cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Archemistry | Urban

Iskandar Solievning urbanistikaga oid mualliflik blogi Авторский блог Искандара Солиева про урбанистику YouTube: https://www.youtube.com/@ArchemistryUrban Takliflar uchun : @IskandarSoliev Donat uchun: 8600 4929 8526 9964

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
3 779
Obunachilar
-324 soatlar
-407 kunlar
-19730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

🔥MegaPlanet chorrahasini nima qilsa bo'ladi? To‘plangan tajribaga asosan hozirgi kunda barcha rivojlangan shaharlar ichida yo‘lni kesib o‘tadigan magistral ko‘chalar (masalan, Toshkentdagi Bunyodkor, Ahmad Donish ko‘chasi) olib tashlanmoqda. Estakadalar o‘rniga kanallar qilinmoqda, odamlarga aylanish uchun joylar qilinmoqda. Biz ham kelajakda, rivojlangan shaharlar kabi, ko‘chalarni oddiy chorrahaga aylantirishimizga to‘g‘ri keladi. Konsept mazmuni shuki Megaplanet chorrahasini odamlar uchun qulay bo‘lgan oddiy chorrahaga aylantirish. Atrofdagi asfalt qoplamasini yo‘qotish hisobiga yo‘llar 2 "polosa"dan qoldi. Shuningdek, aylanma harakat ham tashkil qilinadi. Ahmad Donish ko‘chasida o‘rtada tramvay uchun alohida yo‘lak bor (avtobus harakatiniham yo’lga qo’ysa bo’ladi). Amir Temur ko'chasiga parallel bo'lgan Ahmad Donishda tramvay magistral yo'nalishi Katta halqa yo‘liga tutash hududlarda Transport habi tashkil qilinadi. Vaqti kelib ko‘priklar olib tashlanadi. Uning o‘rniga piyodalar uchun jamoat joylari tashkil etiladi. Konseptda ko‘rib turganingizdek, bemalol skverga aylantirish mumkin bo‘lgan maydon ajralmoqda. Yo‘lning katta qismi odamlarga qaytariladi. O‘simliklar ekiladi. Yomg'ir bog'lari tashkil qilinadi, so'ngra ko'plab grunt qatlam paydo bo'lishi natijasida bosimni ushbu qismlar o'ziga oladi. Chorrahani kesib o‘tish xavfsizlashadi. Uning masofasi esa ancha qisqaradi. Velosipedlar uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Avtobus bekatlari ham ancha qulay va uzun platformada qilinadi. Katta avtobuslar uchun ham bemalol harakatlanish imkonini beradi va ularning uchtasi bir vaqtda to‘xtay oladi. Konseptning yutug‘idan biri bu bozor oldi hududida, Megaplanet, uning qarshisidagi uyning ro‘parasida katta skver paydo bo‘lmoqda. Bu xavfsiz hududga aylanib yozning jazirama issig‘ida ham salqin hududlar paydo bo‘ladi. Bu orqali ota-onalar bolalari bilan soya salqin joylarda bemalol dam olishadi. Konsept sizga yoqdimi? Yaqinlar bilan ulashing, layk bosishni unutmang! 👉на русском🇷🇺 👍 @archemistryurban
Hammasini ko'rsatish...
👍 23🔥 10👎 1
Venetsiyaga bormoqchi edim. Yaxshiyam bahtimizga yomgʻir bor. Хотел в Венецию. К счастью у нас есть дождь, даже в далеко летать не приходится. 👍 @archemistryurban
Hammasini ko'rsatish...
😁 21👍 3🌭 1🗿 1
Photo unavailableShow in Telegram
#nocomment rasm: makarenko channel 👍 @archemistryurban
Hammasini ko'rsatish...
😢 20👍 1
Перевод: Хотелось бы затронуть тему, которая неразрывно связана с развитием любого мегаполиса, в том числе и города Ташкента, – социального неравенства . С точки зрения градостроительства эта проблема имеет множество аспектов, которые напрямую влияют на организацию города, его инфраструктуру, качество жизни населения и в целом на его устойчивое развитие. Неравенство в использовании ресурсов и возможностей : Жилье. Рост цен на недвижимость в центре города выталкивает семьи с низкими доходами в пригороды, создавая «зоны бедности» с ограниченным доступом к образованию, здравоохранению, работе и другим льготам. Транспорт: Неадекватная сеть общественного транспорта в отдаленных районах ограничивает мобильность людей, что существенно влияет на образование, работу и другие сектора. Инфраструктура. Неравномерное распределение зеленых зон, мест отдыха, спортивных площадок и другой инфраструктуры также усугубляет социальное неравенство. Региональная классификация : Закрытые микрорайоны: В градостроительстве строительство ЖК «Премиум» и «ЛЮКС», ориентированное на определенные слои общества, приводит к расслоению, и эта проблема со временем углубляется. «Геттоизация»: Негативный имидж отдельных территорий может привести к исключению жителей из общественной жизни и ухудшению качества жизни. Социальное недовольство. Неравенство в доступе к ресурсам и возможностям может привести к усилению социальной напряженности, конфликтам и недовольству. Сегодня это можно увидеть в любой сети Интернет. Что делать? Во-первых, мы должны признать, что проблема существует. Сегодня у нас социальное неравенство. Содействие доступному жилью: Развитие доступного жилья в городских районах, а также поддержка программ реабилитации ветхого жилья в «зонах бедности». Совершенствование системы общественного транспорта: расширение сети общественного транспорта, повышение ее удобства, внедрение интегрированных транспортных систем. Обеспечение инклюзивности: создание равных возможностей для любого транспортного средства Борьба с региональным расслоением: Создание зеленых насаждений, зон отдыха, спортивных площадок и других инфраструктурных объектов во всех районах города с учетом потребностей разных социальных слоев. Важно понимать, что решение проблемы социального неравенства в Ташкенте – сложная задача, требующая долгосрочного подхода и совместных усилий государства, предпринимателей, общественных организаций и жителей города. Я надеюсь, что эта статья поможет вам увидеть социальное неравенство в новом свете.
Hammasini ko'rsatish...
👍 10🔥 2
Repost from N/a
Toshkentdagi ijtimoiy tengsizlik. Har qanday megapolis shu jumladan Toshkent shahrining rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan mavzuga – ijtimoiy tengsizlikga to‘xtalib o‘tmoqchiman. Shaharsozlik nuqtayi nazaridan bu muammo shaharning tashkil etilishi, infratuzilmasi, aholi turmush sifati va umuman, uning barqaror rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ko‘p jihatlarga ega. Resurs va imkoniyatlardan foydalanishda tengsizlik: Uy-joy: Shahar markazidagi ko‘chmas mulk narxlarining oshishi kam ta’minlangan oilalarni chekka hududlarga ko'chib o'tishga undamoqda, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ish o‘rinlari va boshqa imtiyozlardan foydalanish imkoniyati cheklangan “qashshoqlik zonalari”ni yaratmoqda. Transport: Chekka hududlardagi talabga javob bermaydigan jamoat transporti tarmoqlari odamlarning harakatlanishini cheklaydi, bu esa ta'lim, ish va boshqa sohalarga ham sezilarli darajada ta'sir koʻrsatadi. Infratuzilma: Yashil hududlar, dam olish maskanlari, sport maydonchalari va boshqa infratuzilmalarning notekis taqsimlanishi ham ijtimoiy tengsizlikni yanada kuchaytiradi. Mintaqaviy tabaqalanish: Yopiq mikrorayonlar: Shahar tashkillashtirishda jamiyatning qaysidir qatlamiga mo'ljallab "Premium" "LUX" shaklida TJM larning qurilishi tabaqalanishga olib keladi va vaqt o'tishi bilan bu muammo chuqurlashib boradi. "Getto"lashuv: Ayrim hududlarning salbiy koʻrinishi aholining o'zini jamoat hayotidan chetlatishiga va hayot sifatini yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Ijtimoiy norozilik: Resurs va imkoniyatlardan foydalanishdagi tengsizlik ijtimoiy keskinlik, nizolar va noroziliklarning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Buni hozirgi kunda har qanday internet tarmog'ida ko'rishingiz mumkun. Nima qilish kerak? Avvalombor, muammoni borligini tan olishimiz kerak. Bizda hozirgi kunda ijtimoiy tengsizlik mavjud. Arzon uy-joy qurilishini rivojlantirish: Shaharning markaziy hududlarida arzon uy-joylar qurish, shuningdek, “qashshoqlik zonalari”dagi eskirgan uy-joylarni ta’mirlash dasturlarini qo‘llab-quvvatlash. Jamoat transporti tizimini takomillashtirish: Jamoat transporti tarmog‘ini kengaytirish, uning qulayligini oshirish, integratsiyalashgan transport tizimlarini joriy etish. Inklyuzivlikni ta'minlash: Har qanday transport vositasiga teng imkoniyat yaratish Mintaqaviy tabaqalanishga qarshi kurashish: Turli ijtimoiy qatlamlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda shaharning barcha hududlarida yashil hududlar, dam olish maskanlari, sport maydonchalari va boshqa infratuzilma obyektlarini yaratish. Toshkentdagi ijtimoiy tengsizlik muammosini hal etish davlat, tadbirkorlar, jamoat tashkilotlari va shahar aholisi tomonidan uzoq muddatli yondashuv va birgalikdagi sa’y-harakatlarni talab qiluvchi murakkab vazifa ekanligini tushunish muhimdir. Umid qilamanki, ushbu maqola sizga ijtimoiy tengsizlikka yangicha nuqtayi nazardan qarashga yordam beradi.
Hammasini ko'rsatish...

👍 5🔥 4
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Mega planet SM chorrahasini eslaganingizda birinchi o'rinda qaysi muammolar ko'z oldingizga keladi, va nimalarni bu yerda o'zgartirgan bo'lar edingiz? O'z variantlaringizni izohda qoldiring! Men esa shu kunlarda o'z variantimni sizlarga taqdim etaman.😉 — ❗️Какие проблемы приходят на ум в первую очередь, когда вы думаете о пересечении ТРЦ Мегапланет, и что бы вы в нем изменили? Оставляйте свои варианты в комментариях! На днях я представлю вам свою версию.😉 👍 @archemistryurban
Hammasini ko'rsatish...
🔥 8👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
😊Eng jozibador insonlar - axlatni cho'ntagida axlat qutisini ko'rmaguncha ko'tarib yuradiganlardir. manba:efpluz 👍 @archemistryurban
Hammasini ko'rsatish...
🔥 26😎 8👍 6😁 1💯 1
Qoʻyib bersa hamma oʻzicha ahlat tashamedigan madaniyatliya?😂 Если верить опросу, то всё такие культурные, не бросают мусор где попало 😂 👍 @archemistryurban
Hammasini ko'rsatish...
😁 15👍 1🤩 1
Kun.uz chiqindi madaniyati haqida ajoyib fotolavhalar tayyorlapti. Shunga sizga savol siz qaysi turkumdagi odamsiz? Kun.uz вышло фотосет про мусора в городе. Вопрос к вам, к какой категории вы относитесь?Anonymous voting
  • Chiqindini to'g'ri kelgan yerga tashlayman | Я выбрасываю мусор где угодно, даже через окно машины.
  • Chiqindini faqat o'z joylariga yerga tashlayman | Я выбрасываю мусор только на положенное место
  • Axlat quti yo'qda bo'masam ariqqa, yo'lga tashlamiman|Я бы не выбрасывал его в лоток/дорогу, урн нет
  • Ko'chani axlat qilsamam, o'zim odobliman | мусорю на улице, но я хочу показаться порядочным.
0 votes
😁 20👎 1🤔 1🤬 1🤡 1
Photo unavailableShow in Telegram
#nocomment 😂 👍 @archemistryurban
Hammasini ko'rsatish...
😁 40🗿 4👍 1