Roman-german filologiyasi fakulteti
Kanalga Telegram’da o‘tish
O'zDJTU, Roman-german filologiyasi fakulteti rasmiy kanali Shikoyat, taklif va murojaat uchun: Yoshlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Shahzoda Matlabxonova @matlabxonovaa
Ko'proq ko'rsatish1 632
Obunachilar
+224 soatlar
+3477 kun
+57530 kun
Ma'lumot yuklanmoqda...
O'xshash kanallar
Taglar buluti
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Kirish va chiqish esdaliklari
---
---
---
---
---
---
Obunachilarni jalb qilish
Sentabr '26
Sentabr '26
+433
4 kanalda
Avgust '26
+192
1 kanalda
Get PRO
Iyul '26
+17
1 kanalda
Get PRO
Iyun '26
+15
4 kanalda
Get PRO
May '26
+30
5 kanalda
Get PRO
Aprel '26
+83
12 kanalda
Get PRO
Mart '26
+77
7 kanalda
Get PRO
Fevral '26
+33
9 kanalda
Get PRO
Yanvar '26
+37
6 kanalda
Get PRO
Dekabr '25
+27
5 kanalda
Get PRO
Noyabr '25
+69
15 kanalda
Get PRO
Oktabr '25
+112
18 kanalda
Get PRO
Sentabr '25
+154
7 kanalda
Get PRO
Avgust '25
+26
1 kanalda
Get PRO
Iyul '25
+34
3 kanalda
Get PRO
Iyun '25
+20
4 kanalda
Get PRO
May '25
+41
8 kanalda
Get PRO
Aprel '25
+85
20 kanalda
Get PRO
Mart '25
+71
3 kanalda
Get PRO
Fevral '25
+117
7 kanalda
Get PRO
Yanvar '25
+51
7 kanalda
Get PRO
Dekabr '24
+39
4 kanalda
Get PRO
Noyabr '24
+57
2 kanalda
Get PRO
Oktabr '24
+82
6 kanalda
Get PRO
Sentabr '24
+490
3 kanalda
Get PRO
Avgust '24
+38
0 kanalda
Get PRO
Iyul '24
+23
0 kanalda
Get PRO
Iyun '24
+22
1 kanalda
Get PRO
May '24
+72
2 kanalda
Get PRO
Aprel '24
+73
2 kanalda
Get PRO
Mart '24
+95
4 kanalda
Get PRO
Fevral '24
+65
3 kanalda
Get PRO
Yanvar '24
+108
2 kanalda
Get PRO
Dekabr '23
+580
2 kanalda
| Sana | Obunachilarni jalb qilish | Esdaliklar | Kanallar | |
| 14 Sentabr | +6 | |||
| 13 Sentabr | +3 | |||
| 12 Sentabr | +4 | |||
| 11 Sentabr | +23 | |||
| 10 Sentabr | +14 | |||
| 09 Sentabr | +15 | |||
| 08 Sentabr | +38 | |||
| 07 Sentabr | +263 | |||
| 06 Sentabr | +6 | |||
| 05 Sentabr | +12 | |||
| 04 Sentabr | +15 | |||
| 03 Sentabr | +21 | |||
| 02 Sentabr | +9 | |||
| 01 Sentabr | +4 |
Kanal postlari
Repost from O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
❤️🔥❤️🔥❤️🔥 💙💙💙
🖐 “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”GA START BERILADI!
🏆 Joriy yilning 23–24-sentyabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 1-kurs talabalari o‘rtasida sportning mini-futbol, voleybol, stritbol, stol tennisi va yengil atletika turlari bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalari o‘tkaziladi.
Musobaqa dasturi:
⚽️ MINI-FUTBOL — yigitlar
🗓️ 23-sentyabr | ⏱ 08:00
👥 7 nafar — har bir fakultetdan 2 ta jamoa
🏐 VOLEYBOL
Qizlar — 23-sentyabr | ⏰08:00
Yigitlar — 24-sentyabr | ⏰08:00
👥8 nafar — har bir fakultetdan 2 ta jamoa
🏀 STRITBOL — yigitlar va qizlar
🗓️ 23-sentyabr | ⏰ 08:00
👥 5 nafar — har bir fakultetdan 2 ta jamoa
🏓 STOL TENNISI — yigitlar va qizlar
📅 24-sentyabr | ⏰ 08:00
👥 Ishtirokchilar soni — cheklanmagan
🏃♀️🏃 YENGIL ATLETIKA — yigitlar va qizlar
🗓️ 24-sentyabr | ⏰ 08:00
👥 4 nafar yigit va 4 nafar qiz
📣 Talabnoma topshirish muddati:
🗓 18-sentyabr, soat 17:00 gacha
☎️ Murojaat uchun:
+998 90 334 18 99 — Q. Mardonov
+998 94 287 69 99 — X. Zikriyayev
🔥 Aziz talabalar! Sport musobaqalarida faol ishtirok eting va o‘z fakultetingiz sharafini munosib himoya qiling!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
| 2 | 🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi asosida yoshlar o‘rtasida Vatanga daxldorlik, birlik va birdamlik, yurt taqdiriga mas’uliyat hamda kelajakka ishonch tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsadida mazkur videorolik suratga olindi.
Videorolik orqali yoshlarning Vatan ravnaqi va taraqqiyotidagi o‘rni, yagona maqsad sari birlashib, yurt kelajagi uchun munosib hissa qo‘shishi, shuningdek,
tinchlik, hamjihatlik va birlik kabi ezgu qadriyatlarning ahamiyati kengroq yoritib beriladi. | 332 |
| 3 | O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida Kechki ta`lim shaklida 1-kursda tahsil oluvchi talabalar ishtirokida “Dekan va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda talabalar universitetda ta’lim sifati, ilmiy faoliyat, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar.
Fakultet dekani A.Xalillayev talaba-yoshlarning murojaatlari, taklif va mulohazalarini diqqat bilan tinglab, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, u yoshlarning tashabbuskorligi, ijodkorligi va universitet hayotida faol ishtirok etishi muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidladi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olish, yangi g‘oya va tashabbuslarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Samimiy ruhda o‘tgan muloqot yoshlar bilan ochiq va samarali muloqotni yanada mustahkamladi. | 3 458 |
| 4 | “TALABA QIZLARNING IJTIMOIY FAOLLIGI, HUQUQIY MADANIYATI VA PSIXOLOGIK FAROVONLIGIGA QARATILGAN UCHRASHUV”
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida 1-kurs talaba qizlarning ijtimoiy faolligi, huquqiy madaniyati va psixologik farovonligini oshirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sh. Shamutalova, IPMBIB boshlig‘i F. Xabiyeva, bo‘lim psixologi Sh. Bo‘stonova, profilaktika inspektori M. Nurmuhammedova, fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A. Mallayev, fakultet IPMBIBM mutaxassisi M. Abdurahmonova hamda fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N. Sobirova hamda fakultet tyutorlari A. Bekmurzayeva, Z. Nazarovalar ishtirok etdi.
🇺🇿 Suhbat davomida talaba qizlarning milliy va ma’naviy qadriyatlari, odob-axloq me’yorlariga rioya qilish, o‘zaro hurmat va sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, kiberxavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda axborotlarni tanqidiy tahlil qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
✅ Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar. | 816 |
| 5 | “TALABA QIZLARNING IJTIMOIY FAOLLIGI, HUQUQIY MADANIYATI VA PSIXOLOGIK FAROVONLIGIGA QARATILGAN UCHRASHUV”
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakultetida 1-kurs talaba qizlarning ijtimoiy faolligi, huquqiy madaniyati va psixologik farovonligini oshirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sh. Shamutalova, IPMBIB boshlig‘i F. Xabiyeva, bo‘lim psixologi Sh. Bo‘stonova, profilaktika inspektori M. Nurmuhammedova, fakultet yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini A. Mallayev, fakultet IPMBIBM mutaxassisi M. Abdurahmonova hamda fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N. Sobirova hamda fakultet tyutorlari A. Bekmurzayeva, Z. Nazarovalar ishtirok etdi.
🇺🇿 Suhbat davomida talaba qizlarning milliy va ma’naviy qadriyatlari, odob-axloq me’yorlariga rioya qilish, o‘zaro hurmat va sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, kiberxavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda axborotlarni tanqidiy tahlil qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
✅ Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, talaba qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar. | 201 |
| 6 | Kontrakt.edu.uz platformasida onlayn ariza yuborish uchun qo`llanma | 545 |
| 7 | 🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🚀 “ENG YAXSHI KREATIV G‘OYA” TANLOVIGA START BERILDI!
Kreativ fikrlaysizmi? Yangilik yaratishga qiziqasizmi? G‘oyangizni real loyihaga aylantirmoqchimisiz? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan tashabbuskor, kreativ g‘oyalarga ega talabalarini “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika tanlovida faol ishtirok etishga taklif etamiz!
💡 “Eng yaxshi kreativ g‘oya” nima?
Bu — talabalar tomonidan ishlab chiqilgan, yangi mahsulot yoki xizmat turini yaratish, mavjud muammolarga noodatiy va samarali yechim taklif etish, startap loyihani shakllantirish yoki takomillashtirishga qaratilgan, innovatsionligi, amaliyotda qo‘llash imkoniyati hamda ijtimoiy ahamiyati bilan ajralib turadigan g‘oyadir.
🏆 G‘oliblarni qanday imkoniyatlar kutmoqda?
Tanlov Nizomiga muvofiq, g‘olib loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun umumiy jamg‘armasi 300 million so‘mgacha bo‘lgan grant mablag‘lari ajratilishi ko‘zda tutilgan.
🥇 1-o‘rin — 100 million so‘m
🥈 2-o‘rin — 50 million so‘m
🥉 3-o‘rin — 25 million so‘m
📌 Tanlovda qanday ishtirok etiladi?
Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor ariza taqdim etadi hamda unga tanlov shartlari va Nizomda belgilangan tegishli hujjatlarni ilova qiladi.
Universitet bosqichida eng yaxshi kreativ va istiqbolli g‘oyalar saralab olinib, respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
🚀 G‘oya sizdan — imkoniyat bizdan!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt | 452 |
| 8 | 📢 Hurmatli talabalar!
HEMIS tizimida login/parolni esdan chiqarganlar parolni mustaqil ravishda tiklashlari mumkin. Tizimning o‘zida parolni tiklash funksiyasi mavjud.
📱 HEMIS ilovasi (Android/iOS)da ayrim funksiyalar to‘liq ishlamasligi mumkin. Shu sababli Google orqali
👉 “hemis student uzswlu” deb qidirib, parolingizni brauzer orqali tiklashingiz tavsiya etiladi.
▶️ Videoni ko‘rib chiqing va yo‘riqnomani ulashing. | 374 |
| 9 | 📢 1-KURS TALABALARI DIQQATIGA!
🎓 HEMIS TIZIMIGA KIRISH BO‘YICHA VIDEO YO‘RIQNOMA
1️⃣ Google qidiruv tizimiga kiring va “HEMIS STUDENT UZSWLU” deb qidiring.
2️⃣ Qidiruv natijalarida yuqorida chiqadigan birinchi sahifaga kiring.
3️⃣ Ochilgan oynaga:
🔹 12 xonali Talaba ID raqamingizni;
🔹 mavjud parolingizni kiriting va tizimga kiring.
4️⃣ Ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilgach, shaxsiy profilingiz ochiladi.
🔐 ONEID ORQALI KIRISH
Agar Sizda OneID tizimida akkaunt mavjud bo‘lsa, HEMIS tizimiga OneID orqali ham kirishingiz mumkin.
⚠️ DIQQAT!
OneID orqali kirishda akkauntingizga bog‘langan telefon raqami orqali tasdiqlash amalga oshiriladi.
📱 MOBIL ILOVA
HEMIS tizimidan foydalanish uchun Android va iOS qurilmalari uchun mo‘ljallangan mobil ilovalardan ham foydalanishingiz mumkin.
🎥 HEMIS tizimiga kirish bo‘yicha video yo‘riqnomani diqqat bilan ko‘rib chiqing va amallarni ketma-ket bajaring. | 304 |
| 10 | 🛡 APK Qo‘riqchi dasturini o‘rnatish bo‘yicha qo‘llanma!
Qurilmangiz xavfsizligini ta’minlash va dasturni to‘g‘ri sozlash uchun maxsus tayyorlangan video qo‘llanma bilan tanishib chiqing.
• 🍎 Samsung foydalanuvchilari uchun:
Videodagi ko‘rsatmalarga amal qilib:
✅ Dasturni "Oq ro‘yxat"ga qo‘shish;
✅ Bildirishnomalarni yoqish;
✅ Doimiy himoyani faollashtirishni o‘rganasiz.
📥 "APK Qo'riqchi"ni yuklab oling va xotirjam bo'ling!
Rasmiy saytimizga a’zo bo’ling!👇👇
Telegram | Instagram | 567 |
| 11 | O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2026/2027 oʻquv yili dars va tanaffus vaqtlari
⏰ 1-smena
1-para 8:00 dan 9:20 gacha (10 daqiqa tanaffus)
2-para 9:30 dan 10:50 gacha (10 daqiqa tanaffus)
3-para 11:00 dan 12:20 gacha (40 daqiqa tanaffus)
⏰ 2-smena
1-para 13:00 dan 14:20 gacha (10 daqiqa tanaffus)
2-para 14:30 dan 15:50 gacha (10 daqiqa tanaffus)
3-para 16:00 dan 17:20 gacha (10 daqiqa tanaffus)
⏰ Kechki smena
1-para 17:40 dan 19:00 gacha (10 daqiqa tanaffus)
2-para 19:20 dan 20:40 gacha | 923 |
| 12 | HURMATLI TALABALAR!
🔥 Tayyormisiz?
🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti 🇺🇿 Yoshlar Ittifoqi kengashining eng faol va eng yaxshi jamoasi a’zosi bo‘lishga, bir oiladek ahil va inoq jamoa bilan birga yangiliklar yaratishga, yangi loyihalarni amalga oshirishga va unutilmas lahzalarni birgalikda yaratishga chorlaymiz! 🚀
📢 Ertaga, 14-sentabr, dushanba kuni Yoshlar Ittifoqi jamoasiga qo‘shilish istagida bo‘lgan talabalar uchun suhbat jarayonlari o‘tkaziladi.
🕚 11:00 – 13:00
🔜 14:00 – 16:00
O’tkazilish joyi: Zakovat ko’chasi 4-uy, ( leteraturniy hududi) 6-bino 211-xona
📌 Suhbat jarayoniga olib kelinishi shart:
▫️ Obyektivka
▫️ Pasport nusxasi
❗️ Muhim: Ro‘yxatdan o‘tmagan talabalar suhbat jarayoniga qabul qilinmaydi.
✨ Yaxshi kayfiyat, katta motivatsiya va yangi maqsadlar bilan kutib qolamiz!
✅Roman-german filologiyasi fakulteti Yoshlar Ittifoqi — bu shunchaki jamoa emas, bu bir oila! | 532 |
| 13 | HURMATLI TALABALAR!
🔥 Tayyormisiz?
🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti 🇺🇿 Yoshlar Ittifoqi kengashining eng faol va eng yaxshi jamoasi a’zosi bo‘lishga, bir oiladek ahil va inoq jamoa bilan birga yangiliklar yaratishga, yangi loyihalarni amalga oshirishga va unutilmas lahzalarni birgalikda yaratishga chorlaymiz! 🚀
📢 Ertaga, 14-sentabr, dushanba kuni Yoshlar Ittifoqi jamoasiga qo‘shilish istagida bo‘lgan talabalar uchun suhbat jarayonlari o‘tkaziladi.
🕚 11:00 – 13:00
🔜 14:00 – 16:00
📌 Suhbat jarayoniga olib kelinishi shart:
▫️ Obyektivka
▫️ Pasport nusxasi
❗️ Muhim: Ro‘yxatdan o‘tmagan talabalar suhbat jarayoniga qabul qilinmaydi.
✨ Yaxshi kayfiyat, katta motivatsiya va yangi maqsadlar bilan kutib qolamiz!
✅Roman-german filologiyasi fakulteti Yoshlar Ittifoqi — bu shunchaki jamoa emas, bu bir oila! | 1 |
| 14 | 🎓 “1-kurs maktabi” haftaligi yakunlandi!
🤝 Haftalik davomida talabalarimiz 🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi bilan birgalikda fakultet talabalari turli qiziqarli tadbirlar, o‘yinlar, tanishtiruvlar va loyihalarda faol ishtirok etdilar.
✨ Eng muhimi, ushbu kunlar davomida talabalarimiz yangi do‘stlar orttirib, universitet muhiti bilan yaqindan tanishdilar va talabalik hayotining ilk unutilmas taassurotlarini jamladilar.
🎥 Xo‘sh, talabalarimiz “1-kurs maktabi” haftaligi haqida qanday fikrda?
💬 Ularning samimiy va iliq taassurotlarini videoda birgalikda tomosha qilamiz! ❤️
Bizni kuzatib boring ;
📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram | 637 |
| 15 | 📌 Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza namunasi
Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:
1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi;
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
‼️ Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.
Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz
ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori.
Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL | 569 |
| 16 | 🟢“MA’RIFAT MASKANI – POKLIK MASKANI!” shiori ostida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.
Tadbirlar davomida hududidagi hovli va ochiq maydonlar tozalanib, mavjud yashil hududlar, yo‘laklar hamda atrof-muhit tartibga keltirildi. Hududning umumiy ko‘rinishini yaxshilash, ozodalikka rioya etishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.
Bunday jamoaviy tadbirlar universitet hududlarini obod va ozoda saqlash, professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarda umumiy hududga mas’uliyat bilan yondashish ko‘nikmasini mustahkamlashga qaratilgan. | 1 115 |
| 17 | O‘zDJTUda profilaktik tadbir o‘tkazildi
12-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-, 4-, 5- va 6-sonli talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida “Kibermakondagi jinoyatlar va ularning oldini olish choralari” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Uchtepa tumani IIOFMB XPB KPB boshlig‘i mayor A. Raxmonov, leytenant I. Saidov, 1-sonli IIB rahbari mayor A. Turayev, universitet profilaktika inspektori S. Sherboyev hamda fakultet dekanlari X. Xakimov va A. Xalillayev ishtirok etdi.
Mutaxassislar tomonidan kiberjinoyatchilikning turlari, sodir etilish usullari, undan himoyalanish choralari hamda kiberjinoyat qurboniga aylanganda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, talabalarga “APK Qo‘riqchi” dasturi haqida tushuncha berilib, uni mobil qurilmalarga o‘rnatishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Tadbir yakunida talabalar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, batafsil javoblar oldilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt | 524 |
| 18 | ⚡️O`zDJTUda profilaktik tadbir
12-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Kibermakondagi jinoyatlar va ularning oldini olish choralari” mavzusiga bag‘ishlangan profilaktik tadbir bo`ilb o`tdi.
Tadbirda Uchtepa tumani IIOFMB XPB KPB boshlig`i mayyor A.Raxmonov, leytenant I.Saidov, 1-sonli IIB rahbari mayyor A.Turayev, universitet profilaktika inspektori S.Sherboyevlar ishtirok etishdi.
Mutaxassislar tomonidan kiberjinoyatchilik tushunchasi, uning turlari, sodir etilish usullari hamda hozirgi kunda keng tarqalayotgan kiberjinoyatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, kiberjinoyat qurboniga aylangan taqdirda qanday harakatlar qilish lozimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish tartibi va shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash choralariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida "APK qo`riqchi" dasturi haqida talabalarga ma`lumot berildi hamda ushbu dasturni talabalarning telefon uskunlalariga yuklab olishlarida amaliy yordam berildi. | 146 |
| 19 | ➡️ “1-KURS MAKTABI” HAFTALIGI YAKUNLANDI
📚 Universitetimizda yangi o‘quv yilini boshlagan 1-bosqich talabalari uchun tashkil etilgan “1-kurs maktabi” haftaligi o‘z nihoyasiga yetdi.
🎓Haftalikning yakuniy kunida talabalar ishtirokida turli amaliy va interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ularga talabalik davrini mazmunli tashkil etish, ta’lim jarayoniga mas’uliyat bilan yondashish hamda universitet imkoniyatlaridan unumli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🌱 “1-kurs maktabi” davomida yangi talabalar uchun universitet muhiti, ta’lim jarayoni, ichki tartib-qoidalar, talabalarga yaratilgan imkoniyatlar hamda jamoat hayotida faol ishtirok etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💙 Aziz 1-bosqich talabalari, yangi o‘quv yilida barchangizga ulkan zafarlar, yuqori natijalar va yorqin taassurotlar tilaymiz! | 513 |
| 20 | 📚 KECHKI TA’LIM BOSQICHI TALABALARI BILAN SUHBAT O‘TKAZILDI
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🇺🇿 Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti 🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti kengashi tomonidan kechki ta’lim bosqichida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv va ochiq muloqot tashkil etildi.
🤝 Suhbat davomida talabalarga Yoshlar ittifoqining faoliyati, uning asosiy maqsad va vazifalari, talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha va tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berildi.
✅ Shuningdek, talabalarni universitet ijtimoiy hayotida faol ishtirok etish, o‘z iqtidor va tashabbuslarini namoyon etish, turli ma’naviy-ma’rifiy, intellektual, sport va ijodiy loyihalarda faol qatnashishga chorlovchi fikr-mulohazalar bildirildi.
💬 Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, Yoshlar ittifoqi faoliyati va mavjud imkoniyatlar yuzasidan kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Bizni kuzatib boring ;
📱 Telegram 📱Instagram 📱Telegram | 450 |
