ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

Yupiterlik Markayeva

Yupiterlik Markayeva

الذهاب إلى القناة على Telegram

I have a lot to say to you. Sizlarga aytadiganlarim ko'p. reklama xizmati: https://t.me/adservice_jupiter chuqurlik: t.me/moodswitches faqat ladies: t.me/lady_inblackk

إظهار المزيد
5 793
المشتركون
-2024 ساعات
+5267 أيام
+43630 أيام
أرشيف المشاركات
5 ga 5 qoidasi. Agar o'sha narsa 5 yildan keyin hech qanday ahamiyatga ega bo'lmasa seni hayotingda, 5 daqiqadan ortiq shu na
5 ga 5 qoidasi. Agar o'sha narsa 5 yildan keyin hech qanday ahamiyatga ega bo'lmasa seni hayotingda, 5 daqiqadan ortiq shu narsa uchun xafa bo'lma, asabiylashma. Yodda tut, 5 daqiqa. Va 5 yil. @yupiterlik

😌😌shyeeeee, Yupiter deyishadi bizani oilani nomini) all the best people are here, katta rahmat❤️
😌😌shyeeeee, Yupiter deyishadi bizani oilani nomini) all the best people are here, katta rahmat❤️

ZAFAR kanalida project management, IPMA sertifikatlash va ICB 4.0 haqida yozamiz. Haftada bir necha marta: qisqa postlar, viktorinalar, tadbir e’lonlari. 👉 t.me/zafar_pmba_oquv

o’rtolar, yordamingiz zarur judayam, ukamni bir loyihasiga support bervorilar, u project management bo’yicha magistratura bitiruvchisi va bitta loyihasiga auditoriya kerak edi, jamoasida o’zidan boshqa hechkim yo’q, shu loyiha boshqaruvi haqidagi kanaliga qo’shilib, qisqa postlarni o’qib, poll larga ovoz berib chiqing iltimos , oldindan rahmat 🙏🏻 balki sizga qiziq bo’lsa, foydasi tegib qolar kontentini) reaksiya bosib chiqsangiz ham rozimiz

Tanishuv posti: Ismim Gulruh, familiyam kanalni nomida yozilganidek Markayeva. Bilaman g’alati eshitiladi. Va yo’q bobomni ismi Mark bo’magan. Yoshim 25 da. Oila qurmaganman. Lekin juda ko’pchilik “mom, mama, mommy” ya’ni, ona deb chaqiradi. O’quvchilarim boshlab bergan trend bu. Mushuk boqishga ruxsat yo’q. (Tommy ni uyga jo’natvorganmiz) It haqida gap bo’lishiyam mumkinmas. Lekin hayolimda 3 ta mushugim va 2 ta itim bor. O’qituvchi bo’lib ishlaganman. Shaxsiy o’quv markazimda va maktabda. 17 yoshimdan 24 yoshimgacha ingliz tilidan dars berganman, pedagogika va metodikada tajribam katta. Hozir Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Media va matbuot bo’limida bosh mutaxassis man. Shu haftagacha ingliz tili metodisti edim) PhD Tayanch doktorantman. Yo’nalishim: Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi, tadqiqotim: SEL haqida. Kichik kosmetik biznesim bor, oyda 2-3 marta pop-up store lar qilib, qizlarga tekin kosmetologik maslahatlar beraman va birnimalar sotaman. Kreditim yo’q. Oilada 4 farzandmiz, men 3-siman. Oilamizda hamma o’qimishli va “odam” bop bogan. Qashqadaryolikman, lekin 2 yildan beri Toshkentda yashayman. Bakalavr va magistratura Qashqadaryoda o’qiganman. Soham ingliz tili va adabiyoti va lingvistika. Psixologiya, san’at, musiqa, filmografiya, muloqot - men uchun eng muhim sohalar deb bilaman. Sporty emasman, lekin barcha sport turlarini sevaman, vaqtimga qarab fitnes bilan shug’ullanib turaman. 1 ta kitob nashr qilganman. Ikkita tilda hikoyalar to’plami. Nomi “Yangi Uy” Hozircha shular. @yupiterlik

📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Yangi qo’shilganlarga tanishuv post qilvoring apa hop

📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Kosmetik biznesingiz bor edi-ya, haliyam shugullanyapsizmi? mendan kanallariz o’chib ketibdi, qizlar uchun ham kanaliz bor edi rossssa yaaxshi ko’rardim vey🫠 link tashabering ha shug’ullanyapman, side hustle menga) boshqa qizlarniyam yonimga olib o’rgatyapman)

📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Avloniyda metodistmisiz haliyam? Metodistlar qancha oylik oladi? Magistr bo’lmasa ishga kirib bo’lmaydimi? Metodist edim, endi boshqa bo’limdaman.) Yaxshi oylik olishadi, hammada ham magistr yo’q, lekin bo’lsa yaxshi. Eng muhimi tajriba bo’lishi kerak.

📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Assalom alekum Nechanchi yilsiz yangi edim) va alaykum assalom. 2001 :)

📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Oxirgi ko’rgan filmingiz? Parent Trap ni qayta ko’rdim kechagina. (Ota-onalar uchun tuzoq) bolaligimda rosa yaxshi ko’rib ko’rganman. Eslagim keldi)

📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Uzzuuun anonim yozgandim oldin oqimadiz a🫠 sabr qilmasangiz men voobshem ulgurolmayman hammasiga javob berib, juda kop xabar bor(

📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Bilaman juda ko’p kitob o’qigansiz va juda ko’p filmlar ko’rgansiz, va yuzlab hobbylaringiz bor. Lekin nega qolganlarga o’xshab shu narsalarni - entire personality yoki shaxsiyatingizga aylantirib olmagansiz? Nega maqtanmaysiz, uni qildim, buni qildim, uni o’qidim, buni ko’rdim deb? Yo qizg’onasizmi? Ahahahahah, menam sizni yaxshi koraman❤️ sarkazm bilan meni maqtab ketdizda hozir aa))

📨 Sizda yangi anonim xabar bor! shovqinli dunyo’ mi rostanam yoki biz izolyatsiya qilolmayabmizmi ozimizni? nimalardan izolyatsiya qilasiz ozizni reklamalardan))) va albatta odamlardan.

📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Assalomu alaykum kimsasiz orolga bir necha kun qolib ketsangiz oʻzingiz bilan qaysi kitoblarni olgan boʻlardiz? (Oʻzbek tilidagi) Rahmat.. Va alaykum assalom, o’zbek tilidagimi yoki o’zbek yozuvchilariniki? o’zbek tilida mazza qilib o’qirdim yana qayta: Yer chekkasidagi qahvaxona; Telba; Qarzga olingan umr; Dard etma, Olloh yetar; Chol va dengiz; Labirint; Afg’on qiz; Alkimyogar; Morrining seshanba darslari

📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Yupiterdagi oxirgi postlar uchun Ishoning siz harqatta yupiterliksiz, boshqachasiz, har bir jumla qalbga yetib borib shunday taskin beryaptiki so’z bilan ifodalay olmayman, o’zingizni asrang🫂 katta rahmat, qadrlayman mehrizni❤️

📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Ассалому алайкум, хайрли кеч. Нима деб ўйлайсиз, “феминизм” бизга керакми ёки йўқ. P.s; Айнан шу мавзуда бахслашаётгандик ва каналдаги анонимларга жавоб бераётганингизни кўриб қолдик. Жавоб учун олдиндан рахмат.) Va alaykum assalom. Feminizmni asl mohiyatini his qiladigan inson sifatida, ha kerak. Feminizmni core g’oyasi - ustunlikmas, tenglik. Ijtimoiy, iqtisodiy, shaxsiy va kasbiy tenglik uchun “kurashish” ga hojat qolmasa hech qayerda va bu ideologiya - reallikka aylansa, chiroyli bo’lishni boshlaydi hamma o’z rolida. shu savolni berganizni o’zi aytib turibdi javobni qanaqa bo’lishini)

📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Xameleondek yashash xuddiki cho’l bo’risi kabi ikki bo’ri o’rtasida qolish qanchalik xafli deb o’ylaysiz kimga moslashishga majburlayapsiz o’zizni??

📨 Sizda yangi anonim xabar bor! Sz kimsz oʻzi javobim sizni kimligizga bog’liq

رسالة صوتية02:35