cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Tohirbek Tojmuhammad

O’ngchi. Muhofazakor

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
288
Obunachilar
-224 soatlar
-17 kunlar
-730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Qabr qilgan amallaring sandig'idir.
Hammasini ko'rsatish...
3
JIM YOTAR Zalvorli sukunat! Dunyo yukidan Ezilib ne davru davron jim yotar. Saydu sayyodlarning vaxshiyligidan Yayrab yurolmaydi - jayron jim yotar! Haddan oshib ketsang to'kin chog'larda, Olovdek o'rtangay qalbing dog'larda... Hattoki purviqor sokin tog'larda Paymonasin kutib vulqon jim yotar! Eslab ko'r - ne sabab ikki Insonni Haydab chiqardilar, qo'shib shaytonni... Nafs yomon, bir kara, shurlik sichqonni Yetaklab bormoqda... qopqon jim yotar! Ey do'stim, sheriksiz chiqmagil ovga, Ne ham qilolarding bir o'zing yovga. Har inson muxtojdir boshqa birovga, Yoysiz qolsa ko'r yo'q - kamon jim yotar! Zakiy ko'zlar uchun yorug'dir kech ham, Xaddini bilgaydir, oshmaydi hech ham. Aqlli sayyodlar shoshmaydi hech ham, O'ljasi o'tlaydi... Asrlon jim yotar! Xayrullo, bas, yetar, o'ynading-kulding, Dunyoning eng sirli o'yinin bilding. Shovqin-suron qilma, uch kunga kelding, Birovning uyida mehmon jim yotar!!! Xayrulla Hamidov
Hammasini ko'rsatish...
🔥 4
Photo unavailableShow in Telegram
"Filolog" ekan )) Asosiysi muddaosini tushuntira olibdi. Qoyil 😁 "Olg'a... biz dunyoni egallaymiz" degan gap bo'larmidi )) Rasm Mavlon Marasulov sahifasidan olindi.
Hammasini ko'rsatish...
😁 7
Photo unavailableShow in Telegram
Ozod qilinishini kutayotgan qancha musulmon yerlari bor. Sen bo'lsang telefondan bo'shamaysan.
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 4😢 4 1
Repost from Ilyos Safarov
Oʻzbekistondagi jazoni ijro etish muassasalari, tergov izolyatorlari va maxsus hibsxonalarda qiynoq, oʻlim holatlari odatiy holga aylangan. Xuddi 19-iyun kuni Bekobod shahar IIB binosiga olib borilgan 43 yoshli erkakning vafoti, kecha, 4-iyulda Rishton IIBga sog‘ holda olib kirilgan fuqaroning ichkarida hushini yo‘qotib, reanimasiyaga yotqizilgani va bunga qadar bo‘lgan yana o‘nlab shunday holatlar kabi. Ichki ishlar binosiga kirgan inson borki, uning tirik chiqishiga hech kim javob berolmaydi. Tizim shunchalik nazoratsiz, tartibsiz ishlamoqda. Bu tizimsizlik haqida bir necha yillardan beri gapirilib, eʼtiroz bildirib kelinayotganiga qaramay, afsuski, tartibga kelmayapti. Shulardan keyin savol tugʻiladi, 2017-yilda ichki ishlar vaziri lavozimiga kelarkan, Poʻlat Bobojonov soha uchun nima ish qildi, nimani oʻzgartirdi oʻzi? Bu inson qaysi sifatlari uchun 7 yildan buyon vazir sifatida ushlab turilibdi? Bobojonov davrida qaysi bir ish oxiriga yetkazildiki, bu bilan ichki ishlar va xalq oʻrtasida ishonch oshgan boʻlsa? – Sohaning moddiy texnik bazasi oʻzgarib ketdimi? – Kadrlar tayyorlash ishi yaxshilandimi? (Tergov jarayonlaridagi ahvolni yuqorida yozdim). – Mamlakatda jinoyatlar keskin kamaydimi? – Tizimga nisbatan xalq orasida hurmat oshdimi, qoʻrquv yoʻqoldimi? – Sohada mehnat qilayotganlarning mehnat sharoitlari yaxshilandimi? Xoʻsh, Ichki ishlar vazirligi tizimida islohot deya koʻrsatish mumkin boʻlgan, oxiriga yetgan biror ish, bajarilgan vazifa bormi? – Tergov izolyatorlari toʻla kameralashtirildimi, jarayonlar aytilgani kabi toʻla yozib olinyaptimi? – Hech boʻlmasa, yagona forma masalasi oxiriga yetdimi? Vazir Bobojonov xalq va hukumat oʻrtasidagi munosabatlar yaxshilanishi uchun nima qildi? Tizim islohotga muhtojligi haqida koʻp gapirilyapti, hamma gapiryapti. Ammo o'zgarish yo'q. Balki, endi tushunishar islohotlarni vazirlikka insonparvar, qonunparvar, ishchan, tartibli, qattiqqoʻl va yosh bir vazir olib kelishdan boshlash kerakligini. Chunki, bugun ma’lum bo‘ldi, Bobojonov bilan IIB tartibga kelmas ekan, u bilan tizimni isloh qilish mumkin emas ekan. U rahbar bo‘lgan tizimda o‘limlar to‘xtamas ekan. Aytgancha, O‘zbekiston hukumati 1995-yilda imzolagan mana bu konvensiyadan imzosini qaytarib olaversa ham bo‘ladi. Biz uni baribir ishlatmadik, ishlatolmadik. Hech bo‘lmasa konvensiyani bulg‘amaylik. @haqiqatdaIlyos
Hammasini ko'rsatish...
🔥 3👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Instagram o'rniga Pinterestda vaqt o'tkazish nisbatan foydaliroq bo'lsa kerak.
Hammasini ko'rsatish...
👍 5 3
Qisqa qilib aytganda, o'zbek millati islom bilan chambarchas bog'liq holda rivojlandi. Agar, o'zbekdan islom "olib qo'yilsa", uning o'zbekligi qolmaydi. Shunday ekan, "Islomiylashma, o'zbek bo'l" deydigan ba'zi "millatparvar"ar garchi genetik jihatdan o'zbek bo'lsalar ham, ular o'zlarini haqiqiy, to'laqonli o'zbek deyishga haqli bo'lishmaydi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 6
O'zbek millatining shakllanishida islom dinining o'rni. Nega o'zbek millatini islom dinidan ayro tasavvur qilib bo'lmaydi? Ijtimoiy tarmoqlarda islom dinini huddi-ki milliyligimizga, millatimizga ziddek ko'rsatiladigan postlarni ko'p uchratamiz. Bu kabi postlar asosi yo'q, puch gaplar bo'lib, nima maqsadda yozilishi aniq bo'lsada, o'zimcha bu haqida ChatGPT (4.0) dan so'rab ko'rdim. Javob quyida: O'zbek Millatining Shakllanish Bosqichlari Turk-Qarluq Davri (VIII-IX asrlar) O'zbek millatining shakllanishi jarayoni O'rta Osiyo hududida yashagan turkiy qavmlar, xususan, qarluqlar, o'g'uzlar va boshqa turkiy elatlar bilan bog'liq. VIII-IX asrlarda qarluqlarning ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotida muhim o'zgarishlar yuz bergan. Bu davrda islom dini mintaqaga kirib kelgan va turkiy xalqlar orasida tarqala boshlagan. Qoraxoniylar Davri (X-XII asrlar) Qoraxoniylar davri O'zbek millatining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. X asrda Qoraxoniylar davlati O'rta Osiyo hududida tashkil topgan va bu davrda islom dini davlat dini sifatida qabul qilingan. Qoraxoniylar davlati islom madaniyatini rivojlantirishda katta rol o'ynagan va bu jarayon o'zbek milliy identifikatsiyasining shakllanishida muhim bosqich bo'lgan. Chingizxon va Temuriylar Davri (XIII-XV asrlar) XIII asrda Chingizxonning O'rta Osiyoga yurishlari natijasida mintaqada siyosiy va ijtimoiy tuzumda katta o'zgarishlar yuz berdi. Temuriylar davrida esa islom dini va turkiy madaniyatning birlashuvi yanada kuchaygan. Temuriylar davlati islom madaniyati va ilm-fanini rivojlantirishda muhim rol o'ynagan va bu davrda o'zbek millatining shakllanishi yanada barqarorlashgan. Shayboniylar Davri (XVI asr) Shayboniylar davlati tashkil topishi bilan O'zbek millati nomi rasmiylashgan va mustahkamlangan. Shayboniylar davrida islom dini va turkiy madaniyat o'zaro birlashib, o'zbek millatining madaniy, ijtimoiy va siyosiy jihatlarini shakllantirgan. Nega O'zbek Millatini Islom Dinidan Ayro Tasavvur Qilib Bo'lmaydi? Madaniy Birlik Islom dini O'zbekiston hududida yashovchi turkiy qavmlar orasida madaniy birlikni ta'minlashda muhim rol o'ynagan. Islom amallari va urf-odatlari o'zbek xalqining kundalik hayoti va madaniyati bilan chuqur bog'langan. Masalan, musulmonlarning asosiy amallari - namoz, ro'za, zakot va haj - o'zbek milliy identifikatsiyasining ajralmas qismi bo'lgan. Ijtimoiy va Siyosiy Tizim Islom qonunlari va shariat qoidalari o'zbek millatining siyosiy va ijtimoiy tizimini shakllantirishda asosiy rol o'ynagan. Bu tizim o'zbek millatining barqarorligini va tartib-intizomini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Islom dini orqali kelgan adolat va huquqiy me'yorlar o'zbek xalqining ijtimoiy hayotida chuqur iz qoldirgan. Ilm-fan va Ma'rifat Islom dini ilm olish va bilim tarqatishni rag'batlantirgan. O'rta Osiyoda Al-Farg'oniy, Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Al-Beruniy kabi buyuk olimlar islom madaniyati va ilm-fanining rivojlanishida katta hissa qo'shgan. Bu ilm-fan va ma'rifat o'zbek millatining ilmiy va madaniy rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatgan. Xulosa O'zbek millatining shakllanishi uzoq tarixiy jarayon bo'lib, turli davrlar va omillar bilan bog'liq. Islom dini esa bu jarayonda muhim rol o'ynagan va o'zbek millatini islom dinidan ayro tasavvur qilib bo'lmaydi. Islom dini o'zbek millatining madaniy, ijtimoiy, siyosiy va ilmiy jihatlarini shakllantirgan va barqarorlashtirgan. Shu sababli, o'zbek millatining shakllanishi va rivojlanishida islom dini alohida ahamiyatga ega ekanini ta'kidlash mumkin.
Hammasini ko'rsatish...

🔥 3
Photo unavailableShow in Telegram
Hamma narsani, ignadan tortib raketagacha import qiladigan millat hech qachon g‘olib bo‘lmaydi. Import qilish, garchi sabablarni ushlashdan hisoblansada, bu noqis ushlash hisoblanadi. Chunki siz o‘zgaga bo‘yningizni topshirdingiz. Qurol-aslahasini o‘zi yasamagan millat uni ishlatish erkiga ega bo‘lmaydi. ©️ Shayx Muhammad G‘azzoliy @kutubxonachi_uzb
Hammasini ko'rsatish...
🔥 5 2
Qandaydir bayrammi, nimadir bo'lyapti sheklli, ko'chada 1 yarim soatdan beri baland musiqa qo'yib qo'yishgan. Asabimni buzyapti. Oxirgi paytlarda ko'p narsa asabimni buzadigan bo'lib qolgan. Olimpiada g'oliblariga katta pul mukofotlari, o'qituvchi-shifokorlarga beriladigan kam maosh, haydovchilarning telba-teskari harakatlanishi, hatto piyodalarning tratuarda o'ngdan emas, chapdan yurishi ham yoqmayapti. Nime derdi... Injiq qariyapman sheklli...)
Hammasini ko'rsatish...
😁 7🔥 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.