uz
Feedback
Khusanboy Sobirjonov | IT Blog

Khusanboy Sobirjonov | IT Blog

Yopiq kanal

💻 Let's learn programming together ✍️ Author: @uzbek_coder_2022_bot 🌐 Web-site: uzbekdeveloper.uz ——————————————————— 🔸 Hechkim sendan aqlli, kuchli emas 🔹 Shunchaki ular oldin boshlashgan! (👤 Stiv Jobs) ——————————————————— ❓Quiz: @quiz_test_py_cp

Ko'proq ko'rsatish
Buy Ad
170
Obunachilar
+124 soatlar
+27 kun
+630 kun
Postlar arxiv
#hikmat Mard ko‘p so‘rasa ham ozga rozi bo‘ladi, nomard oz so‘raydi, ortiqcha bersang ham rozi bo‘lmaydi. ©️Abay ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#result | #cpython cpython.uz saytida daily streak zo'r ketmoqda. Orada uzulishlar bo'lib qolmaganda yanada ajoyib bo'lar edi
#result | #cpython cpython.uz saytida daily streak zo'r ketmoqda. Orada uzulishlar bo'lib qolmaganda yanada ajoyib bo'lar edi. Rasmda streak ustuniga nisbatan ro'yxat tartiblangan bo'lib, hozirda men 40 kundan buyon daily task larni bajarib kelyabman. Shu ham bir odatga aylanib qoldi. Agarda topshiriqlarni bajarib qo'ya olmasam uyqu ham kelmaydi va tunda bajaraman nima qilib bo'lsa ham. Saidakbar aka leetcode ni ham zo'r olib ketadi. Qoyil qolmasdan iloj yo'q. Kepcoinni to'plab yuribmiz python bo'yicha yangi kurs chiqsa sotib olish uchun bir tomondan. Siz ham shunday qila olasiz. O'zingizda foydali odatlarni shakllantiring. Fakultetda dars bo'lmasa yoki darsdan so'ng ham o'zimiz mustaqil dars qilib, shug'ullanib yuruvchi insonlar sanoqli hammasini taniyman ham. Ayniqsa, hozirgi vaqtda. Hammasida natijalar yaxshi deb bilaman. ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#hikmat Bezovtalikning choʻqqisi - sen gapirishini xohlagan insonning chuqur sukut qilishida boʻladi. ©️Ayman Yogʻiy ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#cpp Qaysi biri bo'yicha post bo'lgani ma'qulroq ?
Anonymous voting

#my_blog Yaqinda bir ajoyib postni Telegramda o'qib qolgandim. Doimo o'zingizga nima uchun ni qo'shib, nima uchun buni qilmoqdaman nima uchun o'rganyabman nima uchun yashayabman ... deya ko'plab turli savollar bering. Shunda siz qanday yo'ldan ketayotganingizni yoki yo'lning qayerida ekanligingizni bilib olasiz. O'zim shuni sinab ko'rdim natija berdi albatta. Agarda xato yo'ldan borayotgan bo'lsangiz uni o'zgartirasiz, aks holda keyingi rejalarni tuzasiz yoki keyingi qadamga o'tasiz. Oldingi fikringiz balki hozir o'zgargandir meniki singari. ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#Portfolio_blog Shunday qilib, o'quv yili boshlandi. Yana asosiy ustozim va boshqa ustozlarimdan ilm olishni, loyihalar qilish hamda tajriba oshirishni davom ettiraman. Bugun shulardan biri SQL bo'yicha o'z maslahatini berdi. O'z tajribasidan kelib chiqib. Hozircha ular bir haftalik hujjat ishlari bilan band bo'lishar ekan. Demak, hammasi keyingi haftadan. Ta'til davomida kutdim shuncha vaqt mobaynida yana ozginasiga sabr qilish yetarli. O'zim esa ingliz tilimni yaxshilash uchun kursga borishni boshladim. Darsdagi maktab o'quvchilari juda zo'r. Ko'zlari yonib turibdi va qiziquvchan. Shunday insonlar orasida o'rganging keladi. Harakat qilaveraychi keyingi yil natijasi ko'rinadi. (IELTS 7+ ga harakat) Dasturlashda ham fakultetimizda shunday bo'lganda edi. (Lekin bu orzuligicha qolib ketadi deb o'ylab qolaman) Harakatlarim doim o'z natijasini bergan. Shuning uchun to'xtab qolishni xohlamayman. ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#Qiziqarli_savol : print('%5f#' % (5.5)) natijani toping.
Anonymous voting

#qiziqarli Statistika Kecha Wifi da internet ishlatish bo'yicha shaxsiy rekordimni yangilash uchun urinish qilgan edim, ammo
+1
#qiziqarli Statistika Kecha Wifi da internet ishlatish bo'yicha shaxsiy rekordimni yangilash uchun urinish qilgan edim, ammo o'xshamadi baribir. Shu Visual Studio ni ham o'rnatib yuborish kerak edikan. ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#hikmat Murosa qilishga majbur bo‘lganing do‘sting emasdir. ©️Imom Shofi’iy ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#ioi IOI 2026 will be held in Uzbekistan. 2026-yil IOI musobaqasi endi O'zbekistonda bo'ladi. Yana bir narsani eslatib ketay,
#ioi IOI 2026 will be held in Uzbekistan. 2026-yil IOI musobaqasi endi O'zbekistonda bo'ladi. Yana bir narsani eslatib ketay, O'zbekiston saralashida oddiy maktab o'quvchilari qatnasha olmaydi. ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

Repost from Xushnudbek.uz
O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasida medal oldi Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-
+1
O‘zbekistonlik o‘quvchilar ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasida medal oldi Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI)da O‘zbekiston terma jamoasi o’z tarixida birinchi medallarni qo‘lga kiritdi. G‘olib o‘quvchilarimiz bilan tanishing: Dilyorbek Valijonov — Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi; Dilshodbek Xo‘jayev — Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi. ❗️Ma’lumot uchun: amaldagi qonunchilikka ko’ra, nufuzli 5 ta xalqaro fan olimpiadalarida🥉bronza medalini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. 👉 @xushnudbek 👈

#my_blog O'qishning 1-kunidanoq set bilan aloqani tiklab yana onlayndaman. Ob-havoning negadir bugun abzoyi buzuq shunday kunda. Bu ham bir yaxshilikkadir balki. Mustaqillik darslari o'tilishiga tayyor turibsizmi ? Taqdimotlar tayyor turibdi bizda. Bir hafta modul-kredit tizimi bilan yana tanishuv va keyingi haftadan to'laqonli o'qish boshlanadi. Kutamiz. O'qish boshlanishini kutganlar bormi ? Reaksiya qoldirarsizlar. ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#hikmat Agar kelajakda bir kun "koshki edi" deb qolishni istamasang, uch narsani to‘g‘ri tanla: Rafiqangni, ishingni, do‘stingni. ©️Yunus Emro ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#hikmat Sabrli bo'l, yaxshi ishlar bir tunda bo'lib qolmaydi. Shunchaki kutganing ajrini senga vaqt ko'rsatadi. ©️Shamz Tabriziy ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#my_blog Bizda esa OTM dagi 2023-2024-o'quv yili boshlanadi. Hamma har xil tashvishda bo'ladi : 1. Agarda 1-kurs bo'lmasa shuncha vaqtim bekor o'tib ketibdi. Bundan ishlaganim yoki o'qiganim yaxshi edi. Endi o'qiyman deydi. Juda mashhur soxta gaplardan biri. Talaba o'zini aldaydi. 2. Kreditga qolib ketganlar fanni yopish bahonasida bo'lib yurishadi. (sirtqiga o'tkazish uchun ham ayniqsa yoki stipendiyasiz qolib ketmaslik uchun) 3. Ayrimlar katta rejani o'zlari uchun tuzib olib vaqtini unumli o'tkazadi. (juda-juda kam bundaylar, lekin bor ekan-u hech bo'lmaganda) 4. 1-kurslar o'zi xohlamagan yo'nalishga kirib qolganlari bo'lsa nima o'qishni bilmay 1-kursni o'tkazib yuboradi. Ozgina noliydi ham. (Ijtimoiy tarmoqlar va o'yinlar o'ynab, yoki uxlab 😁) OTM ni bitirishingiz mumkin, ammo qanday kadr bo'lib tamomlash sizga bog'liq. U yerda sizga yo'l-yo'riq ko'rsatiladi xolos. O'qishga o'tish qiyin edi. Hozirda osonlashib bormoqda yildan-yilga. Ta'lim jarayonida ham o'zgarishlar ketyabdi. Biz rivojlanayotgan davlatmiz shuning uchun bizda hali kamchiliklar ko'pdir, ammo buni asta-sekinlik bilan bartaraf etib ketmoqdamiz-ku. Siz ilm olish uchun ilm maskaniga keldingizmi? Demak, ilm oling, o'rganing. Keyin uni tark etishni o'zingiz ham istamay qolasiz. 🥳 Talabalarga ham yangi o'quv yili muborak bo'lsin. 👨‍🎓 ©️Khusanboy Sobirjonov ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

Hayotning o’zi tayyorlaydi

Sentabr. Yoz tugadi. Maktab boshlandi. Kimdir yuguradi. Boshqasi o’zini zo’rg’a majburlab, maktab eshigidan kiradi. Har safar maktab boshlanishida ichimiz savollarga to’la bo’lardi: Bolalar qanchalik o’zgaribdi? Qiziq. Jamila bilan bo’yimiz teng edi. Mendan oshib ketmaganmikin? Jahldor Murod aka bor edi fizikadan. Shu yili aniq ketaman degandi, rostdan ketganmikin? Yoki odatdagiday qo’rqitish uchun aytganmikin? Sinfga yangi bola qo’shilganmikin? Boshqa xonaga o’tganmiz, qaysi parta tegarkin, kim bilan o’tirarkinman? Madina bilan o’tirsamchi? O’qish boshlanib ketardi. Bir yil qanday o’tganini bilmay qolardik. Maktabda fanlar o’qidik. Uzoq yillik do’stlar orttirdik. Lekin nima uchun kelib ketayotganimizni tushunmasdik. Maktab hayotga tayyorlaydi deb o’ylardik. Hayotga hayotning o’zi eng zo’r tayyorlashini — katta bo’lib tushundik. Yangi o’quv yili muborak jigarim! ©️azizrakhimov_blog ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#my_blog Juda katta natijalar ko'rsatishdi qoyil. Tarixda qoluvchi vaziyat bo'ldi. Contestlarda ham ko'rardim juda zo'r qatnashishar edi. Bir tomondan o'zim havas qilar edim. Harakatlar o'zini oqlaydi. Muhimi ishonch va olg'a borish. Qatnasha olmaganlar qancha. Asilbek Sunnatov 9-sinf bo'la turib o'ziga xos juda katta natijalarni qayd etib qo'ygani ajablanarli bo'ldi. Ozgina imkon yetmay qoldi 3-bronza medalimiz uchun. ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot

#xushxabar #medal #uzbekistan #ioi #icpc #cp Ilk marta IOI tarixida O'zbek dasturchilari medallarga ega chiqishdi... Hozirgin
+1
#xushxabar #medal #uzbekistan #ioi #icpc #cp Ilk marta IOI tarixida O'zbek dasturchilari medallarga ega chiqishdi... Hozirgina yakunlanga 35-IOI (International Olympiad in Informatics) olimpiadasida hamyurtlarimiz DILYORBEK VALIJONOV va DILSHODBEK KHUJAYEVlar kamida bronza🥉 medaliga sazovor bo'lishadi. Yosh o'zbek dasturchilarini bu natija bilan tabriklaymiz. Qolgan ikki ishtirokchi: Asilbek Sunnatov va Otabek Jurabekovlarni ham tabriklaymiz. https://ioi2023.hu/results/

Yuqoridagi kod natijasini toping.
Anonymous voting

#Qiziqarli_savol | #python ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot
#Qiziqarli_savol | #python ❇️Telegram 🛑You tube 🤖 Robot