uz
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Kanalga Telegram’da o‘tish

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali AI | DigiTech analitikasi

AI | DigiTech (@digitechai) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 50 195 obunachidan iborat bo'lib, Texnologiyalar & Aralashmalar toifasida 2 604-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 1 513-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 50 195 obunachiga ega bo‘ldi.

29 Iyul, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -2 435 ga, so‘nggi 24 soatda esa -150 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 29.13% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 21.25% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 14 632 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 10 675 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 131 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 30 Iyul, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Texnologiyalar & Aralashmalar toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

50 195
Obunachilar
-15024 soatlar
-1 2437 kunlar
-2 43530 kunlar
Postlar arxiv
⚡️Dunyodagi birinchi saratonga qarshi vaksinaning yakuniy sinovlari boshlandi. Melanoma olib tashlagan bemorlar o’simtaning g
⚡️Dunyodagi birinchi saratonga qarshi vaksinaning yakuniy sinovlari boshlandi. Melanoma olib tashlagan bemorlar o’simtaning genetik profiliga asoslangan shaxsiy vaksinani olishmoqda. U tanaga saraton hujayralarini ovlashni va ularni yo’q qilishni «o’rgatadi» va kasallikning qaytishini oldini oladi. Vaksina allaqachon kasallik qaytalanish xavfini sezilarli darajada kamaytirdi. Bundan tashqari, u saratonning boshqa turlarini davolash uchun ham ishlatilishi mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Apple kompaniyasidan haqiqiy inqilob: insayderlar xabar berishicha, 14 yil ichida birinchi marta iPad oldindan o’rnatilgan
⚡️Apple kompaniyasidan haqiqiy inqilob: insayderlar xabar berishicha, 14 yil ichida birinchi marta iPad oldindan o’rnatilgan kalkulyatorga ega bo‘ladi. iPadOS 18 da kalkulyatorni AppStore'dan o’rnatish shart emas bo’ladi :) 📟 DigiTech

+3
🎥 Endi telefonda ham sifati Gollivudnikidan qolishmaydigan CGI grafikalarni yaratish mumkin. Simulon — haqiqiydan farqlash qiyin bo’lgan realistik CGI tasvirlarni va videolarini yaratish imkonini beruvchi dastur. Eng zo’r tomoni, undan foydalanish uchun smartfonni o’zi yetarli. Ilova tasvirlarni yaratish uchun eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi, shu sabab qaysi grafika soxta, qaysi biri haqiqiy ekanligini ajratish juda qiyin. Ilova hozircha yopiq beta test rejimida ishlamoqda, ammo istagan odam undan foydalanish uchun ariza tashlashi mumkin. 👉 Beta-testda ishtirok etish uchun havola. 📟 DigiTech

📷 Yaqinda Huawei o‘zining Pura 70 flagman smartfonlarini chiqardi — uning kamerasi nimalarga qodirligini videoda ko’rishingiz mumkin. Uning kameralari obyekt soatiga 300 kilometr tezlikda harakatlanayotgan bo’lsa ham tiniq suratga olishi mumkin. Shuningdek, smartfon turli xil neyrotarmoqlar bilan ham jihozlangan. 📟 DigiTech

+3
🌪️ Yo’q, bu filmdagi kadrlar emas, balki Qo'shma Shtatlarda kecha sodir bo’lgan kuchli tornadolarning haqiqiy kadrlaridir. Bo’ronlar bugun ham bir vaqtning o’zida bir nechta shtatlarda — Nebraska, Ayova va Texasda bo’lmoqda. 📟 DigiTech

🤖 Xitoyning Astribot kompaniyasi ovqat pishirish, changyutgichni ishlatish va har xil uy yumushlarini bajara oladigan epchil uy robotini namoyish etdi. Robot Tencent, Baidu va Gonkong politexnika instituti sobiq ishchilari tomonidan ishlab chiqilmoqda. Hozircha bu faqat prototip, shuning uchun pastki tanasi hali yo’q, yakuniy versiyasida u bo’ladi. Ular robotni takomillashtirib, sotuvlarni shu yil oxirigacha boshlashni rejalashtirishmoqda. 📟 DigiTech

👓 Ray-Ban Meta aqlli ko’zoynaklariga MetaAI neyron tarmog’i qo’shildi. Uning funksiyalari: – Oldingizda turgan narsalarni tanib olish; – Real vaqt rejimida yozuvlarni boshqa tilga tarjima qilish; – Ovozli so’rov bo’yicha fotosuratlar va videolar olish; – WhatsApp'da matnni aytib turish orqali xabarlar yozish; - Musiqani yoqish, video qo’ng’iroqni boshlash va har qanday ovozli yordamchi kabi savollarga javob berishi mumkin. Qurilma narxi — 299 dollar. 📟 DigiTech

🏎️ Ertaga BAA'da sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan haydovchisiz Formula-1 ning ilk poygalari bo’lib o’tadi. Sakkizt
🏎️ Ertaga BAA'da sun’iy intellekt tomonidan boshqariladigan haydovchisiz Formula-1 ning ilk poygalari bo’lib o’tadi. Sakkizta jamoa sport avtomobili marraga iloji boricha tezroq yetib borishi uchun sun’iy intellektni dasturlashi kerak bo’ladi. Mashinalarning o’zlari baholanmaydi, ularni hammasi bir xil. Sovrin jamg’armasi 2,25 million dollarni tashkil etadi, poygalar ertaga soat 20:00 da boshlanadi va jonli efirda translyatsiya qilinadi. 📟 DigiTech

⚡️Nvidia bosh direktori Jensen Xuang yangi DGX H200 superkompyuterini birinchi xaridor — Sem Altmanga shaxsan yetkazib berdi.
⚡️Nvidia bosh direktori Jensen Xuang yangi DGX H200 superkompyuterini birinchi xaridor — Sem Altmanga shaxsan yetkazib berdi. U tarixdagi eng kuchli superkompyuter bo’lib, 1 eksaflop quvvat va 144 TB xotiraga ega — soniyasiga kvintillion (18 nolga ega raqam) amallarni bajara oladi. Bu RTX 4090 Ti dan 12 700 marta kuchliroq. Bu GPT-5 chiqarilishini ancha tezlashtiradi, uni nimalarga qodir bo’lishini tasavvur ham qilish qiyin. 📟 DigiTech

🥽 Kiberpank yaqinlashmoqda: braziliyalik jarroh Apple Vision Pro ko’zoynagini yechmasdan haqiqiy operatsiya o’tkazdi. U jarr
+1
🥽 Kiberpank yaqinlashmoqda: braziliyalik jarroh Apple Vision Pro ko’zoynagini yechmasdan haqiqiy operatsiya o’tkazdi. U jarrohlik kamerasidagi tasvirni ko’z oldiga «osib qo’ydi» va jarayon vaqtida suyaklarni 3D modellar bilan solishtirib turdi. Uning so’zlariga ko’ra, AR (to’ldirilgan reallik) bilan ishlash ancha qulayroq: jarroh ilgari Microsoft HoloLens'dan foydalangan, ammo u garnitura allaqachon eskirgan. 📟 DigiTech

📱Yangi Xiaomi 14 Ultra endi O’zbekistonda! Ushbu flagman kamerofonning 4 ta obyektivga ega kamerasi yuqori ranglar, kontrast
+2
📱Yangi Xiaomi 14 Ultra endi O’zbekistonda! Ushbu flagman kamerofonning 4 ta obyektivga ega kamerasi yuqori ranglar, kontrast va aniqlik bilan ajoyib suratga olish imkoniyatlarini taqdim etadi 📸 📷 Professional Leica Summilux optikasi; 🎥 Soniyasiga 4K 120 kadr va 8K formatda 30 kadr tezlikda video yozish; ✔️ Xiaomi nanotexnologik ekologik teri; ⚡️ Eng so'nggi Qualcomm Snapdragon 8 Gen 8 protsessori va 5000 mA/soat batareya. Smartfon ramkasi alyuminiy qotishmasidan yasalgan va 1,38 baravar mustahkamdir, Xiaomi Shield Glass himoya oynasi esa 10 baravar yuqori tushish qarshiligini ta'minlaydi📱 Yangi mahsulot mamlakatimizda 25 apreldan ikki rangda sotuvga chiqariladi: qora va oq 🚀 Shuningdek, 25-apreldan 24-mayga qadar ushbu smartfonni xarid qilgan har bir xaridorga Xiaomi TV A2 FHD 43 SOVG‘A sifatida beriladi 🎁 ✅Yangi smartfon haqida batafsil ma'lumotni HAVOLA orqali bilib oling. Reklama

+1
⚡️Microsoft'ning yangi VASA neyron tarmog’i fotosuratlarni juda realistik jonlantira oladi. Rasm va audioni yuklash kifoya. Natijada: aniq lablar sinxronizatsiyasi va yuz ifodalari bilan gapirayotgan yoki qo'shiq aytayotgan video tayyorlab beradi. Hatto emotsiyalarni va ko’z harakatini sozlash ham mumkin. Hozircha neyrotarmoq yopiq beta-test rejimida ishlamoqda, lekin yaqin orada ommaviy versiyasini chiqarishni va’da qilishmoqda. 📟 DigiTech

🚘 Birinchi elektr Gelendvagen nihoyat, rasmiy namoyish etildi. Ushbu yo’ltanlamas 580 ot kuchiga ega, 100 km/soatga 4,7 soni
+4
🚘 Birinchi elektr Gelendvagen nihoyat, rasmiy namoyish etildi. Ushbu yo’ltanlamas 580 ot kuchiga ega, 100 km/soatga 4,7 soniyada chiqadi va bir zaryadda 473 km gacha masofani bosib o’tadi, shuningdek, joyida burilish tizimi va zaxira g’ildirak o'rniga zaryadlovchi kabeli mavjud. Narxi 142 621 yevrodan boshlanadi. 📟 DigiTech

🍔 Tadqiqot — «Fastfood» o’smirlarda xotirani doimiy ravishda yomonlashishiga olib keladi. Olimlar aniqlashicha, «Fastfood»ni
🍔 Tadqiqot — «Fastfood» o’smirlarda xotirani doimiy ravishda yomonlashishiga olib keladi. Olimlar aniqlashicha, «Fastfood»ni doimiy iste’mol qilish xotira va o’rganish uchun mas’ul bo’lgan atsetilxolin darajasiga ta’sir qiladi. Bu jarayonni orqaga qaytarib bo’lmaydi va sog’lom ovqatlanishga o’tish vaziyatni o’zgartirmaydi 📟 DigiTech

⚡️Texnobloger Fragment platformasi orqali @pavel linkini sotish orqali TONda 80 ming dollar ishlab oldi. Kim oshdi savdosi bi
⚡️Texnobloger Fragment platformasi orqali @pavel linkini sotish orqali TONda 80 ming dollar ishlab oldi. Kim oshdi savdosi bir hafta davom etdi va xariddan so’ng ushbu link Pavel Durovga sovg’a qilindi. Bloger birinchilardan bo’lib Telegram'da 9 yil oldin ro’yxatdan o‘tgan va @pavel linkini band qilgan. Telegram asoschisi ham «odamlar bundan buyon bunday saxovatli sovg‘alarni qilmasligini» uchun kim oshdi savdosida ishtirok etib @paul linkini 24 ming dollarga sotib oldi. Endi Durov'da yettita «username» bor. 📟 DigiTech

📲 Apple barcha jismoniy tugmalardan voz kechishi mumkin. Kompaniyaning yangi hisobotida iPhone 16 ning ikkala tomoni uchun t
📲 Apple barcha jismoniy tugmalardan voz kechishi mumkin. Kompaniyaning yangi hisobotida iPhone 16 ning ikkala tomoni uchun tugmasiz modullarga buyurtma berilgani ma’lum bo’ldi. Bunday tugmalar sensor asosida ishlaydi. Ular avvalroq iPhone 15 da paydo bo’lishi kerak edi, ammo ishlab chiqarish muammolari tufayli Apple bu rejalardan voz kechgandi. 📟 DigiTech

+2
🚦 Xitoy yo’llari haqida yana bir qiziqarli ma’lumot — ularda svetoforlar taymeri to’g’ridan-to’g’ri navigator ilovasida ko’rsatiladi. Eng qizig’i, svetoforni o’zida taymer bo’lmasligi ham mumkin, lekin dasturda taymer hardoim bo’ladi. Hatto keyingi svetoforga yetib borguningizcha qanday rang yonishini ham ko’rsatib turadi. Hozircha bu butun mamlakat bo’ylab ishlamaydi, lekin, masalan, Guanchjouda allaqachon har bir svetofor ilovaga qo’shilgan. 📟 DigiTech

⚡️Xitoyning Chengdu shahridagi markaziy ko’chalardan biridagi chorraha o’ta murakkabligiga qaramay, undagi harakat juda tartibli. Transport harakati shunday tartibga solinganki, hatto tig’iz vaqtda ham hech kim bir-biriga xalaqit bermaydi. 📟 DigiTech

⚡️Tasvirlarni matnga aylantirib beruvchi bepul neyron tarmoq chiqdi. Foydalanish mutlaqo bepul va ChatGPT-ga qaraganda tezroq ishlaydi. Saqlab qo’ying, asqotadi. 👉 Bepul sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🚘 Xitoyning GAC kompaniyasi kiberpank uslubidagi City Box uch g’ildirakli elektr avtomobilini namoyish etdi. G’oyaga ko’ra,
+3
🚘 Xitoyning GAC kompaniyasi kiberpank uslubidagi City Box uch g’ildirakli elektr avtomobilini namoyish etdi. G’oyaga ko’ra, bunday mashina shaharning tor ko’chalari bo’ylab harakatlanish va buyurtmalarni yetkazish uchun qulay bo’ladi. Hozircha bu faqat konseptsiya, sotuvga chiqarishni hali rejalashtirishmayapti. 📟 DigiTech