uz
Feedback
GulDPI. uz | Rasmiy

GulDPI. uz | Rasmiy

Kanalga Telegram’da o‘tish

Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Ko'proq ko'rsatish
4 087
Obunachilar
-724 soatlar
-217 kunlar
+7830 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Taglar buluti
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Kirish va chiqish esdaliklari
---
---
---
---
---
---
Obunachilarni jalb qilish
Iyul '26
Iyul '26
+243
27 kanalda
Iyun '26
+121
56 kanalda
Get PRO
May '26
+168
64 kanalda
Get PRO
Aprel '26
+153
32 kanalda
Get PRO
Mart '26
+106
59 kanalda
Get PRO
Fevral '26
+147
74 kanalda
Get PRO
Yanvar '26
+118
47 kanalda
Get PRO
Dekabr '25
+149
80 kanalda
Get PRO
Noyabr '25
+221
55 kanalda
Get PRO
Oktabr '25
+242
56 kanalda
Get PRO
Sentabr '25
+631
77 kanalda
Get PRO
Avgust '25
+305
58 kanalda
Get PRO
Iyul '25
+195
114 kanalda
Get PRO
Iyun '25
+108
82 kanalda
Get PRO
May '25
+132
40 kanalda
Get PRO
Aprel '25
+144
62 kanalda
Get PRO
Mart '25
+30 215
57 kanalda
Get PRO
Fevral '25
+144
96 kanalda
Get PRO
Yanvar '25
+819
67 kanalda
Get PRO
Dekabr '24
+123
57 kanalda
Get PRO
Noyabr '24
+656
74 kanalda
Get PRO
Oktabr '24
+199
24 kanalda
Get PRO
Sentabr '24
+513
50 kanalda
Get PRO
Avgust '24
+318
39 kanalda
Get PRO
Iyul '24
+340
77 kanalda
Get PRO
Iyun '24
+200
20 kanalda
Get PRO
May '24
+148
8 kanalda
Get PRO
Aprel '24
+114
9 kanalda
Get PRO
Mart '24
+119
10 kanalda
Get PRO
Fevral '24
+170
8 kanalda
Get PRO
Yanvar '24
+102
10 kanalda
Get PRO
Dekabr '23
+105
4 kanalda
Get PRO
Noyabr '23
+209
3 kanalda
Get PRO
Oktabr '23
+193
5 kanalda
Get PRO
Sentabr '23
+542
0 kanalda
Get PRO
Avgust '23
+257
0 kanalda
Get PRO
Iyul '23
+496
0 kanalda
Get PRO
Iyun '23
+105
0 kanalda
Get PRO
May '23
+190
0 kanalda
Get PRO
Aprel '23
+135
0 kanalda
Get PRO
Mart '23
+85
0 kanalda
Get PRO
Fevral '23
+85
0 kanalda
Get PRO
Yanvar '23
+495
0 kanalda
Get PRO
Dekabr '22
+29
0 kanalda
Get PRO
Noyabr '22
+757
0 kanalda
Sana
Obunachilarni jalb qilish
Esdaliklar
Kanallar
30 Iyul+3
29 Iyul+2
28 Iyul+3
27 Iyul+3
26 Iyul+2
25 Iyul+1
24 Iyul+2
23 Iyul+13
22 Iyul+7
21 Iyul+9
20 Iyul+4
19 Iyul+2
18 Iyul+4
17 Iyul+2
16 Iyul+5
15 Iyul+2
14 Iyul+1
13 Iyul+6
12 Iyul+4
11 Iyul+11
10 Iyul+39
09 Iyul+42
08 Iyul+23
07 Iyul+16
06 Iyul+6
05 Iyul+2
04 Iyul+5
03 Iyul+6
02 Iyul+11
01 Iyul+7
Kanal postlari
❗️❗️❗️❗️❗️❗️ TILLARNI O‘QITISH FAKULTETI TALABASI YOZGI OROMGOHDA YETAKCHILIK FAOLIYATINI OLIB BORMOQDA Guliston davlat pedag
+4
❗️❗️❗️❗️❗️❗️ TILLARNI O‘QITISH FAKULTETI TALABASI YOZGI OROMGOHDA YETAKCHILIK FAOLIYATINI OLIB BORMOQDA Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakulteti 18–25-guruh talabasi Mahamatqulova Muxlisa yozgi ta’til davrida “Ishonch” bolalar oromgohida yetakchi sifatida samarali faoliyat yuritmoqda. U bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy hamda milliy qadriyatlarni targ‘ib etishga qaratilgan turli tadbirlar, sahna ko‘rinishlari, qiziqarli o‘yinlar va jamoaviy mashg‘ulotlarni tashkil etmoqda. Talabaning tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan mazkur tadbirlar bolalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash hamda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Yoshlarning ta’lim bilan bir qatorda ijtimoiy hayotdagi faolligi, ularning tashabbuskorligi va amaliy tajribasi kelgusida yetuk mutaxassis sifatida shakllanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook

2
GULDPI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI XALQARO MALAKA OSHIRISH KURSINI MUVAFFAQIYATLI TAMOMLADI Guliston davlat pedagogika instituti+2
GULDPI PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI XALQARO MALAKA OSHIRISH KURSINI MUVAFFAQIYATLI TAMOMLADI Guliston davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari — pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Bakiyeva Durdona hamda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Yuldasheva Mastona Turkiya Respublikasining nufuzli Boğaziçi universitetida tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etib, dastur yakunida sertifikatlarga sazovor bo‘ldilar. 20 soatlik mazkur xalqaro dastur doirasida zamonaviy ta’lim texnologiyalari, innovatsion pedagogik yondashuvlar, xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga samarali joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ta’lim sifati va ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda ularni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Dastur ishtirokchilarga zamonaviy pedagogik yondashuvlarni chuqur o‘zlashtirish, ilmiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish va professional salohiyatini yanada mustahkamlash imkonini berdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook
602
3
❗️❗️❗️❗️❗️❗️ TARIX TO‘GARAGI MASHG‘ULOTLARI SAMARALI TASHKIL ETILMOQDA Guliston davlat pedagogika instituti Tarix yo‘nalishi+2
❗️❗️❗️❗️❗️❗️ TARIX TO‘GARAGI MASHG‘ULOTLARI SAMARALI TASHKIL ETILMOQDA Guliston davlat pedagogika instituti Tarix yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Mansurova Dilnura tomonidan Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani 57-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tarix fanidan to‘garak mashg‘ulotlari yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning tarix faniga bo‘lgan qiziqishini oshirish, tarixiy tafakkurini rivojlantirish, mustaqil va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, ularni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat hamda yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook
622
4
«XAZINA» MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI YUZASIDAN NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minla+6
«XAZINA» MAHALLASIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI YUZASIDAN NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI Aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar belgilash maqsadida Sirdaryo tumanidagi 14-umumta’lim maktabi binosida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati, Guliston davlat pedagogika instituti rektori Jahongir Karshibayev hamda Sirdaryo viloyati bozorlar uyushmasi raisi Elyor Qo‘chqorov ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabul davomida fuqarolarning ta’lim, ijtimoiy-huquqiy, tadbirkorlik, bandlik va boshqa yo‘nalishlardagi murojaat hamda takliflari atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirishlar berilib, joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Qo‘shimcha o‘rganish va ijro muddatini talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlariga aniq vazifalar hamda amaliy topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook
628
5
TEXNOLOGIYA FANIDAN IJODIY MASHG‘ULOT TASHKIL ETILDI Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Boshlang‘ich
TEXNOLOGIYA FANIDAN IJODIY MASHG‘ULOT TASHKIL ETILDI Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Guliston shahridagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida texnologiya fanidan ijodiy-amaliy mashg‘ulot tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar texnologiya faniga oid turli amaliy topshiriqlarni bajarib, o‘zlarining ijodkorlik, mustaqil fikrlash va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Xususan, ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i maketi tayyorlanib, ish jarayonida mehnatsevarlik, aniqlik va jamoada ishlash madaniyati yanada mustahkamlandi. Tashkil etilgan mashg‘ulot o‘quvchilarning texnologik bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda ularda Vatanga muhabbat va yurt ramzlariga hurmat tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qildi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook
551
6
#Mustaqillikka_35_yil “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” O‘zbekiston Respublikasi davlat m
#Mustaqillikka_35_yil “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan, ilm-fan rivojida salmoqli natijalarga erishayotgan institutimiz olimlarining ilmiy faoliyati, ilmiy izlanishlari va yutuqlarini keng jamoatchilikka yoritib boramiz. Bugun ana shunday olimlarimizdan biri — Guliston davlat pedagogika instituti Biologiya yo‘nalishi dotsenti, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Zafarjon Maxmudjonovning ilmiy faoliyati va yutuqlari haqida so‘z yuritamiz. Olimning ilmiy faoliyati quruqlik mollyuskalarining taksonomiyasi, bioxilma-xilligi hamda molekulyar filogenetikasini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Ilmiy izlanishlari natijasida respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzli ilmiy nashrlarda qariyb 40 ta ilmiy maqola va tezis e’lon qilingan. Bugungi kunda Zafarjon Maxmudjonov Animal and Veterinary Sciences (AVS) xalqaro ilmiy jurnalida retsenzent sifatida faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, u 2026-yilda “Akademik harakatchanlik” dasturi g‘olibi bo‘lgan hamda “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” tanlovi sovrindori sifatida e’tirof etilgan. Guliston davlat pedagogika instituti ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan olimlarining ilmiy salohiyati, ilmiy izlanishlari va erishayotgan yutuqlari haqida ma’lumotlar keng jamoatchilikka muntazam yoritib boriladi. Bizni kuzatishda davom eting! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook
675
7
🔊🔊🔊🔊 HURMATLI SIRDARYO TUMANI «XAZINA» MAHALLASI FUQAROLARI! Sizlarning murojaat, taklif va muammolaringizni bevosita o‘r
🔊🔊🔊🔊 HURMATLI SIRDARYO TUMANI «XAZINA» MAHALLASI FUQAROLARI! Sizlarning murojaat, taklif va muammolaringizni bevosita o‘rganish, ochiq muloqotni ta’minlash hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish maqsadida Guliston davlat pedagogika instituti rektori J.X. Karshibayev tomonidan sayyor qabul o’tkaziladi. 📌Manzil: Sirdaryo tumani, “Xazina” MFY, 14-umumta’lim maktabi binosi 🕒Sana: 2026-yil 30-iyul ⏰Vaqti: soat 10:00 Qabul davomida fuqarolarning ta’lim, ijtimoiy hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari qabul qilinadi va ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi. Barcha fuqarolarni sayyor qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook
867
8
❗️❗️❗️❗️❗️❗️ TALABALAR ISHTIROKIDA HUQUQIY-MA’RIFIY ONLAYN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI Guliston davlat pedagogika instituti Till+1
❗️❗️❗️❗️❗️❗️ TALABALAR ISHTIROKIDA HUQUQIY-MA’RIFIY ONLAYN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o‘qitish fakultetida A. Chimanov boshchiligida “Xorijiy til va adabiyoti “yo‘nalishi 2-bosqich talabalari ishtirokida talaba-yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni huquqbuzarlik va jinoyatchilikning turli ko‘rinishlaridan ogoh etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida huquqiy-ma’rifiy onlayn davra suhbati tashkil etildi. Muloqot davomida “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” hamda “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzulari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, talabalarga huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonunlarga hurmat ruhini mustahkamlash va giyohvandlikning salbiy oqibatlaridan ogoh bo‘lish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook
932
9
❗️❗️❗️❗️❗️❗️ MATEMATIKA FANIDAN QIZIQARLI INTERAKTIV O‘YINLAR TASHKIL ETILDI Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika
❗️❗️❗️❗️❗️❗️ MATEMATIKA FANIDAN QIZIQARLI INTERAKTIV O‘YINLAR TASHKIL ETILDI Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Alpha School” nodavlat ta’lim muassasasida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida matematika faniga bag‘ishlangan qiziqarli interaktiv o‘yinlar tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar turli mantiqiy masalalar, matematik boshqotirmalar hamda interaktiv o‘yinlarda faol ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliy jihatdan namoyon etdilar. O‘yinlar orqali ularning matematik tafakkuri, tezkor fikrlashi, muammolarga yechim topish qobiliyati hamda jamoada ishlash ko‘nikmalari yanada rivojlantirildi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook
862
10
#diiqat_tanlov Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda Badiiy akademiya hamkorligida “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlov
#diiqat_tanlov Turizm qo‘mitasi, “Hunarmand” uyushmasi hamda Badiiy akademiya hamkorligida “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda. Tanlovning asosiy maqsadi milliy hunarmandchilik mahsulotlarini zamonaviy turistik sovg‘a sifatida targ‘ib qilish, hududlardagi ijodkorlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda turistlar uchun ixcham, sifatli va hamyonbop esdalik sovg‘alari namunalarini yaratishdan iborat. ☄️ Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan dizaynerlar, rassomlar, ijodkor yoshlar hamda “Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan hunarmandlar belgilangan tartibda onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. G‘olib deb topilgan har bir ishtirokchi 5 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.   Ro‘yxatdan o‘tish havolasi: ⏺Dizaynerlar uchun: https://forms.gle/ac9gqAeHZLKoHaRa8  ⏺Hunarmandlar uchun: https://forms.gle/MQ6XX6og9jjJVNKp7 ❗️Arizalar birinchi bosqich uchun 16-avgustga qadar, ikkinchi bosqich uchun esa 20-sentabrga qadar qabul qilinadi. “Uzbek Gift Contest” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish bo‘yicha NIZOM  Hunarmandchilik mahsulotlari bo‘yicha ko‘rik-tanlov talablari  Yo‘nalishlar bo‘yicha talablar jadvali 🌐 Batafsil Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
783
11
Matn yo'q...
728
12
«XAZINA» MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI Sirdaryo tumanining Xazina mahallasida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengas
«XAZINA» MAHALLASIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI Sirdaryo tumanining Xazina mahallasida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati, Guliston davlat pedagogika instituti rektori Jahongir Karshibayev, Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Qudratov hamda viloyat bozorlar uyushmasi raisi Elyor Qo‘chqorov ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish hamda ijrosi muddat talab etiladigan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook
822
13
«XAZINA»MAHALLASIDA RAHBARLAR ISHTIROKIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI YUZASIDAN SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI Sirdaryo tumanining Xazina+9
«XAZINA»MAHALLASIDA RAHBARLAR ISHTIROKIDA FUQAROLAR MUROJAATLARI YUZASIDAN SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI Sirdaryo tumanining Xazina mahallasida Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati, Guliston davlat pedagogika instituti rektori Jahongir Karshibayev, Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Inomjon Qudratov hamda viloyat bozorlar uyushmasi raisi Elyor Qo‘chqorov ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari va takliflari bevosita tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalar atroflicha o‘rganildi. Murojaatlar yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Ijrosi muddat talab etadigan masalalar yuzasidan esa tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga aniq vazifalar va amaliy topshiriqlar belgilandi. Mazkur sayyor qabul aholi bilan ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni o‘ylantirayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning yechimini ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyat kasb etdi. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook
995
14
🔊🔊🔊🔊 Hurmatli Sirdaryo tumani «Xazina» mahallasi fuqarolari! Sizlarning murojaat, taklif va muammolaringizni bevosita o‘r
🔊🔊🔊🔊 Hurmatli Sirdaryo tumani «Xazina» mahallasi fuqarolari! Sizlarning murojaat, taklif va muammolaringizni bevosita o‘rganish, ochiq muloqotni ta’minlash hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish maqsadida Guliston davlat pedagogika instituti rektori J.X. Karshibayev tomonidan sayyor qabul o’tkaziladi. 📌Manzil: Sirdaryo tumani, «Xazina» mahallasi binosi 🕒Sana: 2026-yil 29-iyul ⏰Vaqti: soat 10:00 Qabul davomida fuqarolarning ta’lim, ijtimoiy hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari qabul qilinadi va ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi. Barcha fuqarolarni sayyor qabulda faol ishtirok etishga taklif etamiz. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook
1 047
15
30-IYUL — BUTUNJAHON ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISH KUNI MUNOSABATI BILAN GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA TASHKIL ETI
30-IYUL — BUTUNJAHON ODAM SAVDOSIGA QARSHI KURASHISH KUNI MUNOSABATI BILAN GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA TASHKIL ETILGAN IJODIY TANLOV DOIRASIDA Ijodiy tanlovning navbatdagi ishtirokchisi — Musiqa ta’limi yo‘nalishi, 32–24-guruh talabasi Qayumxo‘jayev Botirxo‘ja Ikromxo‘ja o‘g‘lining “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi uchun tayyorlagan “ODAM SAVDOSI VA MAJBURIY MEHNATGA QARSHI KURASHISH” nomli maqolasi e’tiboringizga havola etiladi. 📃 MAQOLA BILAN TANISHISH Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook
1 114
16
ICHKI TURIZM — MA’NAVIY YUKSALISH VA VATANPARVARLIK MAKTABI Yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va tarixi+2
ICHKI TURIZM — MA’NAVIY YUKSALISH VA VATANPARVARLIK MAKTABI Yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va tarixiy merosga sadoqat ruhida tarbiyalash bugungi ta’lim tizimining ustuvor vazifalaridan biridir. Shu bois mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish va yoshlarning yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ana shu maqsadda Guliston davlat pedagogika instituti Tillarni o’qitish fakulteti “Xorijiy til va adabiyoti”yo‘nalishi 2-bosqich talabalari ishtirokida O‘zbekistonning tarixiy obidalari, betakror tabiati, boy madaniy merosi hamda milliy qadriyatlarini o‘rganishga qaratilgan ma’rifiy sayohatlar tashkil etildi. Mazkur sayohatlar talabalarning tarixiy tafakkurini yuksaltirish, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga mehr va sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, shuningdek, yurtimizning boy turizm salohiyatini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook
1 106
17
#Qabul2026 2026-2027-o‘quv yili qabuli jarayonida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun Guliston davlat pedagogika institutida o‘tk
#Qabul2026 2026-2027-o‘quv yili qabuli jarayonida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun Guliston davlat pedagogika institutida o‘tkaziladigan kirish imtihonlari (suhbat) dasturi va baholash me’zonlari. “O‘zbek tili va adabiyoti “ “Matematika “ (majburiy) “Ona tili (O‘zbek tili)” (majburiy) “O‘zbekiston tarixi “ (majburiy) “Chet (ingliz, fransuz, nemis) tili” Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook
905
18
#Qabul2026 2026–2027-o‘quv yili qabuli jarayonida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun Guliston davlat pedagogika institutida o‘tk
#Qabul2026 2026–2027-o‘quv yili qabuli jarayonida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun Guliston davlat pedagogika institutida o‘tkaziladigan kirish imtihonlari (suhbat) jadvali 🔗 Kirish imtihonlari (suhbat) jadvali 📌Геолокация 👈 🚩Manzil: Guliston shahar, "Bo‘ston" MFY Talabalar ko'chasi 49 uy Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook
876
19
🏆GULDPI TAEKWONDO KIDS SPORTCHILARI ANDIJON OPEN CHEMPIONATIDA MUTLAQ G‘OLIBLIKNI QO‘LGA KIRITDI Andijon Open taekvondo chem+1
🏆GULDPI TAEKWONDO KIDS SPORTCHILARI ANDIJON OPEN CHEMPIONATIDA MUTLAQ G‘OLIBLIKNI QO‘LGA KIRITDI Andijon Open taekvondo chempionatida Guliston davlat pedagogika instituti qoshidagi GulDPI Taekwondo Kids to‘garagi tarbiyalanuvchilari munosib ishtirok etib, yuksak natijani qayd etdi. Musobaqada ishtirok etgan 3 nafar sportchining barchasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, jami 🥇3 ta oltin medal sohibiga aylandi. Mazkur yutuq institutimizda yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning amaliy samarasidir. G‘olib sportchilarimiz va ularning murabbiylarini ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi musobaqalarda ularga yanada ulkan zafarlar tilaymiz. Bizning sahifalarimiz: 🌐http://www.gspi.uz 📝Telegram         💻Instagram 🎞Youtube           📝Facebook
916
20
🧠 President AI Award 2026 uchun arizalar qabuli boshlandi! Sun’iy intellekt sohasidagi eng istiqbolli loyihalar uchun mamlak
🧠 President AI Award 2026 uchun arizalar qabuli boshlandi! Sun’iy intellekt sohasidagi eng istiqbolli loyihalar uchun mamlakatning eng yirik tanlovi. Ishtirok etish shartlari: 🔸Jamoa tarkibi: 3–8 kishi 🔸O‘zbekiston fuqarolari yoki doimiy yashash guvohnomasiga ega shaxslar Umumiy mukofot jamg‘armasi — $1 000 000. Ariza topshirish uchun nimalar kerak? 🔸Ishlayotgan MVP (Minimum Viable Product) 🔸Loyihani tushuntiruvchi 3 daqiqalik video pitch 🔸GitHub repository havolasi (ekspertlar kodni ko‘rib chiqishi uchun) 🔸PDF formatdagi Pitch Deck va loyiha logotipi ❗️Eslatma: barcha materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan bo‘lishi kerak. Awards.gov.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting, kerakli hujjatlarni yuklang va tanlov bosqichlarida ishtirok eting. 🫥AI kelajagini birgalikda yarataylik. Endi navbat — sizning loyihangizga. @startupbaseuz RU|EN LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
855