AI | DigiTech
前往频道在 Telegram
Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal. Reklama: @DigiTech_ads
显示更多📈 Telegram 频道 AI | DigiTech 的分析概览
频道 AI | DigiTech (@digitechai) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 51 891 名订阅者,在 技术与应用 类别中位列第 2 558,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 1 425 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 51 891 名订阅者。
根据 02 七月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -2 847,过去 24 小时变化为 -200,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 25.08%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.66% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 13 041 次浏览,首日通常累积 9 182 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 122。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Texnologiyalar olamidagi eng so’nggi yangiliklar, foydali maqolalar va hayotingizni osonlashtiruvchi sun’iy intellektlar haqidagi kanal.
Reklama: @DigiTech_ads”
凭借高频更新(最新数据采集于 03 七月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 技术与应用 类别中的关键影响点。
51 891
订阅者
-20024 小时
-1 6077 天
-2 84730 天
帖子存档
51 830
⚡️AQSh'da dunyodagi eng kichik yurak stimulyatori yaratildi: uni shprits yordamida kiritish mumkin, ishlashi uchun energiyani esa tananing biologik suyuqligidan oladi.
Texnologiya birinchi navbatda, operatsiyadan keyin vaqtinchalik elektr stimulyatsiyasini talab qiladigan yurak nuqsoni bilan tug’ilgan bolalar uchun ishlab chiqilgan.
Uni olib tashlash ham shart emas, vaqt o’tishi bilan organizmda to’liq so’rilib ketadi.
📟 DigiTech
51 830
+4
🖼️ Midjourney V7 chiqdi — u endi eng realistik tasvirlarni generatsiya qiladigan neyrotarmoqdir.
– Qoralama rejimi qo’shildi, sinov tasvirlarini 2 baravar arzonroq va 10 barobar tezroq generatsiya qilish mumkin;
– Personallashtirish qo’shildi, endi barcha rasmlar aynan sizga mos uslubda generatsiya qilinadi;
– Tasvirlarni real vaqtda masshtablashtirish va tahrirlash mumkin;
– Endi promptni ovozli kiritish mumkin.
Bular yangi funksiyalarning faqat ba’zilari, bundan tashqari, Midjourney o’z modelini har hafta yangilashni rejalashtirmoqda.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 830
📱The New York Times: Tramp'ning yangi bojlari sabab Apple qurilmalari narxi keskin oshishi mumkin.
Eng yuqori tariflar Apple qurilmalarini yig’adigan mamlakatlarga to’g’ri keldi: Vyetnam (46%), Xitoy (34%) va Hindiston (26%).
Agar kompaniya qurilmasini olishni o’ylab yurgan bo’lsangiz hozir ayni vaqti.
📟 DigiTech
51 830
+1
🛣️ AQSh'da shahar chetidagi ko’chalarda tezlikni oshirib yuradigan haydovchilarga qarshi kurashish uchun noodatiy to’lqinsimon yo’l chiziqlari sinovdan o’tkazilmoqda.
Yo’lning burilish illyuziyasini yaratadigan chiziqlar haydovchilarni tezlikni pasaytirishga, shuningdek, yo’lda «ehtiyotkorroq bo’lishga» undaydi.
Haydovchilar bunga e’tibor bermasdan o’tib ketmasliklari uchun trayektoriya bo’ylab harakatlanishga majbur qiladigan plastik ustunlari ham qo’yiladi.
📟 DigiTech
51 830
👨💻 RTX 5090 o’rnatilgan noutbuklar narxi 4299 dollardan boshlanmoqda.
Buyrakni narxiday summa evaziga GeForce RTX 5090, Core Ultra 9 275HX protsessori, 32-64 GB operativ xotira va 2 TB SSD olasiz. Yomon xabar shundaki, Asus va MSI'ni bunday videokartali noutbuklarining «arzon narxdagi» partiyasi allaqachon sotilib ketgan.
5070 Ti o’rnatilgan noutbuklar narxi bundan bir necha barobar arzonroq — 1899 dollardan, lekin bu ham baribir juda qimmat.
📟 DigiTech
51 830
⚡️Olimlarning aniqlashicha, uyqudan oldin telefondan foydalanish uyqu sifatini buzilishiga olib keladi. Uyqusizlik xavfi esa 59% ga oshadi.
45 ming norvegiyalik talabalarning xatti-harakatlari tahlili shuni ko’rsatdiki: uyqudan oldin ekrandagi har qanday kontent — xoh u film, ijtimoiy tarmoqlar yoki hatto elektron kitob bo’lsin — ularning uyqu paytida energiyasi tiklanishiga to’sqinlik qilgan.
Ertalab o’zingizni tetik his qilishingiz uchun, uyqudan kamida bir soat oldin smartfondan foydalanishni to’xtatishingiz kerak. Mutaxassislar uyqudan oldin smartfondan foydalanish o’rniga qog’oz kitob o’qishni maslahat berishadi.
📟 DigiTech
51 830
👨💻 Neyrotarmoqlar rivojlanishni boshlaganidan so’ng yangi kasblar paydo bo’ldi, shunday kasblardan biri — vibe coder. Yaqinda esa AQSh'dagi startap vibe coder uchun vakansiya ochdi. San-Fransisko'da o’tirib, neyrotarmoqlar yordamida kod yozish kerak.
Talablar: vaybkoding bo’yicha 3 yillik tajriba, dam olish kunlari sayohat qilish va ishlash istagi. Ular bunday mutaxassisga yiliga 150 000 dollargacha to’lashga tayyorlar.
Orzudagi ishga ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.
📟 DigiTech
51 830
⚡️Xitoy kosmosda samaradorligi Yerdagi har qanday energiya manbalaridan yuqoriroq bo’ladigan ulkan quyosh stansiyasini qurmoqchi.
Taxminlarga ko’ra, stansiya 36 000 km balandlikda allaqachon ajratilgan zonada joylashadi, to’plangan energiya esa mikroto’lqinlar ko’rinishida Yerga yuboriladi. Loyihani 2050-yilgacha amalga oshirish rejalashtirilgan.
📟 DigiTech
51 830
🎥 Filmlardagi kadrlardek videolarni generatsiya qilib beradigan Higgsfield neyrotarmog’i chiqdi.
Unda videoni yaqinlashtirish, shahar taymlapslarini yaratish, videoni epik tarzda sekinlashtirish va «Matritsa»dagi kabi dumaloq uslubda generatsiya qilish mumkin. Bepul chegaralangan versiyasi mavjud.
👉 Sinab ko’rish uchun havola.
📟 DigiTech
51 830
🌋 Tarixdagi eng yaxshi prank: 1974-yilning 1-aprelida amerikalik Oliver Bikard Alyaskadagi so’ngan vulqon tepasida 70 ta avtomobil shinalarini yoqib, butun shaharni qo’rqitgan.
Tutunni ko‘rgan mahalliy aholi vulqon otilishi boshlangan deb o’ylashgan. Politsiya bo’limi va radiostansiya qo’ng’iroqlar bilan to’lib ketgan, sohil qo‘riqlash xizmati esa tekshirish uchun hatto vertolyot ham yuborgan.
Vertolyot borganida lava o’rniga bo’sh kraterda yonayotgan shinalar va «APRILS FOOL» degan ulkan yozuv bo’lgan.
📟 DigiTech
51 830
+3
⚡️Tom Holland ishtirokidagi yangi «O'rgimchak-odam» filmining chiqish sanasi ma’lum bo’ldi — 2026-yil 31-iyul.
Film «O’rgimchak-odam: Yangi kun» deb nomlandi. Syujet bo’yicha Piter Parker'ning hayoti keskin o’zgaradi: barcha uni unutadi, Meri Jeyn bilan esa munosabatlari buziladi.
Bundan tashqari, Sony «O‘rgimchak-odam: Koinotdan tashqarida» animatsion filmining chiqish sanasini e’lon qildi. Miles Morales hikoyasining uchinchi qismi 2027-yil 4-iyunda chiqadi. Shuningdek, birinchi kadrlar ham namoyish etildi.
📟 DigiTech
51 830
51 830
⚡️Samsung tozalash paytida qo’ng’iroqlar va SMS'larni o’tkazib yubormaslikka yordam beradigan changyutgich va kir yuvish mashinasini chiqardi.
Yangi Bespoke AI modellari kiruvchi qo’ng‘iroqlar va xabarlar haqidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi displeylar bilan jihozlangan, kir yuvish mashinasidan esa hatto qo’ng‘iroqqa javob berish yoki ovozli yordamchidan taymer o’rnatishni so’rash mumkin.
Changyutgich narxi 1100 dollar, kir yuvish mashinasi narxi esa 3100 dollar.
📟 DigiTech
51 830
🧠 Ilon Mask'ning aytishicha, hatto butunlay ko’r odamning ham ko‘rish qobiliyatini tiklay oladigan Blindsight neyroimplanti birinchi bemorga shu yilni o’zida implantatsiya qilinadi.
Mask'ning so’zlariga ko’ra, implantning birinchi versiyasi «past aniqlikdagi» ko’rish qobiliyatini tiklay oladi, biroq texnologiya tez orada «g’ayritabiiy daraja»ga yetadi.
Uning Neuralink startapi allaqachon falaj bo‘lgan odamlarga o’z fikrlari bilan qurilmalarni boshqarish imkonini beruvchi chiplarni muvaffaqiyatli implantatsiya qilmoqda.
📟 DigiTech
51 830
🚘 Avstriya politsiyasi tezlikni 60 km/soatdan oshirgan millionerdan Bugatti Chiron'ni musodara qildi.
Avstriyada o’tgan yili qabul qilingan qonunga ko’ra, tezlikni takroriy oshirgan qoidabuzarlarning avtomobillari musodara qilinadi va auksionda sotiladi — bu safar esa katta «o’lja» 3 mln dollarlik Bugatti giperkari tushdi. Yetmaganiga, haydovchilik guvohnomasi ham olib qo’yildi.
📟 DigiTech
51 830
+2
⚡️ChatGPT o’z «yuzini» ko’rsatdi.
Ko’plab foydalanuvchilar neyron tarmoqdan o’zini ayol qiyofasini ko’rsatishini so’rashdi va ularning barchasiga deyarli bir xil qizning fotosurati keldi.
Prompt: «Make a self portrait of yourself as if you were a young adult women. The goal is to be as close as possible to how you truly view yourself. (make an image)»ChatGPT'ning pullik obunasi bo’lsa siz ham sinab ko’rishingiz mumkin. 📟 DigiTech
51 830
+2
⚡️Pragada joylashgan BTL kompaniyasi depressiya va stressni butunlay davolovchi qurilmani ishlab chiqdi.
Exomind qurilmasi invaziv bo’lmagan miya stimulyatsiyasi terapiyasi orqali neyronlarning faolligiga ta’sir qilib depressiyani davolaydi. Bu psixologga borishga o’xshaydi, lekin psixologni o’zisiz.
Qurilma qonuniy va FDA tomonidan tasdiqlangan. Terapiyaning narxi 4800 dollar bo’lib — u har biri 30 daqiqadan iborat 6 seansni o’z ichiga oladi.
📟 DigiTech
51 830
🚛 Kun videosi: Uzunligi tufayli shaharda ishlashi hatto taqiqlangan Xitoyning avtomobil tashuvchisi.
Yana yetmaganiga ikkinchi qavatida ikkita qator mavjud.
Nechta mashina sanadingiz?
📟 DigiTech
51 830
🚘 Xitoyning BYD kompaniyasi Chjenchjouda maydoni 130 kvadrat kilometr bo’ladigan megazavodni qurmoqda — bu San-Fransisko, Parij va Barselona hududidan kattaroqdir.
Bu yerda zavodlardan tashqari ishchilar uchun uylar, futbol maydonlari, savdo markazlari va bolalar bog’chalari barpo etiladi — bularning barchasi 100 ming xodim va ularning oila a’zolari qulay yashashlari uchun.
Ushbu megazavodda yiliga milliondan ortiq elektromobil ishlab chiqariladi, qurilish ishlari 2025-2026 yillarda yakunlanishi rejalashtirilgan.
📟 DigiTech
现已上线!2025 年 Telegram 研究 — 年度关键洞察 
