cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Sanjar Karabayev | Rasmiy kanali

✅ Ta'lim va tibbiyot sohasidagi so'nggi yangiliklarni SamDTU pediatriya fakulteti dekani Sanjar Karabayevning rasmiy telegram kanalida kuzatib boring!

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
659
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
-1330 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
​Sog‘liqni saqlash sohasida xalqaro tajriba almashish O‘zbekiston – Xitoy misolida 👉 https://www.sammu.uz/uz/news/2567217 Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Yandex Zen
Hammasini ko'rsatish...
Bugun 15-iyun haftaning shanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳 BMT – Butunjahon keksalarni suiiste’mol qilish haqida xabardorlik kuni. 🌎 Xalqaro shamol kuni. 🌎 Xalqaro sayr kuni. 🇨🇷 Kosta-Rika – Daraxt ekish kuni. #voqealar 🔸Xristofor Kolumb Martinika orolini ochdi (1502). 🔸Kanadada hindular uchun birinchi maktab ochildi (1616). 🔸Benjamin Franklin varrak uchirish sinovi orqali chaqmoqning elektrik tabiatini isbot qildi (1752). 🔸Sevastopolda “Vabo isyoni” (1830). 🔸Turkiston Xalq konservatoriyasi ochildi (1918). 🔸Estoniya Respublikasining konstitutsiyasi qabul qilindi (1920). 🔸UEFA tashkil topdi (1954). 🔸Haydar Aliyev Ozarbayjon Oliy majlisi raisi etib saylandi (1993). 🔸Xitoyning Shanxay shahrida 6 mamlakat rahbarlari Shanxay Hamkorlik Tashkilotini tuzish toʻg’risidagi deklaratsiyaga imzo chekdilar (2001). 🔸“2002 MN” deb nomlangan asteroid, yerga 121.000 kilometr masofadan uchib o‘tdi. Bu masofa yer bilan oy o‘rtasidagi masofaning uchdan bir bo‘lagi hisoblanadi (2002). #tavalludlar 🔹1843-yil: Edvard Grig (1907) – norveg kompozitori, pianinochi, dirijyor, norveg milliy musiqa maktabi asoschisi. 🔹1881-yil: Pol Kornyu (1944) – fransuz mexanigi va aviatori, vertolyot yasashni boshlab bergan, havoga vertolyotda ko‘tarilgan birinchi odam (1907). 🔹1909-yil: Ubay Orifov – O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, fizika-matematika fanlari doktori. 🔹1923-yil: Hamid Ziyoyev (2015) – tarixchi olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989). 🔹1924-yil: Ezer Veysman (2005) – isroil harbiy va davlat arbobi, Isroil prezidenti (1993-2000). 🔹1941-yil: Vyacheslav Koloskov – SSSR Futbol federatsiyasi raisi (1990-1991), RFF prezidenti (1992-2005). 🔹1957-yil: Do‘stmurodov Beknazar – O‘zbekiston xalq hofizi (2001). 🔹1966-yil: Raymonds Veyonis – Latviya Prezidenti (2015-2019). 🔹1969-yil: Oliver Kan – nemis futbol darvozaboni, uch karra jahon va Yevropaning eng yaxshi darvozaboni. 🔹1992-yil: Saloh – misrlik futbolchi, “Liverpul” klubining va Misr termasining hujumchisi. 🔹1999-yil: Nigina Faxriddinova – oʻzbek modeli. 2019 va 2022-yillardagi “O‘zbekiston go‘zali”. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
UzChess Cup superturnirining Challengers guruhida 🇺🇿Shamsiddin Vohidov 6,5 ochko bilan chempion bo’ldi! Shamsiddin bironta o’yinda mag’lub bo’lmadi va eng asosiysi turnirda to’plagan reyting ochkolari natijasiga ko’ra dunyoning TOP-100 shaxmatchilari qatoriga qo’shildi. UzChess Cup turnirining Futures guruhida esa kuchli uchlikni quyidagilar egalladi: 1-o’rin: 🇸🇪Vitaliy Sivuk; 2-o’rin: 🇮🇷Bardiya Daneshvar; 3-o’rin: 🇺🇿Saidakbar Saydaliyev. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
​Samarqand davlat tibbiyot universiteti magistratura mutaxassisligi bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiya sinovlarini topshirdilar 👉 https://www.sammu.uz/uz/news/2567201 Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Yandex Zen
Hammasini ko'rsatish...
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Корея Республикаси Президенти Юн Сок Ёль музокараларни икки мамлакат расмий делегациялари иштирокида давом эттирдилар. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Республики Корея Юн Сок Ёль продолжили переговоры с участием официальных делегаций двух стран. #Mirziyoyev #tashrif #JanubiyKoreya #muzokara Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
​Samarqand davlat tibbiyot universiteti Shveysariyaning “Diatech SA” kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi 👉 https://www.sammu.uz/uz/news/2567182 Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Yandex Zen
Hammasini ko'rsatish...
00:57
Video unavailableShow in Telegram
⭕️⭕️⭕️ ⚡️" Олий ўқув юртига кириш учун 56,7 балл бу йил ўтмайди!": Бу ҳақда олий таълим, фан ва инновациялар вазири Қўнғиротбой Шарипов маълум қилди. ✅ Жорий йилги, яъни 2024-2025- ўқув йили учун ўтиш баллари: ➖ соғлиқни сақлаш, ҳуқуқ, бизнес ва бошқарув йўналишлари учун – 75,6 балл; ➖ бошқа йўналишлар учун – 66,5 балл этиб белгиланади. ✅ Келаси йили, яъни 2025-2026- ўқув йили учун ўтиш баллари: ➖ соғлиқни сақлаш, ҳуқуқ, бизнес ва бошқарув йўналишлари учун – 94,5 балл; ➖ бошқа йўналишлар учун – 75,6 балл этиб белгиланади. 👉 @SHOPIRLAR- энг тезкор хабарлар каналига аъзо бўлинг!
Hammasini ko'rsatish...
5.82 MB
Photo unavailableShow in Telegram
📌 Samarqand davlat tibbiyot universiteti xalqaro reytinglarda ilgarilab bormoqda… 🏛 Samarqand davlat tibbiyot universiteti bugungi kunda o‘zining xalqaro standartlardagi ta’lim sifati hamda faolligi bilan xalqaro reytinglarda yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda. 🌎 Joriy yilning 12-iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan Tailandda o‘tkazilayotgan Global Barqaror Taraqqiyot Kongressi doirasida dunyoning eng nufuzli Times Higher Education reyting agentligining Impact Ranking-2024 yil natijalari e’lon qilindi. Mazkur reytingda dunyoning 125 mamlakatidan ko‘plab nufuzli oliy ta’lim muassasalari ishtirok etdi. ✅ Shu jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti: 🤔BMT SDG 3: Yaxshi salomatlik va farovonlik 401-600, 🤔BMT SDG 4: Sifatli ta’lim 401-600, 🤔BMT SDG 1: Qashshoqlik yo‘q 401-600, 🤔BMT SDG 17: Maqsadlar bo‘yicha hamkorlik 601-800 o‘rinlarni qayd etib, umumiy hisobda TOP 1000 talikka tomon yana bir pog‘ona yaqinlashdi. 🔵Samarqand davlat tibbiyot universitetining mazkur reytingda sezilarli darajada yuqorilagani oliygohda ta’lim jarayonlari va yaratilgan sharoitlar jahon standartlari darajasida ekanidan dalolat beradi. 🏛 SamDTU matbuot xizmati Kanalga ulanish✅👇 ®️https://t.me/rizayev_jasur ®️https://t.me/rizayev_jasur
Hammasini ko'rsatish...
Bugun 12-iyun haftaning chorshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳 BMT – Xalqaro bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni. 🌏 To‘qimachilik va yengil sanoat xodimlari kuni. 🌏 Protivogazning tug’ilgan kuni. 🌏 Xalqaro Falafel kuni. 🇹🇲 Turkmaniston – Fanlar kuni. #voqealar 🔸Lund (Shvetsiya)da Yevropaning eng qadimgi universitetlaridan biri tashkil etildi (1668). 🔸Lyuis Xaslet protivogazga patent oldi (1849). 🔸Uchuvchi va ikki yo‘lovchisi bo‘lgan birinchi "Blerio" aeroplani havoga ko‘tarildi (1909). 🔸Amerikadagi birinchi qisqa to‘lqinli radiostansiya ishga tushdi (1936). 🔸Yoqutistonda dunyodagi eng katta olmos koni ochildi (1955). 🔸Venera-4 kosmik kemasi uchirildi, u dunyoda birinchi boʻlib boshqa sayyora atmosferasi haqidagi ma’lumotlarni uzatdi (1967). 🔸Boris Yeltsin Rossiya Prezidenti etib saylandi (1991). 🔸Londonda  "Globus"  teatri ochildi (1997). 🔸Ahmad Qodirov  Checheniston Respublikasi  Administratsiyasi boshlig’i etib tayinlandi (2000). 🔸San-Paulada futbol bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati ochildi (2014). 🔸Rossiyada korrupsiyaga qarshi ommaviy namoyishlar (2017). #tavalludlar 🔹1908-yil: Marina Semyonova (2010) – pedagog, SSSR Xalq artisti, Sotsialistik Mehnat qahramoni. 🔹1915-yil: Devid Rokfeller (2017) – amerikalik bankir, davlat arbobi. 🔹1924-yil: katta Jorj Bush (2018) – AQSh ning 41-prezidenti (1989-1993), kongressmen, diplomat. 🔹1929-yil: Anna Frank (1945) – yahudiy qizi, natsistlar konslageri asirasi, mashhur kundalikning muallifi. 🔹1946-yil: Yodgor Sa’diyev – o‘zbek kino va teatr aktyori 🔹1979-yil: Anna Bogaliy – rossiyalik biatlonchi, ikki karra olimpiada chempioni (2006, 2010). 🔹1990-yil: Sevara Soliyeva – Oʻzbek aktrisasi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Шавкат Мирзиёев “Муборак Қурбон ҳайитини нишонлаш тўғрисида”ги қарорни имзолади. Қарорга кўра, 2024 йилда Қурбон ҳайитининг биринчи куни 16 июнь – якшанбага тўғри келиши муносабати билан юртимизда 16 июнь Қурбон ҳайити байрами сифатида нишонланади. Қурбон ҳайитининг биринчи куни дам олиш кунига тўғри келиши муносабати билан ушбу дам олиш куни 17 июнь – душанба кунига кўчирилади, 18 июнь – сешанба куни барча ходимлар учун қўшимча дам олиш куни бўлади. Маҳаллий давлат ҳокимияти органлари, масъул вазирлик ва идораларга муборак Қурбон ҳайитини халқимизнинг миллий анъана ва урф-одатларига уйғун ҳолда ўтказиш учун тегишли чора-тадбирларни амалга ошириш, юртдошларимиз учун муборак Қурбон ҳайити кунларида мўътабар зиёратгоҳлар ва тарихий қадамжоларга зиёратларни ташкил этиш мақсадида қулай шароит ва имкониятлар яратиш топширилди. Telegram | Instagram | Facebook
Hammasini ko'rsatish...
⚡️ Rasman: Qurbon hayiti 2024-yil 16-iyun, yakshanba kuni nishonlanadi 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
Bugun 11-iyun haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏 Jak-Iv Kusto kuni. 🌏 Butunjahon yaguarlar kuni. 🇱🇺 Lyuksemburg – Onalar kuni. 🇦🇹 Avstriya, 🇧🇪 Belgiya – Otalar kuni. 🇭🇳 Gonduras – Talabalar kuni. #voqealar 🔸Xristofor Kolumb ikkinchi sayohatini yakunladi (1496). 🔸Benjamin Franklin tejamkor pechni ixtiro qildi (1742). 🔸Napoleon I floti  Malta orolini egalladi (1798). 🔸Moskvada ilk Ko‘z kasalliklari shifoxonasi ochildi (1826). 🔸Amerikalik Jon Perdi va Jeyms Sadgvarlar yig’ma stul ixtiro qilishdi (1889). 🔸Xitoyda “islohotlarning yuz kuni” e’lon qilindi (1898). 🔸Birinchi o‘zbek operasi “Bo‘ron”ning premyerasi bo‘lib o‘tdi (1939). 🔸Liviyada amerika neft kompaniyalari davlat tasarrufiga olindi (1973). 🔸“Microsoft” firmasi MS DOS 5.0 operatsion tizimini ishlab chiqdi (1991). 🔸 JAR da futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlandi (2010). #tavalludlar 🔹1884-yil: Halide Edib Adıvar (1964) – turk yozuvchisi. 🔹1910-yil: Jak Iv Kusto (1997) – fransuz okeanografi, akvalang ixtirochisi. 🔹1912-yil: Muxtor Ashrafiy (1975) – o‘zbek kompozitori, dirijyor, pedagog, SSSR Xalq artisti. 🔹1956-yil: Abdulaxad Abdurashidov – sozanda (naychi), Oʻzbekiston xalq artisti (2000).  🔹1959-yil: Xyu Lor – britaniyalik aktyor, hajviyachi, yozuvchi va musiqachi.  🔹1982-yil: Dayana Taurazi – amerikalik basketbolchi, 5 karra Olimpiya chempioni. 🔹1984-yil: Vagner Lav – braziliyalik futbolchi. 🔹1999-yil: Kay Xaverts – nemis futbolchisi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Akademik_litsey #Qabul_2024
⚡️Bugundan akademik litseylarga qabul boshlandi
💬 Bugun, 10-iyundan 2024/2025 oʻquv yili uchun akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilaridan hujjatlarni my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilish boshlandi. 📌 Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim: ✔️3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat; ✔️O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa). ☝️Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda: ▶️ oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak); ▶️ va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi. 📍Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi. 📆Qabul jarayonlari 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi. *Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni akademik litseylarda tashkil etilgan “Call-center” raqamlari orqali olishingiz mumkin. ❗️ Maʼlumot uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseylari uchun hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
📌 Notkoin sotgan talaba 10 sutkaga qamaldi Termiz davlat universitetining 24 yoshli bitiruvchisiga notkoin sotgan uchun ma’muriy qamoq jazosi qo‘llandi. U kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzganlikda aybli deb topilgan. 👉 https://kun.uz/30428413 Do'stlaringizga ulashing @YQQUZB_KANAL
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#KONSERT📌 ⭐Barchangizni 11-iyun soat 13:30 da O'zbek milliy maqom san'ati markazi ustoz san'atkorlarining konsert dasturiga taklif etamiz! 📍Manzil: Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi, Morfologiya binosi faollar zali 🏛SamDTU matbuot xizmati 🌐sammu.uz |Telegram | 🌐 Instagram|Facebook| ▶️ Youtube‌‌
Hammasini ko'rsatish...
Bugun 9-iyun haftaning yakshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🇺🇳 BMT – Xalqaro akkreditatsiya kuni. 🇺🇳 Xalqaro arxivlar kuni. 🌎 Janubiy Amerika – futboli kuni. 🇺🇸 AQSh – Milliy kino kechasi. 🇺🇬 Uganda – Milliy qahramonlar kuni. #voqealar 🔸AQSh da Charlz Grem sun’iy jag’ni patentladi (1822). 🔸Moskvada Tarix muzeyi ochildi (1833). 🔸Zamonaviy ingliz adabiyotining eng yirik vakillaridan biri, ijtimoiy tengsizlik, yo‘qchilik va qashshoqlik masalasini qamrab olgan romanlari bilan tanilgan Charlz Dikkens olamdan o‘tdi (1870). 🔸Donald Duck  ishtirokidagi birinchi multfilm (1934). 🔸Qozog’iston prezidenti N.Nazarboyev poytaxtning Almatidan Oqmola  (sobiq Selinograd, 1998-yildan Astana, 2019-yildan Nursultan) ga ko‘chirilishini e’lon qildi (1994). 🔸Qozog’iston poytaxti  Ostona shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotining sammiti bo‘lib o‘tdi (2017). 🔸Qozog’istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi, unda Qosim-Jomart Tokayev g’alaba qozondi (2019). 🔸O‘zbekiston Respublikasining "Faxriy murabbiy" ordenini ta’sis etish to‘g’risidagi Qonuni qabul qilindi (2020). #tavalludlar 🔹1672-yil: Pyotr I (1725) – rus podshosi (1682-yildan) va Rossiyaning birinchi imperatori. 🔹1781-yil: Jorj Stefenson (1848) – angliyalik ixtirochi, birinchi paravozni yaratuvchilardan biri, birinchi jamoat temir yo‘lini qurgan. 🔹1915-yil: Les Pol - (2009) – amerikalik jazz va country yo‘nalishidagi gitarachi, qoʻshiqchi hamda ixtirochi. 🔹1944-yil: Karimov Komiljon – rassom, ganj va naqsh ustasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1989). 🔹1952-yil: Ismoilov Abduhoshim – sozanda (g’ijjak), bastakor, O‘zbekiston xalq artisti (1990). 🔹1969-yil: Ikromov Alisher – kompozitor, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi (2005). 🔹1978-yil: Miroslav Kloze – nemis futbolchisi, jahon chempioni (2014). 🔹1981-yil: Natali Portman – AQSh va Isroil fuqaroligidagi aktrisa, prodyuser, ssenariynavis va rejissyor. 🔹1984-yil: Uensli Sneyder – niderland futbolchisi. 👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#QABUL_2024 🗣Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar! Sizlarga shuni ma’lum qilamizki! 🏛 Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2024/2025-o‘quv yillari uchun qabul jarayoni boshlandi! Sizlarga qulaylik yaratish maqsadida barcha qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “CALL-CENTER” va Maslahat markazi tashkil etildi. 📞 Samarqand davlat tibbiyot universitetining “CALL-CENTER” telefon raqamlari: +998 (66) 233 54 14 +998 (66) 233 54 15 +998 (66) 233 17 74 +998 (66) 233 52 88 Ish vaqti: Dushanba – Juma, 8:00 dan – 17:00 gacha Shanba kuni 8:00 dan – 16:00 gacha, (yakshaba dam olish kuni) 🗺 Manzil: Samarqand sh., Amir Temur ko'chasi 18-uy 🏛 SamDTU matbuot xizmati Kanalga ulanish✅👇 ®️https://t.me/rizayev_jasur ®️https://t.me/rizayev_jasur
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Universitet rektori, professor Jasur Rizayevning “O’zaro ishonchga asoslangan ko’p qirrali aloqalar” nomli maqolasi (Xalq so'zi gazetasining 2024 -yil 7-iyun, 113-sonida) 👉 https://www.sammu.uz/uz/announcements/2567002 Telegram | Facebook | Twitter | Instagram | YouTube | Yandex Zen
Hammasini ko'rsatish...
#xalqaro_talim #ochiq_maruza Joriy yilning 7-iyun kuni Doktor Vivek Kumar Ranjan va doktor Ayush Abxinav SamDTUda tahsil olayotgan chet ellik talabalar uchun "Reabilitatsiya va sport tibbiyotining ahamiyati" mavzusida o'quv va amaliy ma'ruza o'tkazdilar. Talabalar mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olsilar Ma'ruzadan so'ng talabalarning bo'sh vatlarini mazmunli o'tkazish maqsadida shaxmat o'yini tashkil etildi. 🏛SamDTU matbuot xizmati 🌐sammu.uz |Telegram | 🌐 Instagram|Facebook| ▶️ Youtube‌‌
Hammasini ko'rsatish...
⭕️"Talabalar teatr studiyalari"🎭 Respublika ko‘rik tanlovi g‘oliblari aniqlandi ⚡️Joriy yilning 5-6-7-iyun kunlari Samarqand shahrida "Talabalar teatr studiyalari" Respublika ko‘rik tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda butun Respublikadan saralangan 11 ta jamoa ishtirok etib, g‘oliblik uchun bellashdilar. 🏆Tanlov davomida bir-biridan qiziqarli va mazmundor sahna asarlari namoyish etilib, tajribali hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi. 7-iyun kuni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi hamda g‘olib va sovrindorlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom, statuetka hamda munosib ravishda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. 🏅Yakuniy natijalarga ko‘ra 3-o‘rin Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali "Ko‘zmunchoq" jamoasi va Central Asian Medical university "CAMU" jamoalariga, 2-o‘rin Toshkent davlat texnika universiteti "Retro" jamoasi va 🏛Samarqand davlat tibbiyot universiteti "Abu Ali ibn Sino izdoshlari" jamoalariga Nasib etgan bo‘lsa, "Talabalar teatr studiyalari" Respublika ko‘rik tanlovining bu yilgi mavsum 1-o‘rini Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Toshkent gumanitar fanlar universiteti "Sho‘raxon" jamoasi hamda Qarshi davlat universiteti "Qaqnus" jamoalariga nasib etdi.  ✔️Tanlovda turli nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib munosib taqdirlandilar. Shuningdek, tanlovning final bosqichini yuqori saviyada tashkillashtirganligi uchun Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayevga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashakkurnomasi taqdim etildi.  ⭕️Tantanali marosimda namoyish etilgan chiqishlar va taniqli san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi 🇺🇿Ijtimoiy sahifalarimiz 🚀@SamDTU_yoshlar_ittifoqi 📷Instagram ™️ Facebook.
Hammasini ko'rsatish...
#final2024 #Talabalar_teatr_studiyasi 🎭 Samarqandda o‘tayotgan “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining final bosqichi davom etmoqda. ▶️Ayni damda Samarqand davlat tibbiyot universitetining "Ibn Sino izdoshlari" jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan "Bir jadid tarixi" nomli spektakl namoyish etilmoqda. 🏛 Universitetimiz jamoasini qo'llab-quvvatlagan holda omad tilab qolamiz! 🏛 SamDTU matbuot xizmati Kanalga ulanish✅👇 ®️https://t.me/rizayev_jasur ®️https://t.me/rizayev_jasur
Hammasini ko'rsatish...