-hisobot jo’natib turishadi. Keyin ushbu suratlardan misol uchun, chiroyli taymlaps yig’ish mumkin. Bu ketishda ishqilib, kislorod uchun ham obunani chiqarishmasa bo’ldi :) 📟 DigiTech

🚘 Lamborghini kompaniyasi Manifesto superkari konseptini ko’rsatdi. Old qismida o’tkir burni o’rniga katta bo’shliq mavjud.
+4
🚘 Lamborghini kompaniyasi Manifesto superkari konseptini ko’rsatdi. Old qismida o’tkir burni o’rniga katta bo’shliq mavjud. Mashinaning ostiga ulkan diffuzor o’rnatilgan bo’lib, avtomobil yerga yopishib turgan effektni beradi. 12 ta havo teshiklari V12 ga ishora qilsa-da, dvigatel unga sig’maydi. Ko’rinishidan, bu elektromobil bo’ladi. 📟 DigiTech

👨‍💻 OpenAI vayb-kodingni keyingi bosqichga olib chiqdi — kompaniya eng tez va eng oson sun'iy intellekt agentlari konstruktorini chiqardi. Agent Builder istalgan neyron yordamchini bir zumda yig’ish imkonini beradi — buning uchun elementlarni qo’shish va ularni bir-birlari bilan ulash kifoya, kodlash bilimi talab etilmaydi. Undan foydalanish imkoniyati asta sekin barcha uchun ochilmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Istalgan tasvirni sifatini to’g’ri brauzeringizda yaxshilang — Watermark Remover dasturi ishlab chiquvchilari yana bir foydali vositani chiqarishgan. — 8x gacha sifatni yaxshilashni qo’llab-quvvatlaydi; — Tasvirlar sifatini 10 000 x 10 000 pikselgacha ko’taradi; — Foydalanish bepul va ro’yxatdan o’tish shart emas. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Tim Kuk Apple'ni tark etadimi? Bloomberg insayderlari kompaniya ichidagi katta o’zgarishlar haqida xabar berishmoqda: – App
⚡️Tim Kuk Apple'ni tark etadimi? Bloomberg insayderlari kompaniya ichidagi katta o’zgarishlar haqida xabar berishmoqda:
– Apple asosiy «voris»dan ayrildi — ushbu lavozimga asosiy davogar Jeff Uilyams edi, ammo u iyul oyida bosh operatsion direktor lavozimini tark etgan; – Tim Kuk'dan tashqari, yaqin kelajakda Apple'ni kamida to’rtta top-menejer tark etishi mumkin; – Kompaniya sun'iy intellekt, aqlli uy va haydovchisiz avtomobillarni ishlab chiqish bo‘yicha raqobatchilardan ortda qolgani sabab zudlik bilan texnik mutaxassislarga muhtoj; – Hozirda bosh direktor lavozimiga asosiy da'vogar apparat muhandisligi boshlig'i Jon Ternus'dir. U katta texnik bilimlarga ega va aynan uning rahbarligida Apple Intel'dan o’zining M-chiplariga o’tdi, AirPods, Vision Pro va eng yupqa iPad Pro'ni chiqardi.
Apple keyingi taqdimotida inqilobiy qurilmani namoyish etishi ehtimoli paydo bo’ldi. 📟 DigiTech

+3
🎥 Ma'lum bo’lishicha, videolar generatsiya qiluvchi yangi Sora 2 neyrotarmog’i odamlarning mashinalarga qanday o’tirishi haqida hech qanday tasavvurga ega emas. Bunday sahnani generatsiya qilishga uringaningizda, sun'iy intellekt haydovchilarni eng tasavvur qilib bo’lmaydigan holatga tushirib mashinaga o’tkazadi, ularning qo’l va oyoqlarini eshikka qisib qo’yadi, eshiklarni teleportatsiya qiladi va ba'zida haydovchini qoldirib ketadi. Aytgancha, Sora hozirda AQSh App Store ilovalar do’konida birinchi o’rinni egallab turibdi — u ChatGPT va Google Gemini'dan ham o’zib ketdi, garchi unga faqat taklif havolalari orqali kirish mumkin bo’lsa ham. 📟 DigiTech

🏫 Texasdagi Alpha School maktabida barcha o’qituvchilar SI'ga almashtirildi. Endi darslarni neyron tarmoqlar o’tishmoqda va
🏫 Texasdagi Alpha School maktabida barcha o’qituvchilar SI'ga almashtirildi. Endi darslarni neyron tarmoqlar o’tishmoqda va har bir o’quvchiga maxsus yondashishmoqda. Asosiy bilimlardan tashqari, bolalarga moliyaviy savodxonlik darslari va ijtimoiy ko’nikmalar ham o’rgatiladi. Jonli o’qituvchilarni shunchaki kuratorlar sifatida olib qolishdi. Alpha School maktabida bir yillik ta'lim 40 000 dollar turadi. Ushbu mablag’ evaziga o’quvchilarni imtihon natijalari bo’yicha eng yuqori top 1% ga olib chiqishga va'da berishmoqda. 📟 DigiTech

⚡️Yaponiyada yoshi 100 dan oshgan odamlar soni deyarli 100 000 kishiga yetdi — mamlakat uzoq umr ko’ruvchilar soni bo’yicha k
⚡️Yaponiyada yoshi 100 dan oshgan odamlar soni deyarli 100 000 kishiga yetdi — mamlakat uzoq umr ko’ruvchilar soni bo’yicha ketma-ket 55 yildan buyon rekordni ushlab kelmoqda. Ularning katta qismi (88%) ayollardir. Eng keksasi 114 yoshli Shigeko Kagava, eng keksa erkak esa 111 yoshli Kiyotaka Mizuno. Bunday uzoq umr ko’rish ko’p jihatdan sog’lom ovqatlanish bilan bog’liq: yaponlar qizil go’sht, shakar va tuzni kamroq, baliq va sabzavotlarni esa ko'proq iste'mol qilishadi, buning natijasida mamlakatda yurak-qon tomir kasalliklari va saratonning keng tarqalgan shakllari xavfini oshiradigan semirish darajasi ham pastdir. 📟 DigiTech

⚡️Mercor startapi sun'iy intellekt agentlarini o’qitishda yordam uchun soatiga 40-500 dollardan to’lamoqda. Ariza beruvchilar
⚡️Mercor startapi sun'iy intellekt agentlarini o’qitishda yordam uchun soatiga 40-500 dollardan to’lamoqda. Ariza beruvchilar har qanday sohadan bo’lishlari mumkin. Kompaniya IT mutaxassislari, shifokorlar, dizaynerlar va hatto xaridlar bo’yicha mutaxassislarni ham qidirmoqda. Ularning tajribasi neyron tarmoqlarni yaxshilashga yordam beradi. Vakansiyalarni havola bo’yicha ko’rish mumkin. Agar do’stingizni muvaffaqiyatli tavsiya qilsangiz, 500 dollardan mukofot olishingiz mumkin. 📟 DigiTech

🎧 Samsung «fikrlarni o’qiydigan» quloqchinlarni chiqardi: qurilma foydalanuvchining miya faoliyatini tahlil qila oladi va 92
🎧 Samsung «fikrlarni o’qiydigan» quloqchinlarni chiqardi: qurilma foydalanuvchining miya faoliyatini tahlil qila oladi va 92,86% aniqlik bilan sizga qanday videolar, musiqa va taomlar yoqishini biladi. U quloq atrofidagi sensorlar orqali miya faoliyatini o’qib, foydalanuvchi qachon zerikishni boshlagani va uyqusi kelayotnini biladi. Hozirda prototip sinovdan o’tkazilmoqda. 📟 DigiTech

👓 Meta Ray-Ban Display aqlli ko'zoynaklarida hayratlanarli ishlaydigan navigatsiya tizimi mavjud. Xaritalar ilovasi hali beta-versiyada ishlamoqda, lekin uning imkoniyatlari hozirdan hayratlanarli. SI yordamida, xaritani ko'zlaringiz bilan aylantirishingiz, kattalashtirishingiz va ovozingiz yordamida manzillarni kiritishingiz mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Haqiqiy 3D tasvir shunday ko’rinadi: dasturchi uch o’lchamli tasvirlarni tekis ekranda ko’rsatish usulini o’ylab topdi. Uning dasturi kamera yordamida bosh harakatini kuzatadi va ekrandagi perspektivani o’zgartiradi. Dastur yordamida obyektlarni turli burchaklardan ko’rish mumkin, u hatto multfilmlarda ham ishlaydi. 👉 Demo versiyasini havola orqali sinab ko’rishingiz mumkin. 📟 DigiTech

⚡️OpenAI dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniyaga aylandi. ChatGPT ishlab chiqaruvchisi bozor kapitali bo’yicha hatto Ilon Ma
⚡️OpenAI dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniyaga aylandi. ChatGPT ishlab chiqaruvchisi bozor kapitali bo’yicha hatto Ilon Mask'ning SpaceX kosmik startapini ham ortda qoldirdi. Xodimlar va investorlar aksiyalarni bir qismini sotganidan so’ng, kompaniyaning qiymati 500 milliard dollarga yetdi — bu SpaceX'dan 100 milliard dollar va TikTok ishlab chiquvchisi Xitoyning ByteDance kompaniyasi qiymatidan 200 milliard dollarga ko’proqdir. 📟 DigiTech

⚡️Forbes xabar berishicha, Ilon Mask yana eng boy odamga aylandi va tarixdagi birinchi 500 milliard dollar boylikli odam bo’l
⚡️Forbes xabar berishicha, Ilon Mask yana eng boy odamga aylandi va tarixdagi birinchi 500 milliard dollar boylikli odam bo’ldi. Ilon Mask'dan 20 kun oldin Oracle bosh direktori Larri Ellison o’zib ketgandi, ammo Mask tojdan osonlikcha voz kechmaydi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Qozog‘istonlik maktab o’quvchisi o‘z startapi uchun 6 million dollar investitsiya oldi va karyerasi uchun maktabni tash
👨‍💻 Qozog‘istonlik maktab o’quvchisi o‘z startapi uchun 6 million dollar investitsiya oldi va karyerasi uchun maktabni tashladi. Arlan Raxmetjanov faqat uch yil oldin kodlashni boshlagan. ChatGPT chiqarilganda 15 yoshda edi. Oxir-oqibat u SI agentlari uchun dasturiy ta'minot ishlab chiquvchi Nozomio startapiga asos soldi. Arlan bir necha oy ichida loyihaga investorlar topdi. Eng qizig’i, ular o’zlari u bilan bog'lana boshlashdi, sababi u LinkedIn va Twitter'da faol. Uni bir necha marta investorlar bilan dars vaqtida video qo’ng’iroqda gaplashgani uchun matematika darsidan haydab yuborishgan) 📟 DigiTech

🧠 Tadqiqot: Yoshlarda miya faoliyati 10 yil ichida ikki baravarga yomonlashgan va buning aniq sababini hech kim bilolmayapti
🧠 Tadqiqot: Yoshlarda miya faoliyati 10 yil ichida ikki baravarga yomonlashgan va buning aniq sababini hech kim bilolmayapti. Olimlar 2013-yildan 2023-yilgacha bo’lgan davrda 4,5 million kishining ma’lumotlarini o‘rganib chiqishdi va deyarli har bir inson xotirasi, reaksiya vaqti va kognitiv qobiliyatlari pasayganini aniqlashdi. Bunda gadjetlar, ijtimoiy tarmoqlar va siyosiy vaziyat sababchi bo’lishi mumkin deb taxmin qilishmoqda — stress va qaror qabul qilish qiyinligi tobora ortib bormoqda. 📟 DigiTech

🎥 Sora 2 chiqdi: modelga juda realistik videolar yaratish va ovoz generatsiya qilish o’rgatildi. Neyron tarmoq fizika qonunlarini yaxshiroq tushunadi va birinchi Sora bilan solishtirganda, nozik detallar va dinamik sahnalarni yaxshiroq generatsiya qiladi. Uning asosiy xususiyati — odamlarni va hatto hayvonlarni eslab qolish qobiliyatidir. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. Agar sizning hududingizda hali mavjud emas deb yozsa, VPN'dan foydalanib kiring. 📟 DigiTech

👨‍💻Yangi Claude Sonnet 4.5 uzluksiz 30 soat davomida kod yozishi mumkin, bu Anthropic neyron tarmoqlari orasidagi avvalgi r
👨‍💻Yangi Claude Sonnet 4.5 uzluksiz 30 soat davomida kod yozishi mumkin, bu Anthropic neyron tarmoqlari orasidagi avvalgi rekorddan to’rt baravar ko’proqdir. Bu vaqt ichida model 11 000 qator koddan iborat Slack klonini yaratdi. Sonnet 4.5 vazifani faqat bajarilgan deb hisoblagandagina kod yozishni to’xtatdi. Dasturchilar, endi shoshilinch dedlayn vaqtida sizga nima yordam bera olishini bilasiz :) 📟 DigiTech