cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

...

Ko'proq ko'rsatish
Tojikiston4 150Til belgilanmaganQonun6 436
Reklama postlari
264
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-37 kunlar
-930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from LEGAL MIND
Mayli, hech kim fikrimni so'ramagan bo'lsa ham aytaman: 1. Farengeyt bo'yicha 451° 2. Oq nilufarlar yurtida 3. 1984 6. Ajib yangi dunyo Yangi O'zbekiston yangi bo'lishi, renessans degan baland iddaolar uchun shu kitoblarni barcha o'qishi kerak. @legal_mind
Hammasini ko'rsatish...
Repost from LEGAL MIND
Obunachilar 2 000 ta bo'lsa, blog yuritish haqida yozaman degandim o'zimga-o'zim. Bir tiyn sarflamay 3k ni ham urib qo'ygan inson sifatida ommabop bloglar uchun #tavsuyu: 1. Shakl: kanalga birinchi qaragan insonning ko'zi tushadigan narsa. Postlar aniq bir o'lcham va shaklda bo'lishi kerak. Masalan, har bitta sarlavha besh qatordan. Bu huddi she'r yozishga o'xshaydi. 2. Word choice: sizni o'qiydiganlarni zeriktirmay ushlab turadigan turadigan narsa — bu siz ishlatayotgan so'zlar bo'ladi. So'zlardan, umuman, takror foydalanmaslik kerak 3. Kontent. Sizni nima uchun kuzatishlari kerak degan savolga javob toping. Odatda, aniq bir yo'nalishga ixtisoslashish uzoq vaqt davomida ishlaydigan strategiya hisoblanadi. 4. Loyalty. Sodiqlik auditoriya bilan yaqinlashish, ular bilan ishlash orqali keladi. Sizga hurmati, qiziqishi bo'lgan 500 ta obunachingiz, admin bilan hech qanday bog'liqligi bo'lmagan 5 000 ta obunachidan yaxshiroq. 5. Reklama siyosati. Qanday auditoriyalar bilan kollaboratsiya qilayotganingizga e'tibor bering. Falsafa kanali bilan kosmetika kanali o'rtasida hech qanday bog'liqlik yo'q, masalanda. Sifatli bo'lsangiz o'zlari offerlar qilishadi. 6. Negativity. Tanqidlarga e'tibor berish kerak. Xeyterlarni qadrlash kerak. Xeyterlar — eng katta fanatingiz bo'ladi. Yozgan gaplaringiz uchun aloqalarni uzib yuboradiganlarni fan klubingizga a'zo qilib qo'yavering. 7. Profit. Blog yuritishni eng katta foydasi — bu networking va chuqur fikrlash. Shu kanalim orqali ko'plar bilan yaqin aloqadaman. Shu postlarimga bo'lgan munosabatlar orqali fikrlarimni analiz qilaman. Umuman olganda, auditoriyani his qilishni o'rganish kerak. Bir xillik va zerikarlilik bilan bezor qilib yubormaslik kerak. Me'yorni his qilish ko'pincha fahm-farosatga bog'liq ya'ni o'rgatib bo'lmaydi. P/s: hozircha shular. Maksimal maqtov yozishingiz mumkin: siz blogimni nima uchun kuzatasiz?🤘🏻 @legal_mind
Hammasini ko'rsatish...
Repost from LEGAL MIND
Bittasi aynan yuristga turmushga chiqmasmish. Yuristlarni yomon ko'rarmish. Erkak kishiga eng munosib kasblardan biri deb yurardim. Biz shunaqa yomon soha vakillarimizmi? @legal_mind
Hammasini ko'rsatish...
Repost from LEGAL MIND
Qaynonaning doimiy bosimi sabab kelin o'zini daryoga tashlagan. Odamlar esa «bir gap bor demak» deb kelinni aybdor qilyapti. Navoiyda voyaga yetmagan qizni juda ko'pchilik zo'rlagan. Bu vaziyatda barcha qizni ayblayapti. Yengiltabiatligi, ochiq kiyingani sabab qilib ko'rsatilyapti. Jamiyatdagi ijtimoiy zulmlarning eng cho'qqisi: har qanday vaziyatda ayollar, qizlar, kelinlar aybdor qilinishi bo'lsa kerak. Tajovuzga uchragan har qanday qizni bleyming qilinishiga qarshiman. @legal_mind
Hammasini ko'rsatish...
Repost from LEGAL MIND
Sifatli huquqshunoslar? Aslida sog'lom fuqarolik jamiyatlarida, rivojlangan davlatlarda advokat, yuristlar soni aholi soniga nisbatan yuqori ekvivalentda bo'ladi. Jamiyatda huquqshunoslar qanchalik ko'p bo'lsa, qonunlar amaliyotda ishlashi shunchalik yuqori bo'ladi. Xususiy universitet ochganlarning asriy ushalmas orzusi ham yurisprudensiya uchun litsenziya olish hisoblanadi. Shu yo'nalishni ochish orqali milliardlab soqqa qilish imkoniyati yaraladi. Xususiylar imtixonsiz, cheksiz kvotalarsiz qabul qilishni boshlaydi. Har qancha ezgu tilaklar bildirmaylik lekin xususiylarga litsenziya berilishi sohani o'ldiradi. Ulardan shunchaki qo'lida qog'ozi bor, miyasida esa huquq nimaligini bilmaydigan sifatsiz kadrlar chiqadi. Hozir ham yurisprudensiyada Toshkent davlat yuridik universiteti to'laqonli «monopol» hisoblanadi. Abituriyentlar uchun birinchi urinish TDYU, keyin esa boshqa OTMlar bo'ladi. Man shu monopoliyani to'liq support qilaman. Chunki hatto TDYUni bitirib chiqib ketayotganlarning ham bilimi so'roq ostida. Masalan, maksimal 500 kg yuk ko'taradigan mashinaga ikki tonna yuk ortib qo'yilsa umuman to'g'ri bo'lmaydi. Ya'ni butun O'zbekistonda sifatli huquqshunos tayyorlashning imkoniyatlari cheklangan. Chunki lektor professorlar, sohasini chuqur biladigan o'qituvchilar soni cheklangan. Sifatli yurist-pedagoglar soni esa undan ham kam. Viloyatlarda yoki boshqa shu yo'nalishi bor OTMlarda bironta prof borligini eshitmaganman. Bo'lsa ham barmoq bilan sanoqli. Yana ham aniqroq aytaman: masalan, TDYUni o'zida ham auditoriyalar, sifatli lektor va seminaristlar yetishmovchiligi mavjud. Chunki har xil imtiyozlar, perevodlar va hokazo kvotadan tashqari talabalar ko'payib ketishi o'z-o'zidan bosimni va xaosni oshirgan. Agar bizga sifatli, sohani rivojlantiradigan, xalqaro darajadagi kadrlar kerak bo'lsa, imtiyozlarni bekor qilishimiz, kvotalarni maksimal kamaytirishimiz va ortiqcha yuklamani yo'qotishimiz kerak. Yaxshi yuristning yetishib chiqishi — kuchli ustozlardan ta'lim olishiga bog'liq. Harvarddan ham, Yaledan ham top kadrlar chiqishiga sabab: ularda eng kuchli professorlar, olimlar bor. O'zbekistonda esa bu bo'yicha imkoniyatlarimiz cheklangan. Har qancha urinmaylik: huquqshunos bo'laman degan barcha G'ishmatlarni sifatli ta'lim beruvchilar bilan ta'minlay olmaymiz. @legal_mind
Hammasini ko'rsatish...
🔥 1
Repost from LEGAL MIND
Bizga ko'proq diplomli yuristlar kerakmi yoki sifatli huquqshunoslar? Huquqni muhofaza qilish akademiyasida birinchi marta yurisprudensiya yo'nalishi uchun ikkinchi mutaxassislik ochilibdi. Ko'pchilik kutayotgan ish bo'libdi. O'zimni ham yuridikda ikkinchi mutaxassislik bormi deb zeriktirib yuborishardi. Oldinlari yuridik diplom olish defitsit narsa ya'ni kamchilik uchun nasib qiladigan baxt va bu diplomni olish katta imkoniyatlarni ochardi. Karimov davrida-ku viloyatlardagi yurfaklar ham tugatilib sohada yuridik universitetning hukmronligi ta'minlangan edi. Endi qarang: agar sizni maqsadingiz prokuratura, sud, adliya, MIBda ishlash bo'lsa, universitet tanlamay iloji boricha sirtqi, yurfak yo'nalishlarni tanlab, karyerani boshlab yuborgan yaxshi. Qandaydir to'rt yil ichida ham ish o'rganib kadrga aylanasiz, ham diplomingiz bo'ladi. Chunki bu sohadagi 80-90 foiz talaba prokuror bo'laman, soqqani qilaman deydiganlardan iborat. Bilimli talabalar ham hech bo'lmasa bir marta organ tizimiga bosh tiqib ishlab ko'rgisi keladi. @legal_mind
Hammasini ko'rsatish...
Repost from LEGAL MIND
Bundan o'n besh kuncha avval notkoinni legal yo'l bilan sotib bo'lmasligi haqida post yozgandim. Bugun esa GazetaUzda «Notkoin bilan qonuniy savdo qilish imkonsiz» sarlavhali material e'lon qilinibdi. Shuningdek, qo'shimcha qilib ketaman: men normal deb yurgan yuristlar, hatto ularni ichidagi ba'zi tanishlarim ham notkoin haqida video qilib, litsenziya olinglar deb «o'tirib qo'ydi». Bular shu sohadagi qonunchilikni o'rganishda kodeksdan nariga o'tmagan, manimcha. Prezident qarorini, Adliyaning tegishli normativlarini o'qib ham chiqmagan degan yomon gumondaman. Xullas, ikkala qulog'ingiz bilan eshitib oling: litsenziya sizga kerak emas. Litsenziya bu provayderlar uchun kerak. Siz odamsiz, siz bozor ishtirokchisiz. Jaydari tilda tushuntiraman: siz mashina olmoqchisiz yoki sotmoqchisiz. Shunday vaziyatda siz mashina savdosi faoliyati uchun litsenziya olgan mashina bozoriga borib sotasiz. Mashina oldi-sotdisi uchun siz litsenziya olmaysiz-ku?! Kripto bozordagi ta'qiqlarni yechish kerak. Tresh kanallarda notkoin sotgan falonchi qamaldi mazmunidagi postlar bilan hozirgi yoshlarni, ayniqsa, kripto savdo ichida yurganlarni qo'rqitish ham, bu yo'ldan qaytarish ham imkonsiz. Qandaydir harakat qonuniy javobgarlikka tortilishi uchun o'sha harakat jamiyatga xavfli bo'lishi, unda ijtimoiy xavf bo'lishi, boshqalar manfaatiga zarar yetkazishi kerak. Notkoinda shunday belgilar bormi? Yo'q! Shuningdek, kripto-aktivlar bilan pul topishni oson deb hisoblaydigan mega miyalar nima uchun o'zi daromad qila olmaydi shunchalik oson bo'lsa? Bekorchilik, foydali vaqt, tuda-suda kabi dogmatik qoloq fikrlash bilan boshqalarga burun suqmaslik kerak. Bitta kinoda aytilganidek, o'z juningni davlat juniga aralashtirma! @legal_mind
Hammasini ko'rsatish...
😁 2👍 1
Repost from LEGAL MIND
G'ishmat — oldin vaynerlarni bekorchilikda ayblab xeyt qilib yurardi, hozir u kriptovalyutachilarni tuzukroq ish bilan shug'ullanishga chaqiryapti. O'zi esa shu vaqt ichida instagramda reels tomosha qilib o'tirish bilan band. @legal_mind
Hammasini ko'rsatish...
👍 1😁 1
Repost from LEGAL MIND
Kecha sartaroshxonaga borgandim. Eng ko'p g'iybat bo'ladigan va gap-so'z aylanadigan o'zbekning joyi — bu sartaroshxona. Bittasi so'rab qoldi: notkoin, hamster degan narsalar nima, hammani qo'lida telefonni bosayotganini ko'ryapman — dedi. Shunda dunyoning eng aqlli odamlari kripto aktivlar haqida krinj fikrlarini berishni boshlashdi. Kriptoni yaxudiylar musulmonlarni vaqtini befoyda sarflash uchun o'ylab topishgan ekan. Notkoinlardan foyda yo'q ekan. Odamlar bilimsizligidan shunaqa narsalarga aldanib yurar ekan. Yaxudiylar shu kriptolar orqali musulmonlarga ziyon yetkazishni reja qilgan ekan. Elektron tasbehlarni o'rnini bosish uchun shunaqa koinlar yaratilyapti ekan. Bu gaplarni davlat ishida ishlab yurgan katta odamlar aytyapti. Manzarani ko'rib «Shum bola»dagi chollarni o'tirvolib nemis degan maxluq haqida gapirgan sahnasi esimga tushib ketdi. O'zimda ispanskiy stidni his qildim. Bizni kattalarimizdan shunaqa primitiv fikrlashdan boshqacha narsani kutish ham qiyin. Ular doim musulmonlarga boshqalar zarba berishi haqida o'ylaydi. Barcha narsani diniy qarama-qarshiliklarga bog'laydi. Hozirgi musulmonlar uchun hamma narsaga doim yaxudiylar, chirigan Yevropa aybdor. Suhbatga aralashmadim, fikr ham bermadim. Indamay eshitishga sabrim yetdi. Lekin bitta konkret narsani bilaman: agar notkoinni kamida bir million o'zbekistonlik o'ynaganida va har biri yuz dollarlik koin ishlaganida O'zbekiston iqtisodiyotiga bir milliard dollar investitsiya o'z-o'zidan kirib kelar edi. O‘sha kriptodan tushgan pulini bankomatga borib yechadi. O'sha pulga bozorga borib savdo qiladi, do'kondan kiyim oladi, hech bo'lmasa nimadir xarid qiladi, kreditini uzadi. Barcha aylanmalar soliq va boshqa yig'imlar ko'rinishida taqchillikda yotgan budjetimizga tushadi, baribir. P/s: yoshligida kechalari uxlamay qimor o'ynab chiqqanlar hozirgi yoshlarni bekorchilikda ayblayapti:) @legal_mind
Hammasini ko'rsatish...
👍 1😁 1
Repost from LEGAL MIND
Kriptovalyuta bilan nima qilish mumkin? Qonunchilikka ko'ra, kriptovalyutani faqat sotish mumkin va hech qanday javobgarlik yuzaga kelmaydi. Masalan, G'ishmatda kripto bor, o'sha kriptoni sichqonni bosib yoki noqonuniy mayning orqali topganidan qat'iy nazar sotib soqqasini qilishi mumkin. Jinoyat kodeksida, kriptoni sotib olish, o'tkazish va ayirboshlash uchun javobgarlik belgilangan. Masalan, G'ishmat o'rtog'i Azizning notcoinlarini (naprimer bu) sotib olsa, kashelok orqali o'tkazsa, barter qilsa birinchi jarimaga tortiladi, keyin qamoqqa tiqiladi. Nimaga aholi kripto sotib olishi mumkinmas degan savolga shu sohadagi xalq xizmatchilarimiz — odamlarimizni moliyaviy savodxonligi past, ruhsat bersak pulini kriptoga tikib hammasi yeb qo'yadi degan izoh bilan izohlashgan ekan. (Kinolarda tuuut degan joyida aytadiyu: blin, odamlarimiz tayyormas deb hokimlarni saylamaymiz, JSTga a'zo bo'lmaymiz) Bu hammasi emas: siz kripto bilan bog'liq savdo-sotiqni odamlarni bolasiga o'xshab Binance, Bybit, Bitgetda emas, o'zimizni 2020-yilda ochilgan milliy birjamizda (nomi nima, sayti qanaqa bilmayman) qilishingiz kerak, bo'lmasa javobgarlikka tortilasiz. Milliy birjadan foydalanish orqali xorijiy investorlarni jalb qilish (hali o'zimizni qorako'zlarni jalb qilolmadigu) va shu orqali iqtisodiyotimizni rivojlantirishni maqsad qilib hatto 25 kishilik ish o'rni ham yaratgan ekanmiz. Sotib olish ta'qiqlangani sababli, kriptovalyutalarni faqatgina mayning orqali kiritish mumkinligi belgilangan. Ammo mayning bilan shug'ullanadigan iste'molchilarni aniqlash va oshirilgan ta'riflarni qo'llash tartibi umuman ishlab chiqilmagan. Qadim-qadim zamonlarda mayning faoliyatini legallashtirish «Uzbekistan cryptocurrency mining pool» ilovasi yaratilishi asosida amalga oshirilishi kerak edi, ammo bu bo'yicha ham tegishli hujjatlar hali qabul qilinmagan ekan. Endi sal siz tushunadigan jaydari tilda aytsam, har qanaqa yo'l bilan kripto aktivlarni to'playvering, sotib soqqa qilganingiz uchun qonun oldida hech qachon javob bermaysiz. Lekin o'zaro ayirboshlashlar, o'tkazmalar ta'qiqlangan. Shuningdek, siz qonuniy yo'l bilan kripto faoliyat bilan shug'ullanishingiz deyarli imkonsiz. Birinchidan, qonuniy yo'lni o'zi deyarli ishlab chiqilmagan, normativlardagi tartib bo'yicha esa kripto bilan shug'ullanish deyarli imkonsiz. Shunday qilib, kanallarda notcoin sotib olamiz deb yurganlar qonunlarni buzishibdi keyin uzoq va baxtli hayot kechirishibdi. Yuqoridagi informatsiyalarga link berib ketishga erindim. Link berish mayningdan ham qiyin ish men uchun. @legal_mind
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.