cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Matematikadan repetitor

Kanalimda turfa-xil murakkab va “nozik” masalalarning chiroyli yechimlarini o‘rganishingiz va ayrim shaxsiy fikrlarimni o‘qib borishingiz mumkin. Ruhing mahkam bo‘lsin bu yerda faqat, Yengmasin tahlika, bo‘l butkul ogoh! “Ilohiy komediya” dan

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 188
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

​#Logarifm Bir masala yechimi. @matematikadan_repetitor🌞
Hammasini ko'rsatish...

Ijtimoiy va moddiy ahvolni yaxshilash — ma'rifat tarqatish imkonoyatini vujudga keltirish va xulq-atvorni yaxshilashning asosiy shartidir. N. G. Chernishevskiy
Hammasini ko'rsatish...
Menimcha, matematika aslida eng oson fan degan gaplar safsatadan boshqa narsa emas. Aftidan matematikani qadimgi bobolarimiz bekordan bekorga riyoziyot deyishmagan ko‘rinadi. Har doim bo‘lganidek haqiqatga yetishish ko‘pincha oson emas, lekin yetishgach u shu qadar ajib, shu qadar tiniq ko‘rinadiki, beixtiyor barchasi oson bo‘lgan ekan degan xulosaga kelinadi. Menimcha, matematika yer yuzi yaralgandan beri olamdagi eng go‘zal, eng qiyin fandir. Uning go‘zalligini anglab bormoq uchun u bilan hamisha jiddiy shug‘ullanish, uning qiyinligini anglamoq uchun esa yo u bilan shug‘ullanish yo unda mutlaqo no‘noq bo‘lish kerak. Mark Mensonning kitobida azob uqubat o‘zgarmas, uni o‘zingga yoqqan shakliga o‘tkazish imkoning bor xolos deyilgan edi, shunga ko‘ra, men riyoziyotda riyoziyot chekmoqni tanladim.
Hammasini ko'rsatish...
Baxtsizlikning asosiy sababi johillikdir. Baxtli bo‘lish uchun hamisha ilm olishga intilmoq darkor.
Hammasini ko'rsatish...
Boshidagi gaplarni kanalda manam aytgan edim. Topsam qo‘yaman. Fikrimiz bir joydan chiqqani qiziq tuyuldi.
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Quyosh taraflarda
Dunyodagi bor yomonlik qariyb hamisha nodonlikdan kelib chiqadi va har qanday yaxshilik, va keragicha ma'rifatli bo'lmasa, yomonlikdan kam kulfat keltirmaydi. Odamlar-yomondan kóra yaxshiroq va, mohiyatan olganda, gap bunda emas. Lekin ular u yoki bu darajada bexabarlikda yuradilar, ustiga ustak, hamma narsani bilishni da'vo qiladigan va shu bilan ózini òzi ado etishga yòl qóyadigan avomlikdan daxshatliroq illat yóq. Qotilning kóngli sóqir bóladi va mutlaq aniq kórishsiz haqiqiy yaxshilik ham, gózal muhabbat ham uchramaydi. Alber Kamyu "Vabo" @quyoshtaraflarda
Hammasini ko'rsatish...
Nima balo, buni faqat geniylar topa oladi desam keyin izlaysizlarmi?))
Hammasini ko'rsatish...
#IQ_test Onaning ismi: Mrs. Oltmish ikki. O‘g‘ilning ismi: Ellik ikki. Qizning ismi: Qirq ikki. Otaning ismi nima? 😁
Hammasini ko'rsatish...
Islom dini ideal, faqat yomon musulmonlar bo’ladi deyish xuddi apelsin daraxtida sarimsoq piyoz unadi degandek bir gap.
Hammasini ko'rsatish...
😂
😡
“Mullaning aytganini qil, qilganini qilma” degan gap yuradi xaql orasida. Ya’ni bu gapning ayon ko‘rinib turgan ma’nosi shuki, odatda domlalar (mullalar) olomonga pand-nasixatni o‘rinlatib berishgani bilan o‘zlari bunga ko‘pda amal qilavermaydilar. Lekin har doim bo‘lganidek ulamolar bunga ham fortochka topishgan, nima emish, domla dinga chuqur kirishgan odam hisoblanadi, oddiy odam u qilgan diniy amallarni bajara olmaydi, bunga uning vaqti ham, sabri ham, irodasi ham kamlik qiladi, mana shuning uchunam oddiy odam asosiy diniy farzlarini va sunnatlarini bajarishi yetarlidir deyishadi, har qalay shu mazmunda gapirishadi (yana aynan unaqa deyilmagan deb chiqishmasin ertaga). Biz bu ikkinchi ma’noni albatta kulgili va shunchaki fortochka deb hisoblaymizda, e’tiborimizni birinchi ma’noga qaratamiz. Muammo shundaki, tarbiyaga oid barcha pedagogik nazariyalarda ham tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchilarini qanday odam bo‘lishi istasa, avvalo o‘zi o‘shanday bo‘lishi, jilla qursa shunga butun vujudi bilan intilmog‘i lozim, aks holda barcha harakatlari bir tiyin bo‘ladi. Agar tarbiyachi chakagi tinmay yaxshilikni targ‘ib qilaversayu o‘zi yomon bo‘lsa, bundan nima chiqadi? Menga ishoning, uning qo‘lida tarbiyalanganlar ham yaxshilikni targ‘ib qilaveradi-yu, o‘zi yomonligidan qolmaydi. Axloqsiz, dinni biznes manbayi qilib olgan domlalar haqida ham xuddi shu gapni aytishimiz mumkin.
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.