uz
Feedback
Dr. Algorithm

Dr. Algorithm

Kanalga Telegram’da o‘tish

Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali. Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot

Ko'proq ko'rsatish
4 363
Obunachilar
+624 soatlar
+447 kunlar
+17330 kunlar
Postlar arxiv
Bitta ozgaruvchi X berilgan. Agar faqat bitta silk (for, while, loop ixtiyoriy bittasi) ishlatish mumkin bolsa, print(x) ni i
Bitta ozgaruvchi X berilgan. Agar faqat bitta silk (for, while, loop ixtiyoriy bittasi) ishlatish mumkin bolsa, print(x) ni ishlatib, ekranga cheksiz 10101010.... chiqara olasizmi?
while true ... // 1 ta amal/command print(x)
Maktab davrida berishgan edi shu savolni. Javobini eshitib, rosa hayron qolgan edim. Kimdur topsa, voqeani etib beraman. @DrAlgorithm

Doiradan tashqariga chiqish Hamma ko`ringan narsa ham siz o`ylagandek bo`lavermaydi. Ba'zida oddiy ko`ringan narsalar aslida boshqacha bo`lishi mumkin bo`lishi mumkin. Buni doim yodda tutgan yaxshi.
Think out of the box.
@DrAlgorithm

Alisher aka Makhmudov tavsiya qildilar. Web development muhitini to'g'ri hosil qilish | Create right environment for web development project 📹 https://www.youtube.com/watch?v=PHRY_dMoUbA
Files and folder structure mavzusida bir paytlar video qilgan edim, foydali bo'lsa kerak deb o`yladim, - Alisher Makhmudov
5 yil oldin yozilgan video bo`lsa ham qiymatini yo`qotmagan mavzu. Hali ham folder (papka) ketma-ketligini to`g`ri qilmaydigan jamoalarimiz bor. Yetkazib qo`yamiz. Faqat iltimos, bu usulni loyiha tarihi va versiya uchun ishlatmang. Git bor unaqa narsalar uchun :) @DrAlgorithm

Izohlarni o`qib, bir vaqtlar Payment system yasaganimiz esimga tushib ketdi. Autorun da command line script turardi. Windows ishlatardik. Vazifasi bilasmi nima? Ish boshlanganida loyiha turgan folder (papkani) arxivlash (project-20070812092312.rar) 🤯 Yoshlik - beboshlik....

Oʻzbek dasturchiga "qiyin" Endi ish topib, 3 kishilik dasturchilar korxonasida ish boshlasang-da, odamlar Scrum master, PM, D
Oʻzbek dasturchiga "qiyin" Endi ish topib, 3 kishilik dasturchilar korxonasida ish boshlasang-da, odamlar Scrum master, PM, DevOps deb boshingni qotirsa qizziq boʻlarkan. Katta korxonalar Cloudʼga oʻtib ketgan, sen esa hali ham bash script yozishga vaqting yoʻq. FTPda oʻtirib file tashlaysan, git nima ekanini Team Leadʼman deb aytadigan bola ham bilmasa, aytgancha u oʻzi sandan atigi 1 oy oldin ishga kelgan. AI ishimizni olib qoʻyadi deb yurgan paytda, xatto ChatGptʼdan roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsang. Tanish xolatmi?
Oʻylab qarasam, sodda narsalar koʻp. Biz ular haqida eshitmaganimiz uchun ishlatmaymiz.
Yanayam qizzigʻini etimi? Dasturchilar ishlatishni boshlagan dasturlarni oddiy odamlar kundalik hayotida ishlatib yuribdi, - desam hafa boʻlmaysizmi? Bu gaplar bir necha yildan beri aqlimni olgan, nahotki sodda narsalarni ishlatishni hammaga oʻrgatib boʻlmasa? Nima deb oʻylaysiz, gaplarimda asos yoki foyda bormi?

Repost from Khumoyun Codes
2-Faktorli autentifikatsiyaning foydasi, Troll.Uz kanali misolida 2019-yil menga Telegram uchun qo'shimcha raqam kerak bo'lib qoldi va operatorga bog'lanish nuqtalaridan biriga kirib, oxiri 1218 bilan tugaydigan raqam so'radim, ishlatilganidan bo'lsinmi ishlatilmaganidanmi deb so'rashdi, farqi yo'q desam, shunday raqamlardan birini berishdi, rasmiylashtirdik va men Telegram ochishga harakat qilib ko'rdim, bilsam bu raqamda akkaunt oldin ochilgan. Yangi raqamni kontaktlarga qo'shib qarasam, akkaunt kimniki ekan deng? Troll.Uz asoschisi Umid Gafurovniki ekan 😈. Akkauntga kirib ko'rdim, sms orqali kod keldi, kodni tersam akkauntga kirdi va kanalga kirsam, kanalga post yozish uchun forma ishlamoqda. "Test" deb yozib boshqa akkauntdan qarasam post paydo bo'lgan. BINGO! degan xayol keldi boshimga, lekin vijdonim qiynalib, o'zlarini ogohlantirib akkauntni qaytarib bermoqchi bo'ldim 😇, buning uchun kanal adminlari orasidan kanal egasini qidirdim, mendagi raqam qo'shimcha admin sifatida qo'shilgan ekan. Asosiy admin raqamini ko'rib, o'zimning akkauntimdan yozdim, oradan vaqt o'tdi, xabarim o'qilmadi, menga Telegram akkaunt kerak, yangi raqamni sotib olgim kelmadi. Shu bilan e'tiborni o'zimga tortish uchun, birinchi bo'lib 2 faktorli autentifikatsiyani yoqdim, Telegram akkaunt o'zimda qolishi va akkauntni o'chirib bo'lmasligi uchun, keyin kanalga do'stlarim bilan hazil sifatida "Hacked" degan GIF va "Troll ni troll qilish maza ekan" degan postlar qoldirdik 😁, qarabsizki, yugur yugur boshlandi. Mendagi raqamga vahima qilgan odamlar yozishni boshlashdi, kanaldan post o'chdi, adminlar soni kamaydi, botlar kick qilindi, lekin adminlar orasidan mendagi akkauntni o'chirishni o'ylab ham ko'rishmadi. O'ylab ko'rishganda esa, menda to'liq Troll uzga tegishli xabarlar yig'ilgan Telegram akkaunt bor edi, reklama narxlari, kontraklar, shaxsiy xabarlar va hkz. Bu xabarlar bilan har xil ish qilish mumkin edi, lekin men o'zim uchun to'g'ri deb bilgan yo'lni tutdim va qaytadan Umid aka bilan aloqaga chiqdim. Har ehtimolga qarshi o'zimni kimligimni sir saqlab qolish uchun 🕵️‍♂️, Minskga bo'lgan sayohatdan qolgan Belorus raqami bilan ochilgan Telegram akkaunt orqali aloqaga chiqdim. Vaziyatni tushuntirishga harakat qildim, lekin boshida doq-popsalar keldi, sudga beraman, militsiyaga xabar qilaman va hkz. Lekin, meni qilgan ishimda o'zim noqonuniylik ko'rmadim, raqamni passportim va pulim bilan sotib olganimni tushuntirib, qo'llaridan hech narsa kelmasligini tushuntirdim. Xalq uchun qilayotgan ishlarini va kerakli ijtimoiy masalalarni ko'tarishlarini yaxshiligini aytib, akkauntni boshqa raqamga o'tkazib olishlarini so'radim. Aka rozi bo'ldilar, lekin 2 faktorlik autentifikatsiyaga backup qilib o'zimni shaxsiy emailimni qoldirgan ekanman, qaysiki u yerda to'liq ism familyam bor 😂. Anonimlik yoqoldi, o'zimni yana bir tanishtirdimda akkauntni qaytarib berib raqamni o'zimda saqlab qoldim. Umid aka ham rahmat aytib jimgina tinchib ketdilar. Qissadan xissa: Hardoim shaxsiy ma'lumotlaringiz saqlanadigan har qanday platformada, 2 faktorlik autentifikatsiya yoqing, sizni telefon raqamingiz yoki emailingizga yo'l topa olishsa, siz yodingizda saqlab turadigan qo'shimcha 2 parol sizni saqlab qolishi mumkin. Shaxsan aynan shu voqeadan keyin barcha platformalarda ushbu xavfsizlik yo'lini tutaman. O'zbekistonda millionlab mobil raqamlar bor, har kuni ular minglab sotiladi, ehtimolligi past bo'lsa ham shunday tasodif bilan ko'p narsangizni yoqotib qo'yishingiz mumkin. Pastda voqea payti olingan skrinshotlar keltirilgan 👇 P.S. Meni o'rnimda bo'lganingizda siz qanday yo'l tutgan bo'lar edingiz? @khumoyun_codes

💰Pul Yoshlar ham oʻqib, ham pul topishga qiziqadi. Bu yaxshi. Lekin, oʻqib pul topishga nima deysiz? ITBoom millionlab pul berayotgan ekan. Vazifa esa, taʼlim olish. Hullas, kim ITga qiziqsa, ilm olishga qiziqsa, kirib koʻrila: @ITBoomUz Oʻzim koʻrdim, olimpiadada qatnashib, 1 mln olganini. @DrAlgorithm

#Gashtak Bugun Gashtakʼning offline tadbiridamiz. Tadbirda oʻzbek milliy taomlari, qiziqarli suhbat, tanish-bilish orttirish
+3
#Gashtak Bugun Gashtakʼning offline tadbiridamiz. Tadbirda oʻzbek milliy taomlari, qiziqarli suhbat, tanish-bilish orttirish (networking) va albatta Mafia oʻyini boʻlishi rejalashtirilgan. #Gashtak - Londondagi yangiliklar, oʻzbek vatandoshlar bilan suhbatlar, tadribali mutaxassislardan tavsiyalar va yana turli mavzularga bagʻishlangan choyxona. Oshpaz - London markazida joylashgan oʻzbek milliy taomlari restorani. Milliy taom gashtini London ovqatlarini tatib koʻrganlar yaxshi biladi! Savol va izohlar boʻlsa, marhamat! @UKHayot

Bu Wireshark. Wire - sim. Shark - akula. Wireshark - tarmoq tahlili (analitikasi) uchun maxsus dastur.

UzGeeks meetup qilganda doim joy qidiramiz. Havotir omela, katta katta CTOlar ham Express24ʼga oʻxshash homiylarga muhtoj. Islomjon (Progress) va MohirDev baraka topishsin, doim yordam qilishadi. Tadbir oʻtkazish va tanishish (networking=tanish bilish) qilishda charchamang.

Just Eat Bugun CTO lar tadbiri bor edi. Just Eat joy beribdi. Sponsorlik qilib. Shuni ofisi. Stol futbolini 2 xili turibdi. Yangi chiqqan modeli ham bor. Uslub (stil) chiroyli qilgan. 2-qavatda joylashgan. Hamma yoq oyna, shaharni koʻrib ishlanadi. Ajoyib joy ekan. @UKHayot

Strategiya va Bajarish Ertalab turib, ishni nimadan boshlasam ekan,- degay hayol koʻpchilikdan oʻtgan boʻlsa kerak. Ishxonaga
Strategiya va Bajarish Ertalab turib, ishni nimadan boshlasam ekan,- degay hayol koʻpchilikdan oʻtgan boʻlsa kerak. Ishxonaga kelib majlisga 10 daqiqa qolganida kofe ichish yoki email tekshirish orasidagi tanlovchi? Undan ham zoʻri bor: Excelga 100 ta ismni nusxalash (copy/paste) va bu ishni avtomatlashtirish (macros yoki boshqa usulda). Sizda ham boʻlganmi? Qaysi biri qizziqroq?
Ikkilanish xolatlarining asosi esa bizning strategik fikrlashimiz va ishni bajarishimiz orasidagi tanlov ekan.
Kayfiyatimiz tez oʻzgaruvchan boʻlgani uchun biridan ikkinchisiga sakrashga oʻtar ekanmiz. Bu albatta muammo. Chunki vaqtimizning koʻp qismi tanlov bilan oʻtib ketadi. Eng qizzigʻi tanlov natijasi aniq, yo ishni qilish kerak, yoki qanday qilishni oʻylash kerak. Yechim: (matematikada masala ishlashni eslatvordi shu soʻz.) Hullas yechim:
Rejalashtirish (strategiya) va bajarish (execution) vaqtlarini alohida qilib olish.
Aniq bitta vaqt olib, masalan ertalab soat 8:00, faqat rejalashtirish uchun sarflang. Qachon qaysi ishni qilishingizni puxta reja qiling. Keyin esa reja qilgan ishingiz vaqti kelganida faqat shu ishga urgʻu bering. Endi strategiyani esdan chiqaring. Ishga qarang va ishni bajaring. Bu usul kuningiz samarali oʻtishi va ish vaqtida barcha ishlaringiz tugashiga yordam beradi. Hech nima birdan boʻlmaydi. Har kuni oz ozdan yaxshilab borsangiz, bir necha oyda natijasini koʻrganingizni sezmay qolasiz.
Koʻp oʻylamay ishingni qil!
Qiynalvurmi kallangni ishlatsang boʻlardi!
Deyiladiganlar bagʻishlanadi. Agar fikrlaringiz boʻlsa, oʻrtoqlashing. Boshqalarga ham foydali boʻladi. @DrAlgorithm

Assalomu alaykum UzGeeks March2024 Project Management Day Meetupning to'liq video sizlarga taqdim etamiz. https://www.youtube.com/watch?v=y_fBUbWII-o @UzGeeksCommunity

Bugun yangiliklarga boy kun bo`ldi!

Repost from MohirDev.uz
Ingliz tilini oʻrganayotganlar uchun 🤩 Edu-Action bilan hamkorlikda mockexam platformasini ishlab chiqdik. Unda IELTS imtihoni uchun sinov testlarini topshiriladi. Platformani tanishtirish maqsadida taqdimot uyushtiryapmiz. Taqdimot davomida ekspertlarimiz platforma haqida toʻliq maʼlumot va sizni qiziqtirgan savollarga javob berishadi. 🎁 Diqqat! Tadbir ishtirokchilari IELTS imtihonini bepul topshirish imkoniyatini olishlari mumkin. 🕐 Platforma taqdimoti 13-aprel 13:00 da Yoshlar Ijod Saroyida boʻladi. ⚠️ Taqdimotda BEPUL qatnashish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting: https://forms.gle/e2Vka5Md2mjSRy279

Bu nima? * Ha, bu yerda USB kabi simlar * Ha, bu akula * Ha, bu IT ga aloqasi bor Bitta so`z bilan bu nima?
Bu nima? * Ha, bu yerda USB kabi simlar * Ha, bu akula * Ha, bu IT ga aloqasi bor Bitta so`z bilan bu nima?

Rejalashtirishda ishlatilgan har bir daqiqa bajarishda ishlatiladigan 10 daqiqani tejaydi. Bu esa energiyani 1,000% saqlab qoladi.
- Brian Tracy

Repost from Ali Ahmad
Hozirgi 20-24 yoshli maqsadi bor, lekin juuuuuuuuuuda sekin natijalarga erishayotgan uka-singillarga bir gap! Ustoz tuting, bilimlarizni oshirish va mustahkamlash ustida ikki barobar ishlang, robot yoki qulday ishlayapman degan tushunchani miyyangizdan chiqaring. Vaqt sizlarni ayamaydi, hozirgi vaqtingiz ham energiyangiz ham nisbiy! Manzilga yaqin qolgansiz, yagona kalit bu ustoz! Sizlardagi bu tushkunlik muvaffaqqiyatsizlik emas, energiya yetishmasligi ham emas, bu shunchaki ruhiyat, ha sizni ildamlaydigan, koyib turadigan, “ping”lab turadigan, maqtab turadigan va Sizni eng zoʻr mutaxassis boʻlishizga ishonadigan Ustoz kerak! Tutayotgan roʻzalaringiz qabul boʻlsin azizlar! Biz baxtli davrada tugʻildik, roʻza tutmoqdamiz, biz omadga erishmoqdamiz, sizlarga ham juuuuuuuda ozgina qoldi. @AkhmatovichUz

Vaqt taqsimlash. Koʻp soʻrasam, manga bermaydi. Kam soʻrasam, ulgurmayman. Koʻrchilikda boʻladigan holat. Biror ishni olganda
Vaqt taqsimlash.
Koʻp soʻrasam, manga bermaydi. Kam soʻrasam, ulgurmayman.
Koʻrchilikda boʻladigan holat. Biror ishni olganda qancha vaqt ketishini baxolash. Nima uchun shunday? ------ Rasmda: Senior dasturchi Juniorʼga qaraganda koʻproq vaqt olishi mumkin. Bir xil vazifa: Senior: 5 kun. Junior: 2 kun. Bir haftadan keyin... Senior: boshqa vazifani bajarmoqda. Junior: yana 3 kun vaqtini avvalgi vazifani toʻgʻrilashga sarfladi. Keyin tushundi-ki, bu vazifani bajarishi uchun boshqa yondashuv kerak ekan. ------ * Koʻproq vaqt olishga qoʻrqish kerak emas. Kengroq fikr qila olmaslikdan qoʻrqish kerak. * Savol berishdan qoʻrqish kerak emas. Javobni tushunmay, aniqlashtirmaslikdan qoʻrqish kerak. * Kod ishlamay qolsa, qoʻrqish kerak emas. Urinishdan toʻxtab qolishdan qoʻrqish kerak. Hullas, kuchingizga qarab vaqt oling. Oʻzingiz ustingizda ishlab, xatosiz vazifa bajarishni oʻrganing. Xatolar kamayganda vaqtni qirqartirishni boshlaysiz. Izoh: Rasm internetdan olindi. @DrAlgorithm