cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Ahror Alikhanov | Dizayn blog

Dizayn, kreativ va ozroq marketing haqida

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
348
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+17 kunlar
+1130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Har gal qarindoshlar bilan ko'rishganda, nima ish qilishimni tushuntirolmay qiynalib ketaman🗿
Hammasini ko'rsatish...
💯 4🔥 1🤣 32😁 6
Do'stlar barchaga Hayit ayyomi muborak bo'lsin! Hamma ezgu niyatlaringiz ijobat bo'lsin. Kelasi Ramazonga barchamizni sog'-salomatlikda yetkazsin. Ezgu amallar sizga doim hamroh bo'lsin!
Hammasini ko'rsatish...
16👍 9😍 3👏 1🎉 1🏆 1
Zamonaviy dizaynning asosi Bauhaus haqida nimalarni bilasiz? Ozroq suhbatlashaylik.
Hammasini ko'rsatish...
🤔 9👍 1👨‍💻 1
Bugungi postim dizayn haqida emas, kitoblar haqida. Kitob inson hayotidagi eng katta xazina. Yuqorida bizning uydagi kutubxonaning rasmi. Bu yerdagi ko‘plab kitoblarni o‘qimagan bo‘lsam ham, bolaligimda kitobga mehr qo‘yishimda aynan mana shu kitoblarga to‘la javon muhim ro‘l o‘ynagan. Bizni bunday muhitda katta bo‘lishimizga sababchi bo‘lgan ota-onamga katta rahmat aytmoqchiman. To‘g‘ri hozir oldingidek kitobxon emasman, lekin hayotdagi dunyoqarashimni shakllantirishga mana shu kitoblar sababchi bo‘lgan. Kitob har qanday kasb egasi uchun koni foyda. Dizaynerlar uchun ham ahamiyati katta. Siz badiiy kitob o‘qiganingizda tabiiyki asardagi voqelik hayolingizda aks etadi. Shu sabab sizda biror bir yangi g‘oyani hayolingizda vizual shakllantirish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Xullas, kitob o‘qing, uyingizda kichik bo‘lsada kutubxona shakllantiring, kelajakdagi farzandlaringiz uchun ham!
Hammasini ko'rsatish...
🔥 19👍 5 2 1💯 1
Ko‘pincha instagram recomendation'dan yangi ochilgan agentliklar sahifasi chiqib qoladi. Aksariyat holatlarda ularning yangi boshlagandagi sahifa yuritishi deyarli bir-xil. "Logotip sizga nega kerak?", "Brending qanchalik muhim?", "SMM nima?" kabi ma'lumot beruvchi statik postlar. Bu kabi postlar menimcha o‘z aktualligini yo‘qotganiga ancha bo‘ldi. Bozorda raqobat katta va u yerda unikallik, professionallik kerak. Tushunaman, mijoz jalb qilish kerak, target kerak. Lekin ozroq boshqacha yondashish ma'qul. Uni o‘rniga o‘z ishlarini, ish jarayonlarini ko‘rsatishi mijozlarga qiziqroq deb o‘ylayman.
Hammasini ko'rsatish...
🔥 24👍 3 1👎 1 1
Repost from Mirzo Zominiy
Go‘zallik dunyoni qutqaradi, O‘zbekistondagi go‘zalliklarni-chi, kim qutqaradi? Suratkash Kirill Tsybenko tomonidan Toshkent shahridagi deyarli barcha mozaikalarning suratini "Toshkentning unutilgan san'ati" nomi ostida bir joyga to‘planibdi. U Behance'dagi to‘plam tavsifida shunday deb yozadi:
Noyob mozaikalarni topish uchun butun shaharni aylanib chiqishdan huzurlandim. Ko‘plab mozaikalar odatdagiga o‘xshamaydi va bundaylarini boshqa shaharlarda uchratmaysiz. Men yuzdan ortiq mozaikalarni suratga tushirdim va hujjatlashtirdim. Afsuski, ularning ba'zilari yashirilgan, to‘silgan, shu sababdan suratga ololmadim. Ba'zilari esa xarob ahvolda yoki buzib tashlangan.
Balandparvoz shiorlarimizda biz shaharlarni, tariximizni sevishimizni aytamiz. Qanchalik madaniyatli xalq ekanligimiz bilan maqtanamiz-u, bor narsalarning qadriga yetish, umumjamoat mulklarini, hatto daraxtlarni asrashdan qochamiz. Shu suratlarni bir inson o‘zi, individual shaklda amalga oshirgan. Kimdandir qanchadir summa so‘ramagan. Budjetdan pul chiqartirmagan. Mayli, shunchaki go‘zallikdan rohatlanaylik. Suratlardan foydalansangiz, muallifni manba sifatida keltirib ketishni unutmang. Mozaikalar mualliflari: aka-uka Jarskiylar, V. I. Chub, V. I. Drigin, Arnold Gan va boshqa ijodkorlar. #Kuzatuv #Tavsiya #ŌzSōz @mirzo_zominiy
Hammasini ko'rsatish...
FORGOTTEN ART OF TASHKENT

👍 9 2😢 1
O‘tkan yili 8-mart arafasida ISHONCH ajoyib reklama kampaniyasi taqdim qilgan edi. U 19 ta videorolikdan iborat bo‘lib, bayramdan oldin va keyin ham publish qilib borilgan. Roliklardagi asosiy message shu tartibda edi: "Xa, bugun 8-mart emas, lekin ayollarga har kuni mehrli bo‘lish mumkin". Rostdan ham juda ajoyib o‘ylangan g‘oya va ijtimoiy chaqiruv. Bugun bayram arafasida shuni bir esladim va sizga ham yetkazmoqchi bo‘ldim. Keling ayollarga mehr berish uchun, yilda bir martda 8-martni kutmaylik. Har kuni mehrli bo‘ling, doim xursand qiling.
Hammasini ko'rsatish...
25💯 3👍 1🌚 1
Dam olish kunlarini yaxshi yakunlab olgan bo‘lsangiz, sizlarga yana bir ajoyib keys ko‘rsatmoqchiman. "Morning" coffee shop uchun tayyorlangan ish ekan. Menga juda yoqgan tarafi, insonlarni tonggi kayfiyati va uyqudan uyg‘onish holatidan ajoyib uslub chiqarishgan ekan. Muhimi oddiy minimal va qiziqarli, noodatiy aydentika ekan. To‘liq taqdimot
Hammasini ko'rsatish...
👍 15🔥 13
Yaqinda "Пятницкий маркетинг" blogida Apple kompaniyasining Ex-strategi Sasha Popkov bilan bo‘lgan suhbatda, u "O‘zbekistonda brendlar bormi? Bo‘lsa qaysilar?" degan savollarga ham javob berdi. Endi bu savolni sizga bermoqchiman. Sizningcha, O‘zbekistonda brend drajasiga chiqqan yoki brend bo‘lib shakillanayotgan bizneslardan qaysilarini bilasiz? O‘zi O‘zbekistonda brend bormi? Fikrlaringizni izohlarda yozing, ozroq suhbatlashaylik)
Hammasini ko'rsatish...
2👍 2
Xo’sh, ro’yxatdan o’tganlar, qatnashmoqchi bo’lganlar bormi?
Hammasini ko'rsatish...
😢 2