cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

🇺🇿XORAZM VILOYATI KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BOSH BOSHQARMASI

🇺🇿Xorazm viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasining RASMIY kanali. 📍Manzil: Urganch shahri, I.Do'sov ko‘chasi, 2-uy 🟡Mo'ljal: Mash'al ☎️Ishonch telefoni:  (62) 224-12-23 ✉️Vakansiyalar bu yerda: @Xorazmishgamarhamat_bot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 755
Obunachilar
+624 soatlar
+567 kunlar
+8130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

02:24
Video unavailableShow in Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ 🇺🇿Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan joriy yilning o'tgan 6 oyi davomida aholi bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan o'tkazilgan matbuot anjumani 📺 Xorazm telekanalining Xorazm24 informatsion dasturida yoritildi. ✅ RASMIY  SAHIFALARIMIZGA OBUNA BO'LING 📌 Telegram  | 📌 Instagram 📌 Facebook | 📌 Web-sayt 📌 Youtube  |✈️ Vakansiya_bot 🇺🇿Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
23.77 MB
👍 2 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
🗞📰 Respublika "Ishonch" gazetasining 2024-yil 13-iyuldagi 90-sonida jurnalist Gulnoza Umirovaning "Ayollar daftari" ijrosi bo‘yicha Shovot tumanida olib borilayotgan chora-tadbirlar samaradorligiga bag‘ishlangan "Ayollar daftari"dan tadbirkorlikka" sarlavhali maqolasi e'lon qilindi. ✅ RASMIY  SAHIFALARIMIZGA OBUNA BO'LING 🕊 Telegram  | 📱 Instagram 📱 Facebook | 🌍 Web-sayt 📺Youtube  | 📩 Vakansiya_bot 🇺🇿Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
2
02:40
Video unavailableShow in Telegram
#Xorazm HOKIM YORDAMCHISI TASHABBUSI BILAN KUTUBXONA TASHKIL ETILDI 📚Urganch shahar Jambul mahallasi yettiligi xayrli ishga qo'l urdi. Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning biznes g'oyalarini qo'llab-quvvatlash va bandligini ta'minlash borasida samarali ish olib borayotgan hokim yordamchisi Jamshidbek Botirov tashabbusi bilan mahalla idorasi binosida kutubxona tashkil etildi.
Ko'pdan beri rejalashtirib yurgandim, mana niyatimga yetdim. Bu men tashkil etgan 3-kutubxona, deydi u.
 Agentlikning rasmiy sahifalari⬇️ Telegram| Veb sayt| Facebook| YouTube| Instagram|
Hammasini ko'rsatish...
19.15 MB
👍 2 1🔥 1👏 1
02:40
Video unavailableShow in Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ HOKIM YORDAMCHISI TASHABBUSI BILAN  KUTUBXONA TASHKIL ETDI 📍Urganch shahar Jambul mahallasi yettiligi xayrli ishga qo'l urishdi. Ya'ni, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning biznes g'oyalarini qo'llab-quvvatlash, bandligini ta'minlash borasida samarali ish olib borayotgan hokim yordamchisi Jamshidbek Botirov tashabbusi bilan mahalla binosida kutubxona tashkil etildi. 🎙 Intervyu: Ko'pdan beri rejalashtirib yurgandim, mana niyatimga yetdim.Bu men tashkil etgan 3-kutubxona.Mahalladoshlarimiz iliq kutib olishgani va o'zlari o'qib bo'lgan kitoblarni  boshqalar ham o'qishi uchun kutubxonaga berib Turkish taklifi berishgani bizni xursand qildi - deydi Urganch shahar Jambul mahallasi hokim yordamchisi Jamshidbek Botirov.RASMIY  SAHIFALARIMIZGA OBUNA BO'LING 🕊 Telegram  | 📱 Instagram 📱 Facebook | 🌍 Web-sayt 📺Youtube  | 📩 Vakansiya_bot 🇺🇿Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
64.27 MB
👍 4👏 1🤩 1
Repost from Bandlik Vazirligi
Photo unavailableShow in Telegram
🇧🇪Belgiya chet ellik yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoj sezmoqda Belgiya Yevropaning rivojlangan davlatlarlaridan biri hisoblanadi. Ushbu davlat ishchilarining katta qismi xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritib kelmoqda. Ayni paytda mamlakatdagi turli sohalarga xorijlik malakali kadrlar zarur bo'lmoqda. Belgiyada talab yuqori bo'lgan kasblar: ▪️Arxitektorlar; ▪️Auditorlar; ▪️Muhandislar; ▪️Hamshiralar; ▪️Dasturchilar; ▪️Ijtimoiy ishchilar; ▪️Quruvchilar; ▪️Ingliz tili o‘qituvchilari. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Repost from Bandlik Vazirligi
O‘zini o‘zi band qilganlar...Anonymous voting
  • bepul ro‘yxatdan o‘tadi
  • 100 million so‘mgacha bo‘lgan daromadidan soliq to‘lamaydi
  • mehnat stajiga ega bo‘ladi
  • barcha javoblar to‘g‘ri
0 votes
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🔴🟥🟥🟥 ANJUMANI Bugun Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.Unda yig'ilganlarga joriy yilning o'tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, ko'rsatkichlar, istiqboldagi rejalar va vazifalar haqida ma'lumot berildi.
📌Ta'kidlandiki: joriy yil shu davriga qadar 173,1 ming nafar  (6 oylik rejaga nisbatan 124,8 %) aholi daromadli mehnat bilan taʼminlandi. ⏺Ish bilan band boʻlmagan 8950 nafar fuqarolar kasb-hunar, tadbirkorlik koʻnikmalariga o’qitildi. (91.1%) ⏺Joriy yilning o’tgan 6 oyida 4256 nafar fuqarolar jamoat ishlariga jalb qilingan bo’lib, ularga Jamoat ishlari jamg’armasi mablag’lari hisobidan 3 mlrd 974 mln 406 ming so’m ish haqlari to’lab berildi. ⏺Shuningdek, 1 ming 572 nafar fuqarolarga 8 mlrd 141 ming soʻmlik subsidiya mablagʻlari ajratildi. Xususan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan 1030 nafar ishsiz ayollarga 5,4 mlrd.soʻm hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 542 nafar ishsiz yoshlarga 2,6 mlrd.soʻm subsidiya mablagʻlari ajratildi. ⏺Davlat nazorat inspektorlari tomonidan  aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish va nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan 501 ta tashkilotlarda monitoring tekshirishlar o‘tkazilib, 715 ta qonunbuzilishlar aniqlandi. Mansabdor shaxslarga 749 mln 810 ming so’m  miqdorida jarimalar qo‘llanildi va undirilishi ta’minlandi .
RASMIY  SAHIFALARIMIZGA OBUNA BO'LING 🕊 Telegram  | 📱 Instagram 📱 Facebook | 🌍 Web-sayt 📺Youtube  | 📩 Vakansiya_bot 🇺🇿Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
7.19 MB
👍 5 1👏 1🤩 1
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ MAHALLA YETTILIGI UCHUN AMALIY SEMINARLAR O'TKAZILMOQDA 📣 9-11-12-iyul kunlari viloyatimizning barcha tuman-shaharlarida  “Mahalla yettiligi aʼzolarining mahalladagi faoliyatini samarali tashkil etishga oid bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha” oʻquv-amaliy seminarlar oʻtkazilishi belgilangan. Belgilangan reja grafikka asosan,seminar bugun 📍 Xiva shahri, Xiva hamda  Yangiariq tumanlarida boʻlib oʻtdi. 🇺🇿Unda Oʻzbekiston  mahallari uyushmasi raisi maslahatchisi Markaz direktori oʻrinbosari, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi, Davlat  soliq katta inspektori, Xorazm viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi shoʻba mudiri, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boʻlim boshligʻi ishtirok etdi. 🎙Seminarda soʻzga chiqqan, Xorazm viloyati Kambag’allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi shoʻba mudiri Dadaxon Quramboyev yig’ilganlarga hokim yordamchisining asosiy vazifalari, bandlik dasturining ijrosi, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslar bilan ishlash va ularni bandligini taʼminlash, biriktirilgan tijorat banklari bilan birgalikda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish va uy xoʻjaliklarini rivojlantirish, “Sayxunobod va Uychi tajribalari”ni amaliyotga tadbiq etishning mexanizmlari, mahallalarni ishsizlik va kambagʻallikdan holi hududga aylantirish  borasida olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi. 💬 Ochiq va samimiy ruhda o’tgan ushbu seminarlarda fuqarolar o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, mas’ullardan javob oldilar. ✅ RASMIY  SAHIFALARIMIZGA OBUNA BO'LING 🕊 Telegram  | 📱 Instagram 📱 Facebook | 🌍 Web-sayt 📺Youtube  | 📩 Vakansiya_bot 🇺🇿Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
👍 4🔥 1👏 1
Repost from Bandlik Vazirligi
Photo unavailableShow in Telegram
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha yuqori natija qayd etgan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari – TOP-10. Mazkur reyting quyidagi vazifalar ijrosidan kelib chiqib shakllantirilgan: ▪️bo‘sh ish o‘rinlariga ishga joylashtirish; ▪️ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar bandligini ta’minlash; ▪️kasb-hunarga o‘qitilganlarning bandligini ta’minlash; ▪️xorijda vaqtincha ishlab qaytgan fuqarolarning bandligiga ko‘maklashish; ▪️xorijga vaqtincha ishlash uchun yuborish; ▪️bandlik dasturlarining ijrosi. Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥  ✅✅✅ 🟥🟥🟥_ANJUMANI 📣OAV VAKILLARI, JURNALIST VA BLOGERLARNI  MATBUOT ANJUMANIGA TAKLIF ETAMIZ! 📆Joriy yilning 12-iyul kuni soat 10:00da 🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda 🇺🇿Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasida "Joriy yilning o'tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, ko'rsatkichlar, istiqboldagi rejalar va vazifalar"ga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazilishini maʼlum qilamiz. 📍Manzil: Urganch shahri, I.Do'sov ko‘chasi, 2-uy 🟠Mo'ljal: Mash'al   ❓Matbuot anjumani yuzasidan qo'shimcha savollaringiz bo'lsa : ☎️+99862-224-12-23 📞+99894-238-20-20 raqamlariga qo'ng'iroq  qilishingiz mumkin. ✅ RASMIY  SAHIFALARIMIZGA OBUNA BO'LING 🕊 Telegram  | 📱 Instagram 📱 Facebook | 🌍 Web-sayt 📺Youtube  | 📩 Vakansiya_bot 🇺🇿Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Axborot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
👍 1🔥 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.