cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Iqtisodiyot_《total essence》

✅ Specialists; ✅ Teachers; ✅ Students; ✅ ... Kanal maqsadi o‘zining ilmi, salohiyati, tirishqoqligi, mashaqqati va sabri orqali ma'lum bir muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lgan insonlar uchun faoliyat olib boradi!

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
3 295
Obunachilar
-1224 soatlar
+477 kunlar
+18030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Hozirgi paytda Toshkent shahrining asosiy muammolaridan biri uning ekologiyasi hisoblanadi. Yomon ekologik ahvol shahar iqtisodiyotiga sezilarli zarar keltiradi: ish samaradorligi pasayadi, sogʻliqni saqlash xarajatlari ortadi va aholining umri qisqaradi. Shu sababli ham iqtisodchilar ushbu muammolarga javob topish uchun aholidan soʻrovnomalar oʻtkazishadi. Quyida keltirilgan ekologik soʻrovnoma toʻliq anonim hisoblanadi va maksimum 5 daqiqa vaqtingizni oladi. Toshkent shahrining ekologik holati boʻyicha anonim soʻrovnoma Birgalikda shaharni obod qilaylik, doʻstlar!
Hammasini ko'rsatish...
👍 13 1🕊 1
Molxona Bu kitob teng, erkin va baxtli yashash mumkin bo'lgan jamiyatni yaratishga umid qilib, o'z egasiga qarshi isyon ko'targan bir guruh qishloq hayvonlari haqida hikoya qiladi. Ushbu kitobni yaqinda o’qib tugatdim. Bu kitobdan olish mumkin bo’lgan eng katta saboq - bu o’z fikringizga ega bo’lishdir. Har qanday vaziyatda oxirgi qarorni o’zingiz qabul qiling va shaxsiy fikringiz bo’lsin. Aks holda, birovlarning qo’lida qo’g’irchoq bo’lishingiz tayin. Siz bu kitobni o’qiganmisiz? Kommentda o’z fikringizni yozib qoldiring.
Hammasini ko'rsatish...
👍 14👏 2
Muqobil xarajat ko'rinmaydi xolos Insonning har qanday qarori xarajatli bo'ladi. (Xarajat deganda faqat pulni tushunmang). Doim, biror qaror qabul qilsangiz, uning muqobil xarajati - siz voz kechgan boshqa bir qarorga, foydalanilmagan imkoniyatga teng. Kechki payt kinoga yoki futbolga borishingiz mumkin. Kinoga borsangiz - futbolga borolmaysiz. Demak kinoga tushishning muqobil xarajati - o'ynalmagan futbol.
Hammasini ko'rsatish...
😁 7👍 1🕊 1
Agar siz bir soat umringizni 1000 so’m (ikki kilo shakar oganda) tejash uchun sarf qilsangiz, soatiga 1000 so’mga ishlashga roziligingizdan dalolatdir. Aynan shu narsa, muqobil xarajatdir. Demak, har qanday masalada muqobil xarajatlarni hisobga olgan holda ish yuritishimiz kerak. Aks holda, o’z manfatlarimizga qarshi harakatlangan bo’lamiz. Siz aytishingiz mumkin, bu tushunarli-ku, hamma ongi bor odam bunday xato qilmaydi-ku deb. Lekin, adashasiz. Siz ham, men ham, barcha insonlar kabi juda ko’p masalalarda muqobil xarajatlarni unutib ish yuritamiz. Ba’zida muqobil xarajatlarni inobatga olmaslik oqibatlari ayanchlik.
Hammasini ko'rsatish...
💯 3👍 1🔥 1🕊 1
“Agar pullar biz uchun hayotdagi asosiy maqsad bo‘lganida edi, allaqachon kompaniyani sotib, sohilda toblanayotgan bo‘lardik”. Ushbu iqtibos kimga tegishli?Anonymous voting
  • Larry Peyj
  • Sergey Brin
  • Bill Geyts
0 votes
💯 8🕊 3🔥 2
“Boy odamlarning eng katta siri shundan iboratki, ular boylik nima bilan o'lchanishini bilishadi. Boylik pul bilan o'lchanmaydi, boylik vaqt bilan o'lchanadi”. Ushbu iqtibos muallifini toping.Anonymous voting
  • Robin Sharma
  • Robert Kiyosaki
  • Jeyms Klir
0 votes
💯 6👍 2🕊 2
Ana endi konkurensiya rivojlanadi✔️
Hammasini ko'rsatish...
😁 16🔥 5🕊 1
Repost from Xushnudbek.uz
Endilikda ta’lim granti talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi Bunda: 1-kursda grantlar o‘qishga kirishdagi imtihon natijalari bo‘yicha taqsimlanadi, 2-kursdan boshlab esa reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi. ➖ lekin ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant olganlar, ya’ni maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga esa davlat granti butun o‘qish davri uchun beriladi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
👍 8🕊 1
Jon-Baptist Sey'ning bozor qonuni "Taklif - talabni yaratadi. Talab bo'lishi uchun avval taklif bo'lishi kerak. Misol uchun, avvallari kompyuterga talab bo'lmagan, lekin kompyuter yaratilgach unga talab paydo bo'lgan" To'g'ri fikr. Ammo Sey aslida buni nazarda tutmagan. Seyning ta'limotida nazarda tutilgan "talabning taklifga bog'liqligi" quyidagi ohangda yangraydi: "Odamlarning talab qilish quvvati ularning taklif (ishlab chiqarish) quvvatiga bog'liq. Ko'proq talab qilmoqchimi - demak ko'proq ishlab chiqarish kerak va daromad topish kerak. Soddaroq aytganda, nimadir sotib olmoqchi bo'lsang - nimadir sotishing kerak bo'ladi (Avval taklif qil - keyin talab qilasan) Bu bilan u merkantilistlarga raddiya beradi. Ya'ni mamlakatning boyligi pul bilan yoki oltin-kumush bilan o'lchanmaydi, balki ishlab chiqarish quvvati bilan o'lchanadi. Shuningdek, Sey aytadiki, iqtisodiyotda yalpi taklif oshiqchaligi yuz bermaydi. Qaysidir tovar sotilmay qoldimi - demak qayerdadir boshqa tovarga bo'lgan talab qondirilmagan. Millionlab tovarlar matritsasida qaysidir A tovar sotilmay qolsa, qayerdadir B tovar kam ishlab chiqarilgan bo'ladi, chunki A ni ishlab chiqargan odam bekorga ko'p chiqarmagan - u ko'proq sotib, ko'proq daromad olmoqchi bo'lgan va bu pulga B, C, D...Z tovarlarni sotib olmoqchi bo'lgan. Ammo B ni ishlab chiqargan dangasa yaxshi ishlamagan, daromadlar zanjiridagi kamayishni boshlab bergan va oxiri A tovar sotilmay qolgan bo'ladi. Shuning uchun yoppasiga taklif talabdan ko'payib ketishi va ortib qolishi mumkin emas (Sey'ga ko'ra). Negaki, hamma o'z daromadini ko'paytirish uchun ko'proq ishlashga majbur. Hamma yoppasiga ko'p ishlab chiqarib (ko'p daromad topib), kam iste'mol qilishni reja qilmaydi. Kam iste'molni reja qilgan kamroq ishlaydi, ko'pni ko'zlagan ko'proq ishlaydi! ☑️@Economics_ITE
Hammasini ko'rsatish...
👍 11 4💯 3🔥 2👏 1😱 1🕊 1
Iqtisodchilar orasida har doim baxs boʻlib kelgan, talabni birlamchi degan iqtisodchilar guruhi bor va ishlab chiqarishni yaʼni taklifni birlamchi degan iqtisodchilar guruhi bor. Asosiy hukmron kuch taklifmi yoki talabmi?
Hammasini ko'rsatish...
😁 12👍 2🕊 1