cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Sanoat texnologiyalari fakulteti talabalar uchun

Termiz muhandislik-texnologiyalari instituti Sanoat texnologiyalari fakulteti. Fakultet dekani F.Eshqurbonov. Dekan òrinbosarlari. J. Raxmonqulov. Ò. Xoliqov.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
732
Obunachilar
-224 soatlar
-77 kunlar
-2230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from Xushnudbek.uz
🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish #perevod Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori. 1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi: 1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa; 2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida). ❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham. 2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20079 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20258 ‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi. 3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20079 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: https://t.me/xushnudbek/20258 4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring. 5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin. 8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala. *** Arizalar quyidagicha qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga; ➡️ rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — bir davlat OTM ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish. ☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. Kerakli hujjatlar: ◾️ ariza (onlayn tarzda); ◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli); ◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun). 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Muqaddas Zangiota ziyoratgohi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
00:35
Video unavailableShow in Telegram
IMG_4142.MOV27.12 MB
👍 15👎 1
04:36
Video unavailableShow in Telegram
14.06.2024 20:40 Talabalar amaliyotga yuborilmoqda #Termiz_shahri Расмий саҳифаларимиз:👇👇👇 Telegram | Zamin-online | Facebook | Instagram | Tiktok | Youtube
Hammasini ko'rsatish...
3.mp428.73 MB
👍 15
Repost from TMTI rasmiy kanali
Tanishuv va ishlab chiqarish amaliyotlari
O‘quv jarayoni va amaliyot integratsiyasini yanada takomillashtirish maqsadida Termiz muhandislik-texnologiya institutining Sanoat texnologiyalari fakultetida tahsil olayotgan 120 nafar talaba-yoshlar amaliyot rahbarlari bilan birgalikda tanishuv va ishlab chiqarish amaliyotlariga yuborildi.
Ular respublikamiz sanoat markazlari, xususan, Toshkent shahri va Samarqand viloyatlaridagi eng zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, nufuzli ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalarida bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo'lishmoqda. Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz: 🔗 Telegram | Instagram | Facebook | You Tube | Web sayt
Hammasini ko'rsatish...
👍 10
Hammasini ko'rsatish...
Hurmatli talabalar Ushbu so‘rovnomani o‘tkazishdan asosiy maqsad insntitut talabalarining jamoadagi ijtimoiy munosabatlardan qoniqish darajasi va taʼlimga bo‘lgan munosabatini aniqlashdan iborat. So‘rovnoma tanlangan javobni doiracha bilan belgilash, kerakli joylarda esa yozma ravishda javob berish orqali to’ldiriladi. Sizdan savollarga xolisona yondashib, ochiq-oydin fikr bildirishingizni so‘raymiz. Anketada ism-sharifingiz qayd etilmaydi.

3-kurs YS21A va YS21B hamda 4-kurs 7-20, 7A-20 guruhlarning yakuniy nazorat jadvali
Hammasini ko'rsatish...
Qadrli talabalar!!! Barchangizga ma’lumki, 2024 yilning 10 iyunidan Kimyoviy texnologiya va Ekologiya va atrof muhit muhofazasi ta’lim yo’nalishi 2,3-kurs talabalariga malakaviy amaliyotlar boshlanadi. Shu munosabat bilan: 1. 2-kurs talabalarimizning amaliyoti Samarqand viloyati sanoat korxonalariga rejalashtirilgan bo‘lib, ular 2024 yil 10 iyun kuni soat 15.00. da fakultet binosida to‘planishib, soat 18.24. da Termiz-Samarqand yo‘nalishida poezdga chiqishib, 11 -iyun kuni soat 04.22 da Samarqand shahriga yetib borishadilar va Samarqand davlat universitetining TTJ siga joylashadilar. Boshqa viloyatlardan kelib, tahsil olayotgan talabalar 2024 yil 11 iyun kuni soat 10.00.gacha Samarqand davlat universitetining TTJsiga yetib kelishlari shart. Barcha 2-kurs talabalari 2024 yil 23 iyun kuni soat 23.00 da Samarqand shahridan qaytishadilar. Amaliyotning umumiy rahbari - Kimyoviy texnologiya kefaedrasi dots. v/b., Zafar Misirov, telefon: 93-096-86-27. 2. 3-kurs talabalarimizning amaliyoti Toshkent shahridagi nufuzli ilmiy markazlar va OTMlarda, sanoat korxonalarida rejalashtirilgan bo‘lib, ular 2024 yil 10 iyun kuni soat 15.00. da fakultet binosida to‘planishib, soat 18.24. da Termiz-Toshkent yo‘nalishida poezdga chiqishib, 11 -iyun kuni soat 9.35 da Toshkent shahriga yetib borishadilar va O‘zbekiston Milliy Universitetining TTJ siga joylashadilar. Boshqa viloyatlardan kelib, tahsil olayotgan talabalar 2024 yil 11 iyun kuni soat 10.00.gacha O‘zbekiston Milliy universitetining TTJsiga yetib kelishlari shart. Barcha talabalar 2024 yil 23 iyun kuni soat 19.30. da Toshkent shahridan qaytishadilar. Amaliyotning umumiy rahbari – Kimyoviy texnologiya kafedrasi o’qituvchisi Azim Xamidov, telefon: 99-421-64-55. 4. Hurmatli hamkasblar!!! Qadrli talabalar!!! Yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanib, universitet ichki-tartib, texnika xavfsizligi va yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilib, Universitetimizning sha’ni va shuhratini muqaddas bilib, amaliyotlaringizni ko‘tarinki ruhda, samarali va muvaffaqiyatli o‘tab kelishlaringizni iltimos qilaman.
Hammasini ko'rsatish...
👍 25
Photo unavailableShow in Telegram
 📌 Surxandaryo viloyatida joylashgan davlat oliy ta’lim muassasalarining eng faol prorektori kim? Soʻrovnoma 13-iyun soat 23:59 gacha davom etadi. O'zingiz munosib deb bilgan nomzodga ovoz bering! 🔊Ovoz berish! Yaqinlarga ulashing⤵️ https://t.me/OTM_Minbari
Hammasini ko'rsatish...
106 - TerDU Shofiyev Obidjon
12 - TerDPI Turamuratov Ulug‘bek
4 - DTPI Mirzayev Mutalib Joʻrayevich
3 - TERAIRI Norliyev Rustam
18 - TTA T F Raxmonov Abduqahhor
13 - TMTI Majitov Maxmud
2024 yil 10-iyun sanasidan fakultetning kimyoviy texnologiya va ekologiya ta'lim yo'nalishi talabalari yozgi amaliyotining 2 haftasini Samarqand va Toshkent shaxridagi ishlab chiqarish korxonlarida o'tkazish maqsadida jo'nab ketishadi. Shu munosabat bilan 2024 yil 5-iyun sanasi soat 10-00 da E-101 xonada amaliyot masalasida fakultet dekanining davra suhbati o'tkaziladi. Barcha kimyoviy texnologiya va ekologiya ta'lim yo'nalishi 2,3- kurs talabalari qatnashishi shart.
Hammasini ko'rsatish...
👍 18
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.