uz
Feedback
Elga yor (Elyor)

Elga yor (Elyor)

Kanalga Telegram’da o‘tish

Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.

Ko'proq ko'rsatish
1 110
Obunachilar
+224 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kun
+530 kun
Postlar arxiv
Oxirgi oylar Seulga ish bilan ko’p kelayabman. Bir necha bor Instagram tarmog’iga “istoriya” joylasam hamma har xil tushunyab
+2
Oxirgi oylar Seulga ish bilan ko’p kelayabman. Bir necha bor Instagram tarmog’iga “istoriya” joylasam hamma har xil tushunyabdi;) Menimcha “second home” degan jumla shu hayolga olib kelgan.
Umid qilamanki, bo’lajak kelinchak ushbu postni kuzatayabdi..

Ishxonadagi qiziq bir voqea 2024.10.18 Bugun ertalab tahminan soat 11:30 larda 6-qavatdagi majlis zaliga chaqirib qolishdi. Chaqirgan kishi men bilan juda yaxshi chiqishadi. Elyor, Monitor TV ga ulanib ketdi, PC ga ulab bera olasanmi deb qoldi. Shoshilinch bo’lganiga kirib qarasam Zoom vaqti avtomatik TV ga o’tib ketib qolibdi. 20 ga yaqin kishilar indamay o’tirishibdi, yoshlari ham bor) “hammasi tanish” Keyin Monitor pultini olib, bir ammalab PC ga ulab berdim. (Avval ham qilib ko’rgan edim) Meni hayron qoldirgan jihati, o’sha o’tirganlarning 1 kishi bo’lsa ham qanday qilishni bilishiga ishonchim komil edi. Koreyslar shunchaki ko’pchilikning oldida ma’suliyatni bo’yniga olgisi kelmaydi. O’zini ishi bo’lmasa, qila olsa ham ataylab qilmaydigan vaziyatlarga shohid bo’lib kelayabman. Shuncha Koreys duch kelgan muammoni chet ellik bo’lgan men, borib xal qilganim biroz g’alati tuyuldi. O’zimga o’zim - o’rnimiz almashib qolmadimikan deb ish stolimga keldim.😅

Bu safar Toshkentga borganimda onamni qo’llaridan ancha ta’om iste’mol qilishga ulgurdim;) Qisqacha qilib rasm joylab qo’ydim
+3
Bu safar Toshkentga borganimda onamni qo’llaridan ancha ta’om iste’mol qilishga ulgurdim;) Qisqacha qilib rasm joylab qo’ydim.

Malaka oshiruvchi kitob haqida Taxminan bundan 2 yil avval ushbu kitobni ishxonam malaka oshirish uchun bergan edi. Ba’zida h
Malaka oshiruvchi kitob haqida Taxminan bundan 2 yil avval ushbu kitobni ishxonam malaka oshirish uchun bergan edi. Ba’zida hali ham varoqlab turaman. Bu kitob email yozish usullarini o’rgatadi. Ammo Chat GPT chiqib juda ko’p ishlarni meni “assistant”imga qildirayabman. Hatto email yozib, unga mos sodda va qisqa email mavzusini yozib ber kabi savollargacha;) O’zbekistonda bu borada alohida darslar o’tilmagani sabab, o’zingizga investitsiya qilish uchun ajoyib kitob. Ingliz yoki Koreys tillarida mavjud. Tip: Agar ishga kirishdan avval o’qisangiz, ishonch bilan aytamanki, sizga hamkasblaringizni ishonchi ortadi. Shuningdek, professional ga qaragandek qarashadi. Agar ishlayotgan bo’lsangiz, hali ham kech emas:) @Elyorbilan

1️⃣ #ish #elon 💼 Har hafta ish e’loni joylab borishga harakat qilaman! O’zbekiston bilan IT sohasida hamkor Kompaniyada ish o’rni. Kompaniya Koreyada joylashgan bo’lib, to’liq ma’lumotni quyidagi link orqali olsangiz bo’ladi. Agar ma’lumotlarni o’qib tushunmasangiz, demak ish siz uchun emas;) 💁‍♂️Tip: 1. Ish sizga mos keladimi yo’qmi avval tekshiring. 2. CV ni alohida Kompaniya sohasiga moslab yuborishga harakat qiling. Yanada foydali ma’lumotlarga ega bo’lish uchun: @Elyorbilan Link: http://saram.in/s/etZ7mva06S

General Jo’rabek, o’z hisobidan qurdirgan masjid hozirgi Islom ota (Risoviy bozor taraf) masjidi o’rnida bo’lgan ekan. Men Hayt namozida adam va ukalarim bilan, biroz uzoqroq bo’lsa ham aynan o’sha Islom ota masjidiga chiqar edik. Tarix biz o’ylaganimizdan ko’ra bizga yaqinroq.

Hammasiga qo’l siltab, Istanbulga bosh olib ketgim kelmoqda.. O’ziga rom qiluvchi afsonaviy shahar. G’arb va sharq uyg’unligi🖤

12.10.2024 Seulga tong saharda kelib, yarim tunda Tejonimga qaytayabman. Bu orada Elchixonadagi tadbirga, Lazzatdagi tor doiradagi uchrashuvga va kechki shaxsiy ushrashuvgacha ulgurdim. O’ylab qarasam Noyabr oxirlarigacha dam olish kunlarimda dam olmay band bo’lar ekanman. Bugungisi ham shular qatorida bo’lib, 1 kunimdan maksimal foydalanishga urindim. Muhim qismlar: 1. Koreyadagi O’zbekiston Elchixonasi telegram boti haqida bo’ldi. (avvalroq sinab ko’rganim uchun tadbir oxirigacha qola olmadim) Fa’rosatsizlar bo’lmagani uchun tadbir ko’ngildagidek o’tdi deyishdi. 2. Tor doiradagi uchrashuv. Keyinchalik loyihalar amalga oshsa yozaman. 3. Men har tomonlama bemalol gaplasha oladigan kam sonli do’stim bilan ko’rishib bugungi kunni yakunladim. O’zbekistonlik emas. Orada Masjidda qadrdon tanishimni yo’qlashga ham ulgurdim.
Afsuski bugungi kundan rasm joylay olmas ekanman.

O’tgan kunlarni Ingliz tiliga tarjima qilgan inson, izohlarda chiroyli hazil qilibdi. Intelektual hazil yoki javob deb shuni
+1
O’tgan kunlarni Ingliz tiliga tarjima qilgan inson, izohlarda chiroyli hazil qilibdi. Intelektual hazil yoki javob deb shuni aytsalar kerak;) But twitni ko’rib, bizni ham yozuvchi adabiyotshunoslarimiz asarlari Ingliz tilida ommabop bo’lganda vaqti kelib Nobel mukofotiga sazovor bo’lar degan hayol o’tdi.
Niyat: Bir necha chet ellik do’stlarga O’zbekiston qolaversa Toshkent borasida tasavvurga ega bo’lish uchun ushbu kitobdan sovg’a qilishni o’ylab turibman. Aynan Ingliz tiliga tarjima qilinganini, kitobdagi bir necha jumlalarni tekshirib so’ng buyurtma qilaman😁 (Hozirda uylanish borasidagi meni holatim ham O’tgan kunlarda chiroyli tasvirlangan;)) “hazil”
@Elyorbilan #Tavsuyu

444 -> 4444 -> 44444 Chiroyli raqamlar ekan. Faqat Koreyada xosiyatli emas, ma’nosini tushuntirib o’tirishim ham shart emasdura?😅 *obunachilar soni

Ushbu so’rovnomada ovoz berib qo’ydingiza? Sababi: so’rovnoma natijalariga qarab, kuzatuvchilarga mos foydali ma’lumotlar joylab borishga harakat qilaman.

Ishxonadagi bir xolat: Guruhimiz Team leader ni bir odati bor, Kamida 30 daqiqa vaziyatni misollar bilan tushuntirib, oxirida 어쨌든 이건 중요한건 아니고 … Tarjimasi: “Nima bo’lganga ham hozirgi aytganlarim muhim emas ammo…” (Men bo’lsam, iye shuncha yozib olganlarim hali kerakmasmidi!?😂) Men Koreyschasiga iyee deb yuborsam, Team leader ni o’zi ham kulib yubordi🫢

Sizga shu savolni berishganda qanday javob berar edingiz?
Sizga shu savolni berishganda qanday javob berar edingiz?

세종한글올림파이드 Sejong Hangeul Olympiad Tanlovida qadrdonlar ham video tayyorlashibdi. G’oliblar bahosiga - ko’rishlar soni ham ta’sir ko’rsatar ekan. Agar 3 daqiqa vaqtingiz bo’lsa ko’rib, o’z fikringizni izohlarda yozib qoldirsangiz ham bo’ladi. Shunday vaqtda auditoriya bilan qo’llab quvvatlamasak uyat bo’lar:) Ushbu videoni tayyorlagan kishilar bilan shaxsan tanishman, shuningdek barchaligi juda ko’p ko’ngilli ishlarga bepul yordam ko’rsatishadi. Ko’rish sonlari bugungi vaqt bilan 16:30 gacha hisobga olinar ekan! 1. https://www.instagram.com/reel/DA2TsKiSRAw/?igsh=MjRtbXUxbGlnZ2Fq 2. https://www.instagram.com/reel/DA2U0UesJaV/?igsh=MXRzMXp6eHdjbHZvYg== 3. https://www.instagram.com/reel/DA2TircpMHf/?igsh=ZTN3YWM2bDA5bGF2

Koreya Kompaniyalaridagi lavozimlar ketma-ketligi 🇰🇷 Koreys kompaniyalarida lavozimlar ierarxiyasi xodimlarning o'sishi va tajribasiga qarab aniq bosqichlarga bo'linadi. Har bir lavozim ma'lum darajadagi mas'uliyat va maqomni ifodalaydi. Quyida koreys kompaniyalaridagi keng tarqalgan lavozimlar va ularning batafsil tushuntirishi keltirilgan: 사원 (Sawon): Bu eng pastki darajadagi lavozim bo'lib, kompaniyada yangi ish boshlagan yoki hali yetarli tajribaga ega bo'lmagan xodimlarga tegishli. Sawon lavozimida qo'shimcha darajalar mavjud emas, bu boshlang'ich ishchi yoki xodim darajasidir. Sawon asosan ko'rsatmalarni bajaruvchi xodimlar bo'lib, o'z faoliyatini katta nazorat ostida olib boradi. 주임 (Ju-im): 주임 lavozimi 사원 dan bir pog'ona yuqori darajada joylashgan. Bu daraja ma'lum tajribaga ega bo'lgan xodimlarga beriladi, va ularga mustaqil vazifalarni bajarish imkoniyati beriladi. 주임 odatda kichik loyihalar yoki vazifalar uchun javobgar bo'lib, bu darajada ham rahbarlik vazifalari yo'q. 대리 (Daeri): 대리 lavozimi odatda 주임 darajasidan keyingi qadam hisoblanadi. Bu daraja o'z ichiga ko'proq mas'uliyat va ba'zi hollarda boshqa xodimlarga yordam berishni oladi. Daeri lavozimi 2-5 yil tajribaga ega bo'lgan xodimlarga berilishi mumkin. Bu xodimlar ko'pincha katta menejerlarga yoki bo'lim boshliqlariga yordam beradi. 과장 (Gwa-jang): 과장 lavozimi katta mas'uliyatni talab qiladi. Bu darajadagi xodimlar kichik guruhlarni boshqarishi va muayyan loyihalarni boshqarishi mumkin. Bu daraja odatda 5-10 yil tajribaga ega bo'lgan xodimlarga beriladi. Gwa-janglar menejerlik vazifalarini bajarib, boshqaruv funksiyalarini ham bajara boshlaydi. 차장 (Cha-jang): 차장 lavozimi 과장 darajasidan keyin keladi. Bu yuqori menejerlik darajasidir, lekin hali direktorlik darajasiga yetmagan. 차장 lavozimida ishlovchi xodimlar ko'pincha katta loyihalarni boshqaradi va strategik qarorlar qabul qilishda yordam beradi. 부장 (Bu-jang): 부장 bu katta menejer yoki bo'lim boshlig'i lavozimi hisoblanadi. Bu darajadagi xodimlar butun bo'limning faoliyatini boshqaradi va yuqori rahbariyatga hisobot beradi. Bu daraja odatda katta tajribaga ega bo'lgan va yuqori mas'uliyatni o'z zimmasiga oluvchi rahbarlarga beriladi. 이사 (I-sa): 이사 lavozimi direktor degan ma'noni anglatadi. 이사 kompaniyaning umumiy faoliyatini nazorat qiladi va strategik qarorlar qabul qiladi. Bu daraja katta mas'uliyat va keng qamrovli boshqaruvni o'z ichiga oladi. 상무 (Sang-mu) va 전무 (Jeon-mu): Bu ikkisi katta direktor lavozimlari hisoblanadi. 상무 katta direktor bo'lib, korxonaning muhim bo'limlarini boshqaradi, 전무 esa bosh direktor sifatida faoliyat ko'rsatib, strategik qarorlar qabul qiladi va kompaniya rahbariyatida katta rol o'ynaydi. 사장 (Sa-jang): 사장 kompaniya prezidenti yoki bosh direktori lavozimidir. Bu kompaniyaning eng yuqori ijrochi rahbari bo'lib, umumiy boshqaruv va rivojlanish uchun javobgar. 회장 (Hoe-jang): 회장 kengash raisi yoki kompaniyaning eng yuqori rahbari hisoblanadi. 회장 odatda kompaniyaning asosiy qarorlarini qabul qiladi va umumiy strategiyani belgilaydi. ℹ️Koreys kompaniyalaridagi lavozimlar darajalari xodimning tajribasi va kompaniyadagi vaqtiga qarab ko'tariladi. Odatda, har bir lavozimda bir necha yil ishlagandan so'ng, yuqori lavozimga ko'tarilish mumkin, bunda lavozimlar o'rtasida aniq ma'noli farqlar va mas'uliyatlar mavjud. Ko’proq ma’lumot uchun @Elyorbilan ga a’zo bo’ling.

Mavzudan tashqari.. Baxtdan ko’ra prinsplarini ustun qo’yadiganlarni hech tushunolmadim. Shu qatorda o’zim.

Huddu shu postda ham ogohlantirgan edim. Afsuski, qahramonimiz men aytgan barcha holatlarni sodir etgan. Yaxshi ham bu yangilik bo’lib hali TV internet tarmoqlarida tarqalmadi. Agar urib yuborgan bola olamdan o’tgandami, yoshlik davrini qamoqda o’tkazar edi.
Koreyslar bunday holatga juda jiddiy qaraydi. Haydovchilik guvohnomasiz mashinaga o’tirish - o’ta ketgan ahmoqlik ekanini juda yaxshi tushunishadi. Bu bilan o’zining eng kerakli minimal huquqlardan mahrum qilayotganini yaxshi tushunadida.

🆘️Bundan bir necha oy oldin, Koreyada bolalar xavfsizligi hududida (어린이보호구역), o‘zbek ukamiz haydovchilik guvohnomasiz va bel
🆘️Bundan bir necha oy oldin, Koreyada bolalar xavfsizligi hududida (어린이보호구역), o‘zbek ukamiz haydovchilik guvohnomasiz va belgilangan tezlikdan yuqori harakatlanib ketayotib, yo‘l chetidan o‘tayotgan yosh bolani urib yubordi.Ish Juma kuni SEUL MARKAZIY SUDIDA ko'rib chiqilib, ukamizga hukm o‘qildi. Sud unga 6 oy qamoq jazosi (징역) va 2 yil sinov muddati (집행유예) jazosi belgiladi. Shuningdek, jabrlangan bolaga 30 million von miqdorida kompensatsiya to‘lash majburiyati yuklandi.🆘️
"Ushbu postni Koreyadagi barcha guruhlarga ogohlantirish uchun tarqatib qo'ying"
Sudning qaroriga ko‘ra, ukamiz quyidagi qonun bandlari asosida aybdor deb topildi: 1⃣. Koreya Yo‘l harakati to‘g‘risidagi qonun (도로교통법) 152-modda, 1-band: Haydovchilik guvohnomasiz avtomobil boshqarganligi uchun. 2⃣. Transport hodisalarini maxsus ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi qonun (교통사고처리특례법): Bola jarohat olgani sababli og‘ir jazo talab qilingan. 3⃣. 12 ta og‘ir huquqbuzarlik (12대 중과실): Bu holatda haydovchilik guvohnomasiz avtomobil boshqarish 12 ta og‘ir huquqbuzarlikdan biri sifatida hisoblanadi. Shunga qaramay, sud qarori e’lon qilingach, koreys ota-onalar norozilik bildirdi va og‘irroq jazo talab qilib, apellyatsiya shikoyatini kiritishlarini aytishdi. Jabrlangan bolaning sog‘lig‘i og‘irroq ahvolda ekan. Men sudga tarjimon sifatida emas, men gaplashib bergan ukamizni advokati bilan bordim.Shu bilan birga erkin tinglovchi sifatida qatnashdim. Koreys oila umuman kelishuvga (합의) rozi bo‘lishmadi va qonuniy ravishda og‘irroq jazo berishni talab qilib turishdi. 22 yoshda bo‘lgan, Koreyaga kelganiga hali 1 yil to‘lmagan ukamiz hozirda panjara ortida. Albatta, uning qilgan ishini hech qachon oqlay olmayman. Men Koreyada yashayotgan o‘zbek yurtdoshlarimizni har doim ogohlantirib kelaman: "Haydovchilik guvohnomasiz mashina haydamanglar, ertaga bu sizlarga qimmatga tushadi," deb. Birinchi tergov boshlangandan buyon, ukamizning onasi bilan aloqada bo‘lib turdim. Advokat va kompensatsiya puli uchun ular uy-joylarini sotishlariga to‘g‘ri keldi. Onasi har kuni yig‘lab: "Farzandimni iltimos saqlab qoling," deb murojaat qiladi. O‘rtada Jahongir sarson. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham, ukamiz katta qonunbuzarlik sodir etib, kimningdir sevimli farzandini og‘ir ahvolga solganini hech qachon oqlamayman. Mening vazifam advokat bilan maslahatlashib, unga nisbatan qo‘llanayotgan jazoni yengillashtirishga yordam berish bo‘ldi, chunki men birinchi kunidayoq politsiya tergovida qatnashgan edim. Xulosa o'rnida shuni ayta olamanki: Koreyada haydovchilik guvohnomasiz mashina haydash katta muammolarga olib kelishini yana bir bor eslatib o‘taman. Hurmatli yurtdoshlar, haydovchilik guvohnomasiz mashina boshqarishning oqibatlari juda og‘ir bo‘lishi mumkin.Sizlarni qonun-qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqiramiz. Ya'nada ko'proq ma'lumot uchun kanalga obuna bo'ling: 📱👉@ganiev_tarjimon

KAIST ni bir rasm bilan ta’riflab ber deyishsa, men:🧐 Nom, bino va albatta 🪿.
KAIST ni bir rasm bilan ta’riflab ber deyishsa, men:🧐 Nom, bino va albatta 🪿.