cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Musayev blogi

Tengdoshlarim uchun foydali deb bilganlarim — Professional, Ilmiy va Shaxsiy rivojlanish — Maqsad va rejalar — Vaqtni boshqarish — Chet el hayoti Sifatli kontentni qadrlaganlar uchun! Takliflar @JanobMusayev Co-founder of @eventgouz & @grantgouz

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
3 436
Obunachilar
+424 soatlar
+227 kunlar
+5630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

🗓 Chegirma tugashiga 5 kun qoldi ⏳ DAAD mentorlik kursi uchun 15-iyulgacha to'liq to'lov qilganda chegirma narxlar amal qiladi deb e'lon qilgan edik. Kursda qatnashishga kuchli xohishi borlar uchun chegirmani 15-avgustgacha uzaytirib bermoqchimiz. Faqat 15-iyulgacha birinchi qism to'lovni qilganlar uchun. 🧑‍🎓 "Essential" paketi ilk onlayn darsi kecha bo'lib o'tdi, ammo keyingi hafta ham yangi qo'shilganlar uchun alohida tanishuv darsi tashkil qilmoqchimiz. Chegirma va ilk darslar uchun ulgurib qoling! #DAAD #mentorship #Germaniya DAAD Hamjamiyati 💬 @DAAD_Community Murojaat uchun 📞 @grantgo_mentor Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 6 3 2👌 1🤝 1
Oldin ham bir marta aytgandim. Bizga GoFundMe kabi platforma alternativi kerak. Bugun 7 ta farzandni Moskvich minib boqayotgan Qahramon Ayol hikoyasi internetda tarqaldi. Albatta, unga olqishlar aytish yaxshi. Lekin shu postga o'sha ayol uchun mablag' yig'ish va uni shaffof ko'rsatib turuvchi platforma bo'lsa, balki o'sha ayol hozir avtomobilini yangilab, farzandlari bir yillik o'qishi xarajatlari uchun ham mablag'li bo'lib qolishi mumkin edi. Umid Aka G'afurov Tirikchilik.uz loyihasining shunaqa variantini ham ishlab chiqishini yoki haliyam bo'lsa Kun.uz dagilar Tirikchilik o'zidan o'sha ayol uchun (uning o'z nomiga) akkaunt ochib alohida yangilik sifatida e'lon qilishini juda xohlardim.
Birdamlik faqat quruq qarsak va maqtovlar bilan qolib ketmasligi kerak
#out_of_topic @Musayev_blogi
Hammasini ko'rsatish...
Аъзамхўжаев

Қойил. Чин қаҳрамон! Тўлиқ видео.

🔥 32👍 15💯 6❤‍🔥 4 3 2
Bu yerda ➡️ Chetda o'qish yangi pandemiyaga aylanayotgani ➡️ IELTS 8 ballim va 90% GPA bo'lgan qizil diplomim grant yutish tugul ba'zi universitetlarga (Top 100-500) kira olishda ham yetarli bo'lmagani ➡️ IELTS 5.5 balli bilan nafaqat o'zi orzu qilgan Britaniya universitetiga kirgan balki undan ma'lum miqdorda stipendiya yutgan kurs o'quvchisi haqidagi hikoya bo'lishi mumkin edi. Lekin hammasini yozishni boshladimu, davom ettirishga ishtiyoq yetishmadi 😕 @Musayev_blogi
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 46🗿 18👍 15 8🤔 2
Photo unavailableShow in Telegram
DAAD mentorlik kursi qimmat..mi? Kuni kecha DAAD grantlariga topshirishda yordam beruvchi agentlik xizmatiga ko'zim tushib qoldi. Albatta, ko'p tomonlama ularning xizmat narxi qiziq tuyuldi. Narxlarni esa o'zingiz ko'rib turibsiz. Men bu yerda agentlik haqida hech qanday izoh qoldirmoqchi emasman. Ular qay darajada sifatli ishlaydi, ishi arziydi, arzimaydi buni bilmayman. Potensial raqobatchi sifatida ularga omad tilayman. Postdan maqsad sizlarning e'tiboringizni yordam berish va qilib berish o'rtasidagi farqqa qaratmoqchiman. Meni oldindan kuzatganlar bilishadi — GrantGO va mentorlik kurslaridagi bosh g'oya "Munosib nomzodlarga g'oliblikda yordam berish. Lekin hech kimga hech narsani o'rniga qilib bermaslik". Aslida kelgan odamga "CV va falon-piston hujjatlaringizni yuboring va o'zimiz qolganini tayyorlab topshirib beramiz" deyishim va buning uchun 4-5 million olishim ham oson, ham daromadli. Lekin bu narsani boshidan xohlamaganman. Qanchalik qiyin, asabbuzarliklarga boy va vaqtni shilib tashlasa ham kursga kelgan o'quvchilar — kurs davomida qanday o'sib borishlari — o'zlari aslida nimani xohlashini tushunishlari — o'z kelajaklarini o'zlari belgilashi va reja qilishi — ana shu maqsad va rejalari uchun o'zlari harakat qilishi — va eng asosiysi yakunda grant natijasi qanday bo'lishidan qat'iy nazar kursni g'olib tarzda tark etishlarini kuzatish ana shu narsalarni qoplab ketish uchun yetarli. Men kurslarim arzon yoki qimmat ekanini ham bilmayman. Sababi bu tushunchalar judayam nisbiy. Men ayta oladigan narsam — kurslar qatnashish sizga to'lagan pulingizdan kattaroq qiymat berishiga harakat qilaman. Shu sababli tanlovni o'zingizga qoldiraman
3-4 hafta astoydil harakat qilib kelajagingizni o'zingiz belgilab, u uchun o'zingiz harakat qilmoqchimisiz yoki 3-4 oy umringiz va butun kelajagingizni kimgadir qo'sh qo'llab topshirib qo'yasizmi?
Birinchi yo'lni tanlaganlarga mentorlik kursim va chinakam tekin guruh orqali qo'limdan kelgan yordamni berishga tayyorman ) 👉 DAAD mentorlik kursi 3.0 DAAD Hamjamiyati 💬 @DAAD_Community #daad #scholarships P.S: Kurs uchun 15-iyulgacha chegirma mavjud :) @Musayev_blogi
Hammasini ko'rsatish...
👍 23
SAT o'qimang Hozir SAT mavzusi rosa trendga chiqib, unga tayyorlovchi o'quv markazlari va kurslar "oshig'i olcha" bo'lib turibdi. Nima uchunligini o'zingiz bilasiz. Ommaviy SAT o'qish uzoq muddatda albatta ijobiy, endi bizda IELTS, CEFR va shu kabi standard testlar poygasida yana bitta katta o'yinchi paydo bo'lyapti. Aslida biz o'zimiz doim shu kabi poygalar ortidan quvadigandekmiz. Ishonmasangiz, DTM atalmish "zolim" test yillar davomida tanqidiy va tahliliy fikrlash qobliyatiga ega yoshlar emas, test yechuvchi robotlar yaratishga ulkan hissa qo'shib kel...ayotganiga qarang (o'zim ham shulardan biriman). Albatta, IELTS yoki SAT DTM testlaridan ko'ra yaxshiroq. Sababi yuqoridagi testlardan 75% dan yuqori ballni faqatgina formula, shablon, tips and tricks bilan olib bo'lmaydi. Buning uchun keng va chuqur tanqidiy va tahliliy fikrlash kerak. Lekin nima bo'lganda ham ular sizning bilimingizni o'lchovchi vosita bo'lib qolishi kerak. Kim o'zarga o'ynaydigan poyga emas. Aytganimdek, men IELTS va SAT testlarini yuqoridagi sababga ko'ra juda hurmat qilaman. Ulardan yuqori ball olmoqchi bo'lganlarga esa quyidagilarni tavsiya qilaman: 1. Testlar nimani o'lchashini tushuning. SAT — bu shunchaki matematika imtihoni emas, u sizning matn va masalalarni o'qib tushuna olishingizni va ularni tahlil qila olishingizni tekshiradi. 2. Asoslarni mustahkamlang. Bu sizga nafaqat testdan yuqori ball olishda yordam beradi, balki ertaga ishda ham juda qo'l keladi. Ulardan eng muhimlari: 👉 Murakkab mavzudagi matnlarni o'qib tushuna olish 👉 Yozuvchi matn orqali nima fikr aytayotganini, u qaysi tomonda ekanini anglash 👉 Uning fikriga qarshi fikr haqida o'ylab ko'rish. Hattoki, o'zingiz bu fikrga qo'shilsangiz ham 👉 Matnli matematik masalalarni o'qib tushunish, ularni matematik tenglamalarga aylantirish va ushbu tenglamalarni tez va aniq yecha olish 👉 Fundamental matematika, arifmetika va algebrani bilish 👉 Berilgan mavzuni har tomonlama tahlil qilish 👉 Mavzu haqidagi fikrlaringizni ravon va tartibli ifoda etish 👉 Ularni aniq misollar bilan qo'llab-quvvatlash 3. Til — bu vosita ekanini unutmang. Yuqoridagi ko'nikmalarni ingliz tilidan alohida ekanini, sizdagi asosiy e'tibor shularni o'stirish bo'lishi kerakligini unutmang. SAT matematikasidan yuqori ball olish uchun sizga balki ingliz tilida dars beradigan SAT o'qituvchisi emas, o'zbekchada bo'lsa ham asoslarni tushuntira oladigan yaxshi matematika o'qituvchisi kerakdir? 4. O'qigandek ko'rinmang, o'qing! Har oy kurs uchun 300-500 ming sarflash va o'zini o'qiyotgandek ko'rsatib oxirida o'xshamagan natija uchun o'qituvchini ayblash oson yo'l. Haqiqiy samara beradigan usul esa — orqani bir joyga qo'yib o'qish. O'qituvchi siz uchun to'xtab qolgan joyda yo'l ko'rsatib yuboruvchi odam bo'lishi kerak, qo'lingizdan yetalab yuradigan emas. 5. SAT uchun o'qimang. IELTS uchun o'qimang. Yoki boshqa istalgan standard test uchun o'qimang. Ularni maqsad qilib olmang. Maqsadingiz — uzoq muddatli karyerangiz va hayotingiz uchun kerakli bilimlarni olish bo'lsin. SAT yoki IELTS esa bularni qanchalik yaxshi o'zlashtirganingizni ko'rsatsin xolos. #sat #ielts #education @Musayev_blogi
Hammasini ko'rsatish...
🔥 45 20👍 14💯 7 3👎 1
Bu kabi yangiliklar rostdan umid bag'ishlaydi. 4-5 yil oldin Islombek o'zi ham bu narsaga ishonishi qiyin bo'lardi menimcha. Mehnat va o'qish ortidan yetish mumkin bo'lgan joylar chegarasiz. Islombekka omad. Keyinroq Fondda boshqaruvchi vazifasiga o'tgani haqidagi postni ham ulashish nasib qilsin ) #tavsyu P.S: Dollar kursi qancha bo'layotganini kimdan so'rashni bilasizlar endi 😁 @Musayev_blogi
Hammasini ko'rsatish...
👍 24😁 20🔥 7 1
Repost from Islom Urolov
So’ngi 8 oy davomida 200 dan oshiq iqtisodiy tadqiqotlar sohasidagi ishlarga hujjat topshirdim. MIT va University of Chicago Predoctoral dasturlariga Data Task bosqichiga o’tganimni hisobga olmasa birorta ishdan ijobiy natija olmadim. Har kuni 2-3 talab faqat chiroyli tilda yozilgan “Rejection letter”lar kelardi. Ikki oylar oldin ancha umidsizlikka tushib, endi boshqa rejalar haqida o’ylay boshlaganimda Xalqaro Valyuta Fondi (IMF)dan intervyuga taklif kelib qoldi. Ko’zlarimga ishonmay email yuborgan odamni internetdan qidirib ham ko’rdim:). Xullas, bir haftadan keyin African department’da Research Analyst position uchun 4 kishi (iqtisodchilar va menejerlar)dan iborat IMF xodimlari bilan panel intervyuda rosa po’stagimni qoqishdi. Qo’limdan kelgancha savollariga javob berdim va suhbatdan o’zimning ko’nglim to’ldi. Ikki kundan keyin Data task yuborishdi va uniyam uncha qiyinchiliksiz bajardim. Endi qiyini – kutish qoldi… Keyingi ikki hafta xuddi ikki oydek sekin o’tdi. Har soatda emailimni tekshirib turdim. Va nihoyat javob keldi: yana bitta intervyu🤦🏻‍♂️. Endi division chief’lar bilan suhbat bo’ldi – juda qisqa va samimiy o’tdi. Suhbatdan keyin xuddi qabul qilingandek xursand edim. Hatto Washington DCga ko’chish rejalarini qila boshladim. Lekin bir yarim haftadan keyin yana doimgidek chiroyli yozilgan “otkaz”. Umidlar puchga chiqqanidan yana tushkinlik kayfiyati keldi. Lekin oxirgi xatdagi “Siz panel intervyuda kuchli nomzod sifatida tanlaganingiz uchun yana boshqa position ochilsa sizga xabar beramiz” degan gap sal umid berardi. Rad javobidan bir haftadan keyin kutilmaganda yana email keldi. Endi boshqa division chief men bilan norasmiy suhbat qurmoqchi ekanligini bildirgan ekan. Darhol taklifni qabul qildim va suhbat shu hafta seshanba kuni bo’lib o’tdi. Bugun ertalab esa va nihoyat “Congratulations!” deb boshlangan email oldim! Shunday qilib, 12-avgustdan Xalqaro Valyuta Fondi (IMF)da Research Analyst (Tadqiqot tahlilchisi) lavozimida ish boshlayman inshaAllah. #alhamdulillah @islom_urolov
Hammasini ko'rsatish...
👍 66🔥 16🤯 3👌 2 1 1🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
Qaysi DAAD grantiga topshira olaman? O'tgan yili DAAD grantlari talablarini oddiy tilda tushuntirib berishga harakat qilgandim. Bu yil "Qaysi DAAD grantiga topshira olaman?" deb qayta-qaya va yana qayta so'ralaveradigan savolga vizual javob berishga harakat qildim. Yuqoridagi jadvaldan yurib borsangiz o'zingiz topshirishingiz mumkin bo'lgan DAAD grantini topib olasiz. Eslatma ➡️ Diagrammada asosiy e'tibor yo'nalishga berilgan. Har bir dastur talabini alohida o'rganib chiqishingiz kerak Eslangan grantlar va ularning odatiy dedlaynlari ➡️ All Disciplines — barcha yo'nalishlar (31-oktabr) ➡️ ERP — iqtisodiyot va moliya (31-oktabr) ➡️ Helmut-Schmidt — davlat boshqaruvi va siyosat (31-iyul) ➡️ EPOS — rivojlanishga oid yo'nalishlar (dedlaynlar turlicha) ➡️ Arxitektura (25-oktabr) ➡️ San'at, dizayn va vizual aloqa (11-noyabr) ➡️ Doktorantura (PhD) (31-oktabr) Hujjat topshirish uchun mentorlik kursi 🎓 DAAD mentorlik kursi 3.0 DAAD dasturlari haqida to'liq ma'lumot DAAD dasturlari haqida ovozli chat DAAD Hamjamiyati 💬 @DAAD_Community #daad #scholarships @Musayev_blogi
Hammasini ko'rsatish...
👍 19🔥 6 1 1
Photo unavailableShow in Telegram
DAAD mentorlik kursi 3.0 🔥 Uzoq kutilgan onlar yetib keldi! DAAD grantlari uchun mentorlik kursi 3-mavsumini ochiq deb e'lon qilaman :) 🗒 Kurs rejasi va strukturasi o'tgan yilgidan ko'p o'zgarmagan 🏆 Natijalar haqida esa ushbu postdan batafsil ma'lumot olishingiz mumkin. Qisqa qilib aytganda o'tgan yili 14 g'olibga kurs va suhbat jarayonida yordam berdik. G'olib bo'la olmaganlar orasidan esa Chevening, Hungaricum va boshqa nufuzli grantlar g'oliblari va alternativ g'oliblari chiqishdi. 💶 Hammani qiziqtirgan mavzu — kurs narxiga kelsak, o'tgan yilgi natijalarni hisobga olgan holda bu mavsum kurs narxini oshirmaslikka qaror qildik :) 🎛 Aksincha, bu yil kursni turli xil paketlarda e'lon qilish orqali arzonroq variantlar ham taklif qilmoqchimiz Kurs paketlari ➡️ Basic (videokurs va hujjat tekshirish) — 549,000 so'm 599,000 so'm ➡️ Essential (basic + haftalik onlayn darslar) — 699,000 so'm 799,000 so'm ℹ️ Ikkiga bo'lib to'lash imkoni bor. Chegirmadagi narxlar 15-iyulgacha to'liq to'lov qilganda yoki bittada to'lov qilinganda amal qiladi Qo'shimcha xizmatlar ➡️ Individual onlayn yordam (45 daqiqa) — 120,000 so'm ➡️ Hujjatlarni tekshirib berish (kurssiz) — 349,000 so'm DAAD dasturlari haqida to'liq ma'lumot ℹ️ DAAD dasturlari haqida ovozli chat DAAD Hamjamiyati 💬 @DAAD_Community Murojaat uchun 📞 @grantgo_mentor #DAAD #mentorship #Germaniya Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 10 8🔥 6🥴 2
#irishlife #hiking Dunyo juda keng, odamzod esa juda kichik. O'zingni muhimlilik markazidan chetga chiqarib, shu narsani eslab turish hayotdan zavq olishga va kengroq fikrlashga yordam beradi. Tabiat va kenglik esa aynan shuning uchun ham kerak 🍀 @Musayev_blogi
Hammasini ko'rsatish...
IMG_5895.MOV1.79 MB
IMG_5915.MOV3.87 MB
👍 31❤‍🔥 11 11💯 5
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.