uz
Feedback
Yupiterlik Markayeva

Yupiterlik Markayeva

Kanalga Telegram’da o‘tish

I have a lot to say to you. Sizlarga aytadiganlarim ko'p. reklama xizmati: https://t.me/adservice_jupiter chuqurlik: t.me/moodswitches faqat ladies: t.me/lady_inblackk

Ko'proq ko'rsatish
6 156
Obunachilar
-5724 soatlar
-5637 kunlar
+37230 kunlar
Postlar arxiv
bu post - daryolar haqida. va post to'liq kichik harflarda yoziladi. "odamlar - uydek bo'lishadi, qachonki ular sen uchun juda qadrli insonga aylanganida" deyishardi menga doim. lekin, "uy" konsepsiyasi juda konkret va strukturalashgan, u qimirlamaydi, siljimaydi, o'zgarmaydi. uyingizga kirganingizda sizni kim va nima kutayotganini bilasiz, devorlar va rang palitrasi sizga juda tanish, har bir burchak o'zicha yoqimli, va eng muhimi uy - sizni asraydigan, saqlaydigan shelter, ya'ni boshpana. xavfsizlik hissini va'da qiladi sizga bu konsepsiya, odamlarchi? odamlarni "uy" deb atashimiz uchun ular o'ta abstraktlik qiladi. hech bir odam - aniq strukturaga ega emas, odamzod - o'zgaruvchan, odamzod - yolg'onchi, odamzod - xato qilib o'rganuvchi, odamzod - o'suvchi, oquvchi. hech qachon oldindan bila olmaysiz, bugun yoningizda turgan odam ertaga qayerda turishini, oldingizda to'siq bilan, ortingizda pichoq bilan, ehtimol? odamlar - daryolarga o'xshaydi. ular qimirlaydi, ko'chadi, toshadi, go'zal lekin cho'ktiradi. hech bir daryoda cho'milib ko'rganmisiz? dadamning qishloqlaridan katta daryo o'tgan, yozda borib cho'milardik, shunday oqimi tez va xavfliki, cho'kib ketmaslik uchun jon jahdimiz bilan kurashardik. lekin endi anglayapman shuni, daryolarda cho'kishdan ko'ra odamlarda cho'kish - fojialiroq aslida. o'zining go'zal va vayronkor tabiati bilan mavjud bo'lgan odamzodning - daryolardan farqi yo'q. eng katta xatoyimiz - tabiati noaniq bo'lgan mavjudotdan aniqlik kutishimiz. random chorshanbada uyg'onib, sizga go'zal ko'ringan daryoga tushmaslikka qaror qilib, shunchaki jon saqlashni istaydigan yagona uy - faqat "o'zingiz" bo'lganingizni anglaysiz. @yupiterlik

kuningiz qanday o’tyapti?

"O'tish davri"? yoki 50 yoshda ham hislarni nazorat qilolmasligingiz mumkinmi? 9-sinf (15 yosh) qizning profilidagi suratdagi gaplar: "Taqdirim bunchalar ayanchli meni, Sevganim sevmasa qayoqqa boray? Soxta do'stlarimga to'la bu umrim, Qadrimni bilmasa qayoqqa boray?" Molxonaga kirsa arqon bog'lashga joy qidiradi. 10-sinf (16 yosh) o'g'il bolaning profilidagi hikmatli so'z: "Daraxtni tepsang qiz yog'iladi, siqilma jigar", "Ur desam o'ldirib keladigan jigarlarim bor" va boshqa shu ohangdagi vor zakon, qabristonskiy suratlar. Oshxona pichoqlarini qo'liga olsa, fantaziyasi kuchayib ketadi. Birinchidan, 15 yoshli o'smir qiz hayotni anglashni boshlaganiga necha kun bo'lgan deb o'ylaysiz, masalan? Taqdirni ayanchli ekanligini-yu, javob qaytmagan sevgisi va hatto qadriga yetmagan bir guruh soxta do'stlarni ham o'z tajribasidan sinab ko'rganligiga nima deysiz? - O'tish davri! -Bekoringizni aytibsiz. O'tish davrimas bu, bu qip-qizil mazoxizm yoki "anglanilmagan mental tartibsizlik". Agar shunga o'xshagan hislar o'tish davri bo'lsa, unda 28 yoshli qizni profilidagi kinoyali sadist suratlar nimani bildiradi? U nima o'tmay qolganmi o'sha davrdan? Men ham 15 yosh bo'lganman. Men ham javobsiz savollarga ko'p duch kelganman. Lekin dunyo bilmagan hech birini, chunki kommunikatsiya vositalari bu qadar rivojlanmagan edi. Men 15 yosh paytimda, bu yoshdagi o'smir qizda shaxsiy mobil telefon bo'lishini normal qabul qilishmasdi. Kundalikka yozardim men, shunday uzun postlarimni. Komment, reaksiya, forward degan narsalarsiz, inson omilisiz. Hozirchi? Modernizatsiyani ta'siri yo'q deb o'ylaysizmi? 15 yoshli qizda kamida 3 ta kanal bor, public (rasm, qo'shiq, aforizm tashlab turadi) private (o'zi va 4 ta dugonasi biladi) private (hechkim bilmaydi). Inson omili kuchli ijtimoiy tarmoqlarda. O'zidan-o'zi odam ta'sirlanishni, o'zgarishni, sevishni, nafratlanishni boshqalardan o'zlashtirib oladi. Bu narsa borib borib - ruhiy tartibsizliklarni keltirib chiqaradi. Algoritm shunday: 1. Bog'lanadi kimgadir yoki nimagadir virtual holatda. 2. O'zini boshqalar bilan taqqoslayveradi. 3. Kichik stresslar. 4. Depressiya. 5. Offline hayotda passivlik. 6. Mazoxizm bosqichi 7. Sadizm bosqichi 9. Sadomazoxizm bosqichi 10. Narsisizm bosqichi 11. "Hammangga tupurdim" bosqichi. Bu narsani yosh bilan, yoki davr bilan bog'lash xato. Bunga ijtimoiy holatlar sabab bo'ladi va albatta tartibsiz real hayot ham. Nazorat - o'zingizda bo'lmaydi mustaqil hayotga qadam qo'ymaguningizcha to'g'ri. Lekin hammasini yaxshilash, oldini olish mumkin. Lekin muayyan bir yoshni, davrni bahona qilib, ko'z yumib ketish - hammasini og'irlashtiradi xolos. Shunday insonlarni bilaman, 14 yoshda qarib qolgan va 50 yoshida ham ulg'aymagan. @yupiterlik