Elga yor (Elyor)
Kanalga Telegram’da o‘tish
Kechinmalarim Aloqaga chiqish uchun: elyorgamurojat@gmail.com ga yozing! Yoki Telegramdan to’gridan to’gri shaxsiyga yozing.
Ko'proq ko'rsatish1 071
Obunachilar
-124 soatlar
+27 kunlar
+11630 kunlar
Postlar arxiv
1 071
1/5 #🇹🇷
Turkiyada Koreyaning pulini topib yashash kerak ekan. Narx navoda deyarli katta tafovuq yo’q ekan.
Qisqa ta’tildan maksimal foydalanishga harakat qilayabman.
Hozircha sizlarga, Hinoli qor seriali olingan eski Bursa ko’chalaridan salom yo’llayman.
1 071
Turkiyadan 🇹🇷 Salomlar!
Turkiyaga qo’nishim bilan, Bursa shahriga otlandim. Ertaga to’yni o’tkazib sayohatni boshlayman.
Bugun Turkiyada Istiqlol bayrami ekan. Deyarli hamma binoda Turk bayroqlari hilpirab turibdi. Bilasizlarku, Turklar ancha “vatanparvar” xalq.
Shu kunlarda Turkiya haqida rasm va videolar ko’p joylashim mumkin.
1 071
🇺🇸 vizasi
Qozog’istonlik tanishim bugun USA ga 10 yillik B1-B2 vizasini oldi. Qizig’i menga faqat bir yilga bergan. USA davlatlarga qarab viza berish tartibi mavjud. Misol uchun O’zbekistonliklarga (agar birinchi bor topshirsa) standart 1 yilga B1-B2 vizasini beradi. Ammo qo’shnilarimizga 10 yilga:) O’zi aslida ham bu viza 10 yillikda..
Har safar rasxod, xujjat ishlari ba’zida ortiqchadek tuyiladi.
1 071
Agar Koreyadan kuzatayotgan bo’lsangiz, qaysi viza vakilisiz? So’rovnoma anonim, shu sabab bemalol belgilashingiz mumkin!
1 071
Koreyada ta’lim olgan elchimiz, muammolarni ildizigacha yechim topishiga umid biladiramiz.
Ertaga bo’lib o’tadigan Mustaqillik bayrami tadbirida ham ko’rinish bersalar kerak.
Kuzatamiz!
1 071
SEUL, 29-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Alisher Abdusalomov bugun tongda Koreya Respublikasi poytaxtiga keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
U Seulga tayinlanishidan avval O'zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Kotibiyatiga rahbarlik qilgan.
Diplomat 40 yoshda. Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti va Janubiy Koreyaning Kyong-Xi universitetini bitirgan.
Alisher Abdusalomov kasbiy faoliyatini O'zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) boshlab, yetakchi mutaxassislikdan Bosh boshqarma boshlig'igacha bo'lgan yo'lni bosib o'tgan. Uning faoliyatida diplomatik xizmat ham muhim o'rin tutadi. Xususan, u 2013-2016-yillarda O'zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo'yicha maslahatchi, 2018-2024-yillarda esa Janubiy Koreyada ham ushbu lavozimda ishlagan.
Alisher Abdusalomov 1995-yildan 2024-yilgacha qisqa tanaffus bilan O'zbekistonning Seuldagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Vitaliy Fen o'rniga tayinlandi.
Yangi elchi o'zaro hamkorlikning iqtisodiy, madaniy va diplomatik jihatlariga e'tibor qaratgan holda O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash borasidagi ishlarni davom ettirish niyatida.
1 071
Infrastruktura uyg’unligi deb shunga aytishsa kerak🌃💫 Har safar ushbu manzaraga ko’zim tushsa, yaxshiyam ko’chibman degan fikr kelaveradi.
1 071
Yuqorida Qobiljon kanal ochibdilar. Agar Koreyadagi qonun qoidalar va vizalar haqida tekshirilgan ma’lumotlarni doimiy olishni hoxlasangiz obuna bo’lib qo’yishingiz mumkin.
🇺🇿Qobiljon_(코빌존)🇰🇷 | Rasmiy kanali
1 071
Repost from N/a
#favqulodda_xabar #긴급_신고
#emergency_report
❓ Siz bularni bilarmidingiz? ❓
Barchamizga ma'lumki, chet elda yashash chog'ida turli xil favqulodda vaziyatlar bo'lib turadi. Ana shunday paytda zudlik bilan tegishli joyga xabar berilsa muammoni hal qilish bilan birga, oldi ham olinadi. E'tiboringizga Janubiy Koreyadagi favqulodda yordam telefon raqamlarini havola qilamiz:
112 - politsiyaga qo'ng'iroq 119 - tez yordamga qo'ng'iroq 119 - o't o'chirish bo'yicha qo'ng'iroq 122 - dengizdagi favqulodda yordam 1588-3650 - falokat paytida qo'ng'iroq 1301 - qonun buzilganda, prokratura 182 - bola yo'qolganda, politsiya maslahati 1399 - oziq-ovqat mahsuloti sifati past bo'lsa 121 - ichimlik suvi bo‘yicha 123 - elektr energiyasi bo‘yicha 1544-4500 ‐ gaz bo‘yicha 1588-7500 - elektr xavfsizligi bo‘yicha 128 - atrof-muhit ifloslanishi bo‘yicha 117 - maktabda jinsiy zo'ravonlik bo‘yicha 118 - kiber terror bo‘yicha 125 - kontrabanda, bojxona bo'yicha 1366 - qiz bola jinsiy zo'ravonlikka uchrasa 1388 - voyaga yetmaganlarga maslahat 1577-1389 - qariyalar zo'ravonlikka uchrasa 1577-0199 - o‘z joniga qasd qilganlik, ruhiy salomatlik bo‘yicha✅ Kerak paytda bemalol shu raqamlarga qo‘ng‘iroq qilib voqea-hodisa haqida xabar berishingiz mumkin. ❌ Eslatib o'tamiz, yuqoridagi raqamlarga hazillashib (장난전화) qo‘ng‘iroq qilish 5 mln vondan kam miqdorda jarimaga tortilishga sabab bo‘ladi. 🇺🇿Qobiljon_(코빌존)🇰🇷 | Rasmiy kanali
1 071
+1
Pavel Durov / Telegram ✈️
Pavel Durovni juda ko’pchiligimiz bilsak kerak? Sirli hayotgan boy bu shaxs bugun Fransiyada qo’lga olindi. Juda ko’p ayblovlar qo’yilayotgan bo’lib, 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Qiziq, nima sababdan dab durustdan qo’lga olish kerak bo’lib qoldi?
Shuni eslatib o’tmoqchimanki, Telegram tarmog’i, foydalanuvchilarning ma’lumotlarini sotmaydigan va tashkilotlarga topshirmaydigan deyarli yagona ijtimoiy tarmoq edi. (100% emas baribir)
Ammo qo’lga olinishidan oldin “israil” ning so’rovini rad etgani asos ham bo’lishi mumkin deyishayabdi.
Kuzatamiz. Shaxsan men ushbu shaxsni katta qiziqish bilan kuzataman. Rossiyada ham VK ni aynan senzura sabab sotib yuborgani, Telegram esa yagona kuch bo’lib qolayotgan edi. Pavelning Telegramdan tashqari yana bir necha bizneslari mavjud. Arab shayxlari va boshqalar bilan. Agar hech qanday kelishuvga erishilmasa, menimcha uning yonida 2 ta yo’l bor. Fransiyaning talablarini bajarib, kerakli odamlar va tashkilotlar so’rovini qondirish yoki qamoqqa olinishdir.
Kim bu shaxs haqida ma’lumotga ega bo’lmasa, ushbu videoni tavsiya qilaman. Hozirgi 21-asrda o’z o’rniga ega bo’lgan shaxslardan biri axr.
Link: https://youtu.be/1Ut6RouSs0w?si=swaS3o_fdDcdi0P3
1 071
1 rasmning o’zida minglab foyda olsa bo’ladi. Saqlab oling, kerak bo’lib qoladi.
1 071
Vaksina..
5 oylik izlanish va mehnat natijasini bugun o’zim qadoqladim.
Yodingizda bo’lsa, Pokistonga Fevral oyida xizmat safari bilan borib kelgan edim. Aynan o’sha hududlarda uchraydigan “gripp” 🦠turi uchun vaksina sinovini o’tkazib, test natijalarini olib kelgan edik. Va o’zimizning vaksina antigenini alohida olib, Pokistonga yuborish harakatini bugun yakunladim.
Bu antigen 💉 orqali, Pokistonda bizni vaksinani olgan parrandalar test qilinib, Imunitet hosil bo’lgan natijasini bir necha jurnallarda chiqarish jarayonidamiz.
1 071
Shaxsiy qarash
Insonning tashqi ko’rinishiga simpatiya uyg’onadi. Yaqindan tanishgandan so’ng esa, farosat va xarakteri tashqi qiyofasichalik emasligini tushunib yetasan kishi.
Shu sabab, faqat chiroygagina oshiq bo’lish qiyin ekan. Sababi, 1-2 ta hunari barchasini barbod qiladi.
#justforinfo
1 071
Ushbu vizaga qiziqganlar bo’lsa, Telegram suhbatga kirishingiz mumkin. Men ham bilganimcha ma’lumot ulashaman.
1 071
Repost from SALOM KOREYA kanali
📣 D-10-1 vizasi haqida jonli suhbat qilamiz
Faol yurtdoshlarimizning tashabbusi bilan D-10-1 (ish qidirish) vizasi haqida onlayn suhbat qilishni rejaladik.
Qayerda: @SalomKoreya guruhida
Kuni: 24-avgust (shanba)
Vaqti: 22:00 (Koreya vaqti)
Bu suhbatda quyidagilar haqida ma'lumot beramiz va savol-javob ham o'tkazamiz:
🔸 D-10-1 vizasi haqida umumiy ma'lumot,
🔸 Bu vizani birinchi marta olish,
🔸 Bu vizaning muddatini cho'zdirish,
🔸 Bu vizada ruxsat berilgan faoliyatlar,
🔸 Bu vizada oila a'zolari bilan birga yashash,
🔸 Bu vizada yuzaga keladigan muammolar,
🔸 Savol-javob.
Mavzuga aloqador savollaringiz bo'lsa, shu postga javob (reply) tariqasida #SavolD10 hashtagi bilan qoldirsangiz bo'ladi. Suhbat davomida javob berishga harakat qilamiz.
Suhbatdan boshqalar ham manfaat olishi uchun imkon boricha ko'pchilik bilan o'rtoqlashing.
Kanalga a'zo bo'lish uchun:
👉 t.me/SalomKorea
Koreyadagilar uchun guruh:
👉 t.me/SalomKoreya
Koreyadagi startapchilarga:
👉 t.me/OasisStartup
Janubiy Koreyaga oid ovozli suhbatlar:
👉 t.me/KoreyaSuhbatlari
1 071
Shu holatga tushmaslik uchun ham o’qish davomida uqish kerak. Shuningdek, soha bo’yicha amaliyot “internship” qilish kerak bo’ladi.
Ko’pchilikni ko’rdim, oliy ta’limni tamomlab taksi qilib yuribdi. Taksi qilish uchun o’qish shart emasku tog’rimi? Yoki oliy ma’lumotli taksischi bo’lish uchun o’qilarmikan?
Oddiy tavsiya: O’qish davomida vaqtdan unumli foydalanish uchun ijtimoiy tarmoqlarga kirishni cheklang. Shaxsan men, univerda o’qigan kezlarim Instagram, Facebook va Twitterni o’chirib tashlar edim. Ta’til payti esa yana yuklab olardim. Ishoning, bu holat ancha foydali bo’ladi.
1 071
Shu kunlarni ham ko’radigan (eshitadigan) kunim bor ekan:
Koreys bilan bugungi dialog:
Koreys: 엘료르 너 태국 갈때 비자 필요없어?
Men: 아 네, 필요 없어요
Koreys: 어 알겠어~
Qisqacha tarjimasi: Koreys menda Taylandga borish uchun viza olishim kerak yoki yo’qligini so’radi. Men esa kerak emas deb javob berdim. Va albatta 자존심im yuqoriladi:)
1 071
Endi mavjud! Telegram Tadqiqoti 2025 — yilning asosiy insaytlari 
