uz
Feedback
AI | DigiTech

AI | DigiTech

Kanalga Telegram’da o‘tish

Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali AI | DigiTech analitikasi

AI | DigiTech (@digitechai) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 51 891 obunachidan iborat bo'lib, Texnologiyalar & Aralashmalar toifasida 2 558-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 1 425-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 51 891 obunachiga ega bo‘ldi.

02 Iyul, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -2 847 ga, so‘nggi 24 soatda esa -200 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 25.08% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 17.66% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 13 041 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 9 182 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 122 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 03 Iyul, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Texnologiyalar & Aralashmalar toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

51 891
Obunachilar
-20024 soatlar
-1 6077 kunlar
-2 84730 kunlar
Postlar arxiv
⚡️AQSh'da dunyodagi eng kichik yurak stimulyatori yaratildi: uni shprits yordamida kiritish mumkin, ishlashi uchun energiyani
⚡️AQSh'da dunyodagi eng kichik yurak stimulyatori yaratildi: uni shprits yordamida kiritish mumkin, ishlashi uchun energiyani esa tananing biologik suyuqligidan oladi. Texnologiya birinchi navbatda, operatsiyadan keyin vaqtinchalik elektr stimulyatsiyasini talab qiladigan yurak nuqsoni bilan tug’ilgan bolalar uchun ishlab chiqilgan. Uni olib tashlash ham shart emas, vaqt o’tishi bilan organizmda to’liq so’rilib ketadi. 📟 DigiTech

🖼️ Midjourney V7 chiqdi — u endi eng realistik tasvirlarni generatsiya qiladigan neyrotarmoqdir. – Qoralama rejimi qo’shildi
+4
🖼️ Midjourney V7 chiqdi — u endi eng realistik tasvirlarni generatsiya qiladigan neyrotarmoqdir. – Qoralama rejimi qo’shildi, sinov tasvirlarini 2 baravar arzonroq va 10 barobar tezroq generatsiya qilish mumkin; – Personallashtirish qo’shildi, endi barcha rasmlar aynan sizga mos uslubda generatsiya qilinadi; – Tasvirlarni real vaqtda masshtablashtirish va tahrirlash mumkin; – Endi promptni ovozli kiritish mumkin. Bular yangi funksiyalarning faqat ba’zilari, bundan tashqari, Midjourney o’z modelini har hafta yangilashni rejalashtirmoqda. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

📱The New York Times: Tramp'ning yangi bojlari sabab Apple qurilmalari narxi keskin oshishi mumkin. Eng yuqori tariflar Apple
📱The New York Times: Tramp'ning yangi bojlari sabab Apple qurilmalari narxi keskin oshishi mumkin. Eng yuqori tariflar Apple qurilmalarini yig’adigan mamlakatlarga to’g’ri keldi: Vyetnam (46%), Xitoy (34%) va Hindiston (26%). Agar kompaniya qurilmasini olishni o’ylab yurgan bo’lsangiz hozir ayni vaqti. 📟 DigiTech

🛣️ AQSh'da shahar chetidagi ko’chalarda tezlikni oshirib yuradigan haydovchilarga qarshi kurashish uchun noodatiy to’lqinsim
+1
🛣️ AQSh'da shahar chetidagi ko’chalarda tezlikni oshirib yuradigan haydovchilarga qarshi kurashish uchun noodatiy to’lqinsimon yo’l chiziqlari sinovdan o’tkazilmoqda. Yo’lning burilish illyuziyasini yaratadigan chiziqlar haydovchilarni tezlikni pasaytirishga, shuningdek, yo’lda «ehtiyotkorroq bo’lishga» undaydi. Haydovchilar bunga e’tibor bermasdan o’tib ketmasliklari uchun trayektoriya bo’ylab harakatlanishga majbur qiladigan plastik ustunlari ham qo’yiladi. 📟 DigiTech

👨‍💻 RTX 5090 o’rnatilgan noutbuklar narxi 4299 dollardan boshlanmoqda. Buyrakni narxiday summa evaziga GeForce RTX 5090, Co
👨‍💻 RTX 5090 o’rnatilgan noutbuklar narxi 4299 dollardan boshlanmoqda. Buyrakni narxiday summa evaziga GeForce RTX 5090, Core Ultra 9 275HX protsessori, 32-64 GB operativ xotira va 2 TB SSD olasiz. Yomon xabar shundaki, Asus va MSI'ni bunday videokartali noutbuklarining «arzon narxdagi» partiyasi allaqachon sotilib ketgan. 5070 Ti o’rnatilgan noutbuklar narxi bundan bir necha barobar arzonroq — 1899 dollardan, lekin bu ham baribir juda qimmat. 📟 DigiTech

⚡️Olimlarning aniqlashicha, uyqudan oldin telefondan foydalanish uyqu sifatini buzilishiga olib keladi. Uyqusizlik xavfi esa
⚡️Olimlarning aniqlashicha, uyqudan oldin telefondan foydalanish uyqu sifatini buzilishiga olib keladi. Uyqusizlik xavfi esa 59% ga oshadi. 45 ming norvegiyalik talabalarning xatti-harakatlari tahlili shuni ko’rsatdiki: uyqudan oldin ekrandagi har qanday kontent — xoh u film, ijtimoiy tarmoqlar yoki hatto elektron kitob bo’lsin — ularning uyqu paytida energiyasi tiklanishiga to’sqinlik qilgan. Ertalab o’zingizni tetik his qilishingiz uchun, uyqudan kamida bir soat oldin smartfondan foydalanishni to’xtatishingiz kerak. Mutaxassislar uyqudan oldin smartfondan foydalanish o’rniga qog’oz kitob o’qishni maslahat berishadi. 📟 DigiTech

👨‍💻 Neyrotarmoqlar rivojlanishni boshlaganidan so’ng yangi kasblar paydo bo’ldi, shunday kasblardan biri — vibe coder. Yaqi
👨‍💻 Neyrotarmoqlar rivojlanishni boshlaganidan so’ng yangi kasblar paydo bo’ldi, shunday kasblardan biri — vibe coder. Yaqinda esa AQSh'dagi startap vibe coder uchun vakansiya ochdi. San-Fransisko'da o’tirib, neyrotarmoqlar yordamida kod yozish kerak. Talablar: vaybkoding bo’yicha 3 yillik tajriba, dam olish kunlari sayohat qilish va ishlash istagi. Ular bunday mutaxassisga yiliga 150 000 dollargacha to’lashga tayyorlar. Orzudagi ishga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Xitoy kosmosda samaradorligi Yerdagi har qanday energiya manbalaridan yuqoriroq bo’ladigan ulkan quyosh stansiyasini qurmoq
⚡️Xitoy kosmosda samaradorligi Yerdagi har qanday energiya manbalaridan yuqoriroq bo’ladigan ulkan quyosh stansiyasini qurmoqchi. Taxminlarga ko’ra, stansiya 36 000 km balandlikda allaqachon ajratilgan zonada joylashadi, to’plangan energiya esa mikroto’lqinlar ko’rinishida Yerga yuboriladi. Loyihani 2050-yilgacha amalga oshirish rejalashtirilgan. 📟 DigiTech

+1
🎥 Filmlardagi kadrlardek videolarni generatsiya qilib beradigan Higgsfield neyrotarmog’i chiqdi. Unda videoni yaqinlashtirish, shahar taymlapslarini yaratish, videoni epik tarzda sekinlashtirish va «Matritsa»dagi kabi dumaloq uslubda generatsiya qilish mumkin. Bepul chegaralangan versiyasi mavjud. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

🌋 Tarixdagi eng yaxshi prank: 1974-yilning 1-aprelida amerikalik Oliver Bikard Alyaskadagi so’ngan vulqon tepasida 70 ta avt
🌋 Tarixdagi eng yaxshi prank: 1974-yilning 1-aprelida amerikalik Oliver Bikard Alyaskadagi so’ngan vulqon tepasida 70 ta avtomobil shinalarini yoqib, butun shaharni qo’rqitgan. Tutunni ko‘rgan mahalliy aholi vulqon otilishi boshlangan deb o’ylashgan. Politsiya bo’limi va radiostansiya qo’ng’iroqlar bilan to’lib ketgan, sohil qo‘riqlash xizmati esa tekshirish uchun hatto vertolyot ham yuborgan. Vertolyot borganida lava o’rniga bo’sh kraterda yonayotgan shinalar va «APRILS FOOL» degan ulkan yozuv bo’lgan. 📟 DigiTech

⚡️Tom Holland ishtirokidagi yangi «O'rgimchak-odam» filmining chiqish sanasi ma’lum bo’ldi — 2026-yil 31-iyul. Film «O’rgimch
+3
⚡️Tom Holland ishtirokidagi yangi «O'rgimchak-odam» filmining chiqish sanasi ma’lum bo’ldi — 2026-yil 31-iyul. Film «O’rgimchak-odam: Yangi kun» deb nomlandi. Syujet bo’yicha Piter Parker'ning hayoti keskin o’zgaradi: barcha uni unutadi, Meri Jeyn bilan esa munosabatlari buziladi. Bundan tashqari, Sony «O‘rgimchak-odam: Koinotdan tashqarida» animatsion filmining chiqish sanasini e’lon qildi. Miles Morales hikoyasining uchinchi qismi 2027-yil 4-iyunda chiqadi. Shuningdek, birinchi kadrlar ham namoyish etildi. 📟 DigiTech

🖼️ Krea neyrotarmog’i endi 2D rasmlarni 3D'ga aylantira oladi. Generatsiya uchun rasm yoki matnli so’rov kifoya, natijani darhol Blenderga o’tkazish mumkin. U barcha aktual 3D model formatlarini qo’llab-quvvatlaydi va bepul foydalanish mumkin. 👉 Sinab ko’rish uchun havola. 📟 DigiTech

⚡️Samsung tozalash paytida qo’ng’iroqlar va SMS'larni o’tkazib yubormaslikka yordam beradigan changyutgich va kir yuvish mash
+3
⚡️Samsung tozalash paytida qo’ng’iroqlar va SMS'larni o’tkazib yubormaslikka yordam beradigan changyutgich va kir yuvish mashinasini chiqardi. Yangi Bespoke AI modellari kiruvchi qo’ng‘iroqlar va xabarlar haqidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi displeylar bilan jihozlangan, kir yuvish mashinasidan esa hatto qo’ng‘iroqqa javob berish yoki ovozli yordamchidan taymer o’rnatishni so’rash mumkin. Changyutgich narxi 1100 dollar, kir yuvish mashinasi narxi esa 3100 dollar. 📟 DigiTech

🧠 Ilon Mask'ning aytishicha, hatto butunlay ko’r odamning ham ko‘rish qobiliyatini tiklay oladigan Blindsight neyroimplanti
🧠 Ilon Mask'ning aytishicha, hatto butunlay ko’r odamning ham ko‘rish qobiliyatini tiklay oladigan Blindsight neyroimplanti birinchi bemorga shu yilni o’zida implantatsiya qilinadi. Mask'ning so’zlariga ko’ra, implantning birinchi versiyasi «past aniqlikdagi» ko’rish qobiliyatini tiklay oladi, biroq texnologiya tez orada «g’ayritabiiy daraja»ga yetadi. Uning Neuralink startapi allaqachon falaj bo‘lgan odamlarga o’z fikrlari bilan qurilmalarni boshqarish imkonini beruvchi chiplarni muvaffaqiyatli implantatsiya qilmoqda. 📟 DigiTech

🚘 Avstriya politsiyasi tezlikni 60 km/soatdan oshirgan millionerdan Bugatti Chiron'ni musodara qildi. Avstriyada o’tgan yili
🚘 Avstriya politsiyasi tezlikni 60 km/soatdan oshirgan millionerdan Bugatti Chiron'ni musodara qildi. Avstriyada o’tgan yili qabul qilingan qonunga ko’ra, tezlikni takroriy oshirgan qoidabuzarlarning avtomobillari musodara qilinadi va auksionda sotiladi — bu safar esa katta «o’lja» 3 mln dollarlik Bugatti giperkari tushdi. Yetmaganiga, haydovchilik guvohnomasi ham olib qo’yildi. 📟 DigiTech

⚡️ChatGPT o’z «yuzini» ko’rsatdi. Ko’plab foydalanuvchilar neyron tarmoqdan o’zini ayol qiyofasini ko’rsatishini so’rashdi va
+2
⚡️ChatGPT o’z «yuzini» ko’rsatdi. Ko’plab foydalanuvchilar neyron tarmoqdan o’zini ayol qiyofasini ko’rsatishini so’rashdi va ularning barchasiga deyarli bir xil qizning fotosurati keldi.
Prompt: «Make a self portrait of yourself as if you were a young adult women. The goal is to be as close as possible to how you truly view yourself. (make an image)»
ChatGPT'ning pullik obunasi bo’lsa siz ham sinab ko’rishingiz mumkin. 📟 DigiTech

⚡️Pragada joylashgan BTL kompaniyasi depressiya va stressni butunlay davolovchi qurilmani ishlab chiqdi. Exomind qurilmasi in
+2
⚡️Pragada joylashgan BTL kompaniyasi depressiya va stressni butunlay davolovchi qurilmani ishlab chiqdi. Exomind qurilmasi invaziv bo’lmagan miya stimulyatsiyasi terapiyasi orqali neyronlarning faolligiga ta’sir qilib depressiyani davolaydi. Bu psixologga borishga o’xshaydi, lekin psixologni o’zisiz. Qurilma qonuniy va FDA tomonidan tasdiqlangan. Terapiyaning narxi 4800 dollar bo’lib — u har biri 30 daqiqadan iborat 6 seansni o’z ichiga oladi. 📟 DigiTech

🌙 Ramazon Hayiti muborak bo’lsin! 📟 DigiTech
🌙 Ramazon Hayiti muborak bo’lsin! 📟 DigiTech

🚛 Kun videosi: Uzunligi tufayli shaharda ishlashi hatto taqiqlangan Xitoyning avtomobil tashuvchisi. Yana yetmaganiga ikkinchi qavatida ikkita qator mavjud. Nechta mashina sanadingiz? 📟 DigiTech

🚘 Xitoyning BYD kompaniyasi Chjenchjouda maydoni 130 kvadrat kilometr bo’ladigan megazavodni qurmoqda — bu San-Fransisko, Parij va Barselona hududidan kattaroqdir. Bu yerda zavodlardan tashqari ishchilar uchun uylar, futbol maydonlari, savdo markazlari va bolalar bog’chalari barpo etiladi — bularning barchasi 100 ming xodim va ularning oila a’zolari qulay yashashlari uchun. Ushbu megazavodda yiliga milliondan ortiq elektromobil ishlab chiqariladi, qurilish ishlari 2025-2026 yillarda yakunlanishi rejalashtirilgan. 📟 DigiTech