ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

: dilfido

: dilfido

前往频道在 Telegram

Dilfido - dil daftari... Muallif: Ruxsora Isoqova (Yosuman) She'rlarim: @Ruxsora_Isoqova "Yozilmalar mualliflik xuquqi bila himoyalangan" @dilfido_bot ▪️

显示更多
257
订阅者
-224 小时
+37 天
+1230 天
帖子存档
Repost from : dilfido
#bir_ayol U ayol bariki baxtlarga munosib. Dunyoda quvonchning necha hil ta'mi bo'lsa barini totishga munosib. Faqat quvonch yoshlarini to'kishga, faqat orzulari ro'yoblari osmonida uchishga loyiq ayol. Dard cheksa dardlar ham yig'lagan, g'am ko'rsa g'amlar ham g'amnok bo'lgan, farishtalar umriga umr tilagan ayol u. Undaylari har kuni tug'iladi deysizmi. Undaylarini ming yilda bir ko'radi zaminot. Umirlari uzoq bo'lsin. Yana ming bor tug'ilsin-u, ming bor yonida bo'lay... ❄ t.me/dil_fido

Repost from : dilfido
Shukur, seni menga berdi Xudo. Shukur, opa.

photo content

Repost from : dilfido
Dada, ko'zlaringiz so'liqiptiya. O'sha bolaligimdagi kelbatingiz qani dada? Yillar oldimi, yo'llar oldimi, men oldimmi...? Si
+1
Dada, ko'zlaringiz so'liqiptiya. O'sha bolaligimdagi kelbatingiz qani dada? Yillar oldimi, yo'llar oldimi, men oldimmi...? Siz o'sha viqorga, men o'sha bolaligimga qaytsam-u, mudom shunday qolsak. Men qo'rqyapman. Bu yillar bizni yana qancha o'zgartirarkin. Mayli, qancha vaqt o'tsa o'tsin, ammo, dadalar hech qarimasaydi. 》 t.me/dil_fido 《

Repost from : dilfido
photo content

Dada, sizni judda sog'indim.

Huuuv ana, ikkimiz❤️
Huuuv ana, ikkimiz❤️

#Jarayon 🟡 Ijodkorlar uchrashuvida she’rlashdik! Kuni kecha oliygohimizda Ijodkorlar kuni doirasida katta mushoira tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ijodiy kechada “Repetitor” gazetasi muharriri Muhammad Vali, Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyati boʻlimi raisi Ziyoviddin Mansur, shoira Guli Murod, Ruqiya G’oziyeva, Ruxsora Isaqova, Adiba Xushroʻy, Goʻzalxon Samandarova, Moziy Mirzo singari shoir va yozuvchilar mehmon bo‘ldilar. Ustoz ijodkorlarimizning go‘zal ash’orlari, talabalarimizning chiqishlari — barchasi kechaga o‘zgacha ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. “Repetitor” gazetasi muharriri Muhammad Vali so‘zga chiqqanida oliygohimiz talabalarining ijod namunalaridan gazeta sahifalarida chop etishga taklif qilgani tadbirning eng yaxshi qismi bo‘ldi. Bunday ijodiy tadbirlar universitetimizda tez-tez o‘tkazilishi an’anaga aylanib bormoqda. Rasmiy sahifalarimiz: 🔝Telegram | 📹Instagram |📒 Facebook |🌐 Web |🖤 YouTube

Og'riq tugaydimi hech? Menimcha og'riqlar o'lgan zahotimiz tugasa kerak. Nega yig'lab tug'iladi inson. Balki bu dunyo ko'zyoshdan iboratligini boshidanoq bilarmikin. Qayerdadir ,qachondir, qayta-qayta yig'lashi, qoqilishi, sinalishi qanchalar oydin. Ba'zi insonlarga sabab, bazi insonlarga baxt yetishmaydi yig'lamasliklari uchun. (Shunda men qay biri?) Nima bo'lganda ham yetishmaydi. Nima bo'lganda ham yig'laydi. Baribir yig'laydi. Ruh, vujud, ko'z.... Yig'lamagan bormi? Men aytgan qonuniyatga zid kimsa bormi?🍂 》 t.me/dil_fido 《

#New 😎 #revaluation🔥 #uzbek🇺🇿 Unutish.🤷🏻‍♀ ✍ Adiba Hushroʻy 🎙Ruhsora Isoqova 💻Davron G'aniyev #Full_vol_100% Sound prod Davron G'aniyev @Davron_Ganiyev

Men ko'p narsada o'zimni ayblayman. Bilaman, bu yaxshi emasss😕

Repost from : dilfido
Singil yurakning yarmi bo'larkan: og'rinsang og'ringuvchi, yig'lasang yig'laguvchi, hullas, nimayiki dard cheksan senga qo'shilib chekkuvchi, baxtingni ko'rib huddi onang kabi quvonguvchi... 🍂 t.me/dil_fido

Daraxtlar horg'in, yaproqlar ma'yus, chechaklar so'lg'in..

photo content

2.22 MB

#tavallud QORXAT ... ga Qorda umid bo'lib unding muz ko'nglimda, Iforlaring eritgandi qahratonni. Bir chiroyli jilmayganding ko'z o'ngimda, Nigohimga kulgichingdan nurlar tomdi. Senga yoqish yuragimni yoqar edi, Yonib-yonib senga she'rlar bitganlarim. Suvlar sepib, sochingga gul taqar edim, Yorug'-yorug' o'ylar bilan kutganlarim... O'ylagandim: "Endi menikisan" deya, Shoshgan ekanmanmi, balki biroz shoshgan. Dengiz bosdi Toshkonimni, mavjlandiya, Bir so'zim deb ko'zlaringdan toshgan yoshga. Qochib ketding, hayollarim sochib ketding, Biror tahmin yo biror fol ocholmadim "Umidlan"- deb eshiklarni ochib ketding. Taqdirning bu jumbog'ini yecholmadim. Nigohimdan sen tomonga gul yoqqandi, Qancha qizning alamidan zorlar yog'di. O'shandayin meni yana qizg'andingmi? Qovog'ingdan Navoiyga qorlar yog'di. Sirlar yog'di qo'sha-qo'sha sirlar dersan, O'sha shirin kulgularni qaytib bergin. Kulgichingga yoqqan qorni artib bersam, Taqdir bergan jumboqlarga tartib bergin! Qovog'ingdan Navoiyga qorlar yog'di... Niyatullo Elbek o'g'li #sevimli-satrlar @Qalb_yoli

Repost from Kuz shoiri
Angladim, Bahorga atalmaganmiz, Kuzda tug‘ilganman, demakki - Kuzman. Eng so‘nggi yaprog‘im to‘kilgungacha, Sen ketgan yo‘llardan ko‘zimni uzmam. Sen ham bahorlarni axtarib yurma, Behishtdan quvilgan nochor azizim. Boshqa fasllarning borligi ro‘yo, Bu dunyoda faqat kuz bor, azizim... Shuhrat Orif 🍂@kuzshoiri

​​#nazm_time 🍂 Og'ir yuk turipdi  ustimda, Chaynaydi  nimadir o'yimni. Oh, meni uzyapdi kuzaklar, O'zimga  qoldirmay  o'zimni. Axtarib  chiqaman  har yoqni, Ag'darib  tashlayman  ichimday. Hech  yerdan topmasam  halovat,  Men qanday  yashayman  ichikmay? Tushunging  kelmaydi  tushimni , Sen  aytgan  baxt  emas ta'biri. Men  yondim, hayollar  sovrildi, Yoz  so'ngra ko'k kelmas baribir! Chayqaliib turibman  sukutda, Xazonlar  kuyiga  moslashib. Bosh olib  ketsaydim qaygadir , Yo, mayli, ketsaydim  toshlashib. Chaynaydi  o'yimni  nimadir, Chirt  yumib  olaman  ko'zimni. Kel, meni ba'ridan  olib  ket! O'zimdan qutqarib o'zimni. O'zim-la  qoldirma o'zimni...! ©️ Ruxsora

​​#nazm_time 🍂 Og'ir yuk turipdi  ustimda, Chaynaydi  nimadir o'yimni. Oh, meni uzyapdi kuzaklar, O'zimga  qoldirmay  o'zimni. Axtarib  chiqaman  har yoqni, Ag'darib  tashlayman  ichimday. Hech  yerdan topmasam  halovat,  Men qanday  yashayman  ichikmay? Tushunging  kelmaydi  tushimni , Sen  aytgan  baxt  emas ta'biri. Men  yondim, hayollar  sovrildi, Yoz  so'ngra ko'k kelmas baribir! Chayqaliib turibman  sukutda, Xazonlar  kuyiga  moslashib. Bosh olib  ketsaydim qaygadir , Yo, mayli, ketsaydim  toshlashib. Chaynaydi  o'yimni  nimadir, Chirt  yumib  olaman  ko'zimni. Kel, meni ba'ridan  olib  ket! O'zimdan qutqarib o'zimni. O'zim-la  qoldirma o'zimni...! ©️ Ruxsora