cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

AndMI Yoshlar Ovozi | AndMI Youth Voice

Ush bu kanalda Andijon mashinasozlik instituti talabalarining hayoti, ma'naviy -ma'rifiy, ilmiy yangiliklar yoritib boriladi. Murojaat uchun 👉@shnomonjonov 👉 @GULNOZ_0117

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 010
Obunachilar
-224 soatlar
-147 kunlar
+8230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

OLTIN LIGADA "TITANLAR BAHSI" BOʻLIB OʻTADI!
⚽️Andijon mashinasozlik instituti talabalari oʻrtasida sportning mini futbol turi boʻyicha "Oltin liga" turniri oʻzining eng qizgʻin pallasiga kirib kelmoqda. 🏆Ertaga magʻlubiyat nimaligini bilmay kelayotgan turnir peshqadamlari oʻzaro toʻqnash kelishadi. Demak biz ertaga TITANLAR BAHSIGA guvoh boʻlamiz! (TL)LOGISTIKA V/S NAVRO'Z(MASH TEX) ⏰18:00 ✅Sizlarni ertaga oʻz fakultetingiz jamoasini qoʻllab quvvatlashga chorlaymiz! ✈️Oltin Liga doirasidagi barcha yangiliklar shu yerda https://t.me/Andmioltinliga
Hammasini ko'rsatish...
#oltin_liga #6_tur 📋Oltin Liganing 6-tur uchrashuvlari ro'yxati bilan tanishing! 🏟Musobaqa Avtomobilsozlik fakulteti binosi hududidagi mini maydonda tashkil etiladi. ✈️Oltin Liga doirasidagi barcha yangiliklar shu yerda https://t.me/Andmioltinliga
Hammasini ko'rsatish...
#oltin_liga #5_tur #natijalar ⚽️"Oltin Liga" 5-tur uchrashuvlari natijasi, turnir jadvalidagi holat va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing. 📋✅ ⭕️Musobaqa nizomining 7.5 bandiga ko'ra "Mazkur Nizomga muvofiq qaydnomaga kiritilmagan yoki diskvalifikatsiyasi bor futbolchi uchrashuvda qatnashgani uchun, shuningdek, biror jamoaning asosli sabablarsiz uchrashuvda ishtirok etmagani uchun jamoaga 0:3 hisobida texnik mag‘lubiyat, raqib jamoaga 3:0 hisobida texnik g‘alaba yoziladi. Bunda texnik g‘alaba olgan tomon uchrashuvda 3:0 hisobidan yirikroq g‘alabaga erishgan bo‘lsa, texnik g‘alaba shu hisob ko‘rinishida bo‘ladi" 📌5-tur doirasida Tornado hamda Navro'z jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga Elektrotexnika fakultetining "Tornado" jamoasi kelmaganligi sababli jamoaga texnik mag'lubiyat yozildi. 🔥Turnir jadvalida yuqori o'rinda ketayotgan jamoa muhlislari reaksiya qoldiramiz. ✈️Oltin Liga doirasidagi barcha yangiliklar shu yerda https://t.me/Andmioltinliga
Hammasini ko'rsatish...
Xalqaro oila kuni nishonlandi
Oila — jamiyatning asosiy boshlangʻich boʻgʻini, goʻzal urf-odatlar, milliy qadriyat va anʼanalarni oʻzida asrovchi, asrlar osha tarbiyada oʻziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan. Oila tinch boʻlsa, mahalla tinch, jamiyat farovon, davlat mustahkam boʻladi. Dunyo boʻylab har yili 15-may — Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanadi. Bundan asosiy maqsad dunyo jamoatchiligini oiladagi muammolarni bartaraf etish, oila qadriyatlarini mustahkamlash, munosabatlarni tartibga solishdir. Kun munosabati bilan Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakultetida “Oila – muqaddas dargoh” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda maʼruzachilar tomonidan oilaviy munosabatlarning qonun bilan himoyalangani, Konstitutsiya hamda boshqa qonun hujjatlarda oʻz ifodasini topganligini bildirib, yoshlarni oilaga tayyorlash sir-asrorlari, jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishlari uchun oʻqib izlanishlari kerakligi haqida oʻzining kerakli maslahat va tavsiyalarini berib oʻtishdi. Shuningdek, ular oʻz soʻzlarida oila muqaddas qoʻrgʻon ekanligini taʼkidlab, farzandlar tarbiyasi, qaynona-kelin munosabatlari va sabr-qanoat toʻgʻrisidagi hayotiy tajribalari asosida misollar keltirib, gapirib oʻtdilar. Tadbir davomida guruhlar ishtirokida tanlov tashkil etildi. Unda jamoalar tomonidan mavzuga oid badiiy chiqishlar va sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Hakamlar hayʼatining yakuniy xulosalariga koʻra, gʻoliblik Elektr energetikasi yoʻnalishi K-04-23 guruhi talabalari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Muqobil energiya manbalari yoʻnalishi K-03-23 hamda Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar yoʻnalishi K-01-23 guruh jamoalari ikkinchi va uchinchi oʻrinlarga sazovor boʻlishdi. Yakunda gʻolib jamoalari hamda faol ishtirokchilar fakultet dekanining diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Batafsil o‘qish: https://web.andmiedu.uz/uz/news/single/939 👉 На русском 👉 In English Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Alisher Sadullaev
“Sen nima uchun o’qiyapsan?” — Bu aslo oddiy savol emas! “Qoʻrqma” filmni albatta tomosha qiling, balki bu filmdan keyin javobingiz boshqacha boʻlishi mumkin. Film havolasi: https://www.youtube.com/watch?v=PYNopQErSuQ - Talaba do’stlaringizga ulashib qo’ying. @alisher_sadullaev
Hammasini ko'rsatish...
Andijon mashinasozlik institutining fakultetlar o'rtasida davom etayotgan sportning mini fodbol turi bo'yicha "Oltin liga" bellashuvlari davom etmoqda. 5-tur uchrashuvida Elektrotexnika va Iqtisodiyot fakultetlari o'zaro bellashmoqdalar. https://t.me/elfakultet
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#TTJ #Tyutorlar faoliyati Bugun Andijon Mashinasozlik instituti Intellektual boshqaruv va kompyuter tizimlari fakulteti tyutorlari 2-TTJ da istiqomat qilayotgan talabalar bilan ko'rishib ular bilan suhbatlashdilar va TTJ to'lovlarini o'z vaqtida to'lab qarzdorliklari qolmasligi ham tushuntrib o'tildi, shundan so'ng talabalar bilan kim Bilimdon, kim Topqir, kim Tezkor aql charxi savol javob o'yinlari qizg'in ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi.
Hammasini ko'rsatish...
"EKOLOGIK TA'LIM KUNI" O'TKAZILDI
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-171-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi masalalariga bag'ishlangan muhim sanalar bo'yicha o'tkaziladigan tadbirlar kalendar rejasining 15-bandiga muvofiq, 2024-yil 12-may kuni respublikamizda "Ekologik ta'lim kuni" nishonlanishi belgilangan. 🌷 Shu munosabat bilan bugun Andijon mashinasozlik institutida "Ekologik ta'lim kuni" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. "Transport va logistika" fakulteti Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yo‘nalishi 2-kurs 45-22 guruh talabalariga Ekologik mutaxassislar A.Abduraxmonov, X.Qodirov, J.Abdulxayevlar tomonidan ekologiya va atrof-muhit to'g'risida nutq so'zladi, mavzuga doir savollarga talabalar mutaxassis tomonidan atoflicha javob oldilar. 🌐 https://t.me/Andmi_yoshlari_ovozi
Hammasini ko'rsatish...
Oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun, jismoniy tayyorgarlik darajasi sport sinovlari sog'lom shaxslar uchun ixtiyoriy va maxsus talablari bo'yicha, Transport va logistika fakulteti YM yo'nalishi K-35-23 guruh talabalari, turgan joydan uzunlikka sakrash, gimnastika o'rindig'ida oyoq tizzalarini bukmay oldinga egish sinovlarini o'tkazdilar. Sport klubi murabbiyi: B.Xabibullayev Fakultet tyutori: G.Atajanova
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
🤲 Shukronalik bilan yangi kunni boshlang! 🍀 Menga berilgan Yangi kun uchun minnatdorman. 🍀 Samarali ish haftasi uchun minnatdorman. 🍀 Ishdan olgan ajoyib natija va fikrlar uchun minnatdorman. 🍀 Bahorning nurli quyoshi uchun minnatdorman. 🍀 Bajara olgan barcha ishlarim uchun minnatdorman. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
Hammasini ko'rsatish...
👍 1