cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Sharqshunos tarixchi

Sharq xalqlari Tarixi, Siyosati, Antropologiyasi, Etnografiyasi va San‘ati haqida barcha barchasi. Murojaat uchun @Sharqshunoschat_bot ga yozishingiz mumkin. Kanaldan ma‘lumot olganingizda manbani ko‘rsatishingiz shart.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
4 251
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-477 kunlar
+39230 kunlar
Post vaqtlarining boʻlagichi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Nashrni tahlil qilish
PostlarKo'rishlar
Ulashishlar
Ko'rish dinamikasi
01
#arxiv #sharq_sanati 🕌Isfahondagi "Modar-i Shoh" yoki Chahor Bog' madrasasi 1839 yilda Forsga (Eron 1935-yilgacha aynan shunday nomlangan) sayohatga chiqqan fransuz me'mori Kosta Paskalni o'ziga rom qildi. 📝Chap tomonda uning 1840 yilda qalam va akvarelda chizilgan detallar eskizlari, o'ng tomonda esa o'zining sherigi Yevgeniy Flandin bilan birga nashr etgan olti jildlik "Voyage en Perse" (1851) asarining illyustratsiyasi keltirilgan. Kanalga obuna bo‘ling ✒️@Sharqshunos_tarixchi
2612Loading...
02
Eron Prezidentligiga istiqbolli nomzodlar. 2-qism (1-qism bu yerda) Ali Larijaniy - tashqi siyosatga liberal ko'z bilan qarovchi shaxs va Xasan Ruhoniyning ittifoqchisi. 2008-yildan 2020-yilga qadar Eron parlamenti spikeri bo'lib faoliyat yuritgan Larijaniy yadro dasturi bo'yicha kelishuvga erishishda hal qiluvchi rol o'ynagan. O'zining Xomaneiyga sodiq bo'lishiga qaramasdan 2021-yilgi prezidentlik lavozimida ishtirok etish uchun topshirgan arizasi qabul qilinmagan. Javad Zarif - Erondagi eng mashxur siyosatchilardan biri. Uning tashqi siyosat bo'yicha qarashlari, ayniqsa AQSH bilan kelishish zarurligi to'g'risidagi fikrlari uning mashxurligiga sabab bo'lgan. 2021-yilgi saylovlar davomida uning nomzodi tasdiqlanishini ko'plab reformatorlar qo'llashgan. Lekin uning Respublika gvardiyasi haqida aytgan salbiy fikrlarining sizdirib yuborilganidan so'ng uning nomzodi Kengash tomonidan maqullanmagan. Ali Akbar Solixiy - o'zining katta, 75 yoshda ekanligiga qaramasdan an'anaviy konservatorlar va islohotchilar orasida keng qo'llab-quvvatlanadi. U Eron yadro dasturining otasi hisoblanadi. 2015-yilga yadro dasturi bo'yicha kelishuvda hal qiluvchi rolni o'ynagan. U 2021-yildagi saylovlarda o'z nomzodini qo'yishni rad etgan. Bu yil ehtimoliy nomzodlar orasida yetakchilik qilmoqda. Abdulnosir Ximmatiy - sobiq markaziy bank boshqaruvchisi, iqtisodchi. 2021-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun Qo'riqchilar Kengashi unga ruxsat bergan. U tashqi siyosat va iqtisod masalalarini yuritishda liberal yondashuv tarafdori hisoblanadi. Ali Shamxaniy - Milliy xavfsizlik oliy kengashining sobiq rahbari. U o'z faoliyati davomida Respublika gvardiyasining qo'mondoni va mudofaa vaziri lavozimlarini ham egallagan. Lekin islohotchilarning u haqda bildiradigan fikri salbiy bo'lib, u Ruhoniy prezidentligining ikkinchi muddatida yadro dasturi bo'yicha kelishuvni qayta boshlashga qarshi chiqqan. Xomaneiyning uni Eron prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga ruxsat berish ehtimoli juda ham kam hisoblanadi. Yuqoridagi nomzodlar Qo'riqchilar Kengashi tomonidan tasdiqlansagina prezidentlik saylovlarida ishtirok etishlari mumkin bo'ladi. Bu yerda yana bir masala ularning o'z nomzodlarini ko'rsatish yoki ko'rsatmasliklarida ham yotadi. Agar Eron oliy rahbari mamlakatdagi hozirgi tartibni keyinchalik ham davom ettirishni istasa katta ehtimol bilan Said Jaloliy va Mehrdod Bazrpashlarning ikkisidan biri prezidentlik lavozimini egallashi mumkin bo'ladi. Oyatullo Ali Xomaneiyning tanloviga ko'ra umuman boshqa nomzodlarning prezidentlik saylovlarida ishtirok etib bu lavozimni egallash ehtimollari juda ham yuqori, chunki mamlakat kadrlarga juda ham boy bo'lib, asosiy, masala qaysi guruh vakillarining oliy rahnamo ishonchini ko'proq qozonishlariga bog'liq bo'lib qoladi. Yuqoridagi ehtimoliy fikrlar qay darajada haqiqatga yaqinligi esa 45 kundan so‘ng bo‘lib o‘tadigan Prezidentlik saylovlarida aniq bo‘ladi. Muallif: Berdiqulov Doniyor Eron bo‘yicha mutaxasis, sharqshunos tadqiqotchi. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
7945Loading...
03
#sehrli_sharq Tan sulolasi (618–907) davridagi ikki oʻrkachli tuyalarning loydan yasalgan haykalchalari. Xitoylik savdogarlar Buyuk ipak yo'li bo'ylab sayohat qilar ekan ikki xil tuyalardan foydalanishgan. Hozirgi Qozog‘iston va Mo‘giliston tuyalaridan asosan qiyin sharoitli va sovuq tog‘li mintaqalardan yuklarni tashishgan bo‘lsa, O‘rta Osiyoga kelib Issiq va cho‘l havosiga chidamli Baqtriya tuyalarini ijaraga olishgan. Kanalga obuna bo‘ling ✒️@Sharqshunos_tarixchi
9104Loading...
04
​​Ibrohim Raisiyning vafotidan so'ng Eron prezidentligiga nomzodlar kimlar? 1-qism Eron siyosatchilari 2025-yilda o'tkazilishi kerak bo'lgan prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik ko'rayogan bir vaqtda, 20-may kuni Ozarbayjonga GES ochilish marosimidan qaytayotgan prezident Ibrohim Raisiy vertalyoti "qattiq qo'nish"ni amalga oshirdi va vertalyot bortida bo'lgan hamma halok bo'ldi. Ushbu chigal vaziyatda izlanayotgan bir vaqtda, kelajakda Eron prezidenti bo'lishi mumkin bo'lgan nomzodlarni o'rganib chiqishga dolzarb hisoblanadi. Hozirgi vaqtda, Eron konstitutsiyasiga muvofiq Eron birinchi vitse-prezidenti Muhammad Muhbir prezident vazifalarini bajaruvchi sifatida tayinlandi. Qonunchilikka ko'ra, Muhammad Muhbir parlament va sud hokimiyati rahbarlari bilan birgalikda 50 kun ichida prezidentlik saylovlarini o'tkazishi kerak. Eron saylov tizimi shunday tashkil topganki, prezidentlikka nomzodini qo'ymoqchi bo'lganlarning ropyxatini birinchi navbatda Islom inqilobi Qo'riqchilar Kengashi (rus.КСИР) tasdiqlashi kerak. Kengash a'zolari esa bevosita yoki bilvosita Oliy rahnamo Oyatullo Ali Xomaneiy tomonidan tayinlanadi. Misol uchun, 2021-yilgi prezidentlik saylovlari davomida Kengash Xomaneiy va Respublika gvardiyasi tomonidan qo'llab-quvvatlangan Raisiyning yo'lini ochish uchun ko'plab nomzodlarning saylovlarda ishtirok etish uchun bergan arizalarini rad etgan edi. Ular orasida Xomaneiyning maslahatchisi Ali Larijaniy, Xasan Ruhoniy ma'muriyatining birinchi vitse-prezidenti Is'hoq Jahongiriylarni ko'rish mumkin. Biz esa quyida Eron prezidentligiga nomzodini qo'yishi mumkin bo'lganlar ro'yxatini keltirib o'tamiz: Muhammad Muhbir - mo'tadil kayfiyatdagi konservator, hozirgi vaqtda Eron prezidenti vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi. Manbalarning aytishicha, Muhbirning Raisiy va uning atrofidagilar, xususan, Raisiyning kuyovi Mehdad Niliy bilan aloqalari yaxshi bo'lmagan. Marhum prezident uni Respublika gvardiyasining sobiq boshlig'i Parviz Fattox bilan almashtirishga intilgan. Biroq, Muhbirning Xomaneiyning tavsiyasiga ko'ra bu lavozimga tayinlangani uchun buning uddasidan chiqa olmagan. Hozirgi vaqtda prezident vazifalarini bajarayotganligi va oliy rahbarning ishonchida deb hisoblaydigan bo'lsak, hozirgi vaqtda Eron prezidentligiga ehtimoliy nomzod deb Muhammad Muhbirni tahmin qilishimiz mumkin. Said Jaloliy - qattiqqo'l siyosat tarafdori. 2007-yildan boshlab ko'p yillar davomida yadro dasturi muammosi bo'yicha muzokaralarni olib borgan eng asosiy shaxslardan biri bo'lgan. Jaloliy radikal shaxs bo'lib, AQSH bilan istalgan turdagi hamkorlik va munosabatlarni o'rnatishga qat'iy qarshilik ko'rsatuvchi shaxs. U 2013- va 2021-yillarda prezidentlikka 2 marotaba o'z nomzodini qo'ygan. Ammo, Qo'riqchilar Kengashi uning nomzodini maqullamagan. "Middleeasteye net" manbasining aytishicha, Ibrohim Raisiyning atrofidagilar va uning g'oyalari tarafdorlari Jaloliyga juda ham yaqin bo'lib, katta ehtimol bilan uning atrofida birlashadilar. Mehrdod Bazrpash - hozirgi vaqtda u Eron yo'llar va shaharlarni rivojlantirish vaziri lavozimini egallab turibdi. U sobiq prezident Mahmud Axmadinejad hukumatida ham rahbar lavozimlarini egallab kelgan. Nashrning aytishicha, Ibrohim Raisiy tarafdorlarining yarmi Jaloliyni qo'llasa, yarmi Bazrpashning atrofida birlashadi. Muhammad Bakir Kalibaf - Respublika gvardiyasi Harbiy Havo Kuchlarining sobiq qo'mondoni va Tehronning sobiq hokimi, hozirda Eron parlamenti spikeri lavozimida faoliyat olib boradi. Ibrohim Raisiy vafotigacha u prezidentning eng katta raqibi hisoblangan. Hozirgi vaqtda uning prezidentlik lavozimini egallashi uchun har qachongidan ham yaxshiroq vaziyat yuzaga kelgan. Davomi bor... Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
1 0527Loading...
05
#sharq_sanati 👳‍♀1640-45 yillardagi Boburiylar saroyi vazirlari a'zosi Mirza Raja Jai ​​Singx to'rtdan uch yoki to'piqgacha bo'lgan tilla yubka kiygan libosda tasvirlangan. 🧥Endi tasavvur qiling-a, oltin ipli xalat (kaftan) sham yorug'ida kechqurun qanday porlashi va sehrli jilolanishi mumkin! Shamlar xonaning perimetri bo'ylab, boshning tepasida stollarga yoki qandillarga qo'yilgan. Ko'zlar qamashmasligi uchun. 🎩Biroq, metall ipli brokar matolar eng olijanob saroy a'zolari uchun mo'ljallangan edi. Bunday kiyimlarda yorug'lik va soyaning o'ynashi uning egasi uchun o'zgacha aura yaratgan. Undan tom ma'noda yorug'lik paydo bo'ladi - bundan baland, o'ziga xos, hatto biroz tashqaridagi mavqeyini namoyish qilish uchun foydalanilgan. Kanalga obuna bo‘ling ✒️@Sharqshunos_tarixchi
1 1256Loading...
06
​​📿🇺🇿 Temuriylar siyosatida naqshbandiya ta‘limotining o‘rni. Naqshbandiya ta‘limoti (ordeni desa ham bo‘ladi) savdogarlar uyushmalari va savdogarlar bilan mustahkam aloqalar oʻrnatgan tadbirkorlar uchun eng maqbul ta‘limot edi. Uning boyligi maʼnaviy taʼsirining kuchayishi bilan parallel ravishda oshib bordi. Vaziyat shu darajaga yetdiki, Naqshbandiy va uning izdoshlari temuriylar saroyini nazorat qila boshladilar, diniy ko'rsatmalarning to'g'ri bajarilishini diqqat bilan kuzatib bordilar. Taxminan bir vaqtning o'zida tartib juda siyosiylashtirildi. Ehtimol, o‘sha paytlarda allaqachon Qashg‘ar hukmdorlaridan biri uning shogirdi edi. Temuriylar hukmdorlarining doimiy ichki nizolarida naqshbandiylar faol ishtirok etganlar. Lekin ordenga rahbarlik qilgan Xoja Ahror Valiy (1404–1490) davrida naqshbandiya Oʻrta Osiyoda chinakam hukmron boʻldi deyish mumkin. Xoja Ahrorning temuriy shahzoda Abu Said va oʻzbek shayboniylari bilan aloqalari XV asr oʻrtalarida Oʻrta Osiyo siyosatining rivojlanishida hal qiluvchi rol oʻynadi. Abu Said Hirotda qo‘nim topganida, o‘z mulkining shimol va sharqiy qismidagi ko‘plab hududlar ya‘ni Mo‘g‘ulistongacha bo‘lgan joylar shogirdlari bo‘lgan Xoja Ubaydulloh Ahror ta’sirida bo‘lgan. u yerda Boburning amakisi Yunusxon Mug‘alni ham ko‘rish mumkin edi. Naqshbandiya yetakchilari eshon - “Ular” deb atalgan va hozir ham shunday nomlanadi. Xoja Ahror «dunyoga xizmat qilish uchun siyosiy hokimiyatga ega bo‘lish» va hayotning barcha sohalariga ilohiy qonunni joriy etish uchun hukmdorlarni nazorat ostida ushlab turish zarurligiga ishonch hosil qilgan. #Manba: А. Шиммель. Мир исламского мистицизма Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
1 08912Loading...
07
#sehrli_sharq #vizual 🇹🇳🏝 Jerba oroli, #Tunis davlati. Qizig'i shundaki, Djerba Maltadan orolidan ikki baravar katta va Afrika qit'asidan 1,5 milya uzoqlikda joylashgan. 🏟Bu yer turistlarning eng ko‘p keladigan maskanlaridan biri hisoblanib, Rim imperiyasi tarkibida bo‘lgan davrlardan qolgan tarixiy arxitekturasi bilan mashhur. Arab davlatlari ichidan eng yevropalashgan qismi. Tunisning bu hududlaridagi arab tili shunchalik fransuz so‘zlari bilan qo‘shilib ketganki, suhbatdoshingiz arabcha gapiryaptimi yoki fransuzcha ajratib ololmaysiz. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
1 0478Loading...
08
#sehrli_sharq Men Qur'on oyatlariga havolalar bilan Haj haqida juda tushunarli infografikani topib oldim. Aniqlik uchun o'z talabalarimga ko'rsatyapman. Bunda Makkada haj marosimini to‘liq amalga oshirish uchun qilinishi kerak bo‘lgan zarur marosimlar ajoyib infografik uslubda tasvirlangan. Kanalga obuna bo‘ling ✒️@Sharqshunos_tarixchi
1 10717Loading...
09
​​📿 Xoja Ahmad ibn Ibrohim ibn Ilyos Yassaviy. Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi kam yoritilganligicha qolmoqda, asosiy maʼlumot manbai “Devoni Hikmat” asaridir. U Markaziy Osiyoning ilk turkiyzabon buyuk yozuvchisi bo‘lsada uni chuqurroq o‘rganish O‘zbekiston yoki Qozog'istondan ko‘ra Turkiyaga ko'proq nasib etgan. U haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlarni Sulaymon Bakirgʻoniy, Navoiy, Avliyo Chalabiy, Husamiddin Bulgʻoriy, Xaziniy kabi mualliflarning asarlaridan ham topish mumkin. 🪆Ahmad Yassaviy Yassida (hozirgi Turkiston) ulamo oilasida tug‘ilgan. Uning otasi Ibrohim mashhur shayx bo'lib, onasining ismi Karasach (Qorasoch) Momo edi. U otasi vafotidan so‘ng so‘fiy olim Arslonbob rahnamoligida tarbiyalangan. 📚Turkistonning turli hududlaridan olimlar to‘plangan Buxoroda o‘qish davrida Yassaviy fors va arab tillari bilan bir qatorda tasavvuf adabiyotini ham o‘rgangan. Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Yusuf Hamadoniy kabi mashhur so‘fiy ustozlari bilan bo‘lgan uchrashuvlari unga katta ta’sir ko‘rsatdi. 🪦Ahmad Yassaviy 1166 yilda vafot etgan, ammo vafotidan keyin ham uning shuhrati ortib boraveradi. Amir Temur 1395-1397 yillarda Turkistonda yangi maqbara qurdirib, Yassaviyga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatishini ta’kidlagan. Alisher Navoiy Ahmad Yassaviy shaxsi o‘z davrasida yuksak obro‘-e’tiborga ega ekanligini ta’kidlagan, So‘fi Olloyor esa Yassaviyni “shariat nuri” deb ta’riflagan. 🎁1815-yilda Qo‘qon xoni Umar ibn Narbo‘ta Buxoro amiri Haydardan Turkiston shahrini tortib olgach, Xoja Ahmad Yassaviy qabrini ziyorat qilib, 70 bosh qo‘chqor so‘yib, bu mashhur ziyoratgohning barcha shayxlariga hadyalar berdi. Bularning barchasi turli davr odamlarining Ahmad Yassaviy shaxsiga ko‘rsatgan hurmatidan dalolat beradi. 🧿Yassaviy asarlari bizgacha yetib kelmagan boʻlsada, “Devoni Hikmat” uning muridlari va izdoshlari tomonidan yozilgan. “Hikmat”da 240 ga yaqin she’rlar o‘rin olgan bo‘lib, unda ilohiy ishq, oshiqlik, saodat va hikmat tushunchalari tadqiq etilgan. 📿Asl asarlar kam boʻlishiga qaramay, taxalluslar, sheʼriy anʼanalar Yassaviy bilan bogʻliq. Uning tasavvufga qo‘shgan hissasi shundan iboratki, u o‘z she’rlariga so‘fiylikning asosiy bosqichlari – shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqatni singdirgan. Uning she’riyatidagi pir, darvesh, oshiq, zohid kabi obrazlar so‘fiylik an’anasi va og‘zaki adabiyoti bilan chambarchas bog‘liq. Kanalga obuna bo‘ling ✒️@Sharqshunos_tarixchi
1 11913Loading...
10
#sharq_sanati 🇪🇬Misrlik rassom Helmi El-Tounining bolalar kitobi muqovalari Kanalga obuna bo‘ling ✒️@Sharqshunos_tarixchi
1 3162Loading...
11
🇵🇸📝 📹 2017-yilda Tel-Avivlik publitsist, noshir va tarix oʻqituvchisi Assaf Wall “Falastin xalqi tarixi: antik davrdan to hozirgi kungacha” kitobini nashr etdi. Kitobda old va orqa muqova va sarlavha sahifasidan tashqari Amerikaning Seynfeld sitkomidagi qahramondan iqtibos bor edi: Qolgan sahifalar — ibroniycha versiyada 120 va inglizcha versiyada 132 sahifa — bo‘m boʻsh. 📄 Assaf Wall o'z ishini "ko'p yillik izlanishlar samarasi" va "Falastin xalqining tinchlik va insoniyat tarixiga qo'shgan beqiyos hissasini ta'kidlab, taxminan uch ming yillik Falastin tarixining eng keng qamrovli sharhi" deb ta'rifladi. "Falastin xalqi o'zining xalq ekanligiga ishonadi va kimdir ularga xafa bo'lsa ham haqiqatni aytishi kerak", dedi Wall. 📈 Bo'sh kitob Amazonni bir zumda zabt etib, Isroil va Falastin tarixi nominatsiyasida ikkinchi va Yaqin Sharq tarixi yo'nalishida esa eng ko'p sotilgan kitoblar orasida to'qqizinchi o'rinni egalladi. Isroil tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Tsipi Hotoveli Knessetda (Isroil Parlamenti) so‘zga chiqib, bir qo‘lida Wallning ishini mahkam ushlab, shunday dedi: Bu kitob bo'sh. Chunki falastinliklarning uzoq tarixi, qirollari va madaniy meroslari yo‘q. Kitobning bo‘shligi esa Falastin tarixining ham shunday quruq gapdan iboratligini arablarga eslatib qo'yish uchun bir "ramziy" ahamiyatga ega edi. Ammo Sharqshunos sifatida bu borada ba‘zi fikrlar va Falastin tarixini qadimdan boshlab muhim qismlariga to'xtalib o‘tishga qaror qildim. Keyingi maqolalarda bular bilan batafsil bo‘lishaman. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
1 2304Loading...
12
Media files
1 2174Loading...
13
​​1960-yillarning birinchi yarmida Eronda koʻchmanchi iqtisodiyot. Yuqoridagi tabiat rasmlaridan keyin Erondagi chorvachilik tarixi haqida gapirishga qaror qildik. Ko'chmanchi chorvachilik Yaqin Sharqning deyarli butun tarixi davomida juda muhim iqtisodiy rol o'ynagan. Eron ham Yaqin Sharqning bir qismi sifatida qadimdan chorvachilik eng muhim xo‘jalik sohasi bo‘lib kelgan. 1960-yillarning boshlarida Chorvachilik mahsulotlari mamlakat yalpi ichki mahsulotida noneft mahsulotlari eksportining uchdan bir qismini tashkil etdi. Ko'chib yurish omon qolish usullaridan biri bo‘lib, yerdan foydalanishning oqilona va maqsadga muvofiq shakli edi. Bu ko'chmanchilar va yarim ko'chmanchilarning dehqonlarga nisbatan nisbiy boyligi va farovonligiga hissa qo'shgan. O'sha davrdagi Eron taomlari hayvonlarning yog'lari va oqsillarga ega bo'lish nuqtai nazaridan juda cheklangan edi. Shu bilan birga, o‘sha davrda xorijda jun, teri va boshqa tovarlarga talab unchalik kuchli bo‘lmagani uchun ular mamlakatga unchalik katta daromad keltirmasdi. Chorvadorlarning o'zlarini uchta katta guruhga bo'lish mumkin: 1. Savdo bilan shug'ullanuvchi yirik chorvadorlar. 2. Qishloq aholisining shaxsiy chorvachilik bilan shug'ullanuvchi uy xo'jaliklari. 3. Ko‘chmanchi xonadonlar 3.1. "Sayyor" ko'chmanchilar. 3.2. "Yaqin" ko'chmanchilar. 3.3. "Uzoq" ko'chmanchilar. 🐂Yirik chorvadorlar butun mamlakatdagi sigirlarning 75-80 foiziga egalik qilishgan, qo'y va echkilar deyarli yo'q edi. Ular yirik shaharlar, asosan Tehron yaqinida joylashgan edi. 🐑Xususiy uy xo'jaliklari odatda kichik bo'lib, yaylovlar qishloqlardan 5-10 kilometr uzoqlikda joylashgan edi. Har bir oilada oʻrtacha 4-8 ta qoʻy va echki boʻlgan. “Sayyor” ko‘chmanchilar so‘zning asl ma’nosi vaqti vaqti bilan ko‘chmanchilik qiladiganlar edi. Ularning soni Eronning sharqida, hozirgi Siston va Balujiston viloyati hududida 200-400 mingga yaqin edi. Ularning tirikchilik xo'jaligi faqat mahalliy ahamiyatga ega edi, lekin ular juda boy bo‘lib, yashil yaylovlar bunga imkon bergan. "Yaqin" ko'chmanchilar Eronning shimoli-g'arbiy qismida va Kurdistonda yashagan, ularning ko'chishi vodiy bo'ylab 20-30 kilometrni tashkil etgan. Ular sut, yogurt va pishloq kabi joriy iste'mol uchun mahsulotlar ishlab chiqardilar. Va bu malakat poytaxtida ham yuqori baholangan. "Uzoq" ko'chmanchilar ko'chmanchilarning asosiy shaklidir, chunki ular bir yilda ming kilometrdan ortiq masofani bosib o'tishlari mumkin edi. Bunday Ko'chmanchilar soni taxminan 21 million eronlikdan kamida 1,5 million kishini tashkil qiladi. Ularda mavjud bo'lgan chorva mollarining taxminiy soni 15 million bosh, ya'ni mamlakatdagi barcha qo'y va echkilarning 40% + ini, ehtimol 45-65% ni tashkil qiladi. Shuningdek, ular sigirlarning 20% ​​va mamlakatning barcha tuyalariga egalik qilishgan. Rizoshoh davridan beri ko‘chmanchilar Eron rahbariyatining muammosi sifatida ko‘rilib, ularni o‘troq turmush tarziga o‘tkazish uchun ko‘p harakat qilingan. Shu maqsadda ikkita dastur joriy etildi. Birinchisiga ko‘ra, 400 gektar lalmi yerni qishloq xo‘jaligiga aylantirish, bu esa yiliga 240 tonna g‘alla hosilini oshirish rejalashtirilgan edi. Ikkinchi dastur yaylovlarni rivojlantirish va o'rmonlarni muhofaza qilish xizmatini yaratishni nazarda tutgan. Umuman olganda, 1960-yillarning birinchi yarmidan boshlab ko'chmanchi xo'jalik oxir-oqibat o'z ta'sirini yo'qotib, ko'chmanchilar yo'q bo'lib ketishi mumkin edi. Va keyingi o‘n yillikda shunday bo'ldi. Источник: Stauffer, Thomas R. 1965. The Economics of Nomadism in Iran. // Middle East Journal. Vol. 19. No. 3. P. 284-302 Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
2 5867Loading...
14
#sehirli_sharq #Eron 🍃📸🇮🇷 Turkman cho‘li yoki Turkman dashti degan nom bilan ham mashhur. Lekin bu hududlar Turkmanistonga emas Eron hududlari hisoblanadi. Eronning shimoli sharqidagi hududlar shunday nomlanadi. Ammo cho‘lga emas Bo‘stonga o‘xshash tarzda go‘zal bo‘lib, bahor faslida shunday ko‘rinishda bo‘ladi. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
3 20614Loading...
15
​​"Yangi Afg'onistonda Ayollar ta‘limi" Tolibon hokimiyatga kelganiga bu yil 15-avgust sanasida 3 yil to‘ladi. Shu davr oralig‘ida qolgan barcha sohalarda rivojlanish va kamchiliklar parallel ravishda bo‘lgani holda Ayollar ta‘limi masalsidagi harakatlar faqat va faqat ortga ketdi deyishimiz mumkin. Qizlar ta‘limi yomonlashgandan yomonlashar ekan ayrimlar aytganidek ayollar ta‘limi ishlash, karyera qilish, siyosiy maydonda faoliyat yuritish uchungina kerak emas. Factfullness kitobi muallifi Xans Rossling aytganidek Afrikada ayollar savodxoligining 40% o‘sishi bolalar o‘limini ham xuddi shuncha kamayishiga sabab bo‘lgan. Demakki ayollar ta‘limi hech bo'lmaganda farzand sog‘ligi va tarbiyasi uchun juda ham zarur. Afg‘onistonning yangi ma'muriyati esa bu real voqelikni juda qo‘pol ravishda inobatga olishmayapti. Ayollar ta‘limida tinimsiz degradatsiya jarayonini biz jamoamiz bilan xronologik usulda o‘rganib yilma yil tizimlab chiqdik: • 2021-yil 8-sentabr: Oltinchi sinfdan keyin qizlar uchun taʼlim cheklovlari o‘rnatildi. • 2021-yil, 26-dekabr: Shahar transporti haydovchilari ayollarni 72 kilometrdan uzoqroq masofada yurishini taqiqlashlari kerak Ularni undan uzoq masofaga mindirish taqiqlanadi. • 2022-yil 27-mart: Ayollar va qizlarning parklarga kirishi va samolyotda sayohat qilishiga qarshi cheklovlar joriy etildi. • 2022-yil 7-may: Ayollar belgilangan mezonlarga muvofiq ro‘mol o‘rashga majbur. • 2022-yil, 21-may: teleboshlovchilar yuzlarini yopishlari shartligi xususida mavlaviyning maxsus farmoni chiqdi. • 2022-yil 1-iyun: 4-6-sinf o‘quvchilari maktabga ketayotganda yuzlarini niqob bilan yopishlari shart. • 2022 yil 23 avgust: Turli ishlarda ishlaydigan ayollardan o'z lavozimlarini tark etishlari so'ralgan. • 2022-yil 10-noyabr: Ayollarning sport klublariga kirishi taqiqlandi. • 2022-yil 11-noyabr: Ayollarga istirohat bog‘lari, hammomlar, sport klublari va ko‘ngilochar maskanlarga borishi bekor qilindi. Ularning bunday binolarga kirishi taqiqlanadi. • 2022-yil 21-dekabr: Ayollarning universitetga kirish huquqi to‘xtatildi. • 2022-yil 22-dekabr: Oltinchi sinfdan keyin qizlar uchun ta’limning barcha shakllari taqiqlangan. • 2022-yil 24-dekabr: Ayollarning milliy va xalqaro NNTlarda ishlash huquqlari to‘xtatildi. • 2023-yil, 4-aprel: Afg‘oniston ayollariga BMT idoralarida ishlash taqiqlandi. • 2023-yil, 4-iyul: Mamlakat bo‘ylab barcha go‘zallik salonlari yopildi. • 2023-yil 8-iyul: Ayollarga tibbiy mutaxassislik imtihonida qatnashish taqiqlanadi. • 9-iyul, 2023-yil: Qizlarga universitetga kirish imtihonlarida qatnashish taqiqlandi (BBC Fors, 2023) Ikki yilda birgina ayollar mavzusidagi qarorlar soni 50 dan oshib ketgan. Bu har oyda 3 tadan ko‘p qaror qabul qilinganini anglatadi. Afg‘on jamiyati ayollarini yana nimalar kutib turganini hech kim bilmaydi. Lekin shuni bilaman va prognoz qilamanki, Tolibon o‘z mavjudligini davom ettirar ekan mutaxasislar yetishmovchiligidan aniq juda qattiq azob chekadi. O‘zlari ayollarni ishlashlari uchun rag‘btlar yaratishadi. Yalinishadi yolvorishadi. Ammo bu qachon kelishini aniq bilmaymiz. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
1 60921Loading...
16
#tarixiy_shaxs 🎼 Ummu Kulsum - Arab dunyosining eng buyuk qo'shiqchisi Misrliklar: “Ummu Kulsum Misrning ovozidir”, deyishadi. U tarixdagi eng muhim Misr va arab qo'shiqchisi bo'lgan (hozir ham). Ummu Kulsumning ovozi Misrda tug‘ilgan bo‘lsa-da, geografik chegaralardan oshib, ko‘pchilikning qalbidan joy olgan. U o'limidan deyarli 50 yil o'tib, bugungi kunda sevilish va nishonlashda davom etayotgan ajoyib shaxs. Fors ko'rfazi davlatlarining badavlat aholisi Ummu Kulsumning jonli konsertiga charter reyslarida kelishardi. Va uning o'zi arab mamlakatlariga gastrol safariga borganida, davlat rahbarlari, qoida tariqasida, uni samolyot zinapoyasida kutib olardi. ⚰Ummu Kulsum 1975-yil 3-fevralda 70 yoshida vafot etdi. Qo‘shiqchi bilan xayrlashish uchun to‘rt million kishi ko‘chaga chiqdi. Ummu Kulsumning dafn marosimi 1970-yilda besh million kishi ishtirok etgan Prezident Jamal Abdul Nosirning dafn marosimidan beri arab dunyosi tarixidagi eng yirik marosim bo‘ldi. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
1 40616Loading...
17
​​🇹🇯Tojikiston haqida ba‘zi mulohazalar Pandemiyadan oldin Markaziy Osiyo boʻyicha ekspertlar Tojikistondagi hokimiyat tranzitini butun mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishi mumkin boʻlgan nuqtalaridan biri deb atashgan. Sabablar 1. Fuqarolar urushining (1992-1997) xalq ongidagi tajribasi; 2. Afgʻoniston bilan chegaraning kattaligi (1300 km lik umumiy chegara narkotik+ qurol olib o‘tish jihatdan); 3. Murakkab elitalararo muvozanat, mamlakatda Rahmonlar oilasi yirik kuch ekanligiga qaramasdan bir qancha ta‘siri kuchli klanlar bor. 4. Ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik: qashshoqlikning yuqori darajasi, aksari oilalarning hayoti migrantlarning pul o‘tkazmalariga bog‘liq, importning yuqori hajmi ham muammo. Asosiy hokimiyat tranzit ssenariysi turkman ssenariysiga o'xshaydi: ya‘ni otadan o'g'ilga. Rustam Emomali 2017-yildan buyon poytaxt Dushanbe meri, 2020-yildan esa mamlakat parlamenti yuqori palatasi raisi lavozimida ishlab keladi. Shu bilan birga, u jamoat arbobi - u bir necha bor mamlakat ichidagi ijtimoiy ahamiyatga ega muammolar bilan shug'ullangan (o'z xo'jayinining xotini tomonidan o'ldirilishi haqidagi shov-shuvli ish), Rossiya va Xitoy siyosatchilarni qabul qilgan. Turli kampaniyalar natijasida GBAO omili ham tekislandi (men bu haqda batafsilroq yozganman). Tojik-qirg‘iz chegarasi masalasi ham o‘tkan yillarda chigallashgan edi. Imomali Sharipovich nazorati ostida deyarli hamma narsa tranzitga tayyordek tuyuladi. Biroq, mehribon "papa" nomi bilan mashhur bo'lgan Rahmonning ahamiyatini e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydigan bir jihati bor. Ya‘ni rahbarning fuqarolar urushidan keyingi mamlakatda tinchlikni mustahkamlovchi shaxs sifatidagi qiyofasi. Rahmon tinchlik va milliy birlik asoschisi sifatida elitalararo muvozanatni hamda kuch va zo'ravonlikni qo'llashda mutlaq monopoliyaga ega bo'lgan davlat institutlarining kuchini ifodalaydi. Avval pandemiya, keyin Rossiyaga qarshi sanksiyalar, keyin mamlakatdagi ikki xonali inflyatsiya, endi esa migrantlar oqimi (va pul o‘tkazmalari yalpi ichki mahsulotning 30 foizini tashkil qiladi) ichkaridagi vaziyatni yanada qiyinlashtirmoqda. Ish yo'q, aholi o'sib bormoqda va qayerga borishning ko'p variantlari yo'q. Asosiy variant Rossiya bilan ham ahvol yomonlashgan. Gap endi hokimiyat tranzitida emas, balki turli radikal oqimlarning aktiv faoliyati bilan tajriba qilib, shakllanayotgan jiddiy ijtimoiy keskinlik haqida bormoqda. Ko'p narsa rasmiylarning bunga qanday munosabatda bo'lishiga va tashqi kafillarning (Rossiya, Xitoy) jarayonga qanchalik qo'shilishiga bog'liq. Kuzatamiz... Kanalga obuna bo‘ling ✒️@Sharqshunos_tarixchi
1 49813Loading...
18
#Etnografiya 🇰🇿Qozoqlar ko'chmanchi xalqdir, shuning uchun ular ko'p asrlar davomida turli hududlar bo'ylab ko'chib kelishgan. XIX asrda bir necha yuz qozoqlar dovonni kesib o'tib, Rossiyadagi Chuya dashtiga tushib qolishgan. Shunday qilib, rus Oltoyining ko'chmanchi qozoqlar tomonidan o'zlashtirilishi boshlandi. “Bu yerda zavodlar, ishlab chiqarish yoʻq, biz faqat dehqonchilik bilan kun kechiramiz, hammamiz chorvachilik qilamiz. Ha, maktab, bog‘cha, militsiya, chegara xizmati, faqat davlat idoralari bor, qisqasi. O‘rtacha ish haqi 30 ming rubl, lekin o‘zimizning go‘sht-sutimiz bor, shuning uchun oziq-ovqat uchun asosan un, shakar va tuz sotib olamiz, - deydi Qo‘sh-Ag‘och qishlog‘i aholisidan biri. Qo‘sh-Og‘ochdagi yaxshi infratuzilmalardan faqat bitta yo‘l, unga qo‘shilgan ikkita masjid va madrasa, shuningdek, maktab bor. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
1 6584Loading...
#arxiv #sharq_sanati 🕌Isfahondagi "Modar-i Shoh" yoki Chahor Bog' madrasasi 1839 yilda Forsga (Eron 1935-yilgacha aynan shunday nomlangan) sayohatga chiqqan fransuz me'mori Kosta Paskalni o'ziga rom qildi. 📝Chap tomonda uning 1840 yilda qalam va akvarelda chizilgan detallar eskizlari, o'ng tomonda esa o'zining sherigi Yevgeniy Flandin bilan birga nashr etgan olti jildlik "Voyage en Perse" (1851) asarining illyustratsiyasi keltirilgan. Kanalga obuna bo‘ling ✒️@Sharqshunos_tarixchi
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Eron Prezidentligiga istiqbolli nomzodlar. 2-qism (1-qism bu yerda) Ali Larijaniy - tashqi siyosatga liberal ko'z bilan qarovchi shaxs va Xasan Ruhoniyning ittifoqchisi. 2008-yildan 2020-yilga qadar Eron parlamenti spikeri bo'lib faoliyat yuritgan Larijaniy yadro dasturi bo'yicha kelishuvga erishishda hal qiluvchi rol o'ynagan. O'zining Xomaneiyga sodiq bo'lishiga qaramasdan 2021-yilgi prezidentlik lavozimida ishtirok etish uchun topshirgan arizasi qabul qilinmagan. Javad Zarif - Erondagi eng mashxur siyosatchilardan biri. Uning tashqi siyosat bo'yicha qarashlari, ayniqsa AQSH bilan kelishish zarurligi to'g'risidagi fikrlari uning mashxurligiga sabab bo'lgan. 2021-yilgi saylovlar davomida uning nomzodi tasdiqlanishini ko'plab reformatorlar qo'llashgan. Lekin uning Respublika gvardiyasi haqida aytgan salbiy fikrlarining sizdirib yuborilganidan so'ng uning nomzodi Kengash tomonidan maqullanmagan. Ali Akbar Solixiy - o'zining katta, 75 yoshda ekanligiga qaramasdan an'anaviy konservatorlar va islohotchilar orasida keng qo'llab-quvvatlanadi. U Eron yadro dasturining otasi hisoblanadi. 2015-yilga yadro dasturi bo'yicha kelishuvda hal qiluvchi rolni o'ynagan. U 2021-yildagi saylovlarda o'z nomzodini qo'yishni rad etgan. Bu yil ehtimoliy nomzodlar orasida yetakchilik qilmoqda. Abdulnosir Ximmatiy - sobiq markaziy bank boshqaruvchisi, iqtisodchi. 2021-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun Qo'riqchilar Kengashi unga ruxsat bergan. U tashqi siyosat va iqtisod masalalarini yuritishda liberal yondashuv tarafdori hisoblanadi. Ali Shamxaniy - Milliy xavfsizlik oliy kengashining sobiq rahbari. U o'z faoliyati davomida Respublika gvardiyasining qo'mondoni va mudofaa vaziri lavozimlarini ham egallagan. Lekin islohotchilarning u haqda bildiradigan fikri salbiy bo'lib, u Ruhoniy prezidentligining ikkinchi muddatida yadro dasturi bo'yicha kelishuvni qayta boshlashga qarshi chiqqan. Xomaneiyning uni Eron prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga ruxsat berish ehtimoli juda ham kam hisoblanadi. Yuqoridagi nomzodlar Qo'riqchilar Kengashi tomonidan tasdiqlansagina prezidentlik saylovlarida ishtirok etishlari mumkin bo'ladi. Bu yerda yana bir masala ularning o'z nomzodlarini ko'rsatish yoki ko'rsatmasliklarida ham yotadi. Agar Eron oliy rahbari mamlakatdagi hozirgi tartibni keyinchalik ham davom ettirishni istasa katta ehtimol bilan Said Jaloliy va Mehrdod Bazrpashlarning ikkisidan biri prezidentlik lavozimini egallashi mumkin bo'ladi. Oyatullo Ali Xomaneiyning tanloviga ko'ra umuman boshqa nomzodlarning prezidentlik saylovlarida ishtirok etib bu lavozimni egallash ehtimollari juda ham yuqori, chunki mamlakat kadrlarga juda ham boy bo'lib, asosiy, masala qaysi guruh vakillarining oliy rahnamo ishonchini ko'proq qozonishlariga bog'liq bo'lib qoladi. Yuqoridagi ehtimoliy fikrlar qay darajada haqiqatga yaqinligi esa 45 kundan so‘ng bo‘lib o‘tadigan Prezidentlik saylovlarida aniq bo‘ladi. Muallif: Berdiqulov Doniyor Eron bo‘yicha mutaxasis, sharqshunos tadqiqotchi. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
Hammasini ko'rsatish...
👍 11
#sehrli_sharq
Tan sulolasi (618–907) davridagi ikki oʻrkachli tuyalarning loydan yasalgan haykalchalari.
Xitoylik savdogarlar Buyuk ipak yo'li bo'ylab sayohat qilar ekan ikki xil tuyalardan foydalanishgan. Hozirgi Qozog‘iston va Mo‘giliston tuyalaridan asosan qiyin sharoitli va sovuq tog‘li mintaqalardan yuklarni tashishgan bo‘lsa, O‘rta Osiyoga kelib Issiq va cho‘l havosiga chidamli Baqtriya tuyalarini ijaraga olishgan. Kanalga obuna bo‘ling ✒️@Sharqshunos_tarixchi
Hammasini ko'rsatish...
👍 13👎 1
​​Ibrohim Raisiyning vafotidan so'ng Eron prezidentligiga nomzodlar kimlar? 1-qism Eron siyosatchilari 2025-yilda o'tkazilishi kerak bo'lgan prezidentlik saylovlariga tayyorgarlik ko'rayogan bir vaqtda, 20-may kuni Ozarbayjonga GES ochilish marosimidan qaytayotgan prezident Ibrohim Raisiy vertalyoti "qattiq qo'nish"ni amalga oshirdi va vertalyot bortida bo'lgan hamma halok bo'ldi. Ushbu chigal vaziyatda izlanayotgan bir vaqtda, kelajakda Eron prezidenti bo'lishi mumkin bo'lgan nomzodlarni o'rganib chiqishga dolzarb hisoblanadi. Hozirgi vaqtda, Eron konstitutsiyasiga muvofiq Eron birinchi vitse-prezidenti Muhammad Muhbir prezident vazifalarini bajaruvchi sifatida tayinlandi. Qonunchilikka ko'ra, Muhammad Muhbir parlament va sud hokimiyati rahbarlari bilan birgalikda 50 kun ichida prezidentlik saylovlarini o'tkazishi kerak. Eron saylov tizimi shunday tashkil topganki, prezidentlikka nomzodini qo'ymoqchi bo'lganlarning ropyxatini birinchi navbatda Islom inqilobi Qo'riqchilar Kengashi (rus.КСИР) tasdiqlashi kerak. Kengash a'zolari esa bevosita yoki bilvosita Oliy rahnamo Oyatullo Ali Xomaneiy tomonidan tayinlanadi. Misol uchun, 2021-yilgi prezidentlik saylovlari davomida Kengash Xomaneiy va Respublika gvardiyasi tomonidan qo'llab-quvvatlangan Raisiyning yo'lini ochish uchun ko'plab nomzodlarning saylovlarda ishtirok etish uchun bergan arizalarini rad etgan edi. Ular orasida Xomaneiyning maslahatchisi Ali Larijaniy, Xasan Ruhoniy ma'muriyatining birinchi vitse-prezidenti Is'hoq Jahongiriylarni ko'rish mumkin. Biz esa quyida Eron prezidentligiga nomzodini qo'yishi mumkin bo'lganlar ro'yxatini keltirib o'tamiz: Muhammad Muhbir - mo'tadil kayfiyatdagi konservator, hozirgi vaqtda Eron prezidenti vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi. Manbalarning aytishicha, Muhbirning Raisiy va uning atrofidagilar, xususan, Raisiyning kuyovi Mehdad Niliy bilan aloqalari yaxshi bo'lmagan. Marhum prezident uni Respublika gvardiyasining sobiq boshlig'i Parviz Fattox bilan almashtirishga intilgan. Biroq, Muhbirning Xomaneiyning tavsiyasiga ko'ra bu lavozimga tayinlangani uchun buning uddasidan chiqa olmagan. Hozirgi vaqtda prezident vazifalarini bajarayotganligi va oliy rahbarning ishonchida deb hisoblaydigan bo'lsak, hozirgi vaqtda Eron prezidentligiga ehtimoliy nomzod deb Muhammad Muhbirni tahmin qilishimiz mumkin. Said Jaloliy - qattiqqo'l siyosat tarafdori. 2007-yildan boshlab ko'p yillar davomida yadro dasturi muammosi bo'yicha muzokaralarni olib borgan eng asosiy shaxslardan biri bo'lgan. Jaloliy radikal shaxs bo'lib, AQSH bilan istalgan turdagi hamkorlik va munosabatlarni o'rnatishga qat'iy qarshilik ko'rsatuvchi shaxs. U 2013- va 2021-yillarda prezidentlikka 2 marotaba o'z nomzodini qo'ygan. Ammo, Qo'riqchilar Kengashi uning nomzodini maqullamagan. "Middleeasteye net" manbasining aytishicha, Ibrohim Raisiyning atrofidagilar va uning g'oyalari tarafdorlari Jaloliyga juda ham yaqin bo'lib, katta ehtimol bilan uning atrofida birlashadilar. Mehrdod Bazrpash - hozirgi vaqtda u Eron yo'llar va shaharlarni rivojlantirish vaziri lavozimini egallab turibdi. U sobiq prezident Mahmud Axmadinejad hukumatida ham rahbar lavozimlarini egallab kelgan. Nashrning aytishicha, Ibrohim Raisiy tarafdorlarining yarmi Jaloliyni qo'llasa, yarmi Bazrpashning atrofida birlashadi. Muhammad Bakir Kalibaf - Respublika gvardiyasi Harbiy Havo Kuchlarining sobiq qo'mondoni va Tehronning sobiq hokimi, hozirda Eron parlamenti spikeri lavozimida faoliyat olib boradi. Ibrohim Raisiy vafotigacha u prezidentning eng katta raqibi hisoblangan. Hozirgi vaqtda uning prezidentlik lavozimini egallashi uchun har qachongidan ham yaxshiroq vaziyat yuzaga kelgan. Davomi bor... Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
Hammasini ko'rsatish...

👍 13
Photo unavailableShow in Telegram
#sharq_sanati 👳‍♀1640-45 yillardagi Boburiylar saroyi vazirlari a'zosi Mirza Raja Jai ​​Singx to'rtdan uch yoki to'piqgacha bo'lgan tilla yubka kiygan libosda tasvirlangan. 🧥Endi tasavvur qiling-a, oltin ipli xalat (kaftan) sham yorug'ida kechqurun qanday porlashi va sehrli jilolanishi mumkin! Shamlar xonaning perimetri bo'ylab, boshning tepasida stollarga yoki qandillarga qo'yilgan. Ko'zlar qamashmasligi uchun. 🎩Biroq, metall ipli brokar matolar eng olijanob saroy a'zolari uchun mo'ljallangan edi. Bunday kiyimlarda yorug'lik va soyaning o'ynashi uning egasi uchun o'zgacha aura yaratgan. Undan tom ma'noda yorug'lik paydo bo'ladi - bundan baland, o'ziga xos, hatto biroz tashqaridagi mavqeyini namoyish qilish uchun foydalanilgan. Kanalga obuna bo‘ling ✒️@Sharqshunos_tarixchi
Hammasini ko'rsatish...
👍 15
​​📿🇺🇿 Temuriylar siyosatida naqshbandiya ta‘limotining o‘rni. Naqshbandiya ta‘limoti (ordeni desa ham bo‘ladi) savdogarlar uyushmalari va savdogarlar bilan mustahkam aloqalar oʻrnatgan tadbirkorlar uchun eng maqbul ta‘limot edi. Uning boyligi maʼnaviy taʼsirining kuchayishi bilan parallel ravishda oshib bordi. Vaziyat shu darajaga yetdiki, Naqshbandiy va uning izdoshlari temuriylar saroyini nazorat qila boshladilar, diniy ko'rsatmalarning to'g'ri bajarilishini diqqat bilan kuzatib bordilar. Taxminan bir vaqtning o'zida tartib juda siyosiylashtirildi. Ehtimol, o‘sha paytlarda allaqachon Qashg‘ar hukmdorlaridan biri uning shogirdi edi. Temuriylar hukmdorlarining doimiy ichki nizolarida naqshbandiylar faol ishtirok etganlar. Lekin ordenga rahbarlik qilgan Xoja Ahror Valiy (1404–1490) davrida naqshbandiya Oʻrta Osiyoda chinakam hukmron boʻldi deyish mumkin. Xoja Ahrorning temuriy shahzoda Abu Said va oʻzbek shayboniylari bilan aloqalari XV asr oʻrtalarida Oʻrta Osiyo siyosatining rivojlanishida hal qiluvchi rol oʻynadi. Abu Said Hirotda qo‘nim topganida, o‘z mulkining shimol va sharqiy qismidagi ko‘plab hududlar ya‘ni Mo‘g‘ulistongacha bo‘lgan joylar shogirdlari bo‘lgan Xoja Ubaydulloh Ahror ta’sirida bo‘lgan. u yerda Boburning amakisi Yunusxon Mug‘alni ham ko‘rish mumkin edi. Naqshbandiya yetakchilari eshon - “Ular” deb atalgan va hozir ham shunday nomlanadi. Xoja Ahror «dunyoga xizmat qilish uchun siyosiy hokimiyatga ega bo‘lish» va hayotning barcha sohalariga ilohiy qonunni joriy etish uchun hukmdorlarni nazorat ostida ushlab turish zarurligiga ishonch hosil qilgan. #Manba: А. Шиммель. Мир исламского мистицизма Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
Hammasini ko'rsatish...

👍 12🔥 1
00:29
Video unavailableShow in Telegram
#sehrli_sharq #vizual 🇹🇳🏝 Jerba oroli, #Tunis davlati.
Qizig'i shundaki, Djerba Maltadan orolidan ikki baravar katta va Afrika qit'asidan 1,5 milya uzoqlikda joylashgan.
🏟Bu yer turistlarning eng ko‘p keladigan maskanlaridan biri hisoblanib, Rim imperiyasi tarkibida bo‘lgan davrlardan qolgan tarixiy arxitekturasi bilan mashhur. Arab davlatlari ichidan eng yevropalashgan qismi. Tunisning bu hududlaridagi arab tili shunchalik fransuz so‘zlari bilan qo‘shilib ketganki, suhbatdoshingiz arabcha gapiryaptimi yoki fransuzcha ajratib ololmaysiz. Kanalga obuna bo‘ling 🖌@Sharqshunos_tarixchi
Hammasini ko'rsatish...
👍 14👎 1 1👀 1
Photo unavailableShow in Telegram
#sehrli_sharq Men Qur'on oyatlariga havolalar bilan Haj haqida juda tushunarli infografikani topib oldim. Aniqlik uchun o'z talabalarimga ko'rsatyapman. Bunda Makkada haj marosimini to‘liq amalga oshirish uchun qilinishi kerak bo‘lgan zarur marosimlar ajoyib infografik uslubda tasvirlangan. Kanalga obuna bo‘ling ✒️@Sharqshunos_tarixchi
Hammasini ko'rsatish...
👍 14 3
​​📿 Xoja Ahmad ibn Ibrohim ibn Ilyos Yassaviy. Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi kam yoritilganligicha qolmoqda, asosiy maʼlumot manbai “Devoni Hikmat” asaridir. U Markaziy Osiyoning ilk turkiyzabon buyuk yozuvchisi bo‘lsada uni chuqurroq o‘rganish O‘zbekiston yoki Qozog'istondan ko‘ra Turkiyaga ko'proq nasib etgan. U haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlarni Sulaymon Bakirgʻoniy, Navoiy, Avliyo Chalabiy, Husamiddin Bulgʻoriy, Xaziniy kabi mualliflarning asarlaridan ham topish mumkin. 🪆Ahmad Yassaviy Yassida (hozirgi Turkiston) ulamo oilasida tug‘ilgan. Uning otasi Ibrohim mashhur shayx bo'lib, onasining ismi Karasach (Qorasoch) Momo edi. U otasi vafotidan so‘ng so‘fiy olim Arslonbob rahnamoligida tarbiyalangan. 📚Turkistonning turli hududlaridan olimlar to‘plangan Buxoroda o‘qish davrida Yassaviy fors va arab tillari bilan bir qatorda tasavvuf adabiyotini ham o‘rgangan. Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy, Yusuf Hamadoniy kabi mashhur so‘fiy ustozlari bilan bo‘lgan uchrashuvlari unga katta ta’sir ko‘rsatdi. 🪦Ahmad Yassaviy 1166 yilda vafot etgan, ammo vafotidan keyin ham uning shuhrati ortib boraveradi. Amir Temur 1395-1397 yillarda Turkistonda yangi maqbara qurdirib, Yassaviyga alohida hurmat-ehtirom ko‘rsatishini ta’kidlagan. Alisher Navoiy Ahmad Yassaviy shaxsi o‘z davrasida yuksak obro‘-e’tiborga ega ekanligini ta’kidlagan, So‘fi Olloyor esa Yassaviyni “shariat nuri” deb ta’riflagan. 🎁1815-yilda Qo‘qon xoni Umar ibn Narbo‘ta Buxoro amiri Haydardan Turkiston shahrini tortib olgach, Xoja Ahmad Yassaviy qabrini ziyorat qilib, 70 bosh qo‘chqor so‘yib, bu mashhur ziyoratgohning barcha shayxlariga hadyalar berdi. Bularning barchasi turli davr odamlarining Ahmad Yassaviy shaxsiga ko‘rsatgan hurmatidan dalolat beradi. 🧿Yassaviy asarlari bizgacha yetib kelmagan boʻlsada, “Devoni Hikmat” uning muridlari va izdoshlari tomonidan yozilgan. “Hikmat”da 240 ga yaqin she’rlar o‘rin olgan bo‘lib, unda ilohiy ishq, oshiqlik, saodat va hikmat tushunchalari tadqiq etilgan. 📿Asl asarlar kam boʻlishiga qaramay, taxalluslar, sheʼriy anʼanalar Yassaviy bilan bogʻliq. Uning tasavvufga qo‘shgan hissasi shundan iboratki, u o‘z she’rlariga so‘fiylikning asosiy bosqichlarishariat, tariqat, ma’rifat va haqiqatni singdirgan. Uning she’riyatidagi pir, darvesh, oshiq, zohid kabi obrazlar so‘fiylik an’anasi va og‘zaki adabiyoti bilan chambarchas bog‘liq. Kanalga obuna bo‘ling ✒️@Sharqshunos_tarixchi
Hammasini ko'rsatish...

👍 12🔥 5
#sharq_sanati 🇪🇬Misrlik rassom Helmi El-Tounining bolalar kitobi muqovalari Kanalga obuna bo‘ling ✒️@Sharqshunos_tarixchi
Hammasini ko'rsatish...
👍 9