cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Janob Musayev | Digital World

IT, Biznes va Menejment kesishgan nuqta - Dasturiy Muhandislik va Arxitektura - Raqamli Transformatsiya - Biznes tahlil - Product va Project Management - UX va CustDev - Marketing - StartUp Start Something Priceless!

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 029
Obunachilar
-324 soatlar
-157 kunlar
-4730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Product Development vs Software Engineering. To'g'ri mahsulotni to'g'ri qura olish nima uchun muhim? Jahongir aka o'zining yangi SkillUp.uz loyihasini ishga tushirishdan oldin yozgan posti juda ko'p kanallarda tarqaldi va ko'p muhokamaga sabab bo'ldi. Undagi asosiy g'oya quyidagicha edi:
Computer Science bitiruvchilarining ko’pchiligi hech narsa yasay olmaydilar. Agar siz nafaqat loyihalar qura olishingizni, balki o’zingiz qiziqqaningiz uchun loyihalar qilganingizni isbotlay olsangiz, imkoniyatlar eshiklari siz uchun ochiladi.
Bunga qo'shimcha Jahongir aka hozirgi dasturchilar qiladigan loyihalar hammasi oddiy CRUD, blog, yangiliklar sayti va nari borsa internet magazin ekanini aytib o'tdi va keyinroq texnologik tomondan ancha qiyin va ko'zga tashlanadigan loyiha qilish taklifi bilan "Pythonda o'z freymvorkingizni qurish" kursini e'lon qildi (reklama emas). Yuqoridagi fikrga to'liq qo'shilgan holda, vaziyatga biroz boshqacharoq tomondan ham qarab ko'rish kerak deb hisoblayman. Tanganing ikkinchi tarafi Ko'pchilik CS talabalari rostdan ham arzirli narsa yasay olmaydilar. Faqat gap bu yerda texnologik tomondan "Woow" deydigan mahsulot yasash haqida emas. Umuman o'z ishini to'g'ri va to'liq qiladigan va odamlar ishlatadigan mahsulot haqida ham. Ya'ni mahsulot qurish deganda 2 ta tomonni hisobga olish muhim: 1. To'g'ri ishlaydigan mahsulot qurish (software engineering) 2. To'g'ri ish qiladigan mahsulot qurish (product development) Bizda mahsulot qurishda ko'p holatlarda muhandislik/coding tomoniga katta urg'u beriladi. Bu bitta dasturchi hobbi sifatida qilayotgan loyiha bo'ladimi, startapmi yoki enterprise mahsulotmi farqi yo'q. Odatda 90% ish va mas'uliyat dasturchilar zimmasida. Mahsulot yurib ketsaku maqtov eshitadiganlar va foyda qiladiganlar ko'p, lekin ishlamasa dasturchi aybdor. Keraksiz narsa qurish muvaffaqiyatsizlik eng katta sabablaridan biri Agar har bir ishlab chiqayotgan mahsulot/dasturni startap deb oladigan bo'lsak, unda startaplar muvaffaqiyatsizligi asosiy sabablarini o'rganib ko'rish muhim. Ushbu saytdagi ma'lumotga ko'ra keraksiz narsa qurish pul yetishmasligidan keyingi startaplar omadsizligining eng katta 2-sababi. Ya'ni, har 3 tadan 1 ta mahsulot aynan hech kimga ishlatmagani uchun muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Yana bir boshqa manbada esa bu narsa eng asosiy sabab (34%) qilib ko'rsatilgan. Texnologik tomondan esa bu ko'rsatkich 6% nigina tashkil qiladi. Ya'ni zo'r dasturchilar, kodni zo'r qilib yozdi degani hali mahsulotni odamlar ishlatadi degani emas. Ammo aksincha holatlar uchrab turadi..! Hech kim ishlatmagan va hech qachon ishga tushib ketmagan mahsulotni esa odatda portfolioga qo'shish ham ba'zida sizga katta narsa bermaydi. Sababi u mahsulotning ishlash darajasi (performance), xavfsizligi (security), xatolarga bardoshliligi (fault tolerance) haqida hech narsa ma'lum emas. Misol 2013-yil Gruziyada bir startap ishga tushgan va hozirda 10 milliondan ortiq foydalanuvchi mavjud. Daromadi oxirgi 3 yilda $70 million, $100 million va salkam $150 millionni tashkil qilib, o'zi $3 milliardga baholanadi (x3 unicorn). Bu dastur nima ish qiladi o'zi: fintech, edtech, AI yoki qandaydir umuman yangi narsami? Yo'q u shunchaki 2 ta odam uchun ideal uchrashuv (meeting) vaqtini belgilash atrofiga qurilgan — Calendly dasturi. Calendly orqali bir odam o'zining bo'sh vaqtlarini belgilaydi. Ikkinchi odam esa kirib shulardan birini meeting uchun tanlaydi va bo'ldi (albatta enterprise qismi ancha kattaroq). Eng asosiysi u bu ishni xatosiz amalga oshiradi hamda bu narsa odamlar uchun kerak! O'zingiz endi javob berib ko'ring Rezyumengizda Calendly kabi oddiy lekin hamma uchun kerakli va 100 lab odam ishlatadigan mahsulot bo'lishini xohlarmidingiz yoki hech qachon ishga tushmagan Super AI Fintech Appmi? #product_development #startups @Janob_Musayev
Hammasini ko'rsatish...
👍 8
Blogda o'zgarishlar Hafta boshida shaxsiy kanalim (@Musayev_blogi) da ba'zi o'zgarishlar qilmoqchi ekanim haqida yozgan edim. Aynan shu uslubni bu yerda ham joriy qilmoqchiman va shu sababdan ba'zi bir o'zgarishlarni qilishga qaror qildim. 1. Blog asosiy mavzusini tanlash O'zi blogni birinchi ochgan paytimdayoq asosiy mavzu dasturlash yoki texnologiya emas, Mahsulot Qurish va Boshqaruvi (Product Development and Management) bo'lishini reja qilgandim. Orada aynan dasturlash mavzusida postlar yozgan bo'lsam ham, baribir bu mening eng kuchli va qiziqqan tomonim emasligini tushundim. Albatta, butunlay dasturlashdan chetlashish niyatim yo'q. Lekin men Jahongir aka yoki Azimjondek kuchli dasturchi emasligimni tan olishim kerak. Shu sababli, hali Product Management bo'yicha rasmiy tajribam bo'lmasa ham o'rganish uchun bo'lsa ham yozib turmoqchiman. 2. Qo'shimcha mavzularni aniqlab olish Aytib o'tganimdek dasturlashdan umuman chetga chiqib ketmayman. Faqat postlar kamroq texnologik ruhda bo'ladi. Uning o'rniga "Kerakli va sevimli mahsulotlar yaratish"ga urg'u beramiz. Asosiy mavzular — Mahsulot Boshqaruvi #product_management — Mahsulot Qurilishi #product_development — Dizayn & UX #user_experience (umumiy konsepsiyalar) — Mahsulot Marketingi #marketing — Startaplar #startups Qo'shimcha | Yordamchi mavzular — Moliyaviy bozorlar va kompaniyalar tahlili #financial_markets — Investitsiya jalb qilish va kiritish #investment — Sog'lik va ish-hayot balansi #health Albatta, postlar faqat bular bilan cheklanmaydi. Shunchaki bu asosiy reja sifatida xizmat qiladi. 3. Startaplardagi shaxsiy tajribam bilan bo'lishib borish Blog faqatgina "zerikarli" informatsion postlardan iborat bo'lishini xohlamayman. Shu sababli EventGO va GrantGO loyihalarimiz misolida startap yuritish haqida shaxsiy tajribam va fikrlarim bilan ham bo'lishib bormoqchiman. 4. Musayev blogida eslab o'tilgan 4-va 5-bo'limlar Blogni jadvalga asoslanib yuritishni odat qilmoqchiman. @Janob_Musayev uchun Payshanba kunini tanladim. Har hafta shu kuni yuqoridagi mavzular birida informatsion-tahliliy post yozishga harakat qilaman. Keyinchalik postlar sonini 2 yoki 3 taga ham chiqarish mumkin. 5. Qo'shimcha loyihalar Yuqoridagi 4 ta bo'limni ko'ngildagidek amalga oshira olsam, qo'shimcha yana nimadirlar — chat, striming, challengelar tashkil qilishga ham harakat qilaman. Ammo bu tezda bo'ladi deb va'da berolmayman. Texnologik va dasturlashga oid bloglar yetarlicha. Ko'ramiz o'zimiz tanlagan sohada noyob blog va yozuvchiga aylana olarmikunmiz 🙂 @Janob_Musayev
Hammasini ko'rsatish...

👍 14🔥 1
Javachilar esa bu vaqtda 😁 @Janob_Musayev
Hammasini ko'rsatish...
Eminem gets Asked about Afrojack😂

💯 8🥴 3😎 2👍 1
Bugun EventGO loyihamiz doirasifa birinchi marta tadbir tashkilotchi o'zi tomonidan mustaqil tarzda joylandi. Eng muhimi birorta savol so'ramagan holatda. Startap qiymatini tasdiqlash uchun ilk kichik va lekin juda muhim qadam bo'ldi. Startaplardagi qiymat va o'sish tasdig'i haqida alohida post yozaman. #startup @Janob_Musayev
Hammasini ko'rsatish...
👍 9🔥 5
01:35
Video unavailableShow in Telegram
Sherzod Shermatov har kim har xil fikrda bo'lishi mumkin, lekin men o'sha uchrashuvda taniganimdan beri chuqur hurmat qilaman. Yuqoridagi videoda ham juda to'g'ri narsani eslab o'tibdi. ©️ Video Sardor aka Dushamov kanalidan olindi @Janob_Musayev
Hammasini ko'rsatish...
👍 17🔥 8
Repost from Musayev blogi
Bundan ikki yil avval hozirgi Xalq ta'limi vaziri Sh.Shermatov Axborot texnologiyalari va Kommunikatsiyalari vaziri bo'lib turgan payt universitetimizga (TATU) talabalar bilan ochiq muloqot o'tkazish uchun kelgandi. Uchrashuv men o'ylaginimdan umuman boshqacha, chin ma'noda ochiq va hech qanday rasmiyatchiliksiz o'tgan. Shermatov fikrlashiga esa havas qilganman. O'sha uchrashuvda Sherzod Xotamovich bitiruvchilar haqida qiziq va foydali gap aytgan. Eslaganimcha o'zgarishsiz berishga harakat qilaman: "Mening oldimga diplom bilan kelishadi. - "Ish bering", deb. - "Dasturlashni bilasanmi?", deyman. - "Yo'q, lekin diplomim bor", deydi. - "Ho'p, ingliz tilini bilasanmi?", deyman. - "Yo'q, lekin diplomim bor", deydi. - "Yaxshi unda Office dasturlarida ishlay olasanmi?", deyman. - "Oz-moz, lekin diplomim bor deydi - "Hech bo'lmasa komputerda tez yoza olasanmi", deyman - "Yo'q, lekin diplomim bor. Meni ishga olishingiz kerak", deyishadi. Shundan keyin noiloj ularni 400-500 mingli ishga kirgazib qo'yaman. Yuraverishadi..." O'sha payt menga bu gap ajoyib ta'sir qilgan. Bir tomondan xursand qilgan. Chunki o'sha payt komputerda klaviaturaga qaramasdan yozishni (typing)ni o'rganayotgan edim )). Keyingi kurslarda esa ingliz tili va dasturlashni astoydil o'rganganman. Ya'ni bu gap men uchun qaysidir ma'noda reja bo'lib xizmat qilgan. Hozir esa universitetni bitiryapman va hozirgi vaqtda diplomimdan ko'ra qobiliyatlarim (skill) hayotda menga ko'proq yordam berishi oydinlashmoqda. Siz ham hozirda ilk kurslarda o'qiyotgan bo'lsangiz, o'z kasbingiz mutaxassisi bo'lishingiz uchun qanday bosqichlarni bosib o'tishingiz kerakligini reja qilib oling va asta-sekin ushbu pog'onalarni egallang. Barcha bitiruvchilarga hayot yo'llarida omad! Hali talaba bo'lib turganlarga esa ikki karra omad! )) #justthoughts P.S: Talaba va o'quvchilar bilan bunday chin ma'nodagi ochiq uchrashuvlar ko'proq bo'lib turishini xohlardim. Musayev blogi
Hammasini ko'rsatish...
Sherzod Shermatov

Axborot texnologiyalariga oid masalalar haqida. Facebook: www.fb.com/SherzodXotamovichShermatov Instagram:

https://www.instagram.com/sherzod_xotamovich_shermatov

Telefon: +998 71 2384107

👍 14🔥 4
Haliyam odatiy sim karta ishlatib yuribsizmi? 18/20 Menimcha, odatiy sim kartalarni hech kim yoqtirmasa kerak. O'zi boshidan kichik bo'lgan sim karta keyinchalik mikro va nano versiyalari bilan yanayam kichiklashib ketdi. Bu narsa esa ularni oson yo'qolib qolishiga sabab bo'ladi. Boshqa tomondan hozirgi vaqtda esa bitta odamda 2 ta tugul 3-4 talab raqam bo'lishi mumkin. Qachon qaysi biri kerak bo'lganda almashtirib yurish juda noqulay (hamma umrida bir marta bo'lsa ham sim karta slotini ochadigan igna qidirgan bo'lsa kerak). Elektron Sim Karta (eSIM) esa mana shu muammolarni deyarli to'liq hal qildi. Sim karta — bu aslida telefoningizni tarmoqqa ulab beruvchi kichik dasturni olib yuruvchi qurilma bo'lgan. Hozirda istalgan dasturni onlayn yuklab olish mumkin. Oddiy qilib tushuntirganda eSIM — bu ana shu kichik dasturni telefoningizga yuklab olish va o'rnatish. Faqat buning uchun smartfoningiz eSIMni qo'llab-quvvatlovchi avlod bo'lishi kerak (iPhone X+, Samsung Galaxy S20+ va hokazo). To'liq ro'yxatni bu yerdan topishingiz mumkin. eSIMning fizik sim kartadan asosiy afzalliklari ➡️ yo'qotib qo'yaman deb xavotir olmaysiz ➡️ smartfonda odatda o'nlab eSIM saqlash mumkin, lekin faqat bir vaqtda 2 tasini ishlatish mumkin ➡️ sim karta o'zgartirmoqchi bo'lganingizda shunchaki sozlamalarga kirib kerakli eSIMni tanlaysiz va qaysidir bir aktiv sim kartangizni o'chirasiz ➡️ eng asosiysi ularni onlayn ham sotib olish mumkin Men buni bilganimdan keyin hamma sim kartalarimni eSIMga almashtirib oldim. Hozir O'zbekistondagi asosiy provayderlar (Beeline, Ucell) hammasida eSIM olsangiz bo'ladi. Bundan tashqari sayohat qilishda o'sha davlatga borishdan oldin eSIM olsangiz bo'ladi. Airalo degan startup aynan mana shu biznes modelda 200 dan ortiq davlat uchun eSIM yetkazib beryapti. Eng qizig'i u sim kartada nomer bo'lmaydi, qong'iroq ham qilolmaysiz, faqat internet paket bo'ladi (1, 3, 5 GB...) va sim karta 15-30 kunda avtomatik kuyib ketadi. Sayohatchilar uchun ayni muddao. Xullas, mana shunday kichik ko'ringan yangiliklar ham odamlar hayotini yanayam osonlashtirishi mumkin. eSIM ishlatib ko'rdingizmi? Yoki u haqida oldin eshitganmidingiz? #technology @Janob_Musayev
Hammasini ko'rsatish...
What devices support eSIM? - Airalo Help Center

Learn which devices are eSIM compatable. This rich list includes iPhones, iPads, Android phones and Windows-based laptops.

👍 13 2🔥 2🤓 1👨‍💻 1
Kichik lekin qudratli Hozirgi ishlayotgan mahsulot yoki API tashqaridan qaraganda juda kichik ko'rinishi mumkin. Shunchaki 2 ta endpoint json holatda 10-15 ta ma'lumot qaytaradi. Lekin katta kompaniyalarda kichik degan tushuncha bo'lmasligini shu yerda bildim. Bizning API'ni JPMorgan, Meta, ByteDance (TikTok) kabi o'z industriyasining "kitlari" ishlatadi. Yaqinda bular orasiga Amazon ham qo'shildi. Mijozlarning vazni sababli ham hozir mahsulotchamizga e'tibor ancha baland. Bundan tashqari tepadagi 10-15 ta ma'lumotlar Mastercard asosiy faoliyatida ham kritik hisoblanadi. Ya'ni to'lov tizimlari ulardan foydalangan holda tranzaksiyalar xato bekor bo'lishini oldini olishi mumkin. Bu tomondan kompaniya daromadi sezilarli oshishida mahsulotning tekin versiyasidan foydalanadiganlar ham ko'paygani ahamiyatli. Boshqaruvchilar shu sababdan ham API tekin versiyasidagi ba'zi cheklovlarini olib tashlashyapti. Mana shu 2 tomonlama ahamiyat sabab mahsulot va uning ortidagi 5-6 kishidan iborat "2 ta pitsalik" jamoamiz 2-3 ta boshqaruv majlislarida alohida qayta-qayta e'tirof qilinib kelinyapti. Xalqaro va katta kompaniyada ishlashdan asosiy maqsadim ham shu bo'lgan boshidan. Bu yerda "kichik" ko'ringan narsalar ham shunaqa qudratli bo'lishi mumkin :) (Kanalda Visada ishlaydiganlar yo'q degan umiddaman) #mastercard P.S: Mijozlarimiz orasida AnorBank ham borligi men uchun alohida ahamiyatga ega 🫡 @Janob_Musayev
Hammasini ko'rsatish...
👍 22🔥 4
Bir oyda bir soatdan ishlab MVP ishlab chiqqanim haqida 17/20 O'zimning asosiy qiziqishim Mahsulot Boshqaruvi (Product va Startaplarda bo'lgani sababli blogda ham buyog'iga bu mavzularda tez-tez yozib turmoqchiman. Ayniqsa o'zim yo'l-yo'lakay qilib ketayotgan ishlarni. Yuqoridagi ko'rib turgan tizimingiz — EventGO admin panel qismini bir oydan sal ko'proq vaqt, har kuni bir soatdan vaqt sarflab ishlab chiqdim. Biror qator frontend kod yozmasdan. Yangi yil boshida orada to'xtab qolgan loyihamiz — EventGOni qayta ishga tushirish xoshishi paydo bo'ldi. Oldingi tizim eski texnologiya, Yii2 da qolib ketgani va boshqa sabablarga ko'ra uni qayta ishlab chiqish, ammo buni minimum resurs sarflagan holda amalga oshirishga qaror qildik. Anchadan beri Laravel (PHP) uchun yangi chiqqan paket — Filament bilan qiziqib yurgandim. Ayni o'sha vaqtda Laracasts saytida "Rapid development with Filament" degan 5 soatli kursni uchratib qoldim. Shundan so'ng ➡️ $19 sarflab Laracastsga a'zo bo'ldim ➡️ Loyiha rejasiga ko'z yugurtirib chiqdim. Nima xohlashimiz aniqligi vaqtdan yutishga yordam berdi ➡️ Tasavvur hosil qilib olish kursning 40% chasini ko'rib chiqdim ➡️ Keyin esa kurs bilan yo'l-yo'lakay loyihani qurib ketishni boshladim ➡️ "Oldin ishlatib ol, keyin yaxshila" degan qoidaga amal qildim Yakunda yuqorida ko'rib turgan loyihangiz tahminan 50 soatdan kam muddatda tayyor bo'ldi. Albatta, hech qanday admin panelsiz Telegram o'zida ham yuritishimiz mumkin edi. Lekin unda yuqoridagi kabi statistika va kunlik eslatmalar kabi muhim narsalarni qo'sha olmasdik. Xullas, mana shu sabablarga ko'rayam men kamroq kod yozishimda yordam berayotgan texnologiyalar haqida juda ijobiy fikrdaman. #startup #rapid_development P.S: PHP haliyam hech narsaga yaramaydi deb hisoblaysizmi? ) @Janob_Musayev
Hammasini ko'rsatish...
👍 21🔥 1👏 1
Dasturchilar uchun yo'l xaritalari 16/20 Dasturlashni yangi o'rganishni boshlagan vaqtimda dasturlash ma'lum sohasini (backend, frontend...) qanday o'rganish bo'yicha aniq reja — yo'l xaritam bo'lishini xohlardim. Har tomonga yo'rg'alamaslik va fokusni saqlash uchun. Hozir esa aynan shu narsani ta'minlash uchun Roadmap.sh saytini ishlab chiqishgan. U yerda soha yoki texnologiya bo'yicha aniq yo'l xaritasi bor. Qadamma-qadam o'rganib borsangiz sohada strong junior/middle darajaga chiqib olasiz (har-holda nazariy tomondan) Sohalar bo'yicha mavjud xaritalar ➡️ Backend dasturchi ➡️ Frontend dasturchi ➡️ Full Stack ➡️ Android dasturchi ➡️ AI va Data Scientist... Texnologiya yoki bilim bo'yicha xaritalar ➡️ Algoritm va Ma'lumotlar tuzilmasi ➡️ Kompyuter ilmi (Computer Science) ➡️ Loyihalash va Arxitektura ➡️ Prompt Engineering ➡️ Java, JavaScript, Python, C++, Rust, Go kabi tillar ➡️ Spring, React, Angular, Vue, Nodejs kabi freymworklar ➡️ Docker, Kubernetes, AWS kabi texnologiyalar... Yo'l xaritalaridan foydalanib bemalol o'zingizni qiziqtirgan soha yoki mutaxassisliklarni o'rganishni boshlashingiz mumkin 🔗 https://roadmap.sh/ Don't forget to like, share and subscribe :) #software_engineering #learning @Janob_Musayev
Hammasini ko'rsatish...
Backend Developer Roadmap: What is Backend Development?

Learn what backend development is, what backend developers do and how to become one using our community-driven roadmap.

👍 12🔥 10