cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Ona tili | Saʼdullayev

Oʻzbek tili va adabiyoti fani bo‘yicha ma‘lumotlar taqdim etuvchi yagona rasmiy kanal! 📚 BVMBA yangiliklari✅ 📚 Fanga oid mukammal videoqo‘llanmalar✅ 📚 Mavzulashtirilgan va nazorat testlari✅ ✍ Muhokama guruh : @adabiyot_sadullayev

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
461
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

⚡️ Tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi 📣 2023-yil 21-may kuni o‘tkazilgan tarix va geografiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi. 👨🏻‍💻 Test natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. 📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi. ✅ Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi: 🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball; 🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball. ❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
01:18
Video unavailableShow in Telegram
#Qabul2023 #Abituriyent2023 ❓ Harbiy tavsiyanoma 5 ta oliy ta’lim muassasasiga ham o‘tadimi? ✅ Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi: 🔰 Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) o‘qishga kirish uchun alohida qabul parametrlari ajratiladi. 📌 Alohida qabul parametrlari umumiy qabul parametrlarining besh foizi miqdorida ajratilib, oliy ta’lim muassasalari kesimida (har bir ta’lim shakli bo‘yicha) taqsimlanadi. ❕ Tavsiyanomaga ega abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga ajratilgan alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etadi. 🖥 “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvi 2-sonining to‘liq videosi: https://youtu.be/7F4ELBrokXo Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Abituriyent-2023 2-son 1080p.mp4~2.mp46.01 MB
00:53
Video unavailableShow in Telegram
#Qabul2023 #Abituriyent2023 ❓ Nogironligi bo‘lgan shaxslarga qanday imtiyozlar bor? ✅ Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi: 🔰 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda nogironligi bo‘lgan shaxslarga qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosida qabul kvotalari ajratiladi. 📌 Ushbu kvotalar oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimida taqsimlanadi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar mazkur kvotalar doirasida tanlovda ishtirok etadi. ❇️ Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar test sinovlarida ishtirok etish uchun undiriladigan to‘lovdan ozod etiladi. 🖥 “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvi 2-sonining to‘liq videosi: https://youtu.be/7F4ELBrokXo Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Abituriyent-2023 2-son 1080p.mp4~3.mp44.11 MB
Xayrli tong🌝
Hammasini ko'rsatish...
⚡️ Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat natijalari 12-iyun kuni e’lon qilinadi 📆 Ma’lumki, 2023-yil 14-may kuni ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun test sinovlari o‘tkazilgan edi. ✅ Hozirga qadar talabgorlarning yopiq va ochiq turdagi (1 dan 44 gacha) test topshiriqlari bo‘yicha natijalari to‘liq hisoblab bo‘lingan. 📝 Yozma ishlarni tekshirish murakkab va ko‘p vaqt talab etadigan jarayon bo‘lib, har bir talabgorning yozma ishi kamida 2 nafar, ayrim holatlarda esa 3 nafar ekspert tomonidan tekshiriladi. ❕ Yozma ishlar soni ko‘p ekanligi va yozma ishlari tekshirish ko‘p vaqt talab etadigan jarayon bo‘lgani sababli yozma ishlarni tekshirish jarayoni to‘liq yakunlanmagan. 📌 Yozma ishlarni tekshirish 12-iyun kuniga qadar to‘liq yakunlanadi va shu kunning o‘zida talabgorlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Tilshunoslik boʻlimlari bilan tanishing
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Xushnudbek.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Sirtqi taʼlimga qabul to‘xtatiladimi? #abituriyent Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar ortidan "endi sirtqi taʼlimga qabul to‘xtatildimi?" degan savollar ko‘paydi. Shu bo‘yicha tushuntirish bermoqchiman. 1️⃣ Birinchidan, ushbu qaror faqat 14 ta PEDAGOGIKA yo‘nalishlariga taalluqli. Ro‘yxati yuqoridagi suratda berilgan. Mana shu 14 ta yo‘nalishga joriy yildan boshlab ❌ qabul to‘xtatildi. Boshqa yo‘nalishlarda sirtqi taʼlim bo‘yicha ✅ qabul to‘xtatilmagan. 2️⃣ Ikkinchidan, PEDAGOGIKA sohasida yo‘nalishlar ko‘p, yuqoridagi 14 tadan boshqa yo‘nalishlarga sirtqiga hamma topshira oladimi? ❗️Yo‘q, topshira olmaydi. Pedagogika sohasidagi boshqa yo‘nalishlarga ham istalgan odam qabul qilinmaydi. Faqatgina taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslargina SIRTQIga qabul qilinadi. ✅ Yana qaytaraman, bu faqat PEDAGOGIKA sohasiga taalluqli. Boshqa sohalardagi yo’nalishlarga bu qarorning aloqasi yo’q. Shuningdek, pedagogika sohasidagi istalgan yo‘nalish uchun kunduzgi va kechki taʼlim shaklida ham cheklovlar yo‘q, istalgan abituriyent hujjat topshirishi mumkin. ℹ️ Yuqoridagi maʼlumotlarning asosi: Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarori 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
00:23
Video unavailableShow in Telegram
1.66 MB
⚡️ Diqqat! Ushbu testni soat 21:00 da tahlili boʻlib oʻtadi.
Hammasini ko'rsatish...