cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Andijon Ma'naviy hayoti

RESPUBLIKA MA'NAVIYAT VA MA'RIFAT MARKAZI ANDIJON VILOYATI BO'LIMI VA UNING "MA'RIFAT" TARG'IBOTCHILAR JAMIYATI AXBOROT XIZMATI

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
189
Obunachilar
-124 soatlar
-107 kunlar
-1030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Ilmiy-amaliy anjuman haftaligi hamda fan olimpiadalari gʻoliblari taqdirlandi
Andijon mashinasozlik instituti Transport va logistika fakultetida “Yangi Oʻzbekistonning istiqbolli yoshlari” mavzusida oʻtkazilgan talabalar ilmiy-amaliy anjuman haftaligi yakuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi. Mazkur anjuman Oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi ijrosini taʼminlash, talabalarning olib borgan ilmiy-ijodiy izlanishlari va tadqiqotlari natijalarini keng targʻib etish, ularning ilm-fan rivoji yoʻlidagi ezgu intilishlarini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi. Tadbirda soʻzga chiqqan institut rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, talabalarda jamoa boʻlib ishlash koʻnikmasini shakllantirish, fikrini erkin bayon qilish hamda oʻz iqtidorini namoyon etishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligi, bu esa oʻzining ijobiy samarasini berayotganligini taʼkidladi. Shuningdek, 2023-yilda ilk marotaba oʻtkazilgan talabalar ilmiy-amaliy anjuman haftaligi anʼanaga aylanib ulgurganligi, joriy yilda bunday tadbirlarni bahor va kuz mavsumida oʻtkazish rejalashtirganligini bildirdi. Qayd etish lozim, haftalik doirasida ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi bosqichlarda tahsil olayotgan mingdan ortiq talabalar ishtiroki etdi. Qatnashchilar oʻz yoʻnalishlari boʻyicha qiziqarli maʼruza va maʼlumotlar tayyorlab, dolzarb iqtisodiy va ijtimoiy muammolar boʻyicha bahs-munozaralar uyushtirdilar. Talabalar tomonidan ijobiy baholangan maʼruzalar mualliflari gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar. Tadbir yakunida talabalar ilmiy-amaliy anjuman haftaligi, Fizika, kimyo va oliy matematika fanlari olimpiadalari gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi. Batafsil o‘qish: https://web.andmiedu.uz/uz/news/single/892 👉 На русском 👉 In English Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Sheʼriyat muxlislari uchun Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf ijodi gʻoyat qadrlidir. Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida shoir tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Andijon mashinasozlik institutida ham “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida shoir tavalludiga bagʻishlangan maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbir avvalida soʻzga chiqqan institut rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev keyingi yillarda milliy adabiyotimiz rivojiga qaratilayotgan eʼtibor ijod ahlini yanada faolroq mehnat qilishga undayotgani, bu jarayonda soʻz sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshgan ustozlar ijodini kengroq targʻib etish borasida tizimli ishlar olib borilayotgani taʼkidladi. Adabiy uchrashuvda soʻzga chiqqan Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoira Umida Abduazimova, “Sharq yulduzi” jurnali bosh muharriri Sirojiddin Rauf, “Yoshlik” jurnali bosh muharriri, yozuvchi Nurillo Chori, Orif Meliyev va boshqalar Muhammad Yusuf ijodi, uning badiiy qiymati, tarbiyaviy ahamiyati xususida oʻzlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbirda ijodkorning oʻz sheʼrlarida ona xalqining yuksak orzu-intilishlari, armonlari, ertangi kunga boʻlgan boʻlgan umid va ishonchini oʻz ovozi, oʻz sozi bilan joʻshib kuylagani eʼtirof etildi. Ayniqsa, uning vatanparvarlik, millatsevarlik mavzusidagi sheʼrlari har bir oʻzbekning yuragidan mustahkam joy olgan taʼkidlandi. Oʻzining sodda va goʻzal misralari bilan xalq hurmati va ehtiromini topgan shoir bugun oramizda yoʻq boʻlsa-da, uning nomi, ijodi tillarda doston, sheʼrlari esa minglab qalblarga quvonch, samimiyat, maʼnaviy goʻzallik ulashayotgani bot-bot qayd etildi. Maʼnaviyat tadbirida ijodkor va havaskor yoshlar tomonidan shoir sheʼrlaridan namunalar, shuningdek, shoirga atab yozilgan sheʼrlar oʻqildi, sanʼatkorlar tomonidan kuylangan qoʻshiqlar yangradi. Batafsil o‘qish: https://web.andmiedu.uz/uz/news/single/893 👉 На русском 👉 In English Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥🟥🟥🟥
Adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlanib "Maʼrifat ulashib" loyihasi boʻlib oʻtadi.
🗣Oliy taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari va mahallalarda "Maʼrifat ulashib" loyihasini Andijon mashinasozlik institutida va biriktirilgan umumtaʼlim maktablari hamda mahallalarda adiblar hayoti va ijodi mavzusida manaviy-maʼrifiy loyiha - "Maʼrifat ulashib" loyihalari boʻlib oʻtadi. 🗣Loyiha davomida institutimiz talabalari oʻrtasida adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan fakultetlararo Zakovat intellektual oʻyini tashkil etiladi. 🗣Viktorinada adiblar boʻlmish Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, "Shuhrat" medali sohibasi Xurshida Qoʻchqorova hamda “Eng ulug‘, eng aziz..”, “Vatan uchun yashaylik” respublika tanlovlari g‘olibi Xumoyun Akbarovlar hayoti va ijodiga oid savollar oʻynaladi. 🗣Institutimizda "Maʼrifat ulashib" loyihasining Zakovat intellektual oʻyini joriy yilning 📆 1-may Chorshanba kuni ⏰ Soat 14:00 📍 Transport va logistika fakulteti faollar zalida boʻlib oʻtadi. ✅️@andmi_yoshlari_ovozi
Hammasini ko'rsatish...
Repost from MARKAZ XABARLARI
Photo unavailableShow in Telegram
#asosiy_tushunchalar_lugʼati 🔰FUZALO (arabcha donishmandlar, ziyolilar) – fazilat, bilim va maʼrifatda ustuvor boʻlgan yetuklik, kamolot egalariga nisbatan qoʻllanilgan tushuncha. Xalqni, millatni tanishda, dunyoga tanitishda, kishilar orasida mehr-muhabbat, ezgulik, odamiylikni shakllantirishda fuzalolarning maʼnaviyati, maʼrifati muhim ahamiyat kasb etadi. Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Hammasini ko'rsatish...
Oilada kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish "Kitobxon onalar kuni" "Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona, kitobxon bola" g‘oyasini keng targ‘ib qilish maqsadida har oyning 17-sanasi "Kitobxon onalar kuni" deb belgilanga. Shu munosabati bilan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘rg‘ontepa tuman bo‘linmasi tomonidan ko‘p millatli "Chimyon" qishlog‘i "Eshonobod" MFY hududidagi 29-umumta’lim maktabida ma’naviy ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida kitobxon onalar o‘zi o‘qigan asari to‘g‘risida fikr-mulohazalarini so‘zlab berdilar. 🌐https://t.me/MMMAndijon
Hammasini ko'rsatish...
IMG_2910.MP46.51 MB
Photo unavailableShow in Telegram
🥰 1
#Bo‘ston_tumani #17_maktab #ma’naviy_tadbir Sohibqiron Amir Temur mardlik va jasorat timsoli 🌐https://t.me/MMMAndijon
Hammasini ko'rsatish...
IMG_2699.MP413.68 MB
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Izboskan tuman bo‘linmasi tomonidan 9-aprel buyuk bobokalonimiz Amir Temur tavalludining 688-yilligi munosabati bilan “Amir Temur buyuk siymo” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. ✅Tadbir yakunida faol ishtirok etgan qatnashchilarga tuman bo‘linmasi tomonidan kitob sovg‘a qilindi. 🌐https://t.me/MMMAndijon
Hammasini ko'rsatish...
⚡️Shahrixon tumanidagi 29-umumta'lim maktabida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag'ishlab "Amir Temur avlodlarimiz" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 🌐https://t.me/MMMAndijon
Hammasini ko'rsatish...
Po'stilar arxiv