cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Jahongir | Digital marketing

Digital marketolog • SMM mutaxassisi • Targetolog Founder of @texnologiyait CMO at @owauz Aloqa: @jahongirjuraqulov

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganTil belgilanmaganToif belgilanmagan
Reklama postlari
205
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
Bugun Husan aka Mamasaidovning “My life planner” mavzusida 8 soat davom etgan treninglarida ishtirok etdik. Bugun berilgan bilimlarni amalda qo'llab, natijalarni xudo xohlasa yanada yaxshilab borishga harakat qilamiz! 05.02.2023
Hammasini ko'rsatish...
#tabiat #atmosfera Toza va yomg'irli 5°C havoda aynan hozir 5 daqiqa nafas olishning gashti boshqacha Bu xabarni ancha vaqtdan keyin uyqudan turib ko'rganlarga rahmim keladi, bunaqangi ob-havoni issiq kunlarda sog'inasizlar. 👉 @jahongir_marketing
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Kun.uz | Online
Photo unavailableShow in Telegram
Nodirbek Abdusattorov Tata Steel Chess Masters turnirida klassik shaxmatda qora donalarda oʻynab, Magnus Karlsen ustidan gʻalaba qozondi. Shunday qilib, Nodirbek 2800+ eng yuqori reytingdagi shaxmatchini qora donalarda yutgan ilk shaxmatchi boʻlib tarixga kirdi. 👉 @kunonline
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Xushnudbek.uz
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿💪 Nodirbek buni uddaladi!!! G’alabaaaaa!!! U garchi qora donalarda o’ynagan bo’lsa ham, klassik shaxmatda Magnus Karlsen ustidan g’alaba qozondi. Shunday qilib Nodirbek 2800+ eng yuqori reytingdagi shaxmatchini qora donalarda yutgan ilk shaxmatchi bo’lib tarixga kirdi. Nodirbek Abdusattorov 4 ochko bilan Tata Steel Chess Masters turnirining yakka peshqadamiga aylanib oldi. Yakunda u qaysi o’rinni egallashdan qat’i nazar, butun dunyo uning mahoratiga va aqliga tan berdi. Barakalla, Nodirbek! Ota-onangga ming rahmat. Kelgusi o’yinlarda ham omad tilaymiz! 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
Odatlarni qanday shakllantirish mumkin? Siz uchun foydali yoki zararli bo'lishi mumkin bo'lgan odatlardan bittasini tanlaysiz. Va oq qog'ozga odatga shakllanganda yoki voz kechganingizda sizga bo'ladigan foydali tomonlarini yozasiz. Keyin shu odat sizda bo'lmasa nimalarni yo'qotasiz yoki qanday yaxshi tomonlari mavjud ekanligini yozasiz. Bu jarayonni toki tanlangan odatdan kechguncha yoki shakllanmaguncha davom ettiriladi. Bu amaliyot yomon odatlar uchun yaxshiroq ishlaydi. Misol uchun: chekish, kunni yarmigacha uxlash, yarim tungacha telefon qarash va hz. 👉 @jahongir_marketing
Hammasini ko'rsatish...
Shaxsiy blog yuritishni foydali tomonlari Blog yutirish o'qituvchilikka o'xshaydi, o'quvchilarga ular bilmagan va ular uchun kerakli bo'lgan ma'lumotlarni berishga majbursan. Eng kerakli va foydali ma'lumotlarni yozishga harakat qilasan, agar ular bo'lmasa qidirasan. Muhim fikrlarni tashqari chiqarganingdan so'ng yangilarini qidirasan, kitob o'qiysan yoki o'qiganlarning ma'lumotlarini eshitasan. Bu jarayonda aqliy qobiliyating o'sadi va atrofingda faqat foydali ma'lumot beradigan sfera shakllanadi, chunki boshqasi endi seni qoniqtirmaydi. Instagramda odamlarga eng yaxshi rasmlaringni ko'rsatishdan ko'ra, blog ochib ularga eng yaxshi fikrlaringni ko'rsat. 👉 @jahongir_marketing
Hammasini ko'rsatish...
Orqada qoldim(mi?) Bozorchi tengdoshlarim ikkinchi mashinasini olyapti, men esa hali ham taksida yuraman Qarindoshlar ota-onasini umraga olib boryapti, men ularni chorvoqqa ham olib chiqmadim Odamlar xotiniga tilla taqinchoqlar sovg’a qilyapti, men esa tug’ishiga kiyim-kechak olmadim Yaqinlarim qaynatasidan har bayramda qimmatbaho sovg’a olyapti, men esa endigina bir juft paypoq oldim Sohadoshlarim yilda bir turli davlatlarga sayohatga chiqyapti, men esa hali Toshkentdan chiqmadim Tengdoshlarim haftada choyxonada to’planishyapti, men esa oilam bilan yakshanba kunlari ham yetarlicha birga bo’lmadim - Shunda baxtsizmisiz? - Aksincha, dunyodagi eng baxtli insonlardan biriman, chunki: 1. Bir vaqtning o’zida ilm olish, ilm berish va topganimni to’g’ri joyga sarflash ne’mati berildi; 2. Atrofim ayni yo’ldagi insonlar bilan to’lgan va ularning men va faoliyatimga hayrihohligi samimiy, deb ishonaman; 3. Baxtni yutuqlarni ko’pligida emas, balki, jarayonni to’g’ri, qiziq va bir vaqtning o’zida mashaqqatidan rohat olishda ekanligini tushunganlardanman; 4. Qilolmadim va qilmadim so’zlarning mohiyatini anglaganlardanman. Biz safarga buyurilganmiz, zafarga emas. Hamma zafarlar ham kerak emas, imkon bo’lsa ham. https://t.me/abdulloh_shamsiddin Ustozim Aziz Rakhimovning oxirgi postlaridan ilhomlanib yozdim.
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Aziz Rahimov
Oldinga o'tib ketasan Tengdoshing ko’proq pul topyapti O’rtog’ing o’qishga kirdi, sen esa yo’q Ota-onang tinmay tanishining “yaxshiroq” farzandi bilan solishtiryapti Sendan kichkinalar ham ancha ish qilib qo’yayapti Ular oldinda, sen esa orqadasan xuddi To’xtamay o’zingni solishtirayapsan Siqilyapsan -Nimani xato qildim? -Bilmadim Hammada har xil Lekin, senga savollarim bor Tahajjudga turib necha marta Allohdan yordam so’rading? 8 soatlik ish vaqtining necha soatida rostdan ham ishlading? O’qishing shart bo’lgan kitoblarni nechtasini o’qiding? Bilganingni nechi foiziga amal qilding? -Shularni qilsam oldinga o’tib ketamanmi? -Shularni qilsang oldinga o’tib ketasan Yoki Oldinga o’tib ketish haqida o’ylamay qo’yasan @azizrakhimov_blog
Hammasini ko'rsatish...
Iqtidor = boshqalar bilan bir xil harakat qilasan, natija yaxshiroq chiqaveradi.
Hammasini ko'rsatish...
Chala qoldirilgan ishlar Tadqiqotlar natijalaridan xulosa qilgan holda shu ma'lum bo'ldiki, chala qoldirilgan ishlar xotiradan o'chmagan holda energiyani yutishda davom etadi va bu muhim bo'lgan ishlarga yo'naltirilgan energiyaning kamayishiga olib keladi. "Antidangasalik" kitobidan
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.