cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Sanjar Karabayev | Rasmiy kanali

✅ Ta'lim va tibbiyot sohasidagi so'nggi yangiliklarni SamDTU pediatriya fakulteti dekani Sanjar Karabayevning rasmiy telegram kanalida kuzatib boring!

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
672
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-47 kunlar
-2630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

SamDTUning 2 ta yo‘nalishi diplomi xalqaro darajada tan olinadigan bo‘ldi Joriy yilning aprel oyida “ECAQA” (Ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasida akkreditatsiya va sifatni ta’minlash bo‘yicha Yevrosiyo markazi) mustaqil akkreditatsiya va reyting agentligi tomonidan Samarqand davlat tibbiyot universitetining ta’lim faoliyati sifatini jahon standartlari va mezonlariga muvofiqligi tahlildan o‘tkazildi. Baholash natijalariga ko‘ra “Davolash ishi” (o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi ta’lim) hamda “Stomatologiya” ta’lim dasturlari 5 yil muddatga to‘liq akkreditatsiya qilindi. Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/11912 👉На русском 👉 In English Bizning sahifalarimiz: 🕊@SamDTU_talabalar 📱 Instagram
Hammasini ko'rsatish...
▶️ #ayni_damda 🏛Ayni damda Samarqand davlat tibbiyot universitetida "Fundamental, amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari" nomli talabalar va yosh olimlarning 78-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro anjumanda Respublikamiz hamda dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan yosh ilmiy tadqiqotchilar, talabalar va professor o‘qituvchilar ishtirok etmoqda. 📢Konferensiyaning Samarqand Shahar Yoshlar markazida bo‘lib o‘tgan tantanali ochilish marosimida SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev so‘zga chiqib, tashkil etilgan mazkur konferensiyaning Respublikamizda ilmiy va amaliy tibbiyotning yanada rivojlanishi, xalqaro maydon bilan tajriba almashishning kengayishidagi ahamiyati haqida so‘z yuritib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Ochilishning keyingi qismi bayramona tarzda kuy qo‘shiqlar, qiziqarli chiqishlar bilan ko‘tarinki ruhda davom etdi. ◽️Ochilishdan so‘ng konferensiya o‘z ishini 25 ta seksiyada davom ettirib, ularda talabalar va yosh ilmiy izlanuvchilar tomonidan tayyorlangan ma’ruzalar tinglandi. Xalqaro ilmiy-amaliy Anjuman o‘z ishini 18-may kuni ham davom ettiradi. 🏛SamDTU matbuot xizmati 🌐sammu.uz |Telegram | 🌐 Instagram|Facebook| ▶️ Youtube‌‌
Hammasini ko'rsatish...
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
🙂 Diya - Ijtimoiy tarmoq platformasi. 💬 Nima haqida hayol qilayotgan bo'lsangiz, shu haqida post joylang. 🥬 Play Market: https://play.google.com/store/apps/details?id=co.median.android.mryawj&pcampaignid=web_share @saidjanovs - J S
Hammasini ko'rsatish...
🎭“Talabalar teatr studiyalari” tanlovining mintaqaviy yarim final bosqichi yakunlandi! ⚡️Ko‘rik-tanlovining mintaqaviy yarim final bosqichi Toshkent shahri, Xorazm, Buxoro, Samarqand hamda Qashqadaryo viloyatlarida o‘tkazildi. Har bir jamoa o‘z hududidan boshqa bir hududga borib, mintaqaviy bosqichda ishtirok etdi. Shuningdek, ishtirokchi jamoa a’zolari ichki turizm bo‘yicha sayohat qilish imkoniga ham ega bo‘lishdi.
Minqataviy bosqichda jami 24 ta oliy ta’lim muassasalari jamoalari 8 ta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etishdi va yakunda quyidagi jamoalar tanlovning final bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi:
↪️Toshkent davlat texnika universiteti ↪️Andijon davlat universiteti ↪️Central Asian Medical university ↪️Andijon davlat pedagogika instituti ↪️Toshkent gumanitar fanlar universiteti ↪️Samarqand davlat tibbiyot universiteti ↪️Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali ↪️Qarshi davlat universiteti ↪️Toshkent tibbiyot akademiyasi ↪️Buxoro muhandislik-texnologiya instituti ↪️Termiz davlat pedagogika instituti ⚡️Tanlovning yakuniy final bosqichi Samarqand viloyatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Final bosqichida ishtirok etadigan barcha jamoalarni muborakbod etgan holda, barchalariga omad tilab qolamiz. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Bugun 14-may haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏 Onalar kuni. 🌏 Xalqaro Dylan Tomas kuni. 🇷🇴 Ruminiya Otalar kuni. 🇺🇸 AQSh – Milliy sariyog' biskviti kuni. 🇧🇾 Belarus – Davlat bayrog’i va davlat gerbi kuni. 🇨🇱 Chili – Muhandislar kuni. 🇬🇪 Gruziya – Tamboro (Malika Tamarani xotirlash kuni). 🇵🇾 Paragvay – Mustaqillik kuni. 🇰🇭 Kambodja – qirol Norodom Shiamoni tug’ilgan kun. 🇲🇼 Malavi – Kamuzu kuni. 🇱🇷 Liberiya – Milliy Birlashish kuni. 🇺🇦 Ukraina – Xalqlar orasida solihlarni xotirlash kuni. 🇮🇷 Eron – Tamakiga qarshi fatvo kuni. 🇱🇷 Liberiya – Integratsiya kuni. #voqealar 🔸Eduard Jenner birinchi marta suvchechakka qarshi  vaksinani  qoʻlladi (1796). 🔸Pushkin qalamiga mansub “Baliqchi va baliq haqidagi ertak” dunyo yuzini ko‘rdi (1835). 🔸Shvetsariyalik soatsoz Adolf Nikol xronograf ixtirosi uchun patent oldi (1862). 🔸AQShda quyultirilgan sut ixtirosiga patent berildi (1853).  🔸Oqto‘ba shahriga asos solindi (1869). 🔸“Vazelin” nomi savdo markasi sifatida patentlandi (1878 ). 🔸Parijda II Olimpiya o‘yinlari boshlandi (1900). 🔸 AQShning Sent-Luis shahrida III yozgi Olimpiada o‘yinlariga start berildi (1904).  🔸Moskvada 1-Butunrossiya musulmonlari qurultoyi ochildi (1917). 🔸Meksika futbol federatsiyasi tuzildi (1927). 🔸Perulik Lina Medina besh yoshida tibbiyot tarixidagi eng yosh tasdiqlangan onaga aylandi (1939). 🔸 David Ben Gurion  Isroil  mustaqillik deklaratsiyasini  eʼlon qildi (1948). 🔸Gaagada BMTga aʼzo davlatlar “Qurolli to‘qnashuvlar paytida madaniy boyliklarni himoya qilish to‘g‘risida Gaaga konvensiyasi”ni qabul qildilar (1954). 🔸Quvayt BMT ga aʼzo bo‘ldi (1963). 🔸Litva, Sloveniya va Estoniya davlatlari Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiritildi (1993). 🔸MDH iqtisodiy ittifoqi tashkil etildi (1993). 🔸“Shrek-3” multfilmi katta ekranlarda premyera qilindi (2007).  🔸“Zenit” futbol klubi UEFA kubogini qo‘liga kiritdi (2008).  🔸Britaniyalik astronom Uilyam Gershel sharafiga nomlangan “Gershel" teleskopi orbitaga chiqarildi (2009). #tavalludlar 🔹1265-yil: Dante Aligyeri (1321) - italyan adabiyotining yirik vakili, shoir. 🔹1316-yil: Karl IV (1378) - german qiroli, Muqaddas Rim imperiyasining imperatori (1347-1378). 🔹1553-yil: Margarita de Valua (1615) - fransuz malikasi, Qirolicha Margo nomi bilan mashhur. 🔹1771-yil: Robert Ouen (1858) – ingliz sotsialist utopisti. 🔹1838-yil: Vilgelm Steynis (1900) – nemis shaxmatchisi, shaxmat bo‘yicha birinchi jahon chempioni. 🔹1905-yil: Uyg’un – O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, dramaturg. 🔹1922-yil: Frano Tudjman (1999) – Xorvatiyaning 1990-1999 yillardagi prezidenti. 🔹1942-yil: Edvard Rtveladze – arxeolog-tarixchi olim, Oʻzbekiston FA akademigi (1995), tarix fanlari doktori (1989), professor (1992). 🔹1943-yil: Birodar Abduraimov - futbolchi, "Paxtakor" (Toshkent) futbol jamoasining hujumchisi (1960-68, 1970-74), sport ustasi (1962), “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” (1994).  🔹1944-yil: Uolton Lukas – amerikalik film rejissyori, prodyuser, ssenariy muallifi va tadbirkor. 🔹1946-yil: Rahmon Muhammadiyev – koʻz kasalliklari mutaxassisi, Oʻzbekiston Qahramoni (2001).  🔹1952-yil: Robert Zemekis – “Kelajakka qaytib”,  “Forest Gamp” va boshqa  ko‘plab filmlar rejissyori. 🔹1969-yil: Ketrin Elis Blanshet – avstraliyalik kinoaktrisa va teatr rejissyori.  🔹1984-yil: Mark Sukerberg – Facebook ijtimoiy tarmog‘i asoschisi va Bosh direktori. 🔹1994-yil: Marquinos (asl ismi Markos Aoas Korrea) – braziliyalik futbolchi, Olimpiada chempioni (2016). 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Maktab bitiruvchilari SamDTUga atshrif buyurdi Joriy yilning 11-may kuni Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatining 11-sinf o‘quvchilari Samaqrand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi. O‘quvchilar tashrif davomida universitet hamda unda yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishdilar. O‘quvchilar universitet muzeyiga ham sayohat uyushtirilib, SamDTU tarixi bilan tanishihs imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, Tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan qiziqarli davra suhbatlari tashkil etildi. 🏛SamDTU matbuot xizmati 🌐sammu.uz |Telegram | 🌐 Instagram|Facebook| ▶️ Youtube‌‌
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
SamDTU - Rasmiy mobil ilovasining yangi versiyasini kutib oling! Ilovani ishlashi optimallashtirildi; Universitet xodimlari, professor-o'qituvchilar hamda talabalar uchun qayta qo'ng'iroq hamda Call-markaz bilan interaktiv chat imkoniyati qo'shildi; To'g'ridan-to'g'ri universitet tizimlarining ishlashi ta'minlandi va ularda sezilarli darajada foydalanuvchilarga qulaylik yaratildi; Ilovada universitet tizimlariga kirishni osonlashtirish uchun, foydalanuvchi parollarini saqlash va qayta o'zgartirish imkoniyati qo'shildi. 🔽 Yuklab olish: https://apps.sammu.uz ▶️ Parol saqlash: https://bit.ly/3QG6OmF ▶️ Onlayn chat: https://bit.ly/4bAbuT3 ▶️ Qayta qo'ng'iroq: https://bit.ly/3yf1KiF ☎️ Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: +998557022299 Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi
Hammasini ko'rsatish...
Bugun 9-may haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳 BMT  – II Jahon urushi qurbonlari xotirasiga bag’ishlangan xotirlash va totuvlik kunining ikkinchi kuni. 🇫🇲 Yevropa Ittifoqi – Yevropa kuni. 🇺🇿 O‘zbekiston – Xotira va qadrlash kuni. 🇱🇻 Latviya – Ukrainadagi urush qurbonlarini xotirlash kuni. 🇦🇲 Armeniya – Shusha ozodlik kuni. 🇯🇪 Jersi – Ozodlik kuni. 🇦🇿 Ozarbayjon, 🇦🇲 Armaniston,🇧🇾 Belorussiya, 🇬🇪 Gruziya, 🇮🇱 Isroil (2017-yildan), 🇰🇿 Qozog’iston, 🇰🇬 Qirg’iziston, 🇲🇩 Moldova, 🇷🇺 Rossiya, 🇸🇰 Serbiya,  🇹🇯 Tojikiston, 🇹🇲 Turkmaniston, 🇲🇪 Chernogoriya – G’alaba kuni. 🇺🇦 Ukraina – II jahon urushida natsizm ustidan g’alaba kuni. #voqelar 🔸Xristofor Kolumb Amerikaga o‘zining so‘nggi, to‘rtinchi safariga Kadisdan suzib ketdi (1502). 🔸Tula qurolsozlik zavodiga asos solindi (1712). 🔸 Coca-Cola yaratilgan ikkinchi taxminiy sana (1886). 🔸Shu kuni amerikalik Anna Jarvis Qo‘shma Shtatlarda onalar kunini bayram qilish bo'yicha milliy kampaniyasini boshladi (1907). 🔸Rus olimi B.L.Rozing   Toshentda dunyodagi ilk televizion tajribalarni o‘tkazdi (1911).  🔸Fransiyada mashhur “Fantomas” filmi katta ekranlarga chiqdi (1913). 🔸Avstraliya parlamenti yangi poytaxt – Kanberraga ko‘chib o‘tdi (1927). 🔸Rus davlat muzeyi ochildi (1946). 🔸Parij metropolitenining birinchi bo‘lagi ishga tushirildi (1974). 🔸Poytaxtimizdagi Mustaqillik maydonida G’alaba kuniga bag’ishlagan tantanalar bo‘lib o‘tdi (1996). 🔸 O‘zbekistonda ilk bor ushbu kun Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlandi (1999).  #tavalludlar 🔹1837-yil: Adam Opel (1895) – nemis sanoatchisi, hozirda avtomobil ishlab chiqarich orqali mashhur bo‘lgan Opel Automobile GMBH  kompaniyasining asoschisi. 🔹1883-yil: Xose Ortega-i-Gasset (1995 – ispan faylasufi va yozuvchisi. 🔹1924-yil: Bulat Okudjava (1997) – rus va sovet shoiri, bard, qo‘shiqlar muallifi, senariychi. 🔹1936-yil: Albert Finni (2019) –“Sharqiy ekspressdagi qotillik” filmi rejissyori.  🔹1940-yil: Jeyms Bruks – amerikalik kinorejissyor, ssenariy muallifi, prodyuser. 🔹1967-yil: Fyodor Bondarchuk – taniqli rus aktyori va rejissyori. 🔹1972-yil: Daniela Silivash – ruminiyalik gimnastikachi, uch karra Olimpiya chempioni (1988), ko'p marta jahon va Yevropa chempioni. 🔹1980-yil: Grant Xekket – avstraliyalik suzuvchi, uch marta olimpiada, 17 marta jahon chempioni. 🔹Greys Gammer – amerikalik teatr, kino va televidenie aktrisasi (1986). 🔹1987-yil: Alesa Kacher – belaruslik aktrisa, model, teleboshlovchi. 🔹1996-yil: Meri Mauser – amerikalik kino va televideniye aktrisasi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
02:49
Video unavailableShow in Telegram
#xotira #videorolik 🎬“Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” nomli videoroliklar tanlovi uchun; 👤Pediatriya fakulteti 309-guruh talabasi Sindorov Mirsharof Akram o’g’li 🏛SamDTU matbuot xizmati 🌐sammu.uz |Telegram | 🌐 Instagram|Facebook| ▶️ Youtube‌‌
Hammasini ko'rsatish...
Po'stilar arxiv