cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO'JALIGI SOHASIDA NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining rasmiy telegram kanali. ☎️1298 📱https://www.youtube.com/channel/UCufhCRyZfh0aKM4YdjzBdng 🏗https://web.ccnis.uz/ https://www.instagram.com/qurilish_kommunal_inspeksiyasi/

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
2 095
Obunachilar
-624 soatlar
-427 kunlar
-35730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
#BU_MUHIM Qurilishda xavfsizlik yo‘riqnomasi 🚨Yer qazish ishlarida ekskovatordan xavfsiz foydalanish talablari
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
#TOSHKENT_VILOYATI 🚨Toshkent viloyati  qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi va viloyat "Suv taʼminoti" AJ  xodimlari tomonidan hududlar bo'ylab iste‘molchilarning ichimlik suvidan foydalanishini monitoring qilish hamda suv tarmoqlariga noqonuniy ulanishni oldini olish  maqsadida targ'ibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.   Jumladan, Toshkent viloyati Angren tumani hamda Yangiyo'l shahri hududlarida o'tkazilgan  monitoring jarayonidan 3 ta holatda fuqarolar tomonidan ichimlik suviga noqonuniy ulanish holatlari aniqlandi. 🔴 Ushbu qoidabuzarliklar yuzasidan mas'ullarga ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi hamda holatlar joyida inspeksiya xodimlari tomonidan bartaraf etildi. 📍Ushbu monitoring tadbirlari viloyatning boshqa hududlarida ham o'tkazilmoqda. Telegram|Youtube|Instagram|Web|
Hammasini ko'rsatish...
👍 1🔥 1
#QASHQADARYO 🚨Shahrisabz tumani “O'rtaqo'rg'on” MFY  hududida  buyurtmachi "Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” DM tomonidan 82-sonli maktabni rekonstruksiya qilish obyektida monitoring ishlari o'tkazildi. ✅ Natijada binoning poydevor ishlari loyiha talablari asosida bajarilmaganligi shu bilan bir qatorda obyektda ijro hujjatlari, umumiy ishlar va mualliflik nazorati jurnallari o'z vaqtida yuritilmaganligi aniqlandi. 🔴 Qoidabuzarliklar yuzasidan buyurtmachi, bosh pudratchi va loyiha tashkilotlariga bajarilishi majburiy bo’lgan yozma ko’rsatmalar berilib, loyiha talablari asosida bajarilmagan ishlar joyida inspeksiya xodimlari tomonidan demontaj qildirildi. Telegram|Youtube|Instagram|Web|
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
#BUXORO 🚨Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan Olot tumani "pichoqchi" MFY hududida pudratchi “Bunyod Shaxzod fayz” MCHJ tomonidan 24-sonli maktabni rekonstruksiya qilish obyektida navbatdagi nazorat ishlari o‘tkazildi. ✅ Nazorat davri davomida maktabning fundament osti tuproq zichligi bo’yicha laboratoriya xulosasi taqdim qilinmadi, undan tashqari obyektda tuproq yotqizish ishlari sifatsiz bajarilganligi ma'lum bo'ldi. 🔴 Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan inspektor tomonidan qurilishning mas'ul shaxslariga “Qurilishda davlat nazorati” milliy axborot tizimi orqali bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berildi hamda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar obyektda qurilish-montaj ishlari vaqtinchalik to'xtatildi. Telegram|Youtube|Instagram|Web|
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
#FOYDALI ✅PAYVANDLASH HAQIDA FOYDALI MA'LUMOTLAR Telegram|Youtube|Instagram|Web|
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
00:33
Video unavailableShow in Telegram
#FOYDALI 🚨Qurilishning beton ishlarida zichlagich (Vibrator) uskunasidan foydalanishning ahamiyati. Telegram|Youtube|Instagram|Web|
Hammasini ko'rsatish...
Важность_вибрирования_бетона_наглядно_shorts.mp43.74 MB
👍 1
#BU_MUHIM 😇🥰😇😇🥰🥰😇 👆  Liftlarning xavfsizligini ta'minlash eng muhim vazifadir! Yo‘lovchilar xavfsizligini yuqori darajada ta’minlash maqsadida yurtimizda axborot texnologiyalarini keng jalb qilgan holda lift uskunalaridan foydalanish jarayoni puxta tahlil qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-oktabrdagi 801-son qarori bilan tasdiqlangan liftlar xavfsizligi bo‘yicha umumiy texnik reglamentga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq lift uskunalari (mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan yoki chetdan keltirilgan) quyidagi zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan bo'lishi shart: 🥰 kabinaning uzluksiz video kuzatuvini ta'minlovchi va favqulodda vaziyatlarda liftni masofadan boshqarish imkonini beruvchi qurilma bilan; 🥰 ARD qurilmasi bilan (Automatic Rescue Device - Favqulodda energiya tizimi) - bu tizim liftni eng yaqin qavatga yetkazish va favqulodda vaziyatlarda (zilzila, yong'in, elektr energiyasining uzilishi) eshikni ochish imkonini beradi; 🥰dispetcherlik markazi bilan aloqa qurilmasi hamda har bir kabinada liftning to'g'ri ishlash qoidalari, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda qo'ng'iroq qilish uchun dispetcherlik raqamlari bo'lishi lozim. 😇Mazkur o'zgartirishlar 2024-yil 1-martdan kuchga kirdi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling👇 |🌍Web| 📸Instagram|💬Facebook|✅Telegram| 📹Youtube|
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Bayram_muborak Assalomu Alaykum, Aziz Yurtdoshlar! Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi barchangizni Qurbon Hayiti munosabati bilan samimiy muborakbod etadi! 🎉Mehnatkash va oqko‘ngil xalqimizning qilgan barcha ezgu niyat va duolari ijobat bo‘lsin,barchangizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, oilalaringizga xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz. 🌙Qurbon Hayitingiz Muborak Bo'lsin!
Hammasini ko'rsatish...
2
Photo unavailableShow in Telegram
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табригиПоздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...
👍 1 1
#ANDIJON 🚨 Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy  nazorat qilish inspeksiyasi hamda Biznes-Ombudsman devoni xodimlari bilan hamkorlikda qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari ishtirokida seminar tashkil etildi. ✅ Seminarda "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-200-sonli Qarorining mazmun-mohiyati boʻyicha tushuntirishlar berildi. Shu bilan bir qatorda tadbirda tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish borasida tadbirkorlarning sohaga oid  fikrlari tinglandi hamda umumlashtirildi. Telegram|Youtube|Instagram|Web|
Hammasini ko'rsatish...
👍 1