: dilfido
Kanalga Telegram’da o‘tish
Dilfido - dil daftari... Muallif: Ruxsora Isoqova (Yosuman) She'rlarim: @Ruxsora_Isoqova "Yozilmalar mualliflik xuquqi bila himoyalangan" @dilfido_bot ▪️
Ko'proq ko'rsatish257
Obunachilar
-224 soatlar
+37 kun
+1230 kun
Postlar arxiv
257
Repost from : dilfido
#bir_ayol
U ayol bariki baxtlarga munosib. Dunyoda quvonchning necha hil ta'mi bo'lsa barini totishga munosib. Faqat quvonch yoshlarini to'kishga, faqat orzulari ro'yoblari osmonida uchishga loyiq ayol. Dard cheksa dardlar ham yig'lagan, g'am ko'rsa g'amlar ham g'amnok bo'lgan, farishtalar umriga umr tilagan ayol u. Undaylari har kuni tug'iladi deysizmi. Undaylarini ming yilda bir ko'radi zaminot. Umirlari uzoq bo'lsin. Yana ming bor tug'ilsin-u, ming bor yonida bo'lay...
❄ t.me/dil_fido
257
Repost from : dilfido
Dada, ko'zlaringiz so'liqiptiya. O'sha bolaligimdagi kelbatingiz qani dada? Yillar oldimi, yo'llar oldimi, men oldimmi...?
Siz o'sha viqorga, men o'sha bolaligimga qaytsam-u, mudom shunday qolsak.
Men qo'rqyapman. Bu yillar bizni yana qancha o'zgartirarkin.
Mayli, qancha vaqt o'tsa o'tsin, ammo, dadalar hech qarimasaydi.
》 t.me/dil_fido 《
257
Repost from University of Business and Science
#Jarayon
🟡 Ijodkorlar uchrashuvida she’rlashdik!
Kuni kecha oliygohimizda Ijodkorlar kuni doirasida katta mushoira tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ijodiy kechada “Repetitor” gazetasi muharriri Muhammad Vali, Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyati boʻlimi raisi Ziyoviddin Mansur, shoira Guli Murod, Ruqiya G’oziyeva, Ruxsora Isaqova, Adiba Xushroʻy, Goʻzalxon Samandarova, Moziy Mirzo singari shoir va yozuvchilar mehmon bo‘ldilar.
Ustoz ijodkorlarimizning go‘zal ash’orlari, talabalarimizning chiqishlari — barchasi kechaga o‘zgacha ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
“Repetitor” gazetasi muharriri Muhammad Vali so‘zga chiqqanida oliygohimiz talabalarining ijod namunalaridan gazeta sahifalarida chop etishga taklif qilgani tadbirning eng yaxshi qismi bo‘ldi.
Bunday ijodiy tadbirlar universitetimizda tez-tez o‘tkazilishi an’anaga aylanib bormoqda.
Rasmiy sahifalarimiz:
🔝Telegram | 📹Instagram |📒 Facebook |🌐 Web
|🖤 YouTube
257
Og'riq tugaydimi hech?
Menimcha og'riqlar o'lgan zahotimiz tugasa kerak. Nega yig'lab tug'iladi inson. Balki bu dunyo ko'zyoshdan iboratligini boshidanoq bilarmikin. Qayerdadir ,qachondir, qayta-qayta yig'lashi, qoqilishi, sinalishi qanchalar oydin. Ba'zi insonlarga sabab, bazi insonlarga baxt yetishmaydi yig'lamasliklari uchun. (Shunda men qay biri?) Nima bo'lganda ham yetishmaydi. Nima bo'lganda ham yig'laydi. Baribir yig'laydi.
Ruh, vujud, ko'z....
Yig'lamagan bormi?
Men aytgan qonuniyatga zid kimsa bormi?🍂
》 t.me/dil_fido 《
257
#New 😎
#revaluation🔥 #uzbek🇺🇿
Unutish.🤷🏻♀
✍ Adiba Hushroʻy
🎙Ruhsora Isoqova
💻Davron G'aniyev
#Full_vol_100%
Sound prod Davron G'aniyev
@Davron_Ganiyev
257
Repost from : dilfido
Singil yurakning yarmi bo'larkan: og'rinsang og'ringuvchi, yig'lasang yig'laguvchi, hullas, nimayiki dard cheksan senga qo'shilib chekkuvchi, baxtingni ko'rib huddi onang kabi quvonguvchi...
🍂 t.me/dil_fido
257
#tavallud
QORXAT
... ga
Qorda umid bo'lib unding muz ko'nglimda,
Iforlaring eritgandi qahratonni.
Bir chiroyli jilmayganding ko'z o'ngimda,
Nigohimga kulgichingdan nurlar tomdi.
Senga yoqish yuragimni yoqar edi,
Yonib-yonib senga she'rlar bitganlarim.
Suvlar sepib, sochingga gul taqar edim,
Yorug'-yorug' o'ylar bilan kutganlarim...
O'ylagandim: "Endi menikisan" deya,
Shoshgan ekanmanmi, balki biroz shoshgan.
Dengiz bosdi Toshkonimni, mavjlandiya,
Bir so'zim deb ko'zlaringdan toshgan yoshga.
Qochib ketding, hayollarim sochib ketding,
Biror tahmin yo biror fol ocholmadim
"Umidlan"- deb eshiklarni ochib ketding.
Taqdirning bu jumbog'ini yecholmadim.
Nigohimdan sen tomonga gul yoqqandi,
Qancha qizning alamidan zorlar yog'di.
O'shandayin meni yana qizg'andingmi?
Qovog'ingdan Navoiyga qorlar yog'di.
Sirlar yog'di qo'sha-qo'sha sirlar dersan,
O'sha shirin kulgularni qaytib bergin.
Kulgichingga yoqqan qorni artib bersam,
Taqdir bergan jumboqlarga tartib bergin!
Qovog'ingdan Navoiyga qorlar yog'di...
Niyatullo Elbek o'g'li
#sevimli-satrlar
@Qalb_yoli
257
Repost from Kuz shoiri
Angladim, Bahorga atalmaganmiz,
Kuzda tug‘ilganman, demakki - Kuzman.
Eng so‘nggi yaprog‘im to‘kilgungacha,
Sen ketgan yo‘llardan ko‘zimni uzmam.
Sen ham bahorlarni axtarib yurma,
Behishtdan quvilgan nochor azizim.
Boshqa fasllarning borligi ro‘yo,
Bu dunyoda faqat kuz bor, azizim...
Shuhrat Orif
🍂@kuzshoiri
257
#nazm_time
🍂
Og'ir yuk turipdi ustimda,
Chaynaydi nimadir o'yimni.
Oh, meni uzyapdi kuzaklar,
O'zimga qoldirmay o'zimni.
Axtarib chiqaman har yoqni,
Ag'darib tashlayman ichimday.
Hech yerdan topmasam halovat,
Men qanday yashayman ichikmay?
Tushunging kelmaydi tushimni ,
Sen aytgan baxt emas ta'biri.
Men yondim, hayollar sovrildi,
Yoz so'ngra ko'k kelmas baribir!
Chayqaliib turibman sukutda,
Xazonlar kuyiga moslashib.
Bosh olib ketsaydim qaygadir ,
Yo, mayli, ketsaydim toshlashib.
Chaynaydi o'yimni nimadir,
Chirt yumib olaman ko'zimni.
Kel, meni ba'ridan olib ket!
O'zimdan qutqarib o'zimni.
O'zim-la qoldirma o'zimni...!
©️ Ruxsora
257
#nazm_time
🍂
Og'ir yuk turipdi ustimda,
Chaynaydi nimadir o'yimni.
Oh, meni uzyapdi kuzaklar,
O'zimga qoldirmay o'zimni.
Axtarib chiqaman har yoqni,
Ag'darib tashlayman ichimday.
Hech yerdan topmasam halovat,
Men qanday yashayman ichikmay?
Tushunging kelmaydi tushimni ,
Sen aytgan baxt emas ta'biri.
Men yondim, hayollar sovrildi,
Yoz so'ngra ko'k kelmas baribir!
Chayqaliib turibman sukutda,
Xazonlar kuyiga moslashib.
Bosh olib ketsaydim qaygadir ,
Yo, mayli, ketsaydim toshlashib.
Chaynaydi o'yimni nimadir,
Chirt yumib olaman ko'zimni.
Kel, meni ba'ridan olib ket!
O'zimdan qutqarib o'zimni.
O'zim-la qoldirma o'zimni...!
©️ Ruxsora
