uz
Feedback
Endokrinolog maslahati 📄✍️

Endokrinolog maslahati 📄✍️

Kanalga Telegram’da o‘tish

🧑‍⚕️ Endokrinologiyaga oid 1-raqamli kanal Endokrinologik kasalliklar yechimi aynan shu yerda Tibbiy maslahatlar mutlaqo bepul! Bogʻlanish uchun @Md_Jahongir Sogʻligingizni ishonchli qoʻllarga topshiring Yaqinlarga ham ulashing

Ko'proq ko'rsatish
4 016
Obunachilar
-724 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
+12130 kunlar
Postlar arxiv
Hayrli tun azizlar 🌃 @endocrinoo

Dunyodagi eng qiyin kasb qozilik (sudyalik) Sababi ular 2 odam oʻrtasida qaror qiladi. Har bir hato qarori uchun uzoq yillar javob beradi @endocrinoo

#analiz Anti TPO taxlili haqida. 📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo ) Tireoperoksidaza - bu har bir inson qalqonsimon bezidan sintezlanuvchi ferment. Anti TPO - antitelo TPO tireoid gormonlar sinteziga qarshilik qiluvchi, fermnetlarga qarshilik qiluvchi oʻziga xos immunoglobulin. Taxlil qondan olinadi. Koʻp hollarda TTG , T4 (erkin), T3 (erkin) analizlari bilan birga koʻriladi. Agar miqdori yuqori koʻrsatkichlarda boʻlsa immun tizim antitelalariga shuningdek zararlangan hujayralar bilan birga sogʻlom hujayralarga ham "xujum qiladi". AT TPO yuqori miqdorda boʻlsa: - Autoimmun tireoidit - Bazedov (zaxarli buqoq-DTB) kasalligi - Birlamchi gipotireoz - Homiladorlik - Yoshi katta ayollar - Autoimmun kasalliklar: boshqa organlarda ham Normada •erkaklar va ayollarda 34 XE/ML •50 yoshdan soʻng esa koʻrsatkich 50 XE/ML Taxlil eslatmaga koʻra olinadi. Kanalga aʼzo boʻling Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing @endocrinoo @endokrinolog_maslaxatii

Insulin oqsil tabiatli gormon boʻlib, u ikkita polipeptid zanjiridan (A-zanjirda 21 ta va B-zanjirda 30 ta aminokislota) tashkil topgan. Jami 51 ta aminokislotadan iborat. @endocrinoo

Uzrku bu yer sharida diabetiklar ham yashaydi !

Riddel tireoiditi haqida illyustrativ rasm @endocrinoo
+1
Riddel tireoiditi haqida illyustrativ rasm @endocrinoo

Birlamchi gipotireoidizm Fibroz tiroiditdan soʻng ham paydo boʻladi Fibroz tireoidit (Ridel tireoiditi) — qalqonsimon bez toʻqimasining biriktiruvchi (fibroz) toʻqima bilan almashinib ketishidir. Bu bezning oʻzini zararlab, birlamchi gipotireozga olib keladi. Gipofiz aplaziyasi esa ikkilamchi gipotireozga sabab boʻladi. @endocrinoo

Axondroplaziya — suyak tizimining irsiy kasalligi boʻlib, unda tana aʼzolarining oʻsishi nomutanosib (disproporsional) boʻladi. Bunda tana oʻlchami deyarli normal, lekin qoʻl va oyoqlar juda kalta boʻladi. Gipofizar nanizmda esa tana tuzilishi mutanosib (proporsional) kichraygan boʻladi. @endocrinoo

Men futboldagi eng baxtli muhlislardanman. 2007 yildan buyon Barsachiman va hamma barsachilar qatori Argentina va Ispaniya tarafdoriman. Bu 3 jamoani birlashtirgan shaxs esa Messi. U barchasini yutib boʻlgan. Isbotlab boʻlgan. Bu Jahon chempionatida gʻolib boʻlmasa ham bu xech narsani anglatmaydi Fayzullayev Jahongir @endocrinoo

Homiladormisiz? Unda ushbu 2 holat haqida bilishingiz kerak! 📝Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo ) Bizga homi
Homiladormisiz? Unda ushbu 2 holat haqida bilishingiz kerak! 📝Endokrinolog : Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo ) Bizga homiladorlar nazoratga (uchotga) turish uchun keladi va navbatni koʻradida menga hamshira qoʻl qoʻyib bersa boʻldi degan fikrda kiradi. Shikoyatlarini aytmaydi yoki oʻzini sogʻlom deb hisoblaydi. Homiladorlikda nima mumkin, nima mumkin emas , nima ichish kerak va uni nega ichish kerak ekani haqida savollar berish ularni miyasiga ortiqcha yuk beradimi degan fikr kelib qoladi bazan. Sogʻlom avlod sogʻlom fikr va sogʻlom kelajak garovi! Kanalga aʼzo boʻling Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing @endocrinoo @endokrinolog_maslaxatii

#hazil_time Ish beruvchilarning fikricha, ideal xodim qanday bo‘ladi? - Oliy ma’lumotli - 100 yillik ish tajribasiga ega - Yo
#hazil_time Ish beruvchilarning fikricha, ideal xodim qanday bo‘ladi? - Oliy ma’lumotli - 100 yillik ish tajribasiga ega - Yosh va ishchan - Bergan maoshingizga rozi (bermasa ham rozi) - Ko‘ngilli ravishda mukofot pullarini rad etadi - Ruhiy bosimlarga chidamli, 25/8 bo‘lsayam - Kasal bo‘lmaydi - Charchamaydi - Uxlamaydi - Ishidan boshqa hech qanday tashvishi yo‘q!😅 @endocrinoo @endokrinolog_maslaxatii

Malina qandli diabetda mumkinmi? 📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo ) Malinaning glikemik indeksi uning xilma
Malina qandli diabetda mumkinmi? 📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo ) Malinaning glikemik indeksi uning xilma-xilligiga bog'liq qanchalik shirin bo'lsa, u shunchalik yuqori bo'ladi.Yani 25-40 oralig'ida. Yangi tadqiqotlarga ko'ra, malina iste'mol qilgan odamlar qondagi glukoza darajasini tartibga solish uchun kamroq insulin talab qiladi. To'g'ri iste'mol qilinganda,qondagi shakar miqdorini kamaytiradi va metabolizmni yaxshilaydi.Uni ham yangi, ham muzlatilgan holda iste'mol qilish mumkin. 100 g malina faqat 8,3 g uglevodlarni o'z ichiga oladi Shuning uchun maksimal ruxsat etilgan rezavorlar miqdori kuniga 2,5-3 stakan. Kanalga aʼzo boʻling Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing @endocrinoo @endokrinolog_maslaxatii

#analiz Yuqori ferritin (giperferritinemiya) organizmda temir zaxirasining ortganini ko'rsatishi mumkin, ammo ferritin o'tkir faza oqsili bo'lgani uchun yallig'lanish, infeksiya va boshqa holatlarda ham ko'tariladi. Shuning uchun yuqori ferritin har doim ham temir ortiqligini anglatmaydi. ⚠️❗️Asosiy sabablar: •Temir ortiqcha to'planishi •Hereditary hemochromatosis •Ko'p marta qon quyish •Temir preparatlarini ortiqcha qabul qilish •Yallig'lanish va infeksiyalar •Bakterial, virusli yoki zamburug'li infeksiyalar •Surunkali yallig'lanish kasalliklari (masalan, revmatoid artrit) •Jigar kasalliklari •Yog'li jigar (NAFLD) •Alkogolli jigar kasalligi •Gepatit •Jigar sirrozi •Metabolik sindrom va semizlik •Semizlik •Type 2 Diabetes •Insulin rezistentligi •Xavfli o'smalar •Leykozlar •Limfomalar •Boshqa malign o'smalar •Buyrak kasalliklari •Surunkali buyrak yetishmovchiligi •Gemodializdagi bemorlar ⚠️Kam uchraydigan sabablar •Adult-onset Still's disease •Hemophagocytic lymphohistiocytosis (HLH) •Ba'zi autoimmun kasalliklar ❗️Ferritin yuqori bo'lsa, yana qaysi tahlillar kerak? ⚠️Sababini aniqlash uchun quyidagi tekshiruvlar foydali: •Umumiy qon tahlili •C-reaktiv oqsil (CRP) va ECHT (ESR) •Zardob temiri •Transferrin yoki TIBC •Transferrin saturatsiyasi (TSAT) – temir ortiqligini baholashda eng muhim ko'rsatkichlardan biri •Jigar fermentlari (ALT, AST, GGT) •Kreatinin va buyrak faoliyati •Zarurat bo'lsa HFE gen mutatsiyasi tekshiruvi (gemoxromatoz gumon qilinganda) Kanalga aʼzo boʻling Malumotni yaqinlarga ham ulashing @endocrinoo

Vazn yo'qotishingizga nima to'sqinlik qilayotganini ko'rsatadigan 5 ta test Ko'pincha ortiqcha vazn ortiqcha ovqatlanish yoki
Vazn yo'qotishingizga nima to'sqinlik qilayotganini ko'rsatadigan 5 ta test Ko'pincha ortiqcha vazn ortiqcha ovqatlanish yoki harakatsiz turmush tarzidan kelib chiqadi. Ammo keyin siz to'g'ri ovqatlanishni va ko'proq harakat qilishni boshlaysiz, ammo vazn barqaror bo'lib qoladi. Ehtimol, bu ko'rsatkichlarning pastligi semizligingiz sababidir: ✅ D vitaminining past darajasi; ✅ yuqori TTG; ✅ yuqori prolaktin; ✅ yuqori kortizol; ✅Ferritin miqdori pastligi Kanalga aʼzo boʻling Malumotni yaqinlarga ham ulashing @endocrinoo @endokrinolog_maslaxatii

Sglt2 ingibitorlaring tasir mexanizmi haqida Sodda qiladigan boʻlsak u diabetga qarshi dori sifatida yurak va buyrak hastalig
Sglt2 ingibitorlaring tasir mexanizmi haqida Sodda qiladigan boʻlsak u diabetga qarshi dori sifatida yurak va buyrak hastaligini ham davolashda yaxshi yechim xisoblanadi Dapagliflozin Empagliflozin shular jumlasidan @endocrinoo

Qandli diabet 1-tur va 2-tur differensial diagnostikasi (farqlari) @endocrinoo
Qandli diabet 1-tur va 2-tur differensial diagnostikasi (farqlari) @endocrinoo

Diabetda anjir mumkinmi? 📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo ) Kuz mevalar mavsumi anjir esa sevimli meva. Dia
Diabetda anjir mumkinmi? 📝Endokrinolog: Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo ) Kuz mevalar mavsumi anjir esa sevimli meva. Diabetda anjir qay darajada XAVFLI ? Tarkibidagi minerallariga qarasangiz foydasini sezasiz lekin shakar miqdori sizni isteʼmol qilmaslikka undashi tabiiy. 🟢100 gr yangi anjirda • 19 gr uglevod • 3 gr klechatka • 0.76 gr oqsil • 0.34 gr yogʻ Kaloriyalikligi 74 kkal 🔥 100 gr quritilgan anjir Kaloriyalikligi 257 kkal 🔥 Quritilganda suv chiqib ketib shakar qoladi. Bazi manbalarda 100 gr yangi anjirda 71% gacha shakar saqlashi yozilgan. 2-3 kun saqlanganda sifati tez buziladi. Tavsiya qonda qand miqdori yaxshi holatga erishilgan boʻlsa 1 dona mumkin Manba: Kanalga aʼzo boʻling Maʼlumotni yaqinlarga ham ulashing @endocrinoo @endokrinolog_maslaxatii

Flavis va Diabet 📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo ) Yaqin 2 yilda juda ommalashgan FLAVIS diabetda mumkinmi❓
Flavis va Diabet 📝Endokrinolog Fayzullayev Jahongir ( @endocrinoo ) Yaqin 2 yilda juda ommalashgan FLAVIS diabetda mumkinmi❓ Yoʻq, mumkin emas albatta‼️ ⚠️Sabablari: 100 ml mahsulot tarkibida: -- Shakar 13.5 gr -- Uglevod 13.2 gr -- Energiyasi 54 kkal 🔥 Siz yoqtirib anor tami deb oʻylaganingiz esa aslida anor konsentratsiyasi, anor hushbo'ylatkichi hisoblanadi. Matematik tahlil qilsangiz 100 ml da 13.5 gr shakar boʻlsa 1 litrda 135 gr bor degani. 100 mlda 54 kkal boʻlsa 1 litrda 540 kkal degani. 540 kkalni sarflash uchun esa aaaaanchagina mehnat qilish kerakligini bilasiza. Kanalga aʼzo boʻling Malumotni yaqinlarga ham ulashing @endocrinoo @endokrinolog_maslaxatii

Alifbodagi oʻzgarishlarga qarshilar rus tarafdorlarimi yoki bu xarf moslasha olmaymiz deguvchilarmi? @endocrinoo
+1
Alifbodagi oʻzgarishlarga qarshilar rus tarafdorlarimi yoki bu xarf moslasha olmaymiz deguvchilarmi? @endocrinoo