fa
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

رفتن به کانال در Telegram

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام AI | DigiTech

کانال AI | DigiTech (@digitechai) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 50 942 مشترک است و جایگاه 2 607 را در دسته فناوری و برنامه‌ها و رتبه 1 461 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 50 942 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 07 ژوئیه, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -2 585 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -172 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 25.05% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 18.55% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 12 775 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 9 461 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 113 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 08 ژوئیه, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامه‌ها تبدیل کرده‌اند.

50 942
مشترکین
-17224 ساعت
-1 4157 روز
-2 58530 روز
آرشیو پست ها
📲 Google rasmlar uchun JPEG'ning yangilangan versiyasi — Jpegli yangi formatini ishlab chiqdi. Bu «Internetni yanada chiroyli va tezroq qilishi» kerak. Bunday tasvirlarning hajmi 35% kamroq bo’ladi (shu sabab tezroq yuklanadi), sifati esa yaxshilanadi. Bu format qanchalik tez ommalashadi, buni vaqt ko’rsatadi. 📟 DigiTech

📷 Kaliforniyada dunyodagi eng katta raqamli kamerani yasashdi. Uning o’lchami avtomobildek, og’irligi deyarli 3 tonna va 3,2
+3
📷 Kaliforniyada dunyodagi eng katta raqamli kamerani yasashdi. Uning o’lchami avtomobildek, og’irligi deyarli 3 tonna va 3,2 gigapiksel (3200 megapiksel) o’lchamda suratga oladi — bunday fotosuratda 25 km masofadan hatto golf to’pini ham ko’rish mumkin. Ushbu kamera astronomik kuzatishlar uchun Chilidagi teleskopga o’rnatiladi: har 20 soniyada bir marta suratga olib, kuniga 15 TB gacha ma’lumot to’playdi. 📟 DigiTech

⚡️Amazon Just Walk Out texnologiyasida ishlaydigan kassirlarsiz do’konlarini yopdi. U do’konlarda xaridor shunchaki kirib, o’
⚡️Amazon Just Walk Out texnologiyasida ishlaydigan kassirlarsiz do’konlarini yopdi. U do’konlarda xaridor shunchaki kirib, o’ziga kerak bo’lgan hamma narsani olib, chiqib ketishi mumkin edi — sun’iy intellekt esa xaridlar miqdorini hisoblab, to’lovni kartadan avtomatik yechardi. Ma’lum bo’lishicha, kompaniya faqat avtomatlashtirish illyuziyasini yaratgan. Aslida mingdan ortiq haqiqiy odamlar kameralar orqasida o’tirib, xaridlarni hisoblashgan. Shu sabab xaridorlardan noto’g’ri summa yechib olingani bo’yicha ko’p shikoyatlar tushgan. Muammolardan xalos bo’lish uchun Amazon endi yana bir ilg’or texnologiya — Dash Cart aqlli aravalarini yaratmoqda. 📟 DigiTech

📱Facebook Messenger foydalanuvchilarining shaxsiy xabarlarini Netflix'ga 100 million dollarga sotgan. Kelishuv haqidagi hujj
📱Facebook Messenger foydalanuvchilarining shaxsiy xabarlarini Netflix'ga 100 million dollarga sotgan. Kelishuv haqidagi hujjatni Google'ning sobiq xodimi topdi. Netflix ularga tomoshalar tarixini taqdim etish orqali javob berdi. Saytga bizning xabarlarimiz nima uchun kerakligi noma’lum, ammo bu yerda maxfiy yozishmalar tushunchasi aniq hisobga olinmagan. 📟 DigiTech

🎥 OpenAI Sora tomonidan yaratilgan birinchi musiqiy klipni namoyish etdi. Bu safar musiqachi Avgust Kemp'ga yopiq neyron tarmoqdan foydalanish imkoniyati berildi. Bu uning «Worldweight» qo’shig’i uchun ishlangan video. 📟 DigiTech

⚡️XKSdan tashlangan chiqindi Floridadagi uyning ustiga tushib, tom va ikki qavatni yorib o’tdi. 2021-yilda ishlamay qolgan ba
+3
⚡️XKSdan tashlangan chiqindi Floridadagi uyning ustiga tushib, tom va ikki qavatni yorib o’tdi. 2021-yilda ishlamay qolgan batareyalar solingan idish stansiyadan tashlab yuborilgan va u atmosferada butunlay yonib ketadi deb taxmin qilingan, ammo og’irligi taxminan 1 kg bo’lgan parchalardan biri omon qolgan. Hozir parchani NASA olib ketgan. Agar ekspertiza haqiqatan ham ularga tegishli ekanligini aniqlasa, uy egasiga kompensatsiya puli to’lab beriladi. 📟 DigiTech

🚀 Taobao va Space Epoch startapi ko’p martalik raketalar yordamida buyurtmalarni jo’natishni rejalashtirmoqda. Dunyoning ist
🚀 Taobao va Space Epoch startapi ko’p martalik raketalar yordamida buyurtmalarni jo’natishni rejalashtirmoqda. Dunyoning istalgan nuqtasiga yetkazib berish bir soat atrofida vaqtni oladi. Raketaning yuk ko’tarish quvvati taxminan 10 tonnani tashkil qiladi. Dvigatelni sinovdan o’tkazish allaqachon yakunlangan, ammo qachon ishga tushirilishi noma’lum. 📟 DigiTech

☎️ Dubayda 058-7777777 «omadli» telefon raqami auksionda 870 000 dollarga sotildi. Uni biznes uchun ishlatishadi. Hayratlanarli narxga qaramay, bu narx rekord darajadagi emas: 2015-yilda 052-2222222 raqami Dubayda 2,2 million dollarga sotilgan. 📟 DigiTech

💊 Xitoy shifoxonasidagi zamonaviy dorixonada robot farmatsevt shunday ishlaydi. Qurilma odamlarni nafaqat omborga qatnashdan qutqaradi, balki shifokorning ko’rsatmasi bo’yicha dori-darmonlarni oldindan tayyorlaydi: kabinetdan dorixonaga kelganingizda, sizga kerak bo’lgan hamma narsa allaqachon kassada bo’ladi. Lekin dorixona roboti Xitoyda ixtiro qilinmagan. U birinchi marta Germaniyada 1996-yilda namoyish etilgan va bugungi kunda turli xil modellarini AQSh, Evropa, Osiyo, Rossiya va boshqa joylarda topish mumkin. 📟 DigiTech

IT sohasida yangi davr Google kompaniyasi 2020-yilda AppSheet deb nomlangan startapni sotib oldi. Uning asosiy g'oyasi har bi
IT sohasida yangi davr Google kompaniyasi 2020-yilda AppSheet deb nomlangan startapni sotib oldi. Uning asosiy g'oyasi har bir oddiy inson endi dastur yasay oladi. Kodsiz dasturlash xuddi uy qurish uchun tayyor devorlar, shiftlar va hokazolardan foydalanishga o'xshaydi. Tez, oson va kamroq xarajat evaziga qurish mumkin bo’ladi. Kim chiroyli uy qura oladi - muhimi shu. O'rganish uchun ajoyib soha. Agar siz ingliz tilidan xabardor bo'lsangiz o'rganishingiz nisbatan oson bo’ladi. Yangi industriya kirib kelmoqda. Kim birinchilardan bo'lsa - o’sha yutadi. Qo'shimcha ma'lumot ushbu kanal orqali: Kodsiz dasturlash Reklama

⚡️OpenAI matnni ovozga aylantiruvchi Voice Engine neyrotarmog’ini ko’rsatdi. Model istalgan odamning ovozini 15 soniyalik yoz
⚡️OpenAI matnni ovozga aylantiruvchi Voice Engine neyrotarmog’ini ko’rsatdi. Model istalgan odamning ovozini 15 soniyalik yozuv asosida nusxalay oladi. Saytda bir nechta demolar mavjud. U kontent yaratuvchilari va kompaniyalarga o’z ovozlari bilan istalgan tilda auditoriya bilan suhbatlashishga yordam beradi. Asosiy xususiyati shundaki, Voice Engine ovoz tonini saqlab qoladi. 📟 DigiTech

⚡️Vision Pro-da endi uyning turli joylarida Wi-Fi tezligini tekshirish mumkin. Bu AR WiFi&5G ilovasidir, u allaqachon AppStore-da mavjud. Asosiysi, eng tezkor internet podyezda bo’lib chiqmasa bo’ldi :) 📟 DigiTech

⚡️Internetda Telegramni navbatdagi yangilanishining skrinshotlari paydo bo’ldi. Yangi xususiyatlar: — 20+ boost darajasiga eg
+3
⚡️Internetda Telegramni navbatdagi yangilanishining skrinshotlari paydo bo’ldi. Yangi xususiyatlar: — 20+ boost darajasiga ega bo’lgan telegram kanalingizda TgADS reklamalarini butunlay o’chirib qo’yish imkoniyati; — Profilga tug'ilgan sanani qo’shish (ehtimol, kontaktlar uchun eslatma bilan); — Ba’zi mamlakatlarda kanal egasi reklamadan daromadning 50 foizini olishi mumkin bo’lgan monetizatsiya; — Botlarni kanallarga integratsiya qilish; — Maxfiylik sozlamalari yaxshilandi, shu jumladan chatlarga qo’shishni taqiqlash. 📟 DigiTech

📱Apple yangi iPhone'larda qutisini ochmasdan iOS'ni yangilash tizimini ishlab chiqdi. Presto simsiz tizimi (rasmdagi) smartf
📱Apple yangi iPhone'larda qutisini ochmasdan iOS'ni yangilash tizimini ishlab chiqdi. Presto simsiz tizimi (rasmdagi) smartfonni yoqadi, so’nggi dasturiy ta’minotni o’rnatadi va qurilmani yana o’chiradi. Do’kon xodimi smartfonni qutisi bilan Presto'ga joylashtirishi va 15-30 daqiqa kutishi kifoya. Bir vaqtning o’zida oltitagacha iPhone-ni yangilash mumkin. Ushbu qurilmani aprel oyidan boshlab Qo’shma Shtatlardagi Apple savdo do’konlariga o’rnatishni boshlashadi. 📟 DigiTech

⚡️Janubiy Koreyalik dizaynerlar klaviatura, dinamiklar va hatto monitor o’rnini bosuvchi ish stoli konseptsiyasini namoyish e
+2
⚡️Janubiy Koreyalik dizaynerlar klaviatura, dinamiklar va hatto monitor o’rnini bosuvchi ish stoli konseptsiyasini namoyish etishdi. Ushbu gadjetlarning barchasi allaqachon stol ichiga o’rnatilgan — masalan, monitor bir tugmani bosish orqali chiqadi va qayta yig’iladi. Simlar stol oyoqlariga o’rnatilgan. Yoniq holatda bu to’liq ish stolidir, o’chirilganda esa undan oddiy stol sifatida foydalanish mumkin. 📟 DigiTech

🌇 Bu Yevropa shaharchasiga o’xshash Xitoyning Donguan shahridagi Huawei Ox Horn kampusi. 12 ta hududdan iborat kompleksda 25
+3
🌇 Bu Yevropa shaharchasiga o’xshash Xitoyning Donguan shahridagi Huawei Ox Horn kampusi. 12 ta hududdan iborat kompleksda 25 000 xodim ishlaydi va yashaydi, 10 000 avtomobilga mo’ljallangan yer osti to’xtash joyi va hatto temir yo’l ham mavjud. Loyiha qiymati: ¥10 milliard. 📟 DigiTech

🚘 Tesla avtomobillaridagi Yangi Tap To Park funksiyasi shunday ishlaydi. Mashina sensorlar yordamida bo’sh to’xtash joylarini «ko’radi» va siz displeyda tanlagan joyga joylashadi. Funksiyaning o’zi bepul emas: u faqat oyiga 199 dollar evaziga ulanadigan Full Self-Driving avtopilot obunasiga kiritilgan. 📟 DigiTech

+1
⚡️Xitoy gigantizmi Shansi provinsiyasidagi quyosh elektr stansiyalari misolida. Bir hududdagi deyarli barcha tepaliklar panellar bilan qoplangan — ularning maydoni 6000 futbol maydoniga tengdir. Loyihaning qiymati ¥8,8 milliard. Bu joydan unchalik uzoq bo'lmagan joyda, hatto ulkan pandalar ko'rinishida joylashtirilgan stansiya ham mavjud. 📟 DigiTech

📱Insayderlar aytishicha, iOS 18 «tarixdagi eng katta iPhone dasturiy ta’minoti yangilanishi» bo’ladi. Bloomberg Apple kompan
📱Insayderlar aytishicha, iOS 18 «tarixdagi eng katta iPhone dasturiy ta’minoti yangilanishi» bo’ladi. Bloomberg Apple kompaniyasining iyundagi taqdimotida sun’iy intellektga katta e’tibor qaratishini tasdiqladi. Hatto marketing bo’yicha katta vitse-prezident bo’lgan Greg Josviak ham «Bu mutlaqo aql bovar qilmaydigan bo’ladi» deb bunga ishora qildi. Mish-mishlarga ko’ra, quyidagilar kutilmoqda: — Siri'ning takomillashtirilgan versiyasi; — Sun’iy intellektni Xabarlar ilovasiga integratsiyasi; — Apple Music-da avtomatik yaratiladigan pleylistlar; — iWork ilovalarida SI; — Xcode-da dasturchilar uchun SI. 📟 DigiTech

📱Floridada 14 yoshga yetmagan o’smirlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochish taqiqlandi. 16 yoshga to’lgunga qadar esa ota-
📱Floridada 14 yoshga yetmagan o’smirlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochish taqiqlandi. 16 yoshga to’lgunga qadar esa ota-onasining ruxsati kerak bo’ladi. Qonun 2025-yil 1-yanvardan kuchga kiradi. Shtat Gubernatori Ron Desantisning aytishicha, bolalarni ijtimoiy tarmoqlarning zararli ta’siridan himoya qilish kerak. Ammo uni allaqachon AQSh Konstitutsiyasi himoyachilari va millionlab ko’riladigan bloglarning voyaga yetmagan egalari tanqid qilishmoqda. 📟 DigiTech