JavaHere's Blogs π
Kanalga Telegramβda oβtish
Youtube: youtube.com/@JavaIsHere Linkedin: linkedin.com/in/javokhirakramjonov Bored? @javohirakramblog Contact: @javahere_admin
Ko'proq ko'rsatish2 265
Obunachilar
-524 soatlar
-237 kunlar
-10430 kunlar
Postlar arxiv
Azimjon akadan ilhomlanib, yakshanba kuni 12 soatlik live stream(nasib).
Stream'da:
1. Leetcode
2. Bellman Ford algoritmi
3. Min/Max heap
4. Design pattern
5. Java va C++ ni birga ishlatish
6. Izohda qoldirilgan mavzular
Yakshanbada ko'rishguncha π.
Havola: https://youtube.com/live/iS1Okprlhog
Uzooq stream
Azimjon akadan ilhomlanib, yakshanba kuni 12 soatlik live stream(nasib).
Stream'da:
1. Leectcode
2. Bellman Ford algoritmi
3. Min/Max heap
4. Design patterns
5. Java va C++ ni birga ishlatish
6. Izohda qoldirilgan mavzular
Yakshanbada ko'rishguncha π.
Sream uchun link: uzooq stream
Repost from Javohir Akram
Alhamdulillah
Googleβdan kompyuter, quloqchin va kompyuter uchun ruchka uchun rahmat:)
Repost from Javohir Akram
Javobi chiqdi.
Hullas Oβzbekistonda qolaman ekan.
Faqat bir necha kunga ππ
Alhamdulillah viza berishdi
9 kunda chiqdi
News
Hayitdan keyin bir hafta "Leetcode + Algo" haftaligini o'tkazmoqchiman.
Amazon top 45 problems va algoritmlar bo'yicha tajriba oshiramiz.
Bugun webinarda savollaringiz bo'lsa berishingiz mumkin.
Asosan, dasturlashda 0 emas va "Problem solving" bo'yicha keyingi levelga chiqmoqchi bo'lganlar uchun.
Kurs har kuni 2-4 soat va xohlaganlar uchun koβproq boβlishi kutilyabdi.
Kurs narxi: 1.5mln so'm
Bog'lanish uchun: admin
Repost from GITA - Kuchli ustozlar, baxtli kelajak!
Kotlin Conf 2024 in Tashkent
Ma'ruzachilar:
1οΈβ£ Axrorxo'ja Yodgorov (Senior Android Engineer at Snoonu)
Kotlin coroutines deep dive
2οΈβ£ Sherzodbek Muhammadiyev (Senior Software Engineer at Cyber Security Center)
Kotlin Delegation
3οΈβ£ Javokhir Akramjonov (STEP Intern at Google)
Kotlin DSL
πManzil: Toshkent sh. Yunusobod tumani, Amir Temur 129b, Anor Plaza 4-qavat, GITA dasturchilar akademiyasi
βοΈ Mo'ljal: Shaxriston metrosi
π Ro'yxatdan o'tish
π
Sana: 1 - iyun
β° Vaqt: 12:00
| Telegram | Instagram | Youtube |
Repost from Jakhongir Rakhmonov - IT
Ha, bu oson ish emas.
Hech kim koβrsatmagan, oβqitmagan, yordam bermagan.
Men buni oβzgartirmochiman. Birgalikda oβzingizning frameworkingizni yozsak, nima deysiz?
Django, Yii, React, Spring, Ruby On Rails va boshqa millionlab dasturchilar ishlatadigan frameworklariga oβxshaganidan yozsak, nima deysiz?
Tassavvur qilinga. Ish beruvchi sizning rezyumeyingizni ochib qarasa oβzingiz yozgan framework joylangan GitHubda repository turibdi. Bu qanaqa taassurot qoldiradi?
βDemak bu bola oβz ishiga qiziqadi. Chunki no odatiy va oson boβlmagan ishlar qilibdi. Boshqa dasturchilar uchun framework yozibdi. Bu ancha low-level ish.β degan fikrlar paydo boβlishi turgan gap. Shaxsan men bunday dasturchilarni intervyuga chaqirgan boβlar edim va qiziqib qilgan ishi haqida har xil savollar bergan boβlar edim.
Shu maqsadda men bir qator video darslar yozib chiqdim va shu narsalar haqida ertaga bitta YouTubeda onlayn webinar uyushtirmoqchimiz. Oβzbekiston vaqti bilan soat 19:00da.
Webinarda hozirgi IT dunyosidagi holat, karyerada oβsish va shu onlayn kursimiz haqida gaplashamiz. Hohlagan savollaringizga ham javob beramiz. Eng asosiysi aynan shu webinar vaqtidagina katta chegirma taqdim qilamiz. Webinardan soβng kurs narxi oshadi. Webinar qaysi link orqali boβlishini ertaga yozib yuboraman.
Sizga kurs qiziq boβlmasa ham albatta keling. Webinar foydali boβlishi aniq. Chunki u yerda mendan tashqari Booking.comda dasturchi boβlib ishlab kelayotgan Khamidulla Inoyatov va EPAMda dasturchi boβlib ishlab kelayotgan Khumoyun Inoyatovlar ham boβlishadi. Amazon, Booking va EPAM haqida ham bemalol soβrasangiz boβladi π
Ertaga koβrishguncha.
@jakhonrakhmonov
Repost from Jakhongir Rakhmonov - IT
βUmid yoβq. Siz hohlagan ishingizni topa olmaysiz. Balki 1000ta joyga topshirsangiz chiqib qolar. Vaqtingizni bekorga sarflayapsizβ
deb Computer Science yoβnalishini oβqib tugatgan bir odam dardini yozibdi.
Bu gaplarga Y Combinator kompaniyasi CEOsining javobini qarang:
Haqiqiy loyihlarda, side projectlarda, open source loyihalarda, shunchaki qiziqish uchun qilinayotgan loyihalarda ishlash bu muammoga davodir.
Computer Science bitiruvchilarining koβpchiligi hech narsa yasay olmaydilar.
Agar siz nafaqat loyihalar qura olishingizni, balki oβzingiz qiziqqaningiz uchun loyihalar qilganingizni isbotlay olsangiz, imkoniyatlar eshiklari siz uchun ochiladi.
Eβtibor beringa. Loyiha, loyiha, loyiha. Qurish, yasash, qiziqish.
Ish topa olmayotganlardan soβrasangiz qilgan ishi CRUDdan uyoβgiga oβtmagan. Oddiy web loyihadan uyogβiga oβtmagan.
Dasturchilikdek imkoniyatlari cheksiz kasbni oβrganasizu, oβzingizga qiziq boβlgan birorta proyekt qilib koβrmaysizmi? Nima bu hamma yoq CRUD boβlib yotibdi? Bu hamma yozayotgan blog, internet magazin, yangiliklar sayti hech kimni eβtiborini tortmaydigan boβlib qolgan. Eng yomon tarafi bularning hammasi uchun deyarli bir xil qobiliyatlar kerak. Qisman farq qiladi holos.
Oβyin yozib koβrmaysizmi? Linux uchun Command-Line loyiha qilib koβrmaysizmi? Data Engineering qilib koβrmaysizmi? Bot yozib koβrmaysizmi? 3D qilib koβrmaysizmi? Yangi dasturlash tili yozib koβrmaysizmi? Yangi framework yozib koβrmaysizmi?
Boshqalardan ajralib turish vaqti keldi.
@jakhonrakhmonov
Tekin Spring
Spring akademiyasi pro kurslari(yaxshigina summa edi)ning hammasini tekin qilib yuboribdi.
Ey βgβaroyib humanβ mana senga tekini. Endiyam oβqimasang bilmadim endiβ¦Deb tarjima qilsak boβladi. Link: https://www.infoq.com/news/2024/04/spring-academy-pro-free/
Alhamdulillah
Bir narsalar boshlandi, ohiri xayrli bo'lsin)
Background checking qismi qoldi
Repost from Khumoyun Codes
2-Faktorli autentifikatsiyaning foydasi, Troll.Uz kanali misolida
2019-yil menga Telegram uchun qo'shimcha raqam kerak bo'lib qoldi va operatorga bog'lanish nuqtalaridan biriga kirib, oxiri 1218 bilan tugaydigan raqam so'radim, ishlatilganidan bo'lsinmi ishlatilmaganidanmi deb so'rashdi, farqi yo'q desam, shunday raqamlardan birini berishdi, rasmiylashtirdik va men Telegram ochishga harakat qilib ko'rdim, bilsam bu raqamda akkaunt oldin ochilgan. Yangi raqamni kontaktlarga qo'shib qarasam, akkaunt kimniki ekan deng? Troll.Uz asoschisi Umid Gafurovniki ekan π. Akkauntga kirib ko'rdim, sms orqali kod keldi, kodni tersam akkauntga kirdi va kanalga kirsam, kanalga post yozish uchun forma ishlamoqda. "Test" deb yozib boshqa akkauntdan qarasam post paydo bo'lgan. BINGO! degan xayol keldi boshimga, lekin vijdonim qiynalib, o'zlarini ogohlantirib akkauntni qaytarib bermoqchi bo'ldim π, buning uchun kanal adminlari orasidan kanal egasini qidirdim, mendagi raqam qo'shimcha admin sifatida qo'shilgan ekan. Asosiy admin raqamini ko'rib, o'zimning akkauntimdan yozdim, oradan vaqt o'tdi, xabarim o'qilmadi, menga Telegram akkaunt kerak, yangi raqamni sotib olgim kelmadi. Shu bilan e'tiborni o'zimga tortish uchun, birinchi bo'lib 2 faktorli autentifikatsiyani yoqdim, Telegram akkaunt o'zimda qolishi va akkauntni o'chirib bo'lmasligi uchun, keyin kanalga do'stlarim bilan hazil sifatida "Hacked" degan GIF va "Troll ni troll qilish maza ekan" degan postlar qoldirdik π, qarabsizki, yugur yugur boshlandi. Mendagi raqamga vahima qilgan odamlar yozishni boshlashdi, kanaldan post o'chdi, adminlar soni kamaydi, botlar kick qilindi, lekin adminlar orasidan mendagi akkauntni o'chirishni o'ylab ham ko'rishmadi. O'ylab ko'rishganda esa, menda to'liq Troll uzga tegishli xabarlar yig'ilgan Telegram akkaunt bor edi, reklama narxlari, kontraklar, shaxsiy xabarlar va hkz.
Bu xabarlar bilan har xil ish qilish mumkin edi, lekin men o'zim uchun to'g'ri deb bilgan yo'lni tutdim va qaytadan Umid aka bilan aloqaga chiqdim. Har ehtimolga qarshi o'zimni kimligimni sir saqlab qolish uchun π΅οΈββοΈ, Minskga bo'lgan sayohatdan qolgan Belorus raqami bilan ochilgan Telegram akkaunt orqali aloqaga chiqdim. Vaziyatni tushuntirishga harakat qildim, lekin boshida doq-popsalar keldi, sudga beraman, militsiyaga xabar qilaman va hkz. Lekin, meni qilgan ishimda o'zim noqonuniylik ko'rmadim, raqamni passportim va pulim bilan sotib olganimni tushuntirib, qo'llaridan hech narsa kelmasligini tushuntirdim. Xalq uchun qilayotgan ishlarini va kerakli ijtimoiy masalalarni ko'tarishlarini yaxshiligini aytib, akkauntni boshqa raqamga o'tkazib olishlarini so'radim. Aka rozi bo'ldilar, lekin 2 faktorlik autentifikatsiyaga backup qilib o'zimni shaxsiy emailimni qoldirgan ekanman, qaysiki u yerda to'liq ism familyam bor π. Anonimlik yoqoldi, o'zimni yana bir tanishtirdimda akkauntni qaytarib berib raqamni o'zimda saqlab qoldim. Umid aka ham rahmat aytib jimgina tinchib ketdilar.
Qissadan xissa: Hardoim shaxsiy ma'lumotlaringiz saqlanadigan har qanday platformada, 2 faktorlik autentifikatsiya yoqing, sizni telefon raqamingiz yoki emailingizga yo'l topa olishsa, siz yodingizda saqlab turadigan qo'shimcha 2 parol sizni saqlab qolishi mumkin. Shaxsan aynan shu voqeadan keyin barcha platformalarda ushbu xavfsizlik yo'lini tutaman. O'zbekistonda millionlab mobil raqamlar bor, har kuni ular minglab sotiladi, ehtimolligi past bo'lsa ham shunday tasodif bilan ko'p narsangizni yoqotib qo'yishingiz mumkin.
Pastda voqea payti olingan skrinshotlar keltirilgan π
P.S. Meni o'rnimda bo'lganingizda siz qanday yo'l tutgan bo'lar edingiz?
@khumoyun_codes
