cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Ilxomjon Tuxtasinov | Rektor

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
921
Obunachilar
+124 soatlar
-77 kunlar
-2130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

📺📺 11-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida boʻlib oʻtgan kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonidan fotoreportaj 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
0️⃣0️⃣0️⃣ 💻💻💻 11-iyul kuni Ozbekiston davlat jahon tillari universitetida Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yonalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ijodiy imtihon boʻlib oʻtdi. Ijodiy imtihon 2 bosqichda: suhbat va esse bosqichlaridan iborat boʻldi. Imtihonni OʻzDJTU rektori I.M.Tuxtasinov ochib berib, hujjat topshirgan abituriyentlarga muvaffaqiyatlar tiladi. Abituriyentlar ota-onalari bevosita farzandlari ishtirokida oʻtayotgan imtihon jarayonlarini monitorlarda kuzatib bordi va bu kabi sharoitlarni yaratib bergan universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
🔵 REKTOR VA YOSHLAR Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston-2030“ strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida" 2024-yil 21-fevraldagi 37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni masʼul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi belgilangan. Shunga koʻra, OʻzDJTU rahbariga ham “Yoshlar balansi” asosida birinchi navbatda yordamga muhtoj boʻlgan, eʼtibor talab etuvchi 25 nafar yoshlar biriktirilgan. 10-iyul kuni O’zDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich unga biriktirilgan Uchtepa tumanidagi “Davlatobod”, “Katta choʻponota”, “Birlik”, “Hamdoʻst” mahallalarida istiqomat qilayotgan ogʻir toifadagi yoshlar bilan uchrashdi. Rektor ko’makka muhtoj yoshlar, ularning ota-onalari va mahalla vakillari bilan suhbatlashdi, shuningdek, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlari va moddiy yordamlar taqdim qildi. Yakunda yoshlar, ularning ota-onalari va mahalla vakillari taqdim etilgan mazkur yordam uchun rahbariyatga samimiy minnatdorchilik bildirdi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
🟩🟩🟩🟩 9-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti yillik hisobot topshirdi. Dasturda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, OʻzDJTU prorektorlari, Ingliz tili birinchi fakulteti dekani, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi. Yigʻilishda 2023-2024 oʻquv yilida fakultetda amalga oshirilgan ishlar, taklif va muammolar tinglandi. Fakultet dekani tomonidan xorijlik ilmiy darajaga ega professor o'qituvchilarni ko'proq jalb etish va masofadan onlayn dars o'tishga ruxsat berish, xorijlik talabalarga gibrid usulida ta'lim berishni tashkil etish borasida ham takliflar berib o'tildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
0️⃣0️⃣0️⃣ 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 9-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Madaminovich xorijga ilmiy stajirovkaga yuboriladigan doktorantlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda doktorantlar ilmiy-tadqiqot mavzulari yuzasidan izlanishlar olib borish, hamkor xorijiy universitetlar kutubxonalari va ilmiy ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish, xorijiy hammualliflar bilan hamkorlikda maqolalar chop etish hamda xorijiy tajriba bilan yaqindan tanishish masalalari muhokama qilindi. ℹ️ Ma’lumot uchun: OʻzDJTU doktorantlaridan A.Shaymardanov Buyuk Britaniyaning Norvich tillar o‘qitish instituti hamda I.Bagautdinova va H.Abduraxmonova Fransiyaning Bordo shahrida tashkil etiladigan BELC-2024 yozgi maktabida stajirovka o‘tash uchun xorijiy safarga yuborilmoqda. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
🟩🟩🟩🟩 9-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti yillik hisobot topshirdi. Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Dastur davomida Ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani B.Kulmatov tomonidan fakultetda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, talabalar kontingenti, professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar faoliyati, shuningdek, oʻquv va oʻquv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoʻlga qoʻyilgan xalqaro hamkorliklar haqidagi hisobot taqdimot qilindi.
Xususan, yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilinib, muammo va takliflar bildirildi. Rektor Ilhomjon Madaminovich bajarilgan ishlar va fakultet faoliyati haqida oʻz fikrlarini aytib, 2024-2025 oʻquv yilida e’tibor qaratilishi zarur boʻlgan jihatlar boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
🟩🟩🟩🟩 9-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetidagi barcha boʻlimlar yillik hisobot topshirdi.
Yigʻilishda Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi, Raqamli ta’lim texnologiyalari bo‘limi, Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi, “Registr office” bo‘limi, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi, Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi, Xalqaro aloqalar bo‘limi, Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi, Inson resurslarini boshqarish bo‘limi, Talabalar bilan ishlash bo‘limi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi, Korrupsiyaga qarshi kurashish kompleans nazorat bo‘limi, Reja-moliya bo‘limi, Buxgalteriya bo‘limi, Respublika til o‘qitish markazi va Axborot-resurs markazi 2023-2024 oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobot berdi.
Dastur davomida mas’ullar tomonidan boʻlim faoliyati, belgilangan vazifalar va ularning bajarilish koʻrsatkichlari, shuningdek, yangi oʻquv yili uchun rejalashtirilgan ishlar, maqsadlar haqida ma’lumot taqdim etildi. Muammolar aytilib, ularni hal qilish takliflari kiritildi. Yakunda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Tuxtasinov har bir boʻlim faoliyatini baholadi, kamchiliklarni toʻgʻirlash uchun koʻrsatma va tavsiyalar berdi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
Po'stilar arxiv
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.