cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Kimyo Elmurod DANGALOV TAYYORLOV KURSI

Kanal faolyati 16.03.2020 boshlangan. Bu kanalda sertifikat savollar, Blok testlar bo'ladi. Guruh: @kimyo_ElmurodDangalov Savol va takliflar uchun: @Magistr_hasanboy Bu kanalda siz kimyoga oid bilimlar, yangiliklar hamda motivatsiya olasiz.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 390
Obunachilar
-424 soatlar
+17 kunlar
+8930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Xotin-qizlar un beriladigan tavsiyanoma muddati tugashiga 1 kun qoldi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
#Ovozli_chat   #Qabul2024   #Abituriyent 2024-yil 7-iyun kuni o‘tkazilgan abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish va sertifikatlarning qoʻllanishi bo‘yicha ovozli chatning to‘liq audiosi ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
record.ogg26.59 MB
👍 1
Repost from Ta'lim nazorati
⚡️Ertaga, 8-iyun kuni abituriyent xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli yakunlanadi Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda 8-iyunga qadar qabul qilinadi. ✅ Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar orasidan 2 ming kishi qo’shimcha kvotaga talabalikka qabul qilinadi. Tavsiyanoma berish shartlari va mezonlari: 👉 https://t.me/uztdi/6770 Ushbu tavsiyanoma qanday imtiyoz berishi haqida batafsil bu yerda: 👉 https://t.me/uztdi/6792 ❗️Tavsiyonoma berildi degani, o’qishga kirdi, degani emas. Tavsiyanoma olganlar orasida yuqoriroq ball olish ham talab etiladi. ⏳❓Tavsiyanoma muddati qancha? 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun 500 ta kvotaga tavsiyanoma 3 yilga, ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta kvotaga tavsiyanoma esa 1 yilga beriladi. ‼️ESLATMA: o’tgan yili ehtiyojmand xotin-qiz sifatida tavsiyanoma olganlar yana qayta ariza yuborishlari kerak. Ularning tavsiyanomasi 1 yillik bo’lgani uchun joriy yilda o’tmaydi. ℹ️ Ma’lumot uchun: bir kishi ikkala tavsiyanomani olishi ham mumkin, shartlariga to’g’ri kelsa bo’ldi. ✔ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Repost from Xushnudbek.uz
Fanlar majmuasi ro’yxati bilan tanishing #abituriyent 5-iyundan boshlangan qabulda faqat fanlar majmuasi tanlanyapti xolos. Bunday vaziyatda ko’plab abituriyentlardan “men falon fanlarni tanlasam, bu kelgusida qaysi yo’nalishlarga to’g’ri keladi?”, degan savollar kelib tushmoqda. Buni bilish uchun joriy yilgi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi bilan tanishib chiqing. Mazkur ro’yxatga tez orada ayrim o’zgarishlar kiritilishi mumkin, lekin bu katta o’zgarish bo’lmaydi. Tahlil uchun yuqoridagi faylni asos qilib olsangiz bo’ladi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
Fanlar majmuasi 2024_2025.pdf1.64 MB
👍 1
Hozir boshlangan ovozli chat nima savollar bulsa Javob olingizar berib
Hammasini ko'rsatish...
#Ovozli_chat Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yicha ovozli chat 📆 2024-yil 7-iyun (bugun) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi. ✅ Ovozli chat abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish va sertifikatlarning qo‘llanishi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. 🎙 Unda Bilimni baholash agentligi mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beriladi. ❓ Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Kimyodan rasmli testlar ©orifjonov_kimyo
Hammasini ko'rsatish...
KIMYO rasmli testlar.pdf5.94 KB
❓Qaysi xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMga imtihonsiz qabul qilinadi? #abituriyent 2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblariga davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish imtiyozi beriladi: 1️⃣ Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO) 2️⃣ Xalqaro fizika olimpiadasi - International Physics Olympiad (IPhO) 3️⃣ Xalqaro kimyo olimpiadasi - International Chemistry Olympiad (IChO) 4️⃣ Xalqaro biologiya olimpiadasi - International Biology Olympiad (IBO) 5️⃣ Xalqaro informatika olimpiadasi - International Olympiad in Informatics (IOI) Boshqa olimpiadalar-chi? Yuqorida sanalgan 5 ta xalqaro olimpiadadan boshqa barchasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga test sinovisiz o‘qishga kirish huquqi berilmaydi. Masalan, asosiy fan olimpiadalarining respublika bosqichida 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga davlat OTMlariga kirish imtihonlarida mutaxassislik fani bo‘yicha maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi. Boshqacha aytganda, respublika fan olimpiadasida sovrindor bo’lganlarga o’sha fandan maksimal ball beriladi xolos. Masalan, kimyo fanidan respublikada kuchli uchlikka kirsa, kimyo fanidan maksimal beriladi. Agar kimyo 1-mutaxassislik fani bo’lsa, unda 93 ball, agar 2-mutaxassislik fani bo’lsa, unda 63 ball beriladi. Boshqa fanlarini o’zi ishlashi kerak bo’ladi. Informatika va axborot texnologiyalari fanidan respublika fan olimpiadasida sovrindor bo’lgan o’quvchilarga mutaxassislik fani sifatida matematikadan maksimall ball beriladi. ‼️XULOSA: joriy yildan boshlab, davlat granti faqat 1 yilga berilishi, undan keyin o’zlashtirishiga qarab taqsimlanishi, imtiyoz bilan kirganlarga esa 4 yil davomida (ya’ni to’liq o’qish davrida) grant saqlanib qolishi e’lon qilingandi. Bunday holda faqat 5 ta xalqaro fan olimpiadasi sovrindorlariga to’liq grant beriladi. Respublika va boshqa xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlariga esa, agar yetarli ball to’plab grantga kira olsa, unda 1 yillik grant beriladi. Qolgan yillarda o’zlashtirishiga qaraladi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
👍 2 1
⚡️Abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball berish tartibi ✅ Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan. Bunda: ❗️2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida): ❇️ Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi; ❇️ Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi. 💡Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi. ❗️2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq): ❇️ A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi; ❇️ B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi. 💡 Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
©Baxtiyor_Shokirov @KimyoElmurod_Dangalov
Hammasini ko'rsatish...
Kimyo 2024 14-variant.pdf1.72 MB
👍 1