cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Ilyos Safarov

Jurnalist Ilyos Safarovning rasmiy telegram sahifasi. 🇺🇿🇹🇷🇰🇿🇫🇷🇩🇪🇦🇹🇨🇭🇰🇬

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
6 892
Obunachilar
+3424 soatlar
+137 kunlar
-11630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Parallellar: jamiyatda ikki standartlilik oshib boraversa nima bo‘ladi? O‘zbek tiliga ingliz tilidan kirgan va nutqda tez-tez qo‘llanadigan “standart” degan so‘z bor. Izohiga qarasangiz, bu so‘z umum e’tirof etilgan, tarixan o‘rnatilgan qoidalar to‘plami, shablon degan ma’nolarni bildiradi. Endi ana shu so‘zni kengroq miqyosda, masalan, davlat va jamiyat boshqaruviga nisbatan qo‘llab ko‘rilsa, har qanday jamiyat boshqaruvida umumamal qilinadigan, ishlaydigan standartlar, qoidalar bo‘lishi juda muhimligi ko‘rinadi. Ammo, jamiyatda ana shu umumstandartlar buzilsa-chi, qonun-qoidalar, ular uchun belgilab qo‘yilgan jazo, ijtimoiy adolat me’zonlari turli kishilarga turlicha ishlab boshlasa nima bo‘ladi? Buning davlat va jamiyat barqarorligi uchun xavfi, oqibatlari qanday? “Nuqtalar”ning navbatdagi sonida jamiyatdagi ikki istandartlilik bilan bog‘liq shu va boshqa savollarni Qonunchilik palatasi sobiq deputati Rasul Kusherbayev va Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovga berdik. 📹👉 https://youtu.be/xcrGNMXgLpM?si=h6P_JnVjXdUWv2K1 @haqiqatdaIlyos
Hammasini ko'rsatish...
Parallellar: jamiyatda ikki standartlilik oshib boraversa nima bo‘ladi?

O‘zbek tiliga ingliz tilidan kirgan va nutqda tez-tez qo‘llanadigan “standart” degan so‘z bor. Izohiga qarasangiz, bu so‘z umum e’tirof etilgan, tarixan o‘rnatilgan qoidalar to‘plami, shablon degan ma’nolarni bildiradi. Endi ana shu so‘zni kengroq miqyosda, masalan, davlat va jamiyat boshqaruviga nisbatan qo‘llab ko‘rilsa, har qanday jamiyat boshqaruvida umumamal qilinadigan, ishlaydigan standartlar, qoidalar bo‘lishi juda muhimligi ko‘rinadi. Ammo, jamiyatda ana shu umumstandartlar buzilsa-chi, qonun-qoidalar, ular uchun belgilab qo‘yilgan jazo, ijtimoiy adolat me’zonlari turli kishilarga turlicha ishlab boshlasa nima bo‘ladi? Buning davlat va jamiyat barqarorligi uchun xavfi, oqibatlari qanday? “Nuqtalar”ning navbatdagi sonida jamiyatdagi ikki istandartlilik bilan bog‘liq shu va boshqa savollarni Qonunchilik palatasi sobiq deputati Rasul Kusherbayev va Inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati raisi Abdurahmon Tashanovga berdik. Telegram 👉

https://t.me/vatandosh_tv

(@vatandosh_tv) TikTok 👉

https://www.tiktok.com/@vatandosh.tv

Instagram 👉

https://www.instagram.com/vatandosh_tv

(@vatandosh_tv) YouTube 👉

https://www.youtube.com/@vatandosh_tv

Facebook 👉

https://fb.com/vatandoshtv

👍 17 3👏 2
Ijtimoiy tarmoqlarda 1-iyuldan boshlab tez yordam brigadalarida shifokorlar o'rnini feldsherlar egallashi haqida xabarlar tarqaldi.  Jumladan, shunday xabarlardan birida yozilishicha, amaliyot orqali go'yo 1064 ta shifokor shtatini qisqartirish va natijada mamlakat buyudjeti defitsitini biroz bo'lsa-da kamaytirish reja qilinmoqda. Ayni mazmundagi xabarlar tarmoqlarda ko'plab muhokama va noroziliklarga sabab bo'larkan, biroz avval Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon G'afurov bilan bog'landim. Markaz rahbari esa tarmoqlarda tarqalayotgan bu kabi xabarlarda hech bir asos yo'qligi va tez yordam brigadalaridagi shifokorlar shtatini qisqartirish haqida o'ylanmayotganini ta'kidladi. "Bunday xabarlar feykdan boshqa narsa emas", – dedi Abduvoitjon G'afurov. Demak, tez yordam xizmatida ishlayotgan shifokorlarimiz xavotir qilishmasa ham bo'ladi. Hukumatda ularning shtatini qisqartirish haqida reja mavjud emas. Taxminimcha, Moliya vazirligi mas'ullaridan birortasi OAVga davlat byudjeti teshigi kengayib borayotgani haqida gapira turib, unga yechim sifatida bergan shu mazmundagi taklifi bilan "qovun tushirgan". Kanallar esa taklifga "1-iyul to'nini kiydirib" e'lon qilavergan. P.S: Toshkon bilan gaplashdim, ertadan uchaverasizlar, deydiyu). @haqiqatdaIlyos
Hammasini ko'rsatish...
😁 78👍 23🤣 11🤪 3👎 2🥰 1🙏 1
Ijtimoiy tarmoqlarda 1-iyuldan boshlab tez yordam brigadalarida shifokorlar o'rnini feldsherlar egallashi haqida xabarlar tarqaldi. Jumladan, shunday xabarlardan birida yozilishicha, amaliyot orqali go'yo 1064 ta shifokor shtatini qisqartirish va natijada mamlakat buyudjeti defitsitini biroz bo'lsa-da kamaytirish reja qilinmoqda. Ayni mazmundagi xabarlar tarmoqlarda ko'plab muhokama va noroziliklarga sabab bo'larkan, biroz avval Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon G'afurov bilan bog'landim. Markaz rahbari esa tarmoqlarda tarqalayotgan bu kabi xabarlarda hech bir asos yo'qligi va tez yordam brigadalaridagi shifokorlar shtatini qisqartirish haqida o'ylanmayotganini ta'kidladi. "Bunday xabarlar feykdan boshqa narsa emas", – dedi Abduvoitjon G'afurov. Demak, tez yordam xizmatida ishlayotgan shifokorlarimiz xavotir qilishmasa ham bo'ladi. Hukumatda ularning shtatini qisqartirish haqida reja mavjud emas. Taxminimcha, Moliya vazirligi mas'ullaridan birortasi OAVga davlat byudjeti teshigi kengayib borayotgani haqida gapira turib, unga yechim sifatida bergan shu mazmundagi taklifi bilan "qovun tushirgan". Kanallar esa taklifga "1-iyul to'nini kiydirib" e'lon qilavergan. P.S: Toshkon bilan gaplashdim, ertadan uchaverasizlar, deydiyu). @haqiqatdaIlyos
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Har kim istagan diniga e'tiqod qilish yoki qilmaslik huquqiga ega. Insonning nima kiyib, nima kiymasligi ham yolg'iz uning o'ziga tegishli huquq, erk. Vijdon erkinligi hamda shunga o'xshash boshqa huquqlar konstitutsiya va eng asosiysi, dunyoda umumamal qiladigan xalqaro qonunlar bilan kafolatlangan. Bu qonunlarni buzish, istalgan shaklda daxl qilish javobgarlikka sabab bo'ladi. Biz shu umumhuquqlar himoyasini qabul qilgan davlatmiz. (Albatta vatandoshlar kabi davlatning o'zi ham bu huquqlarni shubhasiz, hurmat qilishi, himoyalashi lozim). Biz jamiyat va avvalo inson sifatida bunga o'rganishimiz, shu qadriyatlarni o'zimizga singdirishimiz kerak. Boshqalar huquqlariga bemalol daxl qilinar va bu oddiy holat sifatida qaralarkan, jamiyat, siyosiy millat sifatida hech qachon o'smaymiz, oldinga yurmaymiz. Mafkuralar, g'oyalar, qarashlar, qadriyatlar, harakatlar turlicha bo'lgan jamiyatlardagina o'sish, o'zgarish bo'ladi. Unutmang, bu ongimizda har doim qadalgan holda turishi kerak bo'lgan qoida, majburiyat va buzish taqiqlangan qizil chiziqli chegaralar. Sal avval ikki xil kiyimda va ehtimol, ikki xil din vakilining bir-biriga nisbatan qo'pol qarashi, munosabatini ko'rganimdan keyin uyg'ongan fikrlar. @haqiqatdaIlyos
Hammasini ko'rsatish...
👍 66 5💯 3👎 2😢 1
Raisiyning halokati chindan noqulay ob-havo oqibatimi? Eron prezidenti Ibrohim Raisiy aviahalokat qurboni bo‘ldi. Raisiy va yuqori martabali mulozimlar uchgan vertolyot kecha, 19-may kuni mamlakat shimoli-g‘arbida, Sharqiy Ozarboyjon viloyati hududida halokatga uchragan. Mamlakat rasmiy axborot agentliklari xabariga ko‘ra, halokat oqibatida Raisiy bilan birga Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon, Sharqiy Ozarboyjon viloyati gubernatori Malik Rahmatiy, oyatullohning hududdagi vakili Muhammad Ali Ale-Hoshim ham halok bo‘lgan. Halokatga uchragan bortda shuningdek prezident qo‘riqchilari boshlig‘i Sayid Mehdi Musaviy, ikki uchuvchi hamda texnik zobit bo‘lgani ma'lum. 20-may tongida Amerikada ishlab chiqarilgan Bell 212 vertolyoti qoldiqlari noqulay ob-havo sharoitida o‘tkazilgan bir necha soatlik tungi qidiruv ishlaridan keyingina topilgan. Eron televideniyesiga ko‘ra, vertolyot tog‘dagi qoyalardan biriga borib urilgan. Mamlakat Qizil yarim oy jamiyati rahbari Pirhusayn Kolivand davlat televideniyesi orqali qilgan chiqishida qutqaruvchilar halokat joyiga yetib borishganida «vertolyot yo‘lovchilaridan birortasi omon qolgani belgilari yo‘qligi»ni aytgandi. Qidiruv hududida 73 ta qutqaruv otryadi harakatlangan. Eron motamga hozirlanmoqda. Nuqtalarning navbatdagi soni Eron prezidenti va mamlakatning boshqa rasmiylari vafotiga sabab bo‘lgan aviahalokat va u paydo qilayogan savollar tahlilga bag‘ishlandi. Intervyu mehmoni siyosatshunos Rafael Sattorov bo‘ldi. 📹👉 https://youtu.be/msu-qB_uNlo @haqiqatdaIlyos
Hammasini ko'rsatish...
👍 39🔥 4
So'z erkinligidan nega qo'rqiladi? Oxirgi bir necha hafta ichida O‘zbekistonda jurnalistika va so‘z erkinligiga oid ikki muhim xabar, yangilik OAVda keng yozildi, yoritildiki, kuzatuvchilarimiz bu ikki yangiliklardan allaqachon xabar topgan bo‘lishi aniq. Shunday bo‘lsa-da, keling ularni yana bir bor qisqa tarzda yodga olamiz: 1-xabar: «Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro nodavlat tashkiloti 3-may – Jahon matbuoti erkinligi kunida har yillik an'anaviy matbuot erkinligi indeksini e'lon qildi. 2024-yil yakunlari bo‘yicha tuzilgan reytingda O‘zbekiston 11 pog‘onaga pasayib, 180 davlat orasida 148-o‘rinni egalladi. Kuzatuvchilar O‘zbekistonda so‘z erkinligi bo‘yicha vaziyatni «og‘ir»dan «juda jiddiy»ga o‘zgartirishdi. 2-xabar: 14-may kuni O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XVIII milliy mukofoti uchun g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan rasmiylarning barchasi O‘zbekistonda so‘z erkinligi borasida vaziyat doimiy yaxshilanib borayotgani va bu borada tanlangan yo‘ldan hech qachon ortga qaytilmasligini ta'kidlashdi. “Nuqtalar” dasturining navbatdagi soni orqali xalqaro tashkilotlar va hukumat rasmiylari munosabatidagi bir-biridan farqli shu nuqta, ularning asosi va O‘zbekistonda jurnalistika va so‘z erkinligi qay tomonga ketmoqda o‘zi, degan muhim savollar tahliliga bag‘ishlandi. Intervyu mehmonlari “Ozodlik” radiosi o‘zbek xizmati rahbari Pahlavon Sodiq va Amerika ovozi teleradiosi muxbiri Navbahor Imamova bo‘ldi. 📹👉 https://www.youtube.com/watch?v=ZNpB31mHKm8 @haqiqatdaIlyos
Hammasini ko'rsatish...
O‘zbekiston nega 148-o‘ringa "quladi"?

Oxirgi bir necha hafta ichida O‘zbekistonda jurnalistika va so‘z erkinligiga oid ikki muhim xabar, yangilik OAVda keng yozildi, yoritildiki, kuzatuvchilarimiz bu ikki yangiliklardan allaqachon xabar topgan bo‘lishi aniq. Shunday bo‘lsa-da, keling ularni yana bir bor qisqa tarzda yodga olamiz: 1-xabar: «Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro nodavlat tashkiloti 3-may – Jahon matbuoti erkinligi kunida har yillik an'anaviy matbuot erkinligi indeksini e'lon qildi. 2024-yil yakunlari bo‘yicha tuzilgan reytingda O‘zbekiston 11 pog‘onaga pasayib, 180 davlat orasida 148-o‘rinni egalladi. Kuzatuvchilar O‘zbekistonda so‘z erkinligi bo‘yicha vaziyatni «og‘ir»dan «juda jiddiy»ga o‘zgartirishdi. 2-xabar: 14-may kuni O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XVIII milliy mukofoti uchun g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan rasmiylarning barchasi O‘zbekistonda so‘z erkinligi borasida vaziyat doimiy yaxshilanib borayotgani va bu borada tanlangan yo‘ldan hech qachon ortga qaytilmasligini ta'kidlashdi. “Nuqtalar” dasturining navbatdagi soni orqali xalqaro tashkilotlar va hukumat rasmiylari munosabatidagi bir-biridan farqli shu nuqta, ularning asosi va O‘zbekistonda jurnalistika va so‘z erkinligi qay tomonga ketmoqda o‘zi, degan muhim savollar tahliliga bag‘ishlandi. Intervyu mehmonlari “Ozodlik” radiosi o‘zbek xizmati rahbari Pahlavon Sodiq va Amerika ovozi teleradiosi muxbiri Navbahor Imamova bo‘ldi. Telegram 👉

https://t.me/vatandosh_tv

(@vatandosh_tv) TikTok 👉

https://www.tiktok.com/@vatandosh.tv

Instagram 👉

https://www.instagram.com/vatandosh_tv

(@vatandosh_tv) YouTube 👉

https://www.youtube.com/@vatandosh_tv

Facebook 👉

https://fb.com/vatandoshtv

🔥 24👍 11 6👏 2
Photo unavailableShow in Telegram
Vazirliklardan birida kadrlar bo'limining ikki xodimi "ko'kida" olingan pora bilan qo'lga tushibdi. Xay, korrupsionerlarning ushlangani juda yaxshi. Ammo, vazirlik tomonidan qo'lga tushgan o'sha xodimlarning mahallasi, o'qigan maktabi, farzandlari o'qiydigan maktablarga la'nat xatlari yuborilayotgan ekan-ki, bu endi inson huquqlarining juda qo'pol buzilishi, o'rtoqlar. Korrupsiyaga qarshi inson huquqlarini buzish orqali kurashilmaydi. Bu - bir xatoni ikkinchi, oqibatini bartaraf qilib bo'lmaydigan kattaroq xato bilan tuzatishga intilish degani. Hukumatda inson huquqlariga mas'ul idoralar bu bemazagarchilikni zudlik-da to'xtatishi kerak. Qaysi vazirlik ekanini aytmay, kerakli odamlarning hammasi biladi. (Illyustrativ foto). @haqiqatdaIlyos
Hammasini ko'rsatish...
🔥 7👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Vazirliklardan birida boshqarma boshlig'i ko'kida olingan pora bilan qo'lga tushibdi. Xay mayli. Ammo, vazirlik tomonidan qo'lga tushgan o'sha xodimning mahallasi, o'qigan maktabi, farzandlari o'qiydigan maktablarga la'nat xatlari yuborilayotgan ekan-ki, bu endi inson huquqlarining juda qo'pol buzilishi, o'rtoqlar. Korrupsiyaga qarshi inson huquqlarini buzish orqali kurashilmaydi. Bu - bir xatoni ikkinchi, oqibatini bartaraf qilib bo'lmaydogan xato bilan tuzatishga intilish degani. Hukumatda inson huquqlariga mas'ul idoralar bu bemazagarchilikni zudlik-da to'xtatishi kerak. Qaysi vazirlik ekanini aytmay, kerakli odamlarning hammasi biladi. (Illyustrativ foto).
Hammasini ko'rsatish...
🤬 10👍 3👏 1
01:01
Video unavailableShow in Telegram
👍 101 8😍 2
00:33
Video unavailableShow in Telegram
🤬 32👍 19🤯 3😁 2😐 1