Abdusattor
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal ✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot Maqsad Club: @maqsadobuna
Ko'proq ko'rsatish📈 Telegram kanali Abdusattor analitikasi
Abdusattor (@abdusattor) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 58 612 obunachidan iborat bo'lib, Yaratish & Iqtiboslar toifasida 371-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 1 229-o'rinni egallagan.
📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika
невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 58 612 obunachiga ega bo‘ldi.
17 Oktabr, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -789 ga, so‘nggi 24 soatda esa -93 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.
- Tasdiqlash holati: Tasdiqlangan (Telegram tomonidan rasmiy tasdiq)
- Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 45.97% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 23.61% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
- Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 26 991 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 13 865 ta ko‘rish yig‘iladi.
- Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 547 ta reaksiya keladi.
📝 Tavsif va kontent siyosati
Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal
✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot
Maqsad Club: @maqsadobuna”
Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 18 Oktabr, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Yaratish & Iqtiboslar toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.
Ma'lumotlar yuklanmoqda
| Sana | Obunachilarni jalb qilish | Esdaliklar | Kanallar | |
| 18 Oktabr | +3 | |||
| 17 Oktabr | +2 | |||
| 16 Oktabr | +9 | |||
| 15 Oktabr | +5 | |||
| 14 Oktabr | 0 | |||
| 13 Oktabr | +2 | |||
| 12 Oktabr | +6 | |||
| 11 Oktabr | +1 | |||
| 10 Oktabr | +6 | |||
| 09 Oktabr | +4 | |||
| 08 Oktabr | +21 | |||
| 07 Oktabr | +6 | |||
| 06 Oktabr | +14 | |||
| 05 Oktabr | +2 | |||
| 04 Oktabr | +4 | |||
| 03 Oktabr | +4 | |||
| 02 Oktabr | +2 | |||
| 01 Oktabr | +17 |
| 2 | Video xabar | 11 315 |
| 3 | Video xabar | 12 460 |
| 4 | Video xabar | 12 943 |
| 5 | Video xabar | 13 299 |
| 6 | Video xabar | 13 854 |
| 7 | Video xabar | 14 610 |
| 8 | Video xabar | 14 823 |
| 9 | 24 soat kitob o'qish chellenjimizdagi 2-kitob.
Hozir Mark Mensonning "Beparvolikning nozik san’ati" kitobini o'qiyapman.
1-kitobimiz Jon G. Millerning "SOS! Savol ortidagi savol" kitobi edi.
Jonli efirni kuzatib boring va savollaringizni chatga yozing.
▶️: https://youtube.com/live/JtFfI_2jCXQ?feature=share | 15 713 |
| 10 | Video xabar | 14 637 |
| 11 | Video xabar | 15 000 |
| 12 | Video xabar | 15 821 |
| 13 | 24 soat kitob o‘qiyman. Jonli efirda! 📚
Man o'zi ko'p kitob o'qimayman. Shu sababli bugun o'zimga 24 soat kitob o'qish chellenjini qo'ydim. Buni jonli efirda ko'rishiz mumkin.
Qancha o‘qiy olaman? Diqqatim qancha vaqtga yetadi? O‘qiganlarimdan qanday fikrlar qoladi? Buni siz bilan jonli efirda bilib olamiz.
Har bir kitobni boshlashdan oldin tanishtiraman, o‘qish davomida qiziq fikrlarni ulashaman, yakunida esa xulosalarimni aytaman. Savollaringizni efir chatida yozishingiz mumkin.
▶️: https://youtube.com/live/JtFfI_2jCXQ?feature=share | 17 825 |
| 14 | Yanvarda mashina buzildi. Martda qarindoshning to‘yi bo‘ldi. Aprelda tish davolatishga to‘g‘ri keldi. Iyunda ish uchun texnikalar oldim. Sentabrda bolalarga maktab xarajatlari chiqdi. Kecha yaqinda yo’l qoidasini buzganim uchun yaxshigina jarima to’ladim. Mana oktabr keldi va meni oldinda yana 3 ta to'y kutib turibdi.
Bu xarajatlarning ko‘pini bo’lishidan oldin oylik budjetimga qo‘shmaganman. Ba’zilarini oldindan bilish ham mumkin edi. Lekin oylik budjetimda ularga joy ajratmaganman.
Har safar “bu oy shunaqa bo‘lib qoldi, keyingi oy xarajat kamroq bo‘ladi” deb o‘ylaganman. Endi qarasam, deyarli har oy “o’sha oyga xos” qandaydir xarajat chiqibdi. Biri tugasa, boshqasi boshlangan.
Tadqiqotlarga ko‘ra, odamlar oziq-ovqat yoki ijara kabi doimiy xarajatlariga qancha pul ketishini aniq hisoblaydi. Lekin kutilmagan xarajatlarni umuman esdan chiqarar ekan. Bunaqa xarajatlarga “bir martalik” deb qaraganimiz uchun keyingi oy rejasiga qo‘shmaymiz.
Eng qizig’i pul yig’ish va investitsiyani ham keyingi “xarajatsiz oyga” surib kelamiz. Lekin kutilmagan xarjatsiz oyning o’zi bo’lmaydi.
Shaxsan o‘zim ham investitsiya uchun pul ajratmoqchi bo‘lib, uzoq vaqt buni kechiktirib kelganman. Faqat Imanum’da investitsiyani avtoto‘lovga ulab qo‘yganimdan keyin uni ham oylik budjetimning bir qismiga qo’shganman.
Oldin “oy oxirida pul ortsa, investitsiya qilaman” derdim. Hozir investitsiya uchun qancha ajratishni oldindan bilaman va qolgan xarajatlarimni shunga qarab rejalashtiraman. Xarajatlar tugagani yo’q lekin har oylik investitsiya odatga aylandi. | 29 572 |
| 15 | 🦇Batman Python’da kod yozishni biladi
Ben Afflek intervyusida Python’da kichik skriptlar yozishi, neyron tarmoqlar tasvir bilan qanday ishlashi va Google hamda OpenAI’ning video texnologiyalariga qiziqishi haqida gapiryapti.
Man ba’zi insonlardan “Men ijod odamiman, texnik ishlar men uchun emas”, degan gaplar eshitaman. Yoki masalan “Men fotografman, video olmayman”, “Men professional videografman, telefonda mobilograf video oladi”, “Men operatorman, montajni montajchi qiladi” degan gaplar.
To’g’ri bitta yo‘nalishda kuchli mutaxassis bo‘lish yaxshi. Lekin “bu mening ishim emas” degan gap ba’zan o‘zimizga kelayotgan rizqni cheklaydi.
Masalan, kichik biznes egasiga mahsuloti haqida 5 ta qisqa video kerak. U sizga murojaat qildi. Siz “Men faqat videoga olaman. Ssenariy uchun boshqa odam toping, montajni birovga qildirasiz”, dedingiz. Endi u bitta ish uchun uchta odam topishi va har biriga vazifani tushuntirishi kerak.
Boshqa mutaxassis bo’lsa shu videolarni g‘oyasidan tortib tayyor holatigacha qilib bera oladi. Siz faqat o‘zingiz bajaradigan vazifani o‘ylayotgan paytda, boshqa mutaxassis mijozning muamosiga tayyor yechim taklif qilyapti.
Mijoz uchun sizning kasbingiz qanaqaligi muhimmas, uning muammosini hal qilishingiz muhim.
Albatta, kino yoki katta media loyihalarda talab boshqacha. Alohida operator, ovoz rejissori, chiroqchi, montajchi va kolorist kerak bo’ladi. Bu holatda ishni bir kishiga yuklab bo’lmaydi.
Lekin kundalik, sodda ijtimoiy tarmoq kontentini yaratishda bir nechta vazifani bajara oladigan “universal askar”ning ustunligi bor.
Ayniqsa sohada yangi bo’lsangiz, bitta yo‘nalishda kuchli bo‘lib, unga bog’liq qo’shimcha ko‘nikmalarni ham shakllantiring. Operator bo’lib montajni tushunsangiz, videoga olish paytida qaysi kadrlar kerakligini yaxshiroq bilasiz. Fotograf bo’lib videoga olishni ham bilsangiz, mijozga ko‘proq yechim taklif qila olasiz. Umuman olganda imkoniyatingiz kengayadi. | 29 024 |
| 16 | Bir hafta oldin IMAN Invest Holding Toshkentda birinchi Priority Office’ini ochdi.
Shu munosobat bilan do’stlarimizni tabriklayman va ishlariga yanada rivoj tilayman. Bu ofis mijozlarga yanada qulay va xalqaro standartlarda xizmat ko’rsatish maqsadida ochildi.
Siz Imanum ilovasi orqali barcha moliyaviy xizmatlardan online foydalansangiz endi ushbu ofisga kelib yuzma-yuz istalagan savolingizga javob ololasiz.
Masalan, bu yerda investitsiya hajmi $10,000 dollar va undan yuqori bo‘lgan mijozlar uchun alohida va premium darajadagi servis taqdim etiladi.
Yoki mutaxassisdan maslahat olish bilan birga investitsiya shartnomalarini shaxsan imzolash va kassa orqali naqd pulda operatsiyalarni amalga oshirish sharoiti ham yaratiladi.
Jamoa bilan tanishish, maslahat olish va investitsiya uchun manashu manzilga borishingiz mumkin:
Toshkent sh., Mirzo Ulugʻbek tumani Xirmontepa koʻchasi 41-uy (sobiq Nikitina koʻchasi)
Ish vaqti: 09:00–18:00
☎️: 55 588 55 55 | 27 806 |
| 17 | Bu AQShning Yuta shtatidagi AI data markazi. U o'zidan kuniga 23 ta atom bombasi energiyasiga teng issiqlik chiqarishi kutilmoqda.
Ya'ni loyiha to‘liq quvvatda ishlasa, ma’lumotlar markazi va unga elektr yetkazadigan gaz stansiyasi birgalikda shuncha issiqlik chiqarishi mumkin. Bu portlash yoki radiatsiya degani emas energiya birdaniga emas, kun davomida issiqlik tarqatadi. Taxminan hisoblasak bu energiya bilan 22 mln. xonadonni to'liq energiya bilan ta'minlash mumkin. Bu O'zbekistondagi xonadonlar sonidan deyarli 3 barobar ko'p degani.
Biz faqat AI bilan ekran orqali muloqot qilamiz lekin uning ortidagi minglab serverlar, elektr stansiyalari va tinimsiz ishlaydigan sovitish tizimlarini ko'rmaymiz.
Shunchaki AI'ga salom deb yizamiz. Rasm yaratamiz. Videoni qayta-qayta generatsiya qilamiz. Natija bir necha soniyada kelgani uchun unga ketgan jismoniy resurslarni sezmaymiz. Aslida bu texnogiya ortida juda katta sanoat yaratilyapti. | 31 726 |
| 18 | Tasavvur qiling, sinfdoshlaringiz bilan uchrashdingiz. Biri otasining biznesini oyoqqa qo’yib, yaxshi mashina haydayapti. Biri o’qishni bitirib, hali bir joyga o’rnasha olmagan. Yana birini faqat Instagramdan kuzatasiz va uning hayoti sizga noreal tuyuladi.
20-25 yoshda sizdan ancha oldindagini ham, ancha orqadagini ham topish mumkin. Lekin miyamiz negadir faqat oldindagilarni ko’radi. Psixologiyada bu “yuqoriga qarab solishtirish” deyiladi. Ya’ni inson o’zini doim o’zidan yaxshiroq yashayotganlar bilan o’lchaydi va natijada “man orqada qoldim” degan xulosaga keladi. Biz bu haqida oldin ham gaplashganmiz.
Yaqinda manashu mavzuda marketolog Abdulhamidning inshosini o’qib qoldim. U tengdoshlarida bir narsani payqagan. Ular pulni emas, natijaga bo’lgan umidni yo’qotgan. Xarakatlari oylik xarajatlarini yopishga qaratilgandek.
O’zi esa maktab paytini eslaydi. Aynan shu do'stlari bilan ertalab 4:00 da turib, qo'ylarning suvini berib, 5:00 da nonushta qilib, 6:00 dagi repetitorga ulgurishga harakat qilishgan
Uning xulosasi manga yoqdi. Nima ekanini essening o’zidan o’qishingizni tavsiya qilaman.
O'qish uchun: Kutilmalar haqida | 32 576 |
| 19 | Instagramda bir video ko‘rib qoldim. Unda 19–20 yoshli bolalar kasb tanlash haqida gaplashyapti.
Ularning aytishicha, ota-ona sen uchun kasb tanlamasin. Ularga o‘zing xohlaydigan kasbni aytib, “tezroq ularni xafa qil”. Shunda ular ishinga qarshi bo‘lmas ekan.
Umuman olganda, 19–20 yoshli odam ota-onasiga nimani xohlayotganini ayta olishi kerak. Lekin faqat ota-ona xohlagani uchun kasb yomon bo‘lib qolmaydi. Yoki farzand xohlagani uchun ham u to‘g‘ri tanlovga aylanmaydi.
Mani o‘ylantirgan joyi “tezroq xafa qil” degan maslahat bo’ldi. Go‘yoki bu gap ota-onani xafa qilishni maqsadga aylantirayotgandek. Ya’ni bir-birimizni tushunaylik, avval nimadadir mas’uliyat olib qo’limdan nima kelishini ko’rsatay debmas, men o‘z gapimni o‘tkazishim kerak degan fikr aytilyapti. Va bu umuman to’g’rimas.
Ota-ona har doim o’sha kasb ortidagi barqarorlik, tajriba va jamiyatdagi foyda va xavfni o‘ylaydi. Yigirma yoshli bola bo’lsa ko’proq qiziqishlari, qobiliyati va butun umr shu ish bilan shug‘ullanishini tushunadi. Ikkalasida ham qaror uchun kerakli sabab bo’ladi. Ikkalasi ham adashishi yoki haq bo’lishi mumkin.
Yoki bunga teskari holat ham bor. Ota-onam xohlagani uchun shu o’qishga, ishga kirganman deydiganlar. O’zingchi, mas’uliyat olmaganmisan hayotinga deb so’rasangiz hech qanday javob olmaysiz.
Ota-onadan nimadir uchun ishonch talab qilishdan oldin, inson hayotda biror bir mas’uliyatni yelkasiga olib ko’rgan bo’lishi kerak.
“Bu mening hayotim” deyish oson. Lekin o‘sha hayotdagi qarorlarning oqibatini ko‘tarish qiyin. Bugun oddiy va’dangizda turolmasangiz, ota-onangiz sizning besh yillik rejangizga nega ishonishi kerak? Fikringizni to’g’ri yetkazib berolmasangiz ular nega ishonishi kerak?
Hayotda qaror qabul qilish kuchiga ega bo‘lish uchun ota-ona bilan urushish shartmas. Ota-onangiz sizga ishonmayaptimi katta hayotda jamiyat ishonchini qozonishni o’ylamasangiz ham bo’ladi.
*Albatta hayotda turli ota-onalar, turli farzandlar va turli holatlar bor. Bu post aynan qaysidir holatlar haqidamas umumiy xulosa sifatida yozilgan. | 42 242 |
| 20 | YouTube’ga qo‘yilgan oxirgi videomiz 100K’dan oshibdi.
Shu videoda haqiqiy boylik qurishda murakkab foizning o‘rni va uning qanday ishlashini tushuntirib bergandim. Lekin kommentlarda “Foiz bo‘lsa, qanday qilib halol bo‘ladi? degan savollar ham bo‘ldi. Shu joyiga ozgina aniqlik kiritmoqchiman.
Masalan, videoda ham aytganimdek, Imanum’ga 10 mln so‘m sarmoya qildingiz va bir yilda undan 2 mln so‘m daromad oldingiz, deylik.
Agar o‘sha 2 mlnni ishlatmasdan, yana sarmoyaga qo‘shsangiz, keyingi safar daromad faqat birinchi 10 mln emas, jami 12 mln asosida shakllanadi. Ya’ni vaqt o’tganidan keyin pulingizdan kelgan daromad ham siz uchun daromad bera boshlaydi.
Murakkab foiz deganda shu mexanizm nazarda tutiladi.
Foiz so‘zi borligi uchun uni avtomatik ravishda ribo bilan xil deb tushunish to‘g‘rimas.
Undan tashqari Imanum ham qat’iy belgilangan daromadni va’da qilmaydi. U Islomiy moliya tamoyillari asosida savdodan yillik 18–24% oralig‘ida daromad olish mumkinligini aytadi.
Man o‘zim investitsiya uchun Imanum’dan foydalanganim sababli videoda ham murakkab foiz o‘sishini shu misolda tushuntirganman. | 42 328 |
