JavaHere's Blogs 🚀
Відкрити в Telegram
Youtube: youtube.com/@JavaIsHere Linkedin: linkedin.com/in/javokhirakramjonov Bored? @javohirakramblog Contact: @javahere_admin
Показати більше2 265
Підписники
-524 години
-237 днів
-10430 день
Архів дописів
2 265
Azimjon akadan ilhomlanib, yakshanba kuni 12 soatlik live stream(nasib).
Stream'da:
1. Leetcode
2. Bellman Ford algoritmi
3. Min/Max heap
4. Design pattern
5. Java va C++ ni birga ishlatish
6. Izohda qoldirilgan mavzular
Yakshanbada ko'rishguncha 👋.
Havola: https://youtube.com/live/iS1Okprlhog
2 265
Uzooq stream
Azimjon akadan ilhomlanib, yakshanba kuni 12 soatlik live stream(nasib).
Stream'da:
1. Leectcode
2. Bellman Ford algoritmi
3. Min/Max heap
4. Design patterns
5. Java va C++ ni birga ishlatish
6. Izohda qoldirilgan mavzular
Yakshanbada ko'rishguncha 👋.
Sream uchun link: uzooq stream
2 265
Repost from Javohir Akram
Alhamdulillah
Google’dan kompyuter, quloqchin va kompyuter uchun ruchka uchun rahmat:)
2 265
Repost from Javohir Akram
Javobi chiqdi.
Hullas O’zbekistonda qolaman ekan.
Faqat bir necha kunga 😁🎉
Alhamdulillah viza berishdi
9 kunda chiqdi
2 265
News
Hayitdan keyin bir hafta "Leetcode + Algo" haftaligini o'tkazmoqchiman.
Amazon top 45 problems va algoritmlar bo'yicha tajriba oshiramiz.
Bugun webinarda savollaringiz bo'lsa berishingiz mumkin.
Asosan, dasturlashda 0 emas va "Problem solving" bo'yicha keyingi levelga chiqmoqchi bo'lganlar uchun.
Kurs har kuni 2-4 soat va xohlaganlar uchun ko’proq bo’lishi kutilyabdi.
Kurs narxi: 1.5mln so'm
Bog'lanish uchun: admin
2 265
Repost from GITA - Kuchli ustozlar, baxtli kelajak!
Kotlin Conf 2024 in Tashkent
Ma'ruzachilar:
1️⃣ Axrorxo'ja Yodgorov (Senior Android Engineer at Snoonu)
Kotlin coroutines deep dive
2️⃣ Sherzodbek Muhammadiyev (Senior Software Engineer at Cyber Security Center)
Kotlin Delegation
3️⃣ Javokhir Akramjonov (STEP Intern at Google)
Kotlin DSL
📍Manzil: Toshkent sh. Yunusobod tumani, Amir Temur 129b, Anor Plaza 4-qavat, GITA dasturchilar akademiyasi
Ⓜ️ Mo'ljal: Shaxriston metrosi
👉 Ro'yxatdan o'tish
📅 Sana: 1 - iyun
⏰ Vaqt: 12:00
| Telegram | Instagram | Youtube |
2 265
Repost from Jakhongir Rakhmonov - IT
Ha, bu oson ish emas.
Hech kim ko’rsatmagan, o’qitmagan, yordam bermagan.
Men buni o’zgartirmochiman. Birgalikda o’zingizning frameworkingizni yozsak, nima deysiz?
Django, Yii, React, Spring, Ruby On Rails va boshqa millionlab dasturchilar ishlatadigan frameworklariga o’xshaganidan yozsak, nima deysiz?
Tassavvur qilinga. Ish beruvchi sizning rezyumeyingizni ochib qarasa o’zingiz yozgan framework joylangan GitHubda repository turibdi. Bu qanaqa taassurot qoldiradi?
“Demak bu bola o’z ishiga qiziqadi. Chunki no odatiy va oson bo’lmagan ishlar qilibdi. Boshqa dasturchilar uchun framework yozibdi. Bu ancha low-level ish.” degan fikrlar paydo bo’lishi turgan gap. Shaxsan men bunday dasturchilarni intervyuga chaqirgan bo’lar edim va qiziqib qilgan ishi haqida har xil savollar bergan bo’lar edim.
Shu maqsadda men bir qator video darslar yozib chiqdim va shu narsalar haqida ertaga bitta YouTubeda onlayn webinar uyushtirmoqchimiz. O’zbekiston vaqti bilan soat 19:00da.
Webinarda hozirgi IT dunyosidagi holat, karyerada o’sish va shu onlayn kursimiz haqida gaplashamiz. Hohlagan savollaringizga ham javob beramiz. Eng asosiysi aynan shu webinar vaqtidagina katta chegirma taqdim qilamiz. Webinardan so’ng kurs narxi oshadi. Webinar qaysi link orqali bo’lishini ertaga yozib yuboraman.
Sizga kurs qiziq bo’lmasa ham albatta keling. Webinar foydali bo’lishi aniq. Chunki u yerda mendan tashqari Booking.comda dasturchi bo’lib ishlab kelayotgan Khamidulla Inoyatov va EPAMda dasturchi bo’lib ishlab kelayotgan Khumoyun Inoyatovlar ham bo’lishadi. Amazon, Booking va EPAM haqida ham bemalol so’rasangiz bo’ladi 😉
Ertaga ko’rishguncha.
@jakhonrakhmonov
2 265
Repost from Jakhongir Rakhmonov - IT
“Umid yo’q. Siz hohlagan ishingizni topa olmaysiz. Balki 1000ta joyga topshirsangiz chiqib qolar. Vaqtingizni bekorga sarflayapsiz”
deb Computer Science yo’nalishini o’qib tugatgan bir odam dardini yozibdi.
Bu gaplarga Y Combinator kompaniyasi CEOsining javobini qarang:
Haqiqiy loyihlarda, side projectlarda, open source loyihalarda, shunchaki qiziqish uchun qilinayotgan loyihalarda ishlash bu muammoga davodir.
Computer Science bitiruvchilarining ko’pchiligi hech narsa yasay olmaydilar.
Agar siz nafaqat loyihalar qura olishingizni, balki o’zingiz qiziqqaningiz uchun loyihalar qilganingizni isbotlay olsangiz, imkoniyatlar eshiklari siz uchun ochiladi.
E’tibor beringa. Loyiha, loyiha, loyiha. Qurish, yasash, qiziqish.
Ish topa olmayotganlardan so’rasangiz qilgan ishi CRUDdan uyo’giga o’tmagan. Oddiy web loyihadan uyog’iga o’tmagan.
Dasturchilikdek imkoniyatlari cheksiz kasbni o’rganasizu, o’zingizga qiziq bo’lgan birorta proyekt qilib ko’rmaysizmi? Nima bu hamma yoq CRUD bo’lib yotibdi? Bu hamma yozayotgan blog, internet magazin, yangiliklar sayti hech kimni e’tiborini tortmaydigan bo’lib qolgan. Eng yomon tarafi bularning hammasi uchun deyarli bir xil qobiliyatlar kerak. Qisman farq qiladi holos.
O’yin yozib ko’rmaysizmi? Linux uchun Command-Line loyiha qilib ko’rmaysizmi? Data Engineering qilib ko’rmaysizmi? Bot yozib ko’rmaysizmi? 3D qilib ko’rmaysizmi? Yangi dasturlash tili yozib ko’rmaysizmi? Yangi framework yozib ko’rmaysizmi?
Boshqalardan ajralib turish vaqti keldi.
@jakhonrakhmonov
2 265
Tekin Spring
Spring akademiyasi pro kurslari(yaxshigina summa edi)ning hammasini tekin qilib yuboribdi.
Ey “g’aroyib human” mana senga tekini. Endiyam o’qimasang bilmadim endi…Deb tarjima qilsak bo’ladi. Link: https://www.infoq.com/news/2024/04/spring-academy-pro-free/
2 265
Alhamdulillah
Bir narsalar boshlandi, ohiri xayrli bo'lsin)
Background checking qismi qoldi
2 265
Repost from Khumoyun Codes
2-Faktorli autentifikatsiyaning foydasi, Troll.Uz kanali misolida
2019-yil menga Telegram uchun qo'shimcha raqam kerak bo'lib qoldi va operatorga bog'lanish nuqtalaridan biriga kirib, oxiri 1218 bilan tugaydigan raqam so'radim, ishlatilganidan bo'lsinmi ishlatilmaganidanmi deb so'rashdi, farqi yo'q desam, shunday raqamlardan birini berishdi, rasmiylashtirdik va men Telegram ochishga harakat qilib ko'rdim, bilsam bu raqamda akkaunt oldin ochilgan. Yangi raqamni kontaktlarga qo'shib qarasam, akkaunt kimniki ekan deng? Troll.Uz asoschisi Umid Gafurovniki ekan 😈. Akkauntga kirib ko'rdim, sms orqali kod keldi, kodni tersam akkauntga kirdi va kanalga kirsam, kanalga post yozish uchun forma ishlamoqda. "Test" deb yozib boshqa akkauntdan qarasam post paydo bo'lgan. BINGO! degan xayol keldi boshimga, lekin vijdonim qiynalib, o'zlarini ogohlantirib akkauntni qaytarib bermoqchi bo'ldim 😇, buning uchun kanal adminlari orasidan kanal egasini qidirdim, mendagi raqam qo'shimcha admin sifatida qo'shilgan ekan. Asosiy admin raqamini ko'rib, o'zimning akkauntimdan yozdim, oradan vaqt o'tdi, xabarim o'qilmadi, menga Telegram akkaunt kerak, yangi raqamni sotib olgim kelmadi. Shu bilan e'tiborni o'zimga tortish uchun, birinchi bo'lib 2 faktorli autentifikatsiyani yoqdim, Telegram akkaunt o'zimda qolishi va akkauntni o'chirib bo'lmasligi uchun, keyin kanalga do'stlarim bilan hazil sifatida "Hacked" degan GIF va "Troll ni troll qilish maza ekan" degan postlar qoldirdik 😁, qarabsizki, yugur yugur boshlandi. Mendagi raqamga vahima qilgan odamlar yozishni boshlashdi, kanaldan post o'chdi, adminlar soni kamaydi, botlar kick qilindi, lekin adminlar orasidan mendagi akkauntni o'chirishni o'ylab ham ko'rishmadi. O'ylab ko'rishganda esa, menda to'liq Troll uzga tegishli xabarlar yig'ilgan Telegram akkaunt bor edi, reklama narxlari, kontraklar, shaxsiy xabarlar va hkz.
Bu xabarlar bilan har xil ish qilish mumkin edi, lekin men o'zim uchun to'g'ri deb bilgan yo'lni tutdim va qaytadan Umid aka bilan aloqaga chiqdim. Har ehtimolga qarshi o'zimni kimligimni sir saqlab qolish uchun 🕵️♂️, Minskga bo'lgan sayohatdan qolgan Belorus raqami bilan ochilgan Telegram akkaunt orqali aloqaga chiqdim. Vaziyatni tushuntirishga harakat qildim, lekin boshida doq-popsalar keldi, sudga beraman, militsiyaga xabar qilaman va hkz. Lekin, meni qilgan ishimda o'zim noqonuniylik ko'rmadim, raqamni passportim va pulim bilan sotib olganimni tushuntirib, qo'llaridan hech narsa kelmasligini tushuntirdim. Xalq uchun qilayotgan ishlarini va kerakli ijtimoiy masalalarni ko'tarishlarini yaxshiligini aytib, akkauntni boshqa raqamga o'tkazib olishlarini so'radim. Aka rozi bo'ldilar, lekin 2 faktorlik autentifikatsiyaga backup qilib o'zimni shaxsiy emailimni qoldirgan ekanman, qaysiki u yerda to'liq ism familyam bor 😂. Anonimlik yoqoldi, o'zimni yana bir tanishtirdimda akkauntni qaytarib berib raqamni o'zimda saqlab qoldim. Umid aka ham rahmat aytib jimgina tinchib ketdilar.
Qissadan xissa: Hardoim shaxsiy ma'lumotlaringiz saqlanadigan har qanday platformada, 2 faktorlik autentifikatsiya yoqing, sizni telefon raqamingiz yoki emailingizga yo'l topa olishsa, siz yodingizda saqlab turadigan qo'shimcha 2 parol sizni saqlab qolishi mumkin. Shaxsan aynan shu voqeadan keyin barcha platformalarda ushbu xavfsizlik yo'lini tutaman. O'zbekistonda millionlab mobil raqamlar bor, har kuni ular minglab sotiladi, ehtimolligi past bo'lsa ham shunday tasodif bilan ko'p narsangizni yoqotib qo'yishingiz mumkin.
Pastda voqea payti olingan skrinshotlar keltirilgan 👇
P.S. Meni o'rnimda bo'lganingizda siz qanday yo'l tutgan bo'lar edingiz?
@khumoyun_codes
