cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Guliston tumani xabarlari | Rasmiy kanal!

Guliston tumani hokimligi telegram kanali! 👉: gulistontumani.uz 👉:http://fb.com/Gulistontumanhokimligi 👉:instagram.com/t.meguliston_t_press/ 👉:https://www.youtube.com/channel/UCl2JtcigJe Murojaat uchun: ✍️ @GulistonTumaniUzBot Telefon: 796-32-23

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
3 309
Obunachilar
-224 soatlar
-157 kunlar
-7630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

“Сайхун йигитлари” совриндорлар сафида Маълумки, айни кунларда Сурхандарё вилоятида “Бойсун баҳори” халқаро фолклор фестивали бўлиб ўтмоқда. Бу йил еттинчи бор ташкил этилаётган фестивалда ЮНЕСКО, ТУРКСОЙ, Европа иттифоқи сингари нуфузли халқаро ташкилотлар, Буюк Британия, Таиланд, Япония каби мамлакатлардан фахрий меҳмонлар иштирок этмоқда. 40 дан ортиқ давлатдан 150 га яқин иштирокчи ва фолклор, миллий халқ ўйинлари ва томоша санъати мухлислари ташриф буюрган. Куни кеча очиқ осмон остидаги санъат байрамининг энг яхши фолклор-этнографик жамоалари номи маълум бўлди. Унга кўра, Сирдарё вилоятининг “Сайхун йигитлари” жамоаси миллий халқ ўйинлари ва томоша санъати йўналишида 3-ўринни қўлга киритди ва 1 минг 500 доллар миқдоридаги пул мукофоти, эсдалик совғалар билан тақдирланди. Совриндорларга, шунингдек, махсус диплом, сертификат ва халқаро фестивал статуеткаси топширилди. Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👏 5👍 3
#Kun_fotosi Guliston tumani hokimi O'lmasjon Mamadaminov "Soyibobod" mahallasida joylashgan 3-sonli umumta'lim maktabi bitiruvchi yoshlari bilan bo'lgan ochiq muloqotda berilgan vadaga muvofiq E'zoza Xusanova xonadoniga borib badiiy kitoblar sovg'a qildi. “Kitob — bilim manbai”, deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. Yoshlarimiz badiiy adabiyotlarni oʻqiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi. Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 6
⚡️Tanqid va tahlil kelajak mevasi Sirdaryo viloyati prokuraturasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2023-yildagi 48-sonli bayoni ijrosi yuzasidan Guliston tumanida xizmatlar eksporti va yoshlarni xorijiy tillarga hamda kompyuter dasturlariga o'qitilishi yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglanib, tumanda faoliyat yuritayotgan rezidentlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Shuningdek, joriy yilning o'tgan davri mobaynida tumanda muammoli kreditlar, yashirin iqtisodiyot yonalishlari hamda BSK va "Suvta'minot" korxonalari tomonidan olib borilgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi va masʼullarga tegishli ko'rsatmalar berildi. Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 3🤩 1
⚡️Guliston tumani mahallalarida may oyi madaniy va ma'rifiy oylik doirasida aholi o'rtasida ma'naviy tadbirlar o'tkazilmoqda Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
#Tayinlov ⚡️Guliston tumani Iqtisodiyot va moliya bo'limiga yangi rahbar tayinlandi Sattarov Ikromjon Mamirjon o‘g‘li - Guliston tumani Iqtisodiyot va moliya bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi. I.Sattarov 1991-yilda Jizzax viloyati Zomin tumanida tug‘ilgan. 2011-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi marketing. Mehnat faoliyati davomida Sirdaryo viloyatining Guliston shahar hamda Mirzaobod tumanida moliya bo'limlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Mazkur tayinlovga qadar Mirzaobod tumani Iqtisodiyot va moliya bo'limi boshlig'i lavozimida ishlab kelayotgan edi. Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 10👌 1
U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun finalda Yaponiya bilan o‘ynaydi Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan U-23 Osiyo kubogi ham yakuniga yetmoqda. Bugun final bahsida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi yaponiyalik tengqurlariga qarshi maydonga chiqadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30 da start oladi. Final. O‘zbekiston - Yaponiya Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 2🔥 1
⚡️Sirdaryo folklor jamoalari “Boysun bahori” xalqaro festivalida Ayni kunlarda Surxon vohasining so‘lim go'shasi Boysun tumanida o‘tkazilayotgan “Boysun bahori” xalqaro folklor festivalida sirdaryoliklar ham qatnashyabdi. Ushbu festivalda Guliston tumanining "Sayxun yigitlari" folklor ansambili ham ishtirok etishmoqda. Yangi barpo etilgan turizm kompleksida viloyatimiz uchun ajratilgan maydonda maxsus pavilon tashkil qilingan bo‘lib, unda folklor jamoalarimizning chiqishlari namoyish etilmoqda. Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 5
Bugun, 3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-dekabrdagi rezolyusiyasiga ko‘ra, 1994-yildan boshlab har yili 3-may – Jahon matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanib kelinadi. Matbuot erkinligi - so‘z, shaxs, vijdon erkinligi singari siyosiy huquqlardan biri bo‘lib, matbuotning erkin faoliyat ko‘rsatishini, kishilarning matbuotda o‘z fikr va tuyg‘ularini to‘siqlarsiz ifoda eta olishini ifodalaydi. Mamlakatimiz yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilayotgan, ochiqlik va oshkoralik, so‘z va fikr erkinligi hayotimiz mezoniga aylanib borayotgan hozirgi davrda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishga e’tibor tobora oshmoqda. Boyovut tumani hokimligi yurtimizdagi barcha matbuot va OAV vakillari, jurnalist va blogerlarni bugungi bayram bilan samimiy muborakbod etadi. | Telegram |Web-site |Facebook | Instagram |YouTube |
Hammasini ko'rsatish...
Aziz opa -singillar! Vazirlar Mahkamasining “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni Davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son qarori tasdiqlangan. Shunga ko‘ra, 1-maydan 1-iyunga qadar mutaxassisligi bo‘yicha besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni Davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan talabgor xotin-qizlarning arizalari https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali qabul qilish boshlandi. Murojaat uchun manzil: Guliston tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi. Bogʻlanish uchun telefon: +998994770289 Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
⚡️Izlagan imkon topar o'zga yurtda ham istasa o'z yurtida ham Chet davlatda migratsiyada bo'lib hozirda o'z yurtiga qaytib tadbirkorligini yo'lga qo'ygan bugungi fuqaromiz Saidjon Xaqberdiyev Guliston tumani "Ahillik" mahallasida istiqomat qilib kelmoqda. O'tgan 2023-yilning dekabr oyida chet davlatidan o'z yurtiga qaytib oilasidan uzoqlashmasdan daromad topish maqsadida mahalladagi hokim yordamchisiga murojaat qilgan. Tashabbuskor fuqaroga 32 million kredit ajratilib, hozirda mo'jazgina ovqatlanish maskani ochgan. Mehnatsevar oshpazimiz shirindan shirin bir taomlar somsa, kosa somsa va ko'za sho'rvalar tayyorlab o'z ishidan mamnun. Batafsil videolavhada shu haqda so'z boradi. Telegram | Facebook | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 18